(Hangoma)
Almatning şöri qisdi. Kuzda ekkan ekini binoyigina böy körsatib, yam-yaşil gilamday yaşnab qolgan bir paytda tomorqasiga mol-hol doriydigan bölib qoldi. Avvaliga qöni-qöşnilarning sigirlari, keyinçalik butun qişloqning mazaligina maysaga talabgor jonivorlari Almatning tomorqasini közlaydigan odat çiqardi. Töğri, yigitning özida ham ayb bor. Tomorqasi tevaragini şox-şabbalar bilan naridan beri tösib qöyibdi. Mundo-o-oğ, mardikor yollab ekinzor atrofiga paxsa devor torttirmaydimi?! Mol-hol tugul, quş ham uçib ötolmas qilib qöymaydimi? Yöq, Almat bunday qilmaydi. Ortiqça çiqimga tobu toqati yöq emiş…
Ana, hozir ham şox-şabbalarni tözitib, tomorqasiga bostirib kirgan bir talay sigir-buzoqlarni zirqiratib quvib yuribdi. Yigit juda darğazab. Şu payt xotini yörğalab kelib qoldi.
– Hoy, dadasi, hoy! – deya sado berdi u, andak entikib, andak hovliqib.
– Ha, nima deysan?
– Yaqinroq keling.
Almat sigirlarni urib-turtib yurgan xipçinni u yon-bu yon sermab, göyo xotinini ham savalamoqçiday, unga xezlanib yaqinlaşdi.
– Voy, dadasi, esingiz joyidami, özingizni bosing, – dedi xotini erining vajohatidan çöçib, orqaga tisarilarkan.
– Esim qayerdaligini bilmadimu, hozir hamma narsa közimga sigir bölib körinayapti.
– Töladan kelgan, oğir-vazmin xotini xafa bölganday çimrildi.
– Voy, örgildim gapingizdan, biz sigir bölib qoldikmi hali? Unda siz kim?
– Gapni çalğitma, xöş, nega kelding? Mening kimligimni biliş uçunmi?
Xotini göyo muhim bir sirni aytmoqçiday, tevarakka bir alanglab olib şivirladi.
– Uyga mehmon keldi. Sizni sörayapti.
– Mehmon?! Qanaqa mehmon?! – eşitgan xabaridan Almatning közlari ola-kula bölib ketdi. – Nega bemahal keladi?
– E-e, men qaydan bilaman, aytişiça, kursdoşingiz emiş, özi çinozlik ekan.
Almat taajjublanib boş qaşladi. Söng sigirlar quvlab yuborilgan yoqqa köz taşlab öziça ğudrandi.
– Qöşnilarning mollarini haydab yubordim- ku-ya, lekin mana bunisidan qanday qutulsam ekan…
Eru xotin uzun-qisqa bölib uy tomon jönaşdi.
Yo, tavba, xotini bu safar çin gapirgan ekan. Mehmonxonada taniş bir nusxa yonboşlab yotardi. U mezbonga közi tuşdiyu lapanglab örnidan turdi. Peşvoz yurarkan, quloçini qanotday yoyib, pixillab kuldi.
– Almat! Seni körar kun ham bor ekan-ku!
Mezbon mehbonning keng quçoğiga tuzukroq singişmay parişon jilmayganiça öylardi:” Ha, bu öşa, çinozlik kursdoşim. Lekin qurğurning ismi kim edi? Nahotki, unutgan bölsam…”
– Xuş kördik, xuş kördik, mehmon, – deb ğuldiradi Almat umumiy bir tarzda kursdoşiga mulozamat qilarkan. – Qani marhamat, bemalol joylaşing.
Mehmon pixillab kulganiça, şodumon bir tarzda joyiga ötirdi. Fotiha qilişdi. Galma-galiga, bir-biridan oşirib hol ahvol söraşdilar.
– Ob-bo, Almat-yey, şunday qilib kollejda işlab yotibman degin. Sen xabarlaşmasang ham, men hamişa sen haqingda öylayman, falonçi qalay, nima işlar bilan band, deb körgan-bilganimdan suriştirib turaman.
