7 daqiqada öqiladi

154 marta körilgan

Özgarayotgan el

Şaharu qişloqlarimiz qiyofasi yangilanib, tobora körkamlaşib borayotgani, şubhasiz, barçamizni quvontiradi. Yurtdoşlarimizning hamma sohada özlari uçun qulay şart-şaroit yaratişga harakat qilayotgani turmuşimizning sekin-asta tökinlaşib borayotganidan darak. Ayni paytda eldoşlarimizning içki – maʼnaviy olami ham yangiça mazmun kasb etayotirki, asli hayotimizdagi köp özgarişlarning manşaini ana şundan izlamoq darkor. Zotan, odamni özgartirmasdan jamiyatni yangilaş imkonsizdir. Boşqaça aytganda, alohida odamlar şaxs sifatida özligini topsalargina bunday jamiyatda ösiş-özgariş bölişi oçiq haqiqat. Binobarin, uy-joylarimizning körkli bölgani bir hissa quvonçli, maʼnaviy yuksalişimiz esa ön-yuz marta eʼtiborga loyiqdir. “Ellik yilda el boşqa”, deydi köpni körganlar. Zamonning surʼati tezlaşgani rostdirki, yurtimiz istiqlolga erişgaç, garçi siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-maʼnaviy jabhada butkul boşqa yölga ötilgan bölsa-da, bugun yurtdoşlarimizning hayoti yakrang emas, bilʼaks, zamon bilan hamnafas keçmoqda.

Özbekistonning janubiy tumanlaridan biri Dehqonobod va dehqonobodliklar ham bugun qaynoq özgarişlar içida yaşayotir. Tumanga olti-yetti yil avval borganlar bugun yana qadam ranjida qilsa, özgaça jonlanişni, serharakatlilikni yaqqol sezadi. Kişilarimizning xatti-harakatlari, iş tutumlari, öy-xayollarida nedir jonsaraklik bor.

Zavod

Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodi haqida eşitmagan kişi bölmasa kerak. Zavodning yurtimiz iqtisodiyotida tutgan örni, qişloq xöjaligidagi ahamiyati, umuman, iqtisodiy istiqboli haqida ommaviy axborot vositalarida köp yozilmoqda, qolaversa, bu borada mutaxassislar gapirgani tuzuk. Men zavod bahona tumandoşlarimiz hayotidagi özgarişlar haqida sözlamoqçiman.

Oçiği, uşbu zavodni quriş harakatlari boşlanganda turli miş-mişlar köpaygandi. “Ob-havoni özgartirib yuborarmiş”, “Zavodga yondoş qişloqlar köçirilarmiş” singari gap-sözlarni hammadan eşitiş mumkin edi. Biroq zavodning qurilgani, iş boşlaganiga hali heç qança vaqt ötmay haligi oldi-qoçdilardan asar ham qolmadi. Aksinça, aksariyat kişilarda zavodning kelajagi haqida aniq tasavvur hosil böldi. Zavod faoliyatiga mos ixtisosliklar böyiça oliy öquv yurtlarida yuzlab dehqonobodlik yoşlar tahsil olayotgani ham ana şunday töxtamlar natijasi.

Boşqa şaharlik yor-döstlarni tumanimizga mehmonga çaqirganda yarim hazil-yarim çin qilib şunday deymiz: “Biz tomonga bahorda borgan yaxşi…”. Buning boisi şuki, Dehqonobod – lalmikor tuman. Doimiy oqar suv kam. Tabiiyki, bunday şaroitda boğ-roğ yaratiş, hovlini, köça-köyni, tevarak-atrofni obod qiliş, yaşillik haqida öylaş qiyin. Şu boisdan ham aprel-may oylarida bor sepini yoyib, köz töymaydigan gözallikka burkanadigan tuman tabiati saraton kirganidan söng to yanagi bahorgaça qurib-qovjirab, daşt qiyofasini oladi. Özim ham boğu roğni körganda quvonib ketaman, Şahrisabz, Kitobdagi yaşilliklarga havaslanib yuraman. “Astoydil yiğlasang, söqir közga yoş kelar” deganlari rost ekan. Zavod qurilişi munosabati bilan suvsozlar yöğon quvurlarda yiroqdagi daryodan suv tortib kelişdi. Buning ustiga, artezian quduği qaziş tajribasi ommalaşib, qudratli texnikalar yordamida neça kişilar bunday beminnat neʼmatdan foydalanmoqda.

