11 daqiqada öqiladi

350 marta körilgan

Ikki hikoya

Ikki hikoya

YOZ BILAN XAYRLAŞUV

Neça kundirki, tinmasdan sovuq yomğir quyadi. Boğda namxuş şamol şovullaydi. Kunduz soat törtlardanoq kerosinli çiroqlarni yoqdik. Şunda beixtiyor yoz butunlay tugaganligi, yer tobora tumanlarga qorişib borayotgani, atrofni izğirin, ayni paytda, ğalati qoronğulik bosib kelayotganini ilğab qoldik.

Noyabr oxiri – qişloqdagi eng hazin palla. Eski oromkursiga joylaşib olgan muşuk kun böyi uxladi, yomğirning qop-qora tomçilari deraza oynalariga şitob bilan urilganda, bosinqiraganday uçib-uçib tuşardi.

Yöllar höllandi. Daryo böylab sarğiş tönkalar qalqib ötar, suv tekis oqardi. Quşlar böğotlar ostiga yaşirinişdi. Mana, hafta ötdi hamki, meni heç kim yöqlab kelmadi: na Mitriy bobo, na Vanya Malyavin, na örmonçi. Hammasidan ham keçki payt xuş keçardi. Biz peçga öt yoqardik. Olov gurillab, qizğiş nurlari yoğoç devorlar, Brlyullovning eski suvratida mavjlanardi. Oromkursiga örnaşib olgan musavvir bizga tikilib turardi: qölida oçiq kitob, közlari öyçan, şarillab oqayotgan yomğir kuyiga quloq tutganday.

Çiroqlar yorqinlaşib, samovar qöşiğini boşladi. U bilan xonamiz tölib qoldi. Oynalar namlandi, qayin barglari oynaklarga tinimsiz uriladi. Çoy içib bölgaç, peçka yoniga örnaşib, kitob öqiy boşladik. Bunday paytlarda Dikkensning uzundan-uzoq, qalbni titratuvçi romanlari, «Niva» va «Rang-tasvir» jurnallarini öqiş maroqli edi. Funtik – mallarang, mitti, qiyşiq oyoqli muşugimiz uyqusida tez-tez yiğlardi. Örnimizdan turib, uni issiq qalin mato bilan örab qöyardik, u esa minnatdorçilik bildirganday qöllarimizni yalab, xörsinib, yana pinakka ketardi. Devor ortida qoronğulik hayqirar, yomğir şovqin solar, şamol kuçayardi. Şunday havoda köz ilğamas keng örmonlarda qolib ketganlar haqida öylaş qörqinçli edi.

Bir kuni tunda ğalati sezgi bilan uyğonib ketdim. Tuşimda kar bölib qolgan emişman. Közlarimni yumgança uzoq tingladim. Bildimki, eşitayapman. Taşqarini öxşaşi yöq sukunat qoplab olgan ekan, xolos. Örnimdan turib, deraza yoniga bordim – oynalar qorli va jim-jit. Tumanli osmonga qarasang, boşing aylangudek yuksaklikda – yolğiz oy, uni sarğiş-tilla gardiş örab turardi. Birinçi qor qaçon yerga tuşdiykin? Devordagi soatga yaqinlaşdim. Şu qadar yoruğ ediki, hatto soat millari tim qora bölib körinib turardi. Vaqt tungi – ikki.

Közim ilinibdi. Ikki soat içida yer yuzi şu qadar özgaribdiki, dalalar, örmonlar va boğlar quyun içida. Oyna ortidan boğdagi zarang daraxti butoğida ötirgan katta kulrang quşni kördim. Şox çayqaldi, şovullab qor tökildi. Quş asta qözğaldi-da, uçib ketdi. Oynakka urilgan qor soçilib-soçilib ketardi. Atrof birdan jimib qoldi.

Ruvim uyğondi. U oynadan taşqariga tikilib turdi-da, çuqur nafas olib:

– Birinçi qor yerga juda yaraşdi, – dedi.

Yer iboli kelinday oq libosiga örangan edi.

Tongda hammayoq billurdek yarqirardi: muzlab qolgan daraxtlar, tökilgan yaproqlar, qor ostida tarvaqaylab yotgan daraxt tomirlari. Çoy içayotganimizda Mitriy bobo keldi, bizni ilk qor bilan tabrikladi.

