* * *
Ernest Xeminguey har qanday insonni taʼsirlantiradigan, özi atigi bir neça sözdan iborat hikoya yoza olişdan bahs boylaşgan. Unga ğalaba olib kelgan hikoya mana: «Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan…»
* * *
Frederik Braun eng qisqa va qörqinçli hikoyani yozgan: «Yerdagi oxirgi odam xonada ötirardi. Birdan eşik taqillab qoldi…»
* * *
Anʼanaviy hikoyaçilikning tugun, kulminatsiya va yeçim kabi tarkiblaridan iborat bölgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O.Genri uşbu hikoyasi bilan ğolib bölgan: «Çekib olgan haydovçi qança yoqilği qolganini köriş uçun benzobak tomon egildi. Marhumning yoşi yigirma uçda edi».
OYNA
Ritani şafqatsizlarça öldirib ketişgandan buyon Karter oyna yonida ötiradi.
Televizor ham, kitob öqiş-u xat yoziş ham yöq. Uning hayoti – parda ortida köringan neki bölsa – öşa. Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim tölaydi… U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti – yugurayotgan jismoniy tarbiyaçilar, yil fasllari almaşuvi, ğizillab ötayotgan avtomobillar, Ritaning kölankasi.
Namat bilan öralgan uşbu palatada oynalar yöqligini Karter tuşunmasdi.
Alan YE. Mayer
OMADSIZLIK
Tanamdagi şiddatli oğriqdan uyğonib ketdim. Közimni oçişim bilan karavotim oldida turgan hamşirani kördim.
– Mister Fudjima, – dedi u, – omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirosimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazör söradim:
– Qayerdaman?
– Nagasakida, – javob berdi u.
Robert Tompkins
HAQIQATNI QIDIRIB
Nihoyat, bu xilvat, ovloq qişloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Çirib, tökilay deb qolgan xaroba kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat ötirardi.
U umrida heç qaçon bundayin qari va badbaşara ayolni körmagan edi.
– Siz, Haqiqatmisiz?
Qartaygan, buruşiq alvasti tantanavor boş silkidi.
– Ayting-çi, men insoniyatga siz haqingizda aytişim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
– Ularga meni yoş va sohibjamol deb ayt!
Endryu E. Xant
* * *
Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan uşbu hikoya «2005-yilning eng yaxşi hikoyasi» tanlovida ğolib bölgan ekan:
«Tuğilganimda, men qora edim;
Qora bölib ulğaydim;
Men quyoşda uzoq tursam, yana qorayaman;
Hattoki ölganimda ham qoraligimça qolaman.
Siz, oqlar esa:
Tuğilganingizda – qizğiş bölasiz;
Ulğayganingizda – oqarasiz;
Oftobda toblanganingizda – qizarasiz;
Sovqotganingizda – kökarasiz;
Qörqqaningizda – sarğayasiz;
Özingizni yomon his qilganingizda – yaşil tusga kirasiz;
Ölganingizda esa bözarasiz.
Va yana siz meni qora tanli deysiz».
Davronbek TOJIALIYEV töplab,
tarjima qildi.
“Yoşlik”2013/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