Yaxşi bilasiz, eskidan imorat solişni boşlagan kişi hovlisiga köçat qadaydi. Zero, uy bitganda köçat ham qaddini tutib, mevaga kirguday bölib qoladi. Kaliyli öğitlar zavodida ham şunday yöl tutildi. Quriliş boşlanganida ançagina maydon boğ uçun ajratilib, köçat ekiş, ularni parvarişlaş işlari qizib ketgandi. Bugun uzoqdan zavod yaşillik içra közga taşlanadi.

Toşkentdan bahonayi sabab bilan qişloğimizga yor-birodarlar mehmonga borişdi. Bir-ikki kunda u yerlarda nimaniyam örganib bölardi, ustiga-ustak, tarixiy joy emas, obidalar ham yöq. Döstlarim ayrim urf-odatlarga qiziqqan bölişsa-da, barining tilidan tuşmagan mavzu – yölimizning ravonligi böldi. Darhaqiqat, Beşbuloq qişloğida barpo etilgan zavoddan Xöjaipok qişloği yaqinidagi ruda konigaça (şuningdek, tuman markazigaça) bölgan qirq çaqirimdan ortiq yölning ravonligini, kengligini, yölsozlik qoidalariga muvofiqligini istalgan katta şaharning markaziy trassasi bilan soliştiring – ortiq bölsa ortiqki, aslo kam emas. Albatta, öydim-çuqurlar serob yölda jon hovuçlab yurgan, maşinasining ğildiragi har çuqurga tuşganida tişi zirqirab ketadigan haydovçilarimiz bu yöllarning qadriga köproq yetadi, işboşilarni duo qiladi (ehtimol, uşbu uzuq-yuluq bayonda hissiyotga berilib ketganday körinarman. Ammo aytayotganlarimda yolğon yöq, qolaversa, kamçiliklar mutlaqo qolmadi, degan daʼvodan yiroqman, ayni mavzuda misol keltiradigan bölsak, qişloqlarning içidagi yöllar hali ham taʼmirtalab. Bu yerda gap muammolarning yeçimi izlanayotgani, şart-şaroitdan kelib çiqqan holda hal etilayotgani haqida bormoqda, zero, faxrlanayotganimiz oynaday tekis yöl ham olti-yetti yil burun juda abgor holatda edi. Saʼy-harakatlar tufayli bugungi körinişga kelgan ekan, demak, bundan bitta – “Kamçilikni bartaraf etiş mumkin”, degan xulosa çiqadi).

Qaşqadaryoni Surxondaryo bilan bevosita boğlagan temir yölning Dehqonoboddagi eng katta bekati Beşbuloqda joylaşgan. Bekat, zamonaviy qiyofadagi uy-joylar, sport saroyi zavod bilan birgalikda bu yerga şaharça tusini berdi. Biror yilça böldiki, işçilar uçun qurilgan namunaviy tipdagi uylar bu manzarani töldirdi. Yangi iş boşlagan elektr lampa işlab çiqaradigan, makaron mahsulotlari tayyorlaydigan korxonalar ham tumanimizdagi jöşqin hayotni yanada jonlantirdi…

Butun niyat – yarim davlat

Kişilarimizning ong-şuurida keçayotgan özgarişlar avvalo ularning turmuşida zohir bölayotir. Heç kim bugun maşaqqat çekmasdan, işning közini bilmasdan turib, biror samarali natijaga erişiş mumkinligiga işonmaydi. Uzoq yillar öqituvçilik qilib, bugun fermer xöjaligi taşvişlari bilan yaşayotgan otamning ögitlari ham meni şunga işontiradi.

Otam Muhammadi Safarov yigitligida iş boşlaganidan to izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatilguniga qadar bir joyda – 5-maktabda faoliyat yuritgan. Ilmga bölgan qiziqişni alohida qadrlab, öğillarining ham, qizlarining ham birday oliy maʼlumot olişiga, kasb-hunar egallaşiga jon kuydirdi.

U kişi fermer xöjaligini pensiyaga çiqqanidan söng taşkil etdi. Biz dam olişi lozimligi, özini ötga-çöqqa urişiga hojat yöqligini, qolaversa, yigit yoşiga yetgan kenjamiz barini uddalaşini har qança uqtirmaylik, özining sobit fikridan qaytişni xayoliga ham keltirmaydi. Oçiği, lalmikor joylarda dehqonçilik qilişning muşkul tomonlari köp. Qişu bahor ikki köz osmonda böladi, ayni ekinlar avjlangan mahal hafta yomğir yoğmasa, bor toat-ibodat havoga uçmoği heç gap emas. Otam esa doim kuydi-pişdilik bilan yuradi. Kuzdan yerni ekinga tayyorlaş, uruğ sepiş harakatiga tuşadi. Fermer xöjaligining iqtisodiy rejalari ustida boş qotiradi, nima qilsa, yerdan unumliroq foydalaniş mumkin, qay yöl bilan kamyoğinlik zararlarini bartaraf etsa böladi; arpa-buğdoy, maxsar-nöxatning qay navi yaxşi – bu haqda har doim öylab, boşqalar bilan kengaşadi… Bir qaraşda yoşi oltmiş beşga yetgan kişi uçun bu qadar jonsaraklik oğirlik qilmasmikan (uyimiz bilan dalaning örtasi ön beş-yigirma çaqirim keladi), deb xavotir olamiz. Biroq otamning çarçadim, toliqdim, deganini hali eşitmadik. Niyat-möljallari bor va faqat şunga erişiş haqida öylaydi.

