18 daqiqada öqiladi

620 marta körilgan

Sönggi sms

Ahmadjon Meliboyev

(Hikoya)

 

 Birinçi SMS töyning ikkinçi kuni ertalab, Zebo kelinlik libosida özini biroz önğaysiz sezib,  hovli sahniga olaçalpoq qilib suv sepayotganida keldi.

“Tabriklayman. Bir-biringizga juda monandsizlar. Havasim keldi. Baxtli bölinglar.  Qani endi, menga ham sizdek bir gözal qiz uçrasa”.

Zebo  kim tabriklayotganini bilmasa-da,  köngli biroz yorişdi. Töy çiroyli ötdi, ammo könglida ozroq xavotir ham yöq emasdi. Javlon bilan tanişganiga, aniqroği, taniştirişganiga unça köp bölgani yöq. Durustroq gaplaşişga ulgurişmadi ham. Kuyov nomdor firmada işlar ekan, uçraşuvga çiqişga arang vaqt topdi. Onasiga: “Men u bolani yaxşi bilmasam…” degan edi, “Töydan keyin bir-biringizni  yaxşilab bilib olasizlar, vaqtingiz yetib ortadi”, deyişdi. Sinfdoşlaridan birini xuşlab yurardi, ayta olmadi ham.

Töyni tezlaştirişdi. Kuyovning singlisi çet elga ketişi kerak ekan. Qiz tomonning: “Biroz vaqt beringlar, uyimizni taʼmirlayotgandik”, degan gapiga heç kim quloq tutmadi.

Ikki kun avval haşamatli “Orzu” kafesiga odam siğmay ketdi. Öziyam, aytilgan bir kişi örniga uç kişi keldi-yov. Kelinning quloğiga: “Sanʼatkorlar navbat kutib qolişdi, ana, bittasi arazlab ketvordi”, degan gap  çalindi.

 Qistir-qistir avjiga çiqdi. Varyetteçi qizlar avval örtadagi sahnada raqsga tuşişdi, keyinroq davra aylanib, şunaqangi muqom qilişdiki…

Zebo, yangalari tayinlaganlaridek, ibo bilan, odamlarga qaramay, kazo-kazo odamlar qutlov sözlari aytişganida, kuyov bilan birga örnidan turib, töy adoğida juda horidi. Tomoği qaqrab ketdi. Şundoqqina oldida turli şarbatlar turibdi, ammo dasturxonga qöl uzatsam yaxşi bölmas, deya sabr qildi.

Bir-ikki Javlonga ögirilib qaragisi keldi. Yomon yigitga öxşamaydi. Hurmati joyida şekilli, şu yerning özida ham töyona yiğib ulgurmayapti. Hozir ortiqça qiliği yöq yigitlarni topiş hammaga ham nasib qilavermaydi. Omad deganlari şu bölsa kerak-da…

Kuyov yonida ötirgan kelinçakka unça eʼtibor bermadi. Kuyovjöra bilan allanimalarni piçirlaşib ötirişdi. Ora-çira qöl telefoniga javob berib, “rahmat-rahmat” dedi, kimlargadir topşiriq berdi, bittasiga: “Hö maraz, sanga ertagaça srok, olib kelmasang, bilasan-a,  yançib taşlayman”, deya döq urdi.

“Özini tutib ötiribdi, şunisi yaxşi”, deb öyladi Zebo.

*  *  *

Oradan ikki kun ötib, yana SMS keldi.

“Keça azonda nahor oşga ketaturib, közim tuşib qoldi. Qaynonalar kelinçaklarni sira ayaşmaydi-da. Tongda köchani supuriş şartmi? Qaddi-qomatingizga supurgi yaraşmabdi. Özingizni ehtiyot qiling. Kuyovbolaga hali köp kerak bölasiz”.

Erta-azonda kelin bölib tuşgan hovlini supuriş qizlarning quloğiga juda erta quyiladi. Zebo buni yaxşi biladi. Ammo şundoq ham keç yotib, saharmardonda turiş qiyin bölarkan. Şularni öylab turganida, notaniş kişining bu tasallisi yoqib tuşdi. Şu yaqin-atrofda yaşaydigan qöşnilardan bölsa kerak. Telefon raqamini qayerdan bila qoldiykin?..

Öylab öyiga yeta olmadi, Javlon “Çoyni oyimlar bilan birga içamiz”, deganida xayoli bölindi. Içkariga kirib, kiyimini özgartirdi, biğillab qaynayotgan samovarni kötarib, söri tomonga yurdi.

