401 marta körilgan

Goh şodman, gohida közga kelar yoş

Muhammad Ismoil

***

Bu nozmi va yoki araz, bilmadim,

Nima gunohim bor, gaplaşgingiz yöq.

Sizni sevmoqni heç orzu qilmadim,

Faqat yuragimda lovullagan çöğ.

 

Mayli, masxaralab kuling ustimdan,

Bir haqiqat menga ayon, harqalay.

Barça gözallarning odati – zimdan

Sevdirib qöymoq, söng ketmoq qaramay!

 

***

Siz bunça yaxşisiz, könglimni

Şod etdingiz, sarxuş, sarmastman.

Har yon çopib, endi özimni

Qöyarga joy topa olmasman.

 

Qança kutdim bu lahzalarni,

Neça yillar urindim nolon.

Yuragimda baxt larzalari

Körinmoqda – yaşamoq oson.

 

Kuçga töldim men favqulodda,

Gado edim, şoh bölgandayman.

Endi kelgandayman, hayotda

Men qaytadan tuğilgandayman.

 

Atrof gözal. Boqaman maftun.

Gul – çeçaklar oçilgan kabi.

Yuzingizda balqigan husn,

Keng olamga soçilgan kabi.

 

Muhabbatga ega har inson,

Yaşaş sirin kaşf etar ekan.

Sevmaganlar – qul va notavon,

Kelar ekan va ketar ekan…

 

Goh şodman, gohida…

 

Goh şodman, gohida közga kelar yoş,

Goh oyda bölsam ham Sizni körarman.

Kelsam, vaslingizga berolmayman doş,

Ketsam hajringizda ötman, örtangan.

 

Goho bir his dilda ingraydi nolon,

Men xorni baxtiyor etdi muhabbat.

Sizday nurga loyiq bölaman qaçon,

Ojizligim oşkor etdi muhabbat.

 

Gohida iqrorman, goho beqaror,

Gohida çuqurda çinqirgan ğamman.

Nega Arşingizda aylanar ağyor,

Nega boşim çiqmas arzdan, alamdan?!

 

Sevgilim, sevsangiz şu menga hayot,

Şudir topganim baxt marjonlarini.

Sevgilim, ketsangiz yöq menga najot,

Adoği bölmaydi armonlarimning.

 

Sevsangiz bölgayman har jangga tayyor,

Har jadalda ğolib, har on, har qaçon,

Qudratli, yengilmas, mingta joni bor

Siz kutgan, siz orzu qilgan qahramon.

 

Goh şodman, gohida közga kelar yoş.

 

Ne böldi…

 

Ne böldi, azizim, qaragingiz yöq

Közimga boqmoqni körmayapsiz ep.

Qora közingizda jodulovçi çöğ,

Nahot yonib turmas endi meni deb.

 

Göyo qalbingizda ketayotir jang,

Baʼzan notavonman, baʼzan qahramon.

Umid va xavotir örtasida tang,

Baʼzan men yomonman, goh duşman tomon.

 

Sevmoq – yölga çiqmoq töfonlar aro,

Garçand qismatimiz ayon azaldan.

Bilmasman, yuz burib ketasizmi yo,

Yo Xudo sizni men uçun yaratgan.

 

Soğinçdan örtanib goh dilda faryod,

Goho xastaholman, goh hardamxayol.

Bilmasman, qayerdan topmoqni najot,

Közingizda balqib turganda malol.

 

Azizim, ğariblar döstidir duo,

Yöq bizga tangridan özga madadkor.

Çin dildan yolvorsak bergaydir Xudo,

Sizga tuganmas baxt, menga sizday yor!

 

***

Sevgi emas ekan közingizdagi…

Keçiring, adaşdim. Men qildim xato.

Aldadi men sevgan yuzingizdagi

Qoronğu könglimni yoritgan ziyo.

 

Nasib etgan edi qayta yaşarmoq,

Keça kirgan edim yigirma yoşga.

Yana boşga tuşdi yuz yoşga qaytmoq.

Bugun tuşdi yana qarimoq boşga.

 

Keça sizning bilan edim baxtiyor,

Bugun yuragimda adoqsiz hasrat.

Qilsa ham bugungi qayğu meni xor,

Ammo keçagi baxt uçun ming rahmat!

 

***

Ahmoqning közi kördir, aqlli döstga ergaş,

Maqtançoqning sözi zör, özi zör zörga ergaş.

Omadi çopgan döstning oldiga çop, omad top,

Iymonsiz zörga emas, iymonli körga ergaş.

 

Muhammad ISMOIL

1964-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Tazarru saodati”, “Tasavvur çiziqlari”, “Köngil mulkiga safar”, “Millat yuragining durdonalari”, “Gapning qisqasi yaxşi” nomli köplab kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.