– Yer qor suvi – kumuş suv bilan tozarib oldi, – dedi.

– Mitriy, bunday sözlarni qayerdan olasan-a? – söradi Ruvim.

– Töğrimasmi? – kulimsiradi bobo. – Onam aytardiki, burungi zamonlarda qizlar kumuş közalardagi birinçi qor suviga yuzlarini çayişarkan. Şuning uçun ham ularni gözallik tark etmas ekan.

Qişning birinçi kuni. Uyga siğmay ketdik – örmon köllari tomon yöl soldik. Bobo bizni örmon etagigaça kuzatib bordi. U ham kölga borgisi keldi-yu, lekin sovuqdan «suyaklarining zirqiraşi» bunga yöl qöymadi. Suv tiniq, tim qora. Yuzada nimaiki qalqib turgan bölsa, qiş payti suv tagiga çökib ketardi. Qirğoqlarda muzliklar oynaday tovlanib, qad kerişdi. Muzlik şu qadar şaffof ediki, yaqindan qarasang, közing tinib, uni birdan ilğab oliş qiyin. Qirğoqböyi suv yuzasida çavaq baliqlar galasini kördim. Ular tomonga mayda-mayda toşlar otdim. Toşlar muzliklarga borib tegib, jaranglab ketdi. Yoğoçli töğonlarda baliq tangalari yaltirab-yaltirab ketar, sollar içkarilab borardi. Muzlikda ularning ortidan oq izlar qolardi. Şundagina muzlik qatlamlari paydo bölganini payqadik. Qöllarimizni uzatib, muzçalardan olişga urindik. Ular qarsillab, barmoqlarimizda qor va buta mevasining qorişiq böyi anqidi.

Yaqin-yiroq yalangliklarda quşlar kötarildi, qanotlarini ğamğinlik bilan silkib qöyişdi. Kök juda yoruğ va oppoq. Quyuqlaşib borayotgan ufq rangi qörğoşinga öxşardi. Qorli bulutlar asta-asta silkinib kelardi. Örmon qoronğulaşib borardi, atrofda – jim-jitlik. Qalin qor yoğdi. U kölning qop-qora suvlarida erib, yuzlarni çimçilar, örmonni kulrang tutun bilan qoplardi.

Qiş boşlandi. Ammo ğovak-ğovak qorni yoyib, tozalab taşlansa, yangi gurkirab turgan örmon gullariga közingiz tuşardi. Bilardikki, çittaklar qişlab qolişsa, peçimizda olov çirsillab tursa, bunday qişning zavqiga heç ne yetmaydi! Şunda qiş közimizga yoz kabi yanada maftunkor körinib ketdi.

 

 SARFIŞ NUR

Kulrang tong bilan uyğondim. Xona bir tekis sarğiş nurda tovlandi, u çiroqdan taralayotganday. Nur derazadan pastlab oqar, yoğoç şiftlarni yorqinroq yoritardi. Ğaroyib nur – olis va qözğalmas quyoş nuri kabi. Bu yarqiroq nurlar – kuzgi barglar edi. Şamolli va uzoq tunda boğ qurib qolgan yaproqlarini tökdi. Ular yerda şovullab yotar, bilinar-bilinmas nurlanardi. Bu şuʼlalardan odamlarning yuzlari qizarinib körinar, stol ustidagi kitob varaqlari mum qatlamlari bilan qoplanganday edi.

Kuz şunday boşlandi. Nazdimda, u şu tongda kirib keldi. Ungaça men heç narsani anglamagandim: örmonda hali çirigan yaproqlarning hidi sezilmas, köldagi suv moviy tus olmagan, qirovlar taxta devorlar, tomlarga soçilib ketmagan edi. Kuz kutilmaganda keldi. Bu kirib kelayotgan baxtning sezilar-sezilmas lahzalari, sezgilari – Oka paroxodlarining olis tovuşlari yoxud bexosdan tuğilgan tabassumday.

Kuz tösatdan taşrif buyurdi – hammayoqni egallab oldi. Boğlar, daryolar, örmonlar, havo, dalalar, quşlar kuznikiga aylandi. Boğda çittaklar yugurib yurardi. Ularning qiçqiriği – singan oynaning jarangiday. Huştak, şovqin-suron, qağ-qağlar aralaşib- quralaşib, kökka kötarildi. Boğ kunduzlari osoyişta: quşlar janubga uçib ketişmoqda.