– Rahmat, rahmat, mehmon… – deb arang minğirladi Almat, hali-hanuz kursdoşining ismini topolmay xijolat bölarkan.
U çoy opkeliş bahonasida sekin oşxonaga çiqdi. Qozon-tovoqqa unnayotgan xotinining yoniga borib, hasratomuz uf tortdi.
– Ha, tinçlikmi? – deb söradi xotini taajjublanib. – Mehmon rostdan ham tanişingiz ekanmi?
– Ha, tanişim, qadrdon kursdoşim. Çinozlik.
– Nega esa munça öylanib, taşvişlanib qoldingiz?
– Hamma gap şundaki, onasi, uning ismini heç eslayolmayapman. Hadeb mehmon, mehmon deyaveriş, özing bilasan-ku, juda noqulay.
– Iya-ya, şunaqami… – xotin ham hamdardlarça boş tölğab qöydi.
Almat yana mehmonxonaga kirdi.
– Ob-bo, mehmon-yey, – dedi çoynakdagi çoyni obi-tobiga keltirarkan, – biz tomonlarga yölingiz tuşgan ekan-da.
– Ha, Samarqandga xizmat yuzasidan kelgandik. Lop etib esimga sen tuşib qolding. Iya, şunça kelib qoldim, endi döstimdan ham bir xabar olib, bir keça suhbatlaşib çiqay dedimu, qişloğingni möljallab bu yoqqa jönayverdim.
– Rahmat, rahmat…deb minğirladi Almat hali- hanuz mehribon kursdoşining ismini eslab olişga urinib yotarkan, – bizni sörab kelibsiz, sizni Xudo sörasin.
– Rahmat, Almatjon, rahmat.
Mezbon yana oşxonaga çiqdi.
– Ölar bölsam ölib böldim, – dedi u tajanglik bilan boşini çangallar ekan, – buning ismini qanday bilib olaman endi?!
Xotini açingannamo unga tikildi.
– Sekin özidan sörab qöysangiz-çi.
– Kallang joyidami, xotin, birov qadrdonim deb uzoq-uzoqlardan kelib ötirsa-yu, men baqrayib, keçirasiz, sizning ismingiz kim edi deymanmi? Axir unda beçorani tiriklayin görga tiqqan bölaman-ku, meni allaqaçon unutib yuborgan ekan bular, deb qattiq xafa böladi-ku!
Xotin yana hamdardlarça yelka qisişdan nariga ötmadi.
Mezbon yana xijolatli bir tarzda mehmonxonaga qaytdi.
– Almat, – dedi kursdoş u kirar kirmas, ming bir tabassumga kömilib, – paxta terimiga çiqqan davrlarimiz esingdami? Kim özarga kursdoş qizlarning paxtasini taroziga çiqarib berardik-a. Zulxumor esingdami? Nuqul öşanga xuşomad qilarding. Bir gal paxtasini kötaraman deb ustiga yiqilib ketganing-çi, ikkoving ham naq yarim soatça qop tagida qolib ketgandilaring-a….
Kursdoş qizlarni tilga ola boşlagandan buyon şörlik mezbon qörqa-pusa eşik tomon alanglab qöyardi. Mehmon esa pixillab kulgani-kulgan.
– Ha, aytgança, – deya tağin Almatga savol nazari bilan qaradi u, – Eşmat degan yana bir kursdoşimiz bor edi-ya? U ham senga qişloqdoş edi, adaşmasam.
Mezbonga jon kirdi.U kursdoşiga xuddi hozirgina körib turganday yal-yal yaşnab qararkan:
– Topdim! – deb yubordi beixtiyor.
– Nima?! Nimani topdingiz?
– Ha… yöq, men şunçaki…haligi Eşmat ham şu qişloqda yaşaydi, demoqçi edim.
– Unda Eşmatga ham mening kelganimni xabar qil, bir diydorlaşib, otamlaşaylik.