Keyingi hafta  tiğiz ötdi. Kuyovning qarindoşlari öziga töq kişilar ekan, biri qöyib, ikkinçisi  kelinçakni yöqlab kelişdi.

*  *  *

Javlon uç-tört kunga viloyatlardan biriga xizmat safariga ketdi.

SMS keldi.

“Zebo, zerikmayapsizmi? Kafeda sizlarni körib, töğrisi, mening ham uylangim kelib ketdi. Javlondan bir yoş kiçikman. Biznesni birga boşlaganmiz. Içidan pişgan bola.  Özidan sörab yurmang. Raşki yomon, sizni xafa qilib qöymasin tağin…”.

Kafeda ötirişganini köribdi-da. Keça Javlon ikkovi keçgi ovqatdan keyin, oçiq havoda biroz aylanamiz deya köçaga çiqişgandi. Yangi oçilgan kafe ekan, bir çetda ötirib, muzqaymoq yeyişdi. Katta zalda nikoh bazmi  boşlanib, tez çiqib ketişdi. Şu ham oşkor bölibdi-da. Mahallaninng şunisi yomon, çumçuq bir şoxdan ikkinçisiga ötsa, yetti xonadon eşitadi. “Raşki yomon…”. Qiziq, bu pismiqdan hali köp gap eşitaman şekilli…

Pismiq uzoq kuttirmadi.

“Zebo, bugun sizni atlas köylakda körib, huşimni yöqotayozdim. Dunyo dunyo bölganidan beri hali heç bir kelinçak bu qadar latofatli körinmagan. Atlas sizni emas, siz atlasni bezabsiz. Menga qolsa, şu köylakdan boşqasini kiymang.. Ammo men kimman, bir beçoraman, bunday deyişga haqqim yöq…”.

Ana xolos! Bu “beçora” haddidan oşa boşladi-ku. Nima, qaysi köylagimni kiyişni undan söraşim kerakmi?  – Zebo avvvaliga biroz aççiqlanganday böldi. Hovlidagi yumuşini taşlab, beixtiyor yotoqxonaga qarab yurdi. Içkariga kirib… atlas köylagini qöliga oldi. Kiydi. Oyna oldiga keldi. “Dunyo dunyo bölganidan beri hali heç bir kelinçakka nasib etmagan latofatni” öz közi bilan körmoqçi böldi.

Kördi ham.

Çiroyi ança oçilgan. Qizğiş, löppi yonoqlari öziga ham yoqib ketdi. Qoşlari bir nimadan çöçib, uçişga çoğlanayotgan quşlarday, hurkib turibdi.

Közlariga tikildi. Közlaridan söradi: çindan ham çiroylimanmi, yigitlar huşini yöqotişi rostmi?

Özi javob qildi: rost, çiroy bölsa şunçalik böladi-da.

Ammo…

Atlas köylagini kiyib, nonuşta hozirlayotganida Javlon oldidan ketmadi, qaraşib turdi, oyisiga körsatmay, belidan quçib, erkaladi, yonoqlaridan bösa oldi, lekin “Köylaging yaraşibdi”  demadi. Özi ham: “Köylagim yaraşibdimi?”, deb söramadi. Sörasa aytarmidi. Aytardi.

Zebo SMSni öçirişdan oldin yana bir marta öqidi va… yoqimli  hayajon bilan entikib qöydi.

*  *  *

Javlon haqida öylay boşladi.

Birga yaşaşayotganiga ön kundan oşdi. Oçilib bir gaplaşişgani yöq. Köproq işini öylaydi. Yolğiz qolişganida bir-ikki bağriga bosganday böladi, durustroq erkalamaydi ham, gaplari endi qovuşganida sabil qolgur telefon jiringlab qoladi: “Eşitaman, alaykum assalom, xöş, pişdimi? Nima, qaytarvor, nasiyaga beradigan ahmoq yöq. He, manga qara…”.

Şunga öxşaş gaplar.

Yana entikdi. Bunisi endi sal boşqaça entikiş böldi. Xayoliga “Erim menga beparvomi?” degan savol keldi.

Şu savol, özi bilan birga ança-munça narsani boşlab keldi. Nahotki…

Kun böyi öziga öxşamay yurdi.

*  *  *

SMS keldi.

“Zebo. Meni keçiring. Sizni aldadim, yaxşi iş qilmadim. Hammasini tuşuntirib beraman. Menga işoning. Habib”.

Bunisi endi hammasidan oşib tuşdi.

“Sizni aldadim…”. Nima degani bu? Kim özi bu Habib degani? Nega mendan keçirim sörayapti?