Xazonrezgi. Barglar kunu tun tökiladi. Ular şamolda yonboşlab, enib, engaşib uça-uça namxuş maysalarni qoplaydi. Örmon yomğir aralaş uçib- qönayotgan xazonlarga tölib ketdi. Sentyabrning oxiriga boribgina örmon etaklari oçildi. Endi daraxtlar orasidan dalalarning oçiq bağri körinib turardi. Keksa baliqçi Proxor savat töqiydi. Solotçeda hamma qariyalar savat töqişga odatlanişgan. U menga kuz haqida bir ertak aytib berdi. Men şu kungaça bunday ertak eşitmaganman. Menimça, Proxor uni özi töqigan.

– Sen atrofga qara, – dedi u bigiz bilan çipta kavuşni töqirkan. – Sinçiklab nazar sol, qimmatli odam! Şu quyoş, har bir tirik jon nima bilan nafas oladi? Qara-da, tuşuntirib ber. Mana, yaproq kuzda uçib yuribdi. Nega? Bunisi odamlarga ham tuşunarli, ham tuşuniksiz. Odam öqni öylab topdi. Men ham uning hidini bilaman. Burungi qişloq temirçilari birinçi qurolni yasaşibdi-da, uni öq bilan töldirişibdi. Bu qurol bir tentakning qöliga tuşib qolibdi. Tentak örmon böylab ketaveribdi. Zarğaldoqlarni, osmon böylab uçayotgan quşlarni köribdi. Ularning qanday sayraşayotgani, bir-birini mehnat qilişga çorlayotganini eşitib qolibdi. Tentak ularga öq uzibdi. Şunda oltin par yerga uzilib tuşibdi, örmonlarga köçibdi – ular quvrab qolibdi, ulkan ofat yoğilibdi. Quşlar qoni saçrab ketgan yaproqlar qizarib-qizarib yerga tökilibdi. Şundan örmonda sarğiş va qizğiş barglar paydo bölibdi. Öşa kungaça barça quşlar bizning örmonlardan ketmas ekan. Örmonlar hamişa yaşillanib, qöziqorinlari gurkirab, gullab turarkan. Qor bölmagan ekan, qiş kelmas ekan, deyapman. Qiş bölmagan!… Tentak birinçi quşni öldirdi – yer ğamğin tortdi. Xazonrezgi boşlandi, namxuş kuz keldi. Izğirinli şamollardan qörqib ketgan quşlar uzoqlarga ketib qolişdi, odamlardan xafa bölişdi. Kördingmi, azizim, biz özimizga özimiz zarar yetkazdik. Şuning uçun ham har bir narsani asrab-avaylaşimiz zarur.

– Nimalarni?

– Mana – quşlarni, örmonni, suvni, yerni.

Men kuzni hafsala bilan uzoq kuzatdim. Biron bir narsani çinakamiga körişni istasang, özing ham şuni birinçi marta körayotganingga işonişing kerak. Kuz bilan şunday keçdi. Men ham özimni bu kuz umrimga kirib kelgan birinçi va sönggi kuz ekanligiga işontirdim. Şunda kuzga sinçiklab nazar taşladim, oldin körmaganlarimni ham ilğaşga urindim. Ular kuzdagi loygarçiliklar, Moskva tramvaylarining namli tomlari ustidagi xotiralarday erib ketguvçi tuyğular edi.

Men nafaqat tillarang, balki qirmizi, alvon, siyohrang, mallarang, qora, kulrang, oqiş barglarni ham kördim. Bu ranglar kuz qoronğuligida mayinlaşar, havoda qimirlamay osilib turardi. Yomğir yoğayotganda ranglar jilvalanadi, bulutli osmon ajib nur taratib turadi. Bu jilvalanişda yomğirli örmonlar olis-olisdan tonggi şafaqda lovullab yonayotgan gulxanlarday közga çalinadi. Qarağayzorda qayinlar sovuqdan diydiraydi, sumalaklarga tilla suvi surtilganday. Boltalar zarbining tovuşi, quşlar qanotidan köçgan şamolda titranib ketgan yaproqlar şovdiraydi.