Almat dik etib örnidan turdi.
– Mehmon, siz sira tortinmay çoy-poy içib turing, xöp. Men zuvva borib Eşmatni topib kelaman.
– Juda yaxşi bölardi-da, – deb öz-özidan odatdagidek pixillab kuldi kursdoş, – u nomardni ham juda soğinganman, bi-ir diydoriga töyayin.
Almat halloslab köçaga çiqdi.
“Tavba, Eşmatdan sörasam ham böladi-ku, – öyladi u taajjublanib, – nega heç esimga kelmadi-ya?!”
Ayni paytda Eşmat tevarakka alang-jalang qilganiça Almatning tomorqasiga sigirlarni haydab kirişga harakat qilardi. Tösatdan döstining şu tomonga çopqillab kelayotganini körib, mol-holini jon holatda tomorqadan uzoqroqqa hayday boşladi. Şu asno Almat ham yetib keldi.
– Ey, qayerlarda sandiroqlab yuribsan, – deya unga pöpisa qila ketdi Eşmat, – tomorqangni mollar butkul yeb bitkazibdi-ku! Mana, uçinçi marta bu yerdan sigirlarni quvib çiqaryapman. Tavba, kimniki ekan bu qarovsiz jonivorlar?
– Rahmat, döstim, rahmat, tomorqamni qutqarganing uçun rahmat, endi özimni qutqar, iltimos.
– Özingni qutqaray?! Nimadan qutqaray?!
– Balodan qutqar! Bir baloga yöliqdim, döstim. – Almat halloslagan köyi şunday derkan, tuyqus nimadir yodiga tuşib qolganday Eşmatga andak ajabsinib, andak sirli iljayib qaraydi. – Yö-öq, avval suyunçi ber!
– Suyunçi?! Baloga yöliqqaning uçunmi? Mayli berganim bölsin.
– Yö-öq, boşqa narsa, biznikiga bir mehmon keldi. Eşitsang, quvonçdan tappa taşlab yuborasan.
– Kim? Kim kelgan, tezroq aytaqol!
Almat çuqur tin olib, boş çayqadi.
– Kimligini bilganimda, munçalar seni izlab, sarson bölib yurmasdim.
– Ey, menga qara, – dedi Eşmat ensasini qotirib, – mast-past emasmisan, işqilib? Bir baloga qoldim deysan, bir suyunçi söraysan, uyimda mehmonim bor deysan, uni körsang quvonçdan tappa yorilasan deysan, endi esa… kimligini özim ham bilmayman, deb maynavozçilik qilasan.
– Hamma aytganlaring töğri, döstim. Suyunçi ber deganimning boisi, uyimizga çinozlik bir qadrdon kursdoşimiz taşrif buyurdilar.
Eşmat çöçib tuşdi.
– Nima?!
– Qadrdon kursdoş! Hatto seni ham söradi, ammo baloga yöliqdim…
– Yö-ö-ö… döstim, – dedi Eşmat qöllari bilan yuzlarini tösib orqaga tisarilar ekan, – baloga sen emas, men yöliqqanga öxşayman, qadrdon kursdoşingga meni aytma, iltimos. Nima desang, hamma şartingga könaman, döstim.
Almat andak taajjublanib, andak quvlik bilan Eşmatga tikildi.
– Qanday jin urdi seni, nega kursdoşlardan qoçayapsan? Mehr-oqibat yöqmi senda?
– Mehr-oqibat möl-kölku-ya, lekin çöntagimda bir tiyinim ham yöq.
– Çöntagingdagi tiyiningning bunga nima aloqasi bor?
– Öşa kursdoş aniq meni izlab kelgan, bitiruv oqşomida oz-moz qarz olganman.
– Olgan qarzing bor yöği oz-moz ekanu… ustiga ustak, undan beri ön yil ötib ketdi, endi nimasidan qörqasan?
– Qörqaman-da, bilasan-ku, birovning haqiga xiyonat qilişni yomon köraman.