Fikri alğov-dalğov bölib ketdi.

Ertalab nonuşta payti, qölidan piyola tuşib sindi. Tuşlikda qozon qusdi, moşxörda emas, qora atalaning özi böldi.

Qaynonasi piyola singanida: “Mayli-mayli, kelgan balo-qazo şunga ursin”, dedi. Ammo Zeboning içidan kelayotgan  ovoz bunday demadi.

Boşqaça gap qildi.

Zebo töyqus-töyqus telefoniga qaraydigan bölib qoldi.

*  *  *

Ikki kun ötdi.

Javlon xizmat safaridan qaytib keldi. Xotinini bilinar-bilinmas öpdi. Bor-yöği bitta söz aytdi: “Yaxşimisiz”. Şuni ham nomigagina, yarim ovoz bilan, onasi: “Bor, xotiningning oldiga kir”, deganidan keyin aytdi.

Bu Zeboga kamlik qildi. Heç bölmasa: “Soğindim” desa bölardi. Demadi. Yasan-tusaniga eʼtibor ham qilmadi. Telefonga zör berdi.

“Allo, alaykim salom, ha, keldim. Nima gaplar? A? Hali ham ivirsib yuribsanlarmi? Vey, menga qara…”.

Xotiniga “Menga qara” demadi. Şunisi alam qilib ketdi.

*  *  *

SMS keldi.

“Зебо, приветик, как ты…».

Maktabda birga öqigan dugonasi ekan. Dubayga ketuvdi. Zör narsalar olib kelganmiş.

Köziga zör narsalar emas, boşqa narsalar körindi. Idiş yuvayotganida SMS keldi. Dugonasi: “Biror narsa olsang, biznikiga kel”, debdi.

Hayoliga “Habib emas ekan” degan gap keldi. Badani seskandi. Nima, undan maktub kutyaptimi? Yöğ-ye, nega kutsin, şunçaki…

Zebo “Kutayotganim yöq”, deya özini özi işontirişga behuda urinayotganini bilib turardi. Ammo buni tan olgisi kelmasdi. Bunday paytda xayolni bir joyga yiğiş juda muşkul.

Xotining bu holatini sezdi çoği, Javlon unga tikilibroq qaradi. Heç nima demay şundoq qaradi. Bir nima desa yengilroq bölarmidi.

Zebo taraddudlanib qoldi. Beixtiyor javob qilişga şaylandi, baxt quşi qanotida osmonda uçib yurgan ayollarday jilmayişga harakat qildi. Öxşamadi. Tamomila teskarisi böldi.

Javlon xotinining yoniga yaqinroq kelib: “Biror narsadan xafamisiz, yo oyim…” dedi.

Sal nariroqdan turib aytsa ham bölardi şu gapni. Yoniga kelib, köziga qarab dedi.

Eri sezmadi, yo sezsa ham özini sezmaganlikka oldi:  Zeboning badani  titrayotgandi.

Badan titraşi nimaligini bilasizmi? Bunday paytda birovning köziga qaraş oson emas.

Keçqurun Javlon mahalla çoyxonasiga çiqib ketdi.

*  *  *

SMS keldi.

“Zebo, endi aytmasam bölmaydi. Yuragim qon bölib ketdi. Özim haqimda avval yozgan gaplarimning hammasi yolğon. Javlon bilan taniş emasmiz. Uni töy kuni  kördim. Asli, men noşudlik qildim. Baxtimni qöldan çiqardim. Siz… meniki bölişingiz kerak edi… Özim yaratgan qora taqdirga tan berişdan boşqa çoram yöq endi. Yagona yupançim – Sizning baxtingiz. Ammo… baxtli bölarmikinsiz…”.

*  *  *

“Kelin, çiqa qoling…”.

Zebo qaynonasining ovozini eşitibgina öziga keldi.

Qaynona  qörqib ketdi.

Voy kelin, tuzukmisiz, nima böldi sizga? Biror joyingiz…

Qaynona Javlonning uçta akasini uylantirib, uyli-joyli qilgan, birdan tutib qoladigan oğriqlarni köp körgan ayol edi. Şu bois, xayoli yaxşi tomonlarga qoçdi.  Savolini takrorladi:

– Voy şörim, rangingizda rang qolmabdi-ku, tinçlikmi özi?

Zebo bir oğiz “Tuzukman oyi” desa bölardi, şunga ham tili kelmadi. Ayb iş qilib qöygan boladay turib qoldi.