Daraxtlar erta sarğaya boşlaşdi. Tanasining yarmi qizğiş, yarmi yaşil toğteragini uçratdim. Kun örtasida Prorva böylab sayrga çiqdim. Janub tomonda quyoş enib bormoqda. Uning sinib-sinmayotgan nurlari qorayib borayotgan suvda akslanadi. Bu nurlar bölak-bölaklanib, tölqinlanib, qirğoq böylab tekis yuguradi, suvdan kötarilib, daraxt uçlariga singib ketadi. Nur mavjlari qalin maysazor va butazorlarga inib, bir lahzada butun qirğoqqa taraladi, toğ jinslariga yuzlab böyoqlar şudringday yoyilib ketadi. Nur goho zaharli zamburuğning olovrang boş kiyimi, goh zarğaldoq tusli yarqiroq maysalar, tökilib yotgan quruq mevalarni oralab, goho eman barglariga, pöstloqlariga, tanasiga qorişib ketardi.

Tökilayotgan kuzgi barglarga sinçkovlik bilan qarayman. Men aynan barg çirt etib uzilib tuşayotgan damni köriş ilinjida, öşa bildirmaygina ötib ketadigan lahzani uşlab oliş istagidaman. Bandidan uzilib, yerga tuşayotgan yaproqqa tikilaman. Kitoblarda tökilayotgan yaproqlar şivirlari haqda köp öqiganman, ammo bu tovuşni eşitmagan edim. Barglar faqat yerda, oyoq ostida şovullardi. Bargning havoda şovullaşi bahor çoği maysalarning ösib borişini ilğaşdek tasavvurga siğmas holat bölib körindi.

Şahar köçalarining tinimsiz şovqin-suronidan garangsib turgan tovuşlar ham öziga kelişi, tuproqning eng toza va tiniq ovozigaça çulğangan kuzni tinglaş uçun kutiş kerak edi. Keç tuşişi bilan boqqa çiqdim, yoğoç quduq yoniga keldim. Bir çetiga fonusni qöydim, suv oldim. Çelakda barglar suzib yurardi. Ular hammayoqda közga çalinadi, göyo ulardan qutilib bölmasdi. Nonvoyxonadan hozirgina olib kelingan qora nonga ham höl barglar yopişib qolibdi. Şamol hovuç-hovuçlab stol usti, örindiqlar, yer, kitoblarga barglar tökardi. Boğ yölaklarida yurib bölmasdi: qor ustida yurganday xazonlarni ğijirlatib ötasan. Biz ularning ustida ağanardik, ulardan anqiyotgan hidlarga töymasdik. Na tili, na quloği bor bu kuz oqşomlarining! Şamol esmay qöydi. Örmon etaklari şu qadar tinçki, qorovul töqmoğining zarbigaça eşitiladi.

Tun. Fonus quduq, devor ostidagi keksa zarang daraxti, soçilib-sarğayib ketgan butoqlar, gultuganaklarni yoritib turardi. Zarang daraxtiga qaradim. Şoxlardan asta-astagina ajralib çiqayotgan qizğiş bargga közim tuşdi, titrab ketdim. U bir muddat havoda töxtab qoldi. Söng engaşib, şitirlab, çayqalib oyoqlarim ostiga tuşa boşladi. Şunda birinçi bor tökilayotgan yaproq şitirini eşitdim – tuşuniksiz, xuddi gödakning şivir- şiviriga öxşaydi. Tinç, osoyişta yer uzra tun hukmron. Yulduzlar jilvasi şu qadar tiniqki, tasavvurga siğmaydi.

 Men junjikdim. Kuz osmonidagi yulduz turkumlari çelakdagi suvda ham, kiçikkina kulba darçasida ham jilvalanardi, mavjlanardi. Persiya va Orion yulduzlar burji yer böylab sokingina oqib ötişardi, titranib, börilar mudrab yotgan çakalaklarda xiralaşib, Starise va Prorvaning sayozliklarida tökilib yotgan baliq tangalarida ham nurlanib ketardi.