Darvoqe, bu singari özgarişlarga öttiz yoş arafasidagi tengdoşlarim ham guvoh. Yaʼni ötmiş haqida ota-bobolarimizdan eşitib, bugun bilan qiyoslayotganimiz yöq – bariga özimiz şohid. Masalan, qöşni qişloqlik oşnam Dilşod bilan litseyda birga öqiganmiz. Meni uning nekbinligi zavqlantiradi. “Odam niyatni katta qilişi kerak. Toğni möljal qilsang qirga çiqasan”, deya orzu-niyatlarga tölib-toshib yuradi. Omadi çopmay, institutga kiriş imtihonlaridan ötolmagandi. Biroq ruhini tuşirmadi, avval tegirmonçi otasiga kömaklaşdi. Bir gal tumanga borganimda Dilşodning özi mustaqil tegirmon oçganini eşitdim. Ham tabriklaş, ham yangi işi bilan tanişiş niyatida zavod yaqinidagi tegirmonga bordim. Engil-boşi, soçi, qoş-közlari un gardiga belangan oşnamning ruhi tetik edi. Bir muddat gurung qildik. Aytişiça, kimdandir Samarqandda Xitoydan keltirilgan buğdoy yançiş dastgohi (buni bizda sodda qilib “Xitoy tegirmon” deyişadi) borligini eşitib, bankdan kredit, otasidan oq fotiha olgança Urgutga jönaydi. Ikki kundan söng qişloğiga öşa dastgoh bilan qaytadi. “Şunday qilib işni boşlab yubordik, oşna, – deydi qilayotgan işlaridan xursand Dilşod. – Yana bitta sex oçmoqçiman. Özing bilasan, bu yerlarda mol-holsiz oilaning özi yöq. Köpçilik qöy-qözining junini qayerga tittirişni bilmay yuradi. Şuni öylab, jun titadigan dastgoh oldim. Yaqinda uni ham işlatib yuboramiz”. Dilşodning yutuqlaridan ham köra menga köproq uning fikridagi uyğoqlik, şijoati, harakatçanligi, izlanuvçanligi, savobtalabligi muhimday tuyuladi. Çunki “Mehnat qilgan rohatini köradi”, deganlaridek, erişganlari erişajaklari oldida hali xamir uçidan patirday gap.

Ham elga xizmat qilayotgan, ham rözğorini obod etayotgan tengdoşlarimdan yana biri Komil qişloq örtasida dökon oçiş niyatida ikki xonali imorat kötardi. Tumanda “usta” deya nomi çiqqan sinfdoşimiz Ğayrat (qöligul, öymakorlik bobida şogird tayyorlaşga ulgurgan bu yigit haqida alohida yozsa arziydi) dökonni kelinçakning uyiday qilib pardozlab berdi. Bugun dökon peştaxtalarida rözğor uçun kerakli bölgan hamma narsa bor; savdo qilayotgan Komilning esa qöli qöliga tegmaydi.

Ana şunday fikri tiniq yigitlar bilan hamsuhbat bölgandan keyin qişloqda bekor yurgan baʼzi teng-töşlarim, akalarimizning arzu dodlari bahonaga öxşab qoladi. Ularning saʼy-harakat örniga ohu fiğon bilan vaqtni ötkazayotganlariga açinasan kişi…

* * *

Albatta, hali tuman miqyosida amalga oşirilişi kerak işlar möl, yeçimini kutayotgan muammolar, bartaraf etilişi lozim kamçiliklar ham bisyor. Bularning bari vaqti-soati yetib öz ajrimini topar. Eng muhimi, kişilarimiz yangiça ruh va yangiça maqsadu muddaolar bilan yaşamoqdaki, şubhasiz, bunday xatti-harakatlar öz mevasini berajak.

Otabek SAFAROV

“Yoşlik”2013/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)