Muhammad Şarif Gulxaniyning “Zarbulmasal”i kitobxonga beadad zavq beradi. Asarda xalqimizning teşa tegmagan, köp maʼno qatlamli maqollari, iboralari jamlanib, bamisoli körkam guldastaga aylangan. Anvoyi çeçaklardan terib, sizga ham ilindik. Öqing, uqing!
* * *
Ayron talab qilsang, çelagingni yaşirma.
* * *
Bor maqtansa topilur, yöq maqtansa çoçulur.
* * *
Karnayçidan nima ketar. Bir puf.
* * *
Ikki suyukli bir köngilga siğmas.
* * *
Boş omon bölsa, börka topilur.
* * *
Yaxşilar topib sözlar, yomonlar qopib sözlar.
* * *
Erman yoğoçini egilgani – singani, er yigitning uyalgani – ölgani.
* * *
Kör tutganini qöymas va kar eşitganini qöymas.
* * *
Sigir suv içguniça, buzoq muz yalar.
* * *
Bitar işning qoşiğa yaxşi kelar boşiğa.
* * *
Çöpni xor tutsang, közga tuşar.
* * *
Qöynidan tökilsa – qönjiga.
* * *
Yaxşi bilan yurding – yetding niyatga, yomon bilan yurding – qolding uyatga.
* * *
Şayxning hunari bölmasa, xonaqahi tang.
* * *
Ot olsang, uying birla kengaş.
* * *
Qöçqor bölar qözining peşonasi döng bölur, Oğa bölar yigitning peşonasi keng bölur.
* * *
Egasini siylasang, itiga söngak ber.
* * *
Uyda çaksa uni yöq, tom boşida qöş tanur.
* * *
Çumçuq semirsa, botmon bölurmi?
* * *
Ola töğonoq olğur bölsa ham, ahvoli maʼlum.
* * *
Bemor tuzalgusi kelsa, tabib öz oyoği bilan kelur.
* * *
Ola közanak ola bölsa ham, arslon bölmas.
* * *
Qizni kim suymas, qimizni kim içmas.
* * *
Oşiqqan qiz erga borsa, yorçimas.
* * *
Oyoq yugurigi – oşqa, oğiz yugurigi – boşqa.
Toşkent madaniyat kolleji öqituvçisi Sarvar Toğayev
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