– Iya?! – Almat Eşmatga ajablanib qaradi. Hali sen menikida kim ötirganini bilmaysan-ku, balki bu sen qarz olgan kursdoş emasdir?
Eşmat çaynalgan köyi boş qaşladi.
– Buning farqi yöq… Hamma kursdoşdan oz-mozdan olib çiqqanman.
– Yöğ-ye?!
– Rost, bir kişiga oğirlik qilmasin deb, birvarakayiga hammadan oz-moz olgandim.
Ikkovi ikki tarafga qarab ança payt öylanib qolişdi. Söng babbaravar bir-biriga yuzlanib, babbaravar deyişdi:
– Böpti, seni bu balodan qutqaraman!
– Dardingni ayt, bötam, – dedi Eşmat.
Almat çuqur tin olib, göyoki iztirob bilan boş çayqadi.
– Bilasanmi, kelgan kursdoşimizni rang-röyidan tanib turibmanu… lekin, qurmağurning heç ismini eslayolmayapman-da. Bilasan-ku, hadeb mehmon mehmon, deyiş juda noqulay-da…
– Tuşunaman, tuşunaman… – dedi Eşmat qöllarini köksida çaliştirib, ğoyat sipo bir tarzda u yon- bu yon yurinarkan. – Xö-öş… demak, çinozlik deding-a…
Almat döstiga umid va işonç bilan qaradi.
– Ha, ha, çinozlik!
– Qoraçadan kelgan, közlari qisiq, özi biroz pismiq yigitmi?
– Xuddi şunaqa! Iltimos, bilsang, ismini aytaqol! Keyin senga ham yordam beraman, kursdoşimizning oldiga borib, Eşmat Buxoroga xizmat yuzasidan ketibdi, deb qöyaman.
– Yaxşi, döstim, yaxşi… lekin, töğrisi, men ham uning ismini eslayolmayapman… Agar bergan pullari hozir yonimda bölganida-ku… aqçaga qarab ham kimligini darrov aytib bergan bölardim…
– Nahotki?! – dedi Almat yuz-közida tahdid alomatlari paydo bölib, – endi istaysizmi-yöğmi, uning ismini eslaşingizga töğri keladi deb öylayman, aks holda…
Eşmat döstiga közlarini pirpiratib, çöçinqirab qaraydi.
– Biroz şoşilmagin, döstim…
– Senga ikki daqiqa vaqt, boşqa kutolmayman.
– Evrika! Topdim! – deb çinqirib yubordi Eşmat birozdan söng.
– Qani, ayta qol, döstim, avval xotirangga, söng tilingga şakar!
– Esingdami, beşariqlik yana bir kursdoşimiz bölardi, novça, qirraburun, qoşlari ösiq, esladingmi?
– Ha,ha, esladim.!
– Şu ikkalasining ismi ham, familiyasi ham bir xil edi! Esingdami, domlalar köpinça ikkisini çalkaştirib yurişardi!
– Esimda!
– Xullas… Eşmat buyoğini böşaşibgina davom ettirdi, – xullas, kursdoşning oldiga borib, sekin gap boşla, öşa beşariqlik bolaning ismini söra, u aytadi, qarabsanki, masala hal!
– Aqlingga balli, döstim! Böpti, men ketdim…
– Hoy, şoşilma, meni topolmaganingni zimdan qistirib öt, xöpmi?
Almat Eşmatga andak iyak kötarib, kibr bilan qaradi.
– Yaxşi… lekin bir şartim bor…
– Qanaqa şart?!
– Mehmon ketgunça bizning tomorqaga köz-quloq bölib turasan.
– Böpti…
Almat hovliqqan köyi iziga qaytdi. Eşmat uning ortidan maʼnodor qarab qoldi…
…U şoşa-pişa uyiga kirib borganida kutilmagan kursdoş mehmonxonada bemalol yonboşlab olib, dasturxon ustidagi noz-neʼmatlarni bir boşidan paqqos tuşirardi. Almat ğorat aylangan dasturxonga bir zum angrayib qarab qoldi. Söng zörma-zöraki iljaydi.
– Xuş kördik, mehmon, qalay zerikmay ötiribsizmi?
– Kursdoş hovuçi töla çaqilgan bodomni oğziga taşlarkan, mamnuniyat bilan dedi:
– E-e, Almatjon, zerikişga vaqt bormi?
– Marhamat, çoydan höplab oling, – dedi mezbon, çoynakdan çoy quyib uzatarkan, – bodom biroz behuzur qiladi.
– Mayli, behuzur qilsayam, bodom qilsin, – deya odatiga köra öz boşiga pixillab kuldi kursdoş, tağin bir hovuç bodom olib çaqa boşlarkan.
– Aytgança, Eşmat uyida yöq ekan. Buxoroga iş yuzasidan ketibdi…
Mehmon Almatning aftiga ajablangannamo tikildi.
– Kim u Eşmat?
– Kursdoşimiz… boyagina topib kel, degandingiz-ku?
– Ha, umi… – kursdoş beparvo qöl siltab qöydi.
– Bu… haligi, – deb ohista maqsadga ötdi Almat, – esingizdami, mehmon, beşariqlik yana bir kursdoşimiz bor edi…
– Ha, esimda, – tağin öziça pixillab kuldi mehmon, – haligi baroq qoş, naynovni aytayapsiz-da, a…
– Ha, öşani! Öşa döstimizning ismlari kim edi?
Mehmon kavşangan köyi bir zum öyga çömganday böldi. Almat yurak hovuçlab unga jonsarak termuldi.
– Uning ismi, – deb ğudrandi nihoyat mehmon, söng tuyqus Almatga tirjayib tikildi, – aytgança, u mening adaşim edi-ku!
– A?! Ha… şu…şunaqa edi-ya…
Hiylasi iş bermagan Almat böşaşgan pufakday şalvirab qoldi.
Şu alfozda, ming bir xijolatpazlik, önğaysizlik içida keç tuşdi. Tun töşagi töşaldi. Ammo kutilmagan köz oğriqday kursdoşning ismini izlab, boşi qotgan Almat tun böyi tölğonib uxlayolmay çiqdi. Faqatgina tongga yaqin közi ilinib ança payt uxlab qolibdi. Mundoğ turib qarasa, kursdoş ketişga çoğlanib bösağada turibdi. Qarşisida Almatning beş yaşar mahmadona qizçasi.
– Qoçib ketayapsizmi, mehmon aka, – dedi u çuçuk tilda.
– Voy şirin qizaloğ-yey, – deya uni erkaladi kursdoş, – qoçib ketayotganim yöq. Bundan keyin-çi, asal, dadangizga öxşab ismimni qisqartirib, ”Mehmon”, ”Mehmon” demang, xöp? Mehmonali aka, deng,xöp?
– Xöp böladi, Mehmonali aka.
Hali yölakka çiqib ulgurmagan Almat boş çangallab yana içkariga yugurgilab ketdi:” Eh, qurmağurning ismi Mehmonali ekan-ku?!”
Kursdoş quyuq xayrlaşib ketdi…
… Almat Eşmatnikiga çopdi.
– Ha, nima gap? Kursdoşning ismini bilib ololdingmi? – deya söroqqa tutdi uni, uyqusiragan köyi peşvoz çiqqan Eşmat.
– Bildim, Mehmonali ekan! Lekin baribir balodan qutulolmadim-da.
– Nega?! Qanaqasiga?!
– Şunaqasiga. U seni topib berasan, esam meni uyiga boşlab bor, deb rosa tinkamni quritdi. Men seni himoya qilaman deb yolğon gapirdim, imonimdan ayrildim.Bilmadim, endi qanday qilib meni rozi qilasan…
Eşmat pinagini ham buzmadi.
– Biru bir, döstim, biru bir.
– Qanaqasiga?! Bu nima deganing?
– Tomorqangga qarab turaman deb mening ham tinkam quridi. Ekiningni köz qoraçiğiday asrayman deb sening oldingda yolğonçi böldim, imonimdan ayrildim.
– Nima?! Bundan çiqdi…
Almat gapini ham tugatmasdan, dimoğida ğudranib sökinganiça tomorqasi tomon çopdi. Eşmat uning orqasidan lökilladi.
Almat borib ne köz bilan körsinki,ekinlar ança payhon qilingan. U böşaşib bir çekkaga ötirib qoldi. Eşmat oğir-oğir xörsinib öziça ovutgan böldi.
– Mayli, döstim, köp qayğurma, soğliqqa ziyon. Endi taqdirga tan bera qol.
– Bekorlarning beştasini aytibsan! Men hali allaqanday mollarga, jumladan, senga osonlikça taslim bölmayman. Kuraşaman, qolgan ekinimni qutqarib qolaman.
– U holda, döstim, senga bir maslahatim bor.
– Xöş, qanaqa maslahat? Işqilib imondan ayiradigan xilidan emasmi?
– Taşvişlanma, döstim, senda ayriladigan narsaning özi yöq.
– Maynavozçilik qilmay, gapirar bölsang, tezroq gapir.
– Qöşni qişloqdagi mulla Mirzani taniysan-a?
– Ha, nimaydi?
– Öşa taqsirning dami-duosi juda kuçli emiş. Borib bir gaplaşib kör-çi, balki mollar bosqiniga qarşi biror narsa qilib berar, meni yubordi desang, sal-pal arzonroqqa xizmat qiladi.
– Seni yubordi desam, mulla bova tekinga xizmat qiladilar. Çunki, biladiki, sendan unga heç nima ortmaydi.
Almat şunday dediyu jahl bilan qöşni qişloqqa ravona böldi. Eşmat uning orqasidan ayyorona iljayib qoldi.
Mulla Mirzaning uyini topiş qiyin emasdi. Çunki u yer Almatga öxşaş hojatmandlar bilan hamişa gavjum.
Mana, nihoyat bizning qadrdon jabrdiydamizga navbat yetib keldi.
– Assalomu alaykum, mulla bova, – deya qiroat bilan salom berdi u içkariga ixlosu umid bilan qadam bosarkan.
– Vaalaykum assalom, keling, bötam.
Har xil kitobu risolalarga kömilib, muştdekkina bölib ötirgan, kiçik boşiga qozonday sallani bostirib olgan qariya uni şu taxlit, oçiq yuz bilan qarşiladi.
Almat butun xuşomadgöylik iqtidorini işga solib hol-ahvol söraşdi.
– Xöş, xizmat, bötam?
– Mulla bova, ming bir umid bilan tomorqaga ozroq ekin-tikin qilgandik, ammo qişloqning mol- hollari bostirib kirib…
– Tuşundim, bötam, tuşundim.
Mulla Mirza bir imo bilan mijozning gapini bölib, bir zum oqilu dono qiyofasiga kirdi-da, söng qöliga davotu qalam oldi. Ança payt allanimalarnidir bitdi. Bu orada Almat öğrinça çöntagidan pul çiqarib, ters ögirilganiça qayta va qayta sanadi. Piçasini çöntagiga qayta tiqdi.
– Mana,bötam, zakazingiz, tayyor.
Mulla Mirza şunday dedi-da arabiy imloda allanimalar bitilgan bir parça qoğozni mijozga uzatdi.
Almat qoğozni qölga olarkan, norizo tönğilladi.
– Bu nima, mulla bova?!
– Nima bölardi,qaytariq duo, bosqinçi mollarni qaytaradi.
– Meni yoş boladay laqillatmang, mulla bova, axir duo bitilgan tumorlar bunaqa bölmaydi-ku?!
– Qanaqa böladi, xöş?
– Çiroyli qilib, uçburçak şaklida qatlangan böladi.
Qariya tamanno bilan kuldi.
– Bötam, köp aferistlar nima yozganimni mijoz körmasin deb, şu taxlit buklaydilar. Biz mardu maydonmiz, bötam, oşimiz halol, köçada içamiz, yozganlarimizni oşkora körsatamiz.
– Mayli, işondim,mulla bova, endi buni nima qilay?
– Buni şu taxlit, yaʼnikim, yozuvlari oçiq holda mol-hollar bostirib kirayotgan öşa tomonga osib qöying, inşaalloh,murodingiz hosil bölgay, maşaqqatlardan foriğ bölgaysiz.
Almat bitikni olib, taqsir bilan hisob-kitob qildi-yu, qişloğiga ravona böldi.
Keldi. Damu duoni balandroq şox-şabbaga osib qöydi. Söng qilmişidan köngli tölib, qöllarini bir-biriga işqalab iljaygan köyi uyiga qaytdi.
Kunböyi yelib-yugurib çarçaganidan, ustiga-ustak keça tuni bilan mehmonning ismini izlab uxlayolmaganidan bölsa kerak, bu safar Almat haş-paş degunça dong qotib qoldi.
– Hoy, dadasi, turing! Hoy, dadasi, bugun yaxşanba deb keçgaça uxlamoqçimisiz, tura qoling, – xotinining şunday erkalaşlari ostida u közlarini arang oçganida, vaqt çoşgoh bölgan ekan.
Almat bir kerişdi-da, dimoğida ğudranib, tağin özini töşakka taşladi.
– Voy, bu nima qiliq? – Xotinining fiğoni falakka çiqa boşladi, – turing, heç qursa, tomorqadan xabarlaşib keling, tezroq boring.
Er beparvo qöl siltab, minğirladi.
– Tomorqaning taşvişini çekmay qöya qol, zör qöriqçi topganman.
Şu payt hovli devori tomondan Eşmatning bökirigi eşitildi.
– Öv-v! Öv-v, mullo Almat, sizlarga ekin kerakmasmi, deyman, butun qişloqning mol-holi tomorqalaringizda yuribdi!
Almat sapçib örnidan turib ketdi.
– Nima?!
U irğib örnidan turdi-yu, sarpoyçan holda tomorqasi tomon yugurdi.
Bordi. Kördi. Darhaqiqat, ahvol ğoyat ayançli edi. Tomorqa içida uç-tört sigir bemalol kavşanib yurardi.
Almat baland çöp uçida ğaribgina ğijimlanib turgan damu duoni yulqib oldi. Söng, allanelarnidir biroz çamalab turgaç, qöşni qişloqqa ravona böldi.
Mulla Mirzaning qabulxonasi hamişagidek gavjum. Darğazab Almat mijozlarni turtib-surib benavbat içkari kirib ketdi.
Qariya uni odatdagidek xuş kutib oldi.
– Keling, marhabo, xizmat, bötam?
– Bu nima qiliq, mulla bova? – dedi Almat maʼlumu maşhur öşa qoğozni silkitib, – menga nima yozib bergandingiz?
Mulla Mirza pinagini ham buzmadi.
– Nima bölardi, qaytariq duo-da, özingiz şuni inon-ixtiyor etdingiz-ku.
– Axir buningiz mollarni qaytarmadi-ku?! Ertalab borib qarasam, butun qişloqning mol-holi tomorqamda..
– Iya, bötam, mollar öqişni bilmasa, menda nima gunoh?
– Nima?! Yö-öq, bunaqa maynavozçilik ketmaydi, pullarimni qaytaring, esam… tegişli joyga arz qilaman.
– Bötam, men sizga, inşaalloh, maşaqqatlardan foriğ bölasiz, deb aytgan edim-ku, töğrimi?
– Töğri.
– A, barakallo, mening huzurimda tağin piça sabr qilib ötirsangiz, mol- hollar ekinzoringizni butkul yeb tugatadi, ana öşanda, ekin parvarişlaş, hosil yiğiş maşaqqatlaridan butkul foriğ bölasiz, inşaalloh.
– Nima?!
Almat jon holatda irğib örnidan turdi-yu, taşqariga otildi…
KARAMXONIY
“Yoşlik”2013/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