Tongotarda moviy Sirius yonib körindi. Uning enib kelayotgan olovlari tol barglariga urildi. Yupiter qorayib köringan ğaramlar uzra ötloqzorlar, loyli köçalardan çayqalib ötardi. Saturn esa osmonning bir çetidan örmonlar, böyi unutilgan göşalarni oralab kötarildi. Borliqda yulduzli tun porlaydi, meteoritlarning sovuq nurlari parçalanadi, kuzning nordon suvida qamişlar şovullaydi, ularning hidi çor-atrofni tutib ketadi. Kuz oxirlayotganda Prorvada Proxorni körib qoldim. Tözğigan oppoq soçlariga baliq tangalari yopişib, yaltillab turibdi. Tolzorda olabuğa baliq ovlardi. Körinişidan yuzga kirganday. Tişsiz oğzini oçib kuldi, döppayib turgan çöntagidan olabuğa baliqni çiqarib körsatdi – yoğli öljasi bilan maqtandi. Baliqning yonboşlariga urib-urib qöydi – baliq tutdik!

Keç tuşgunga qadar ikkovlon qotib qolgan nonni kavşandik, yarim ovozda yaqinda röy bergan örmon yonğinidan sözlaşdik. Yonğin Lopux qişloği yonida boşlangan. U yerda öroqçilar gulxan öçirişni unutib qoldirişgan. Quruq şamol esardi. Olov şitob bilan şimolga yönaldi. U poyezd tezligida – soatiga yigirma kilometr yöl bosardi. Pastlab-pastlab uçib ötayotgan uçoqlar kabi ğuvillardi. Tutun bilan qoplangan osmonda osilib turgan quyoş oppoq -kulrang qalin pöpanakning töq qizil örgimçagiga öxşardi. Yomğir işqorlanib yoğardi. Kulrang daryo suvini bosib, qoplab turardi. Ahyon-ahyonda kökda kulga aylangan barglar uçib ötardi. Ular sal tegib ketgan uçqundan ham çangga aylanib ketardi.

Tundlaşib borayotgan tunda şafaq şarq tomonda aylanaga öralar, hovlilarda sigirlar bökirib qöyar, otlar kişnar, ufqda raketalardan saçrayotgan oqiş nurli signallar yarqirab ketardi. Bu – harbiy qismlardan, ular ötni öçirişgan. Bir-biriga signal yuborib, yaqinlaşib kelayotgan yonğindan xabar berişardi. Biz Prorvadan keçga yaqin qaytdik. Quyoş Oka ortiga endi. Şunda biz va quyoş örtasida rangsiz kumuş halqalar töşaldi. Quyoş nurlari kuzgi örgimçak uyalarida akslanar, bu butun ötloqzorni örab olgan edi.

Kunduz payti pöpanaklar havoda uçib yurar, qöl urilmagan maysalarga qorişib ketar, eşkak, yuzlar, suvliq, sigir şoxlariga kalava ipday ilaşib qolardi. Tong çoği örgimçak uyalarida şudringlar tovlanib, bir zumda erib bitardi. Pöpanaklar va şudringli tollar quyoş ostida olis yurtlardan bizning ölkaga kelib qolgan ertakçi daraxtlarday turişardi. Har bir örgimçak uyasida mitti örgimçak ötirardi. U uya töqirdi. Bu örgimçak parvozi kuzgi quşlar uçişiga öxşab ketardi. Şu kungaça nima uçun örgimçaklar yupqa kalava iplari bilan yer yuzini qoplab uçişlarini kim yaxşi bilarkin, bilmadim…

Uyga kirib, yuzlarimga yopişib qolgan pöpanaklarni yuvib taşladim-da, peçga öt qaladim. Qayin tutunining hidi kalava ip böyi bilan qorişib ketdi. Keksa qora çigirtka kuylay boşladi. Pastda siçqonlar zir yugurişadi. Ular qişlik ğamida – uyalarini qattiq non uşoqlari, qand, qotib qolgan pişloq bölaklari bilan töldirişmoqda. Tun yarmidan oqqanda uyğonib ketdim. Xörozlar ikkinçi bor qiçqirişdi. Yulduzlar qimir etmay yonib turişar, tongni entikib kutayotgan şamol boğ uzra sokingina şivirlardi.

 

Konstantin PAUSTOVSKIY

 

 

Rus tilidan Oygul Suyundiqova tarjimasi

 

“Yoşlik” 2013/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)