– Voy, böyginangdan örgilay, özimning asal kelinim, kirib yoting, çarçabsiz şekilli…

“Asal kelin” şundagina:

– Yöq oyijon, yaxşiman, haligi, sal…, – deya oldi, xolos.

*  *  *

Öşa kuni tong  qiynalib otdi. Oqarmay, bözarib turaversa  qiyin ekan.

Zebo tölğonib çiqdi.

“Kim böldi bu Habib degani? Maktabda bunday bola yöq edi-ku? Maqsadi nima? Yo uyimni buzmoqçimi?

Javlon pişillab uxladi. Yarim keçada turib, çoynakda qolgan çoyni jumragidan xörillatib içdi. Xotinining holatini sezmadi.

Nonuşta payti oralaridan kiçginagina “ola muşukça” ötdi.

Bexosdan ötdi.

– Zebo,  mendan xafamisan? – dedi Javlon kutilmaganda.

– Voy, nega unaqa deysiz, xafa emasman, – dedi Zebo kulimsirab. Ammo kulgisi  öxşamadi. Bu dunyoda öxşamagan kulgidan köra yoqimsiz narsa yöq. Xuddi şunday böldi. Kulgisigina emas, keyingi gapi ham pişiq çiqmadi:

– Oyim juda mehribonlar…

Bu gap Javlonning ensasini qotirdi. Çunki u onasini bafurja tinglab ulgurgan edi.

– Mendan nimanidir yaşirayotganga öxşaysiz?

– Voy, Javlon aka, nimani ham yaşirardim, hammasi joyida.

– Joyida bölsa, nega ovozing titrab, ğalati bölib ötiribsan?

Xullas, oilada “ola muşukça” paydo böldi.

Köçada, qaysidir muyulişda esa, Zeboning nazdida, “katta ola muşuk” voqealar rivojini kuzatib turardi…

*  *  *

Oradan ikki kun ötdi.

Eslagulik voqea yuz bermadi desa ham böladi.

Faqat bir narsa: Javlon gapni boşlaşga boşladi-yu, davom ettirmadi. Heç narsa bölmaganday, ertalab nonuşta qildi, işiga otlandi. Keçqurun Zeboga bir-bir qarab qöyganini  aytmasa, özini xotirjam tutdi.

Zebo bölsa, birovning hovlisiga kirib qolgan qöziçoqday, uyda, hovlida öziga joy topa olmaydi. Nimanidir kutadi, töğriroği, sodir bölişi mumkin bölgan voqeani, şu bois, ehtiyotkorlik qiladi.

Ehtiyotkorlik qilgani sari…

Bu hayotda tavakkalçilardan köra ehtiyotkorlar köproq qoqilişadi. Qani, birorta donişmand buning sababini izohlab bersin-çi?

*  *  *

Oralaridan “ola muşuk” ötgan kuni Zebo qaynonasidan  sörab, ikki köça naridagi dugonasinikiga borib keldi. Aslida, borgisi yöq edi. Ammo öziga ham nomaʼlum bölgan içki bir kuç uni taşqariga yulqib olib çiqdi.

Hali heç qaçon bunday ahvolga tuşmagandi. Köçada duç kelgan odamga, albatta yoşroğiga, zimdan, öğrinça  razm soladi. “Yöq, bu emas, bu emas, bu ham emas. Balkim hu anudir. Yöq, öxşamaydi…”.

Qaytişda ham şu ahvol.

Bunday holatga duç kelmagan odamga tuşuntiriş qiyin: izlaysiz, qidirasiz, ammo nimani izlayotganingizni, kimni qidirayotganingizni bilmaysiz. Özingizdan özingiz  qoçasiz, özingizdan özingiz yaşirinmoqçi bölasiz.

*  *  *

Uyiga qaytib keldi. Telefoni jim. Içki bir ovoz: “Şu sabilni öçirib qöy, xotirjam bölasan”, deydi. Qani endi öçirib bölsa. Barmoqlari mitti tugmaçalar  ustiga boradi-yu,  tok urganday orqaga tisariladi.

*  *  *

Keçga yaqin…

“Zebo, mening menga nasib qilmagan jonim. Bölar iş böldi. Sizni ortiqça taşvişga qöymoqçi emasman. Ammo, men ham odamman, heç kimdan kam joyim yöq. Javlonga öxşab qöli uzunlardan bölmaganim aybim emas. Şunday ekan, bu dunyoda heç bölmasa dardingni eşitadigan, holingni söraydigan bir kişi bölişi kerak-ku. Nahotki şunga ham arzