6 daqiqada öqiladi

275 marta körilgan

Ijodkorning haqiqiy murabbiysi – hayot

Ijodkorning haqiqiy murabbiysi – hayot

Ingliz romannavislari garçi ijtimoiy adolatsizlik holatlari namoyon bölayotganini körib juda qattiq norozi bölayotgan bölsalar-da, tartib-qoidalarni, axloqni, urf-odatlarni, öz davrining belgilab qöyilgan tartiblarini harholda hurmat qilişardi, ular butun qalblari bilan yaşamoqning soz ekaniga işonganlar, umum tomonidan qabul qilingan qadriyatlarning mutlaqo barqaror ekaniga imon keltirganlar va voqelikni fojiiy bir komediya tarzida kinoya bilan qabul qilmaganlar…

Dikkensda olijanoblik – olijanoblik, illat – illatdir. Holbuki, öz-özidan ayonki, bizlarning ijtimoiy arboblarimizni istisno qilganda, köpçilik odamlarda olijanoblik bilan illat bir-biriga kirişib ketgan böladi.

Dikkens insonning maʼnaviy qiyofasini keng qöl harakati bilan çizadi va u yaratgan manzaralarda jinday bölsa-da sanʼatga daʼvogarlik bölganida, ular bizga qizil rang buqaga taʼsir qilganday taʼsir qilardi.

***

Umumiy madaniy saviya roman yozişni örgata olmaydi. Tor maʼnoda olingan maʼrifat sözi xayolot quvvatini rivojlantirişdan köra böğadi…

Söz tuyğusini, nutq ohanglari va ranglarini şeʼr öqiş va yaxşi proza asarini mutolaa qiliş yöli bilan odam özida östirsa böladi, ammo yaxlit oladigan bölsak, bu narsa köproq tuğma didga va musiqiy tuyğuga boğliq. Kompozitsiya iqtidori ham tabiat tomonidan beriladi, ifodaning teranligiga töla ravişda erişiladi, ularni taşqaridan özlaştirib olib bölmaydi, ularni faqat rivoj­lantiriş mumkin…

Öqiş va yozişni örganib olgandan söng yozuvçi boşqalardan faqat bir narsani – qanday yozmaslik kerakliginigina örganmoği mumkin. Uning haqiqiy murabbiysi – hayotning özidir…

Zörma-zörakilik çinakam poeziyani barbod qiladi, negaki, çinakam poeziya şoirning öziga deyarli boğliq bölmagan holda kayfiyatdan va tuyğudan tuğiladi.

***

Turgenev tasvir sanʼatini benuqson va betakror egallagan edi, u mavzularni şu qadar çuqur öylab çiqar va har tomonlama pişitar ediki, ularni töğridan-töğri qoğozga köçiraveriş mumkin edi, holbuki, u obyektiv voqelikka bepisand qaramasdi, lekin şunday bölsa-da, uning badiiy tafakkurini belgilaydigan narsa faktdan köra köproq kayfiyat vositalari bölardi…

Uning hamma asarlari allaneçuk hazin bir zavqqa çulğangan. Odatda şoirona tabiatga ega bölgan odam tabiat bilan yuzma-yuz töqnaşganda şunday holatga tuşadi.

***

Har qanday odamdan köproq darajada Mopassan bizni ortiqça kitoblarimizni taşlab yuborişga örgatadi. U har qanday odamdan ortiqroq darajada Floberning vasiyatiga amal qilgan edi: “Predmetni boş­qa predmetlardan ajratib turadigan muhim farqlarini bilib olguni­ngizga qadar va buni sözlarda ifodalay oladigan bölgunça örganing!”.

…Ingliz romani maʼnaviy va texnik şogirdlik maktabini aynan Turgenev­da va Mopassanda ötagan. Bunaqa maktabni har bir yoş yozuvçi u yoki bu keksa ustaning qölida allaneçuk içki bir qardoşlikning daʼvatiga köra ötaydi.

***

Tolstoyning ijodiy qudrati tufayli bu kitob(“Uruş va tinçlik”)ning har sahifasi hayron qolarli darajada mazmundor va yozuvçi muvaffaqiyatining siri ham şunda. Roman odatdagi asarlardan olti barobar kattaroq, lekin uning biror qismi çözilib ketmagan va kişini toliqtirmaydi, yozuvçi tomonidan yaratilgan insoniy ehtiroslar manzarasi, tarixiy hodisalar, ijtimoiy hayot, maişiy turmuş manzaralari çindan ham juda ulkan…

“Tolstoyning uslubi” degan narsa, bu sözning tor maʼnosida olib qaraydigan bölsak, heç narsasi bilan ajralib turmaydi. Uning hamma asarlarida kitobxonga gapini qanday aytiş taşvişi bilan emas, nimani aytiş taşvişi bilan andarmon bölgan sanʼatkor şaxsining muhri yaqqol sezilib turadi…

Mahoratga berilgan son-sanoqsiz taʼriflar bor. Ularning yoniga yana bittasini qöşib, mahorat – yozuvçining özi bilan kitobxon orasidagi tösiqni olib taşlaş qobiliyatidir, desak, unda ular örtasida yaqinlik vujudga kelgan hollardagina mahorat çöqqilari zabt etiladi…

Tolstoy özining ijodiy mayllariga ham, islohotçilik mayllariga ham butun vujudi bilan berilib ketadi. Tolstoy heç qaçon suvni sinab körmoq uçun avval bir oyoğini, keyin ikkinçi oyoğini tiqib körib, sohilda turib qolmaydi, holbuki, bu hozirgi sanʼatning odatdagi zaifligiga aylanib qolgan. Hayotga va maʼnoga töliq sanʼat sanʼatkor öz mavzuiga töla-tökis berilib ketgan holdagina vujudga keladi. Sanʼatdagi qolgan narsa – yoziş mahorati borasidagi maşqlardan özga narsa emas…

Sanʼatkor butun vujudi bilan mavzuga berilib ketgan fursatda unda qanday ifodalasam ekan, degan masaladagi barça gumonu şubhalar tumanday tarqab ketadi – ular öz-­özidan hal böladi va, qarabsizki, durdona asar yaratiladi…

Ğayrişuuriy tarzda töplangan tajriba va taassurotlar zaxirasi bölmasa, qançadan-qança isteʼdodlar nobud bölib ketadi. Qançadan-qança yozuvçilar tegirmonda heç vaqo bölmasa ham yoğ çiqarişga urinib yotadilar…

Sanʼat asari tabiat va insonni xuddi Yevrepid dramalari yoxud Turgenev romanlari yangliğ tasvirlaşi mumkin, yoki bölmasa, Andersenning ertaklari yoxud “Yoz tunidagi tuş” kabi fantastik xarakterga ega bölişi mumkin. Bunday asarlar töğrisida gapirganimizda, biz modani esimizdan çiqaramiz.

***

Insonning tabiati şu darajada sekin özgaradigan narsa böladiki, ming yil muqaddam ötgan narsa ham uning uçun kuni keça röy bergandek körinadi. Şuning uçun kitobxon Çoser zamonida qanday bölsa, bugun ham xuddi şunday syujet bilan xarakterni talab qilaveradi…

Ayni çoğda, komil işonç bilan aytamanki, hozirgi kunda bötqa adabiyot deb atasa böladigan, şakli yöq, şaklsizlikdan doimo liqillab turadigan adabiyot asarlari öttiz yildan keyin xotiralarda heç qanday iz qoldirmay ğoyib bölib ketadi, hatto ularning nomlari ham esda qolmaydi.

***

Kitoblariga qarab Dyumaning özining allaneçuk ğarazlari bormi-yöqmi – bilib bölmaydi, xuddi şuningdek, unda avvaldan pişib qolgan öz qaraşlari yoxud biror falsafiy tizimi bormi-yöqmi – buni ham aniqlaş amrimahol…

Uçar etigimizni oyoqqa ilaylig-u, Dyumadan rus yozuvçisi, har qanday zamondoşlarimizdan köra bizga zamondoşroq bölgan Çexovga ötaylik…

Mening fikrimça, söngi yigirma yil mobaynida bir neça mamlakatda yoş yozuvçilar uçun Çexov eng qudratli ohanrabo bölgan edi. U juda katta adib edi, biroq uning taʼsiri köproq zaiflaştiruvçi xususiyatga ega böldi. Gap şundaki, uning uçun yengilday bölib tuyiladigan bir usul bilan işlamoq tabiiy edi, ammo amalda tekşirib körganda bu usul Ğarb yozuvçisi uçun juda qiyin bölib çiqdi.

***

Kezi kelganda bir narsani sörab olay – sezganingiz bormi – fojiiy voqealarni tasvirlaydigan yozuvçilar odatda öta soğlom odamlar böladi. Ruslar bu hisobga kirmaydi, ular hamişa özlari his qilib turgan narsalarni tasvirlaşadi, bizga – Ğarb odamlariga esa boşqaça sifat xos: biz doimo öz tuyğularimiz va sezgilarimizga teskari boramiz. Biz agar özimizni yomon his qiladigan bölsak, ijodda yumorçi bölib olamiz yoki jilla bölmasa, romantik bölamiz…

Biz hammamiz limuzinlar va samolyotlar degan joyda aqlimiz şoşib qoladigan bölib qoldik. Romantik adabiyotga maşinalar suqilib kirib oldi – miyangda maşina guvillab tursa, quloğingga nay navosi kirmas ekan.

***

Heç qanday gap-sözlar bilan muallifga yoki uning kitobiga obrö orttirib berib bölmaydi. Men qölimga qalam olgandan beri ötgan öttiz yil mobaynida önlab kitoblar töğrisida gap-sözlar bölgan, ularni göyo mangu umr köradigan asarlar sifatida baholab bahs yuritişgan, bugun esa göyo u kitoblar, umuman heç qaçon bölmagandek, paqqos unutib yuborildi.

Ozod Şarafiddinov

tarjimalari asosida tayyorlandi.

Jon GOLSUORSI

(1867–1933)

Ingliz yozuvçisi va dramaturgi. 1897-yili qisqa hikoyalardan iborat ilk kitobi – “Tört shamoldan” (From the Four Winds) nashr etilgan. “Joselin”, “Villa Rubeyn” romanlari, “Adolat”, “Katta öğil”, “Tölin oy” kabi pyesalar, “Oq maymun”, “Kumuş qoşiq”, “Uçraşuvlar” kabi hajviy asarlar va bir neçta hikoya töplamlari muallifi. “Forsaytlar haqida qissalar” (The Forsyte Saga) turkumidagi asarlari maşhur.

1932-yili adabiyot sohasida Nobel mukofoti sohibi bölgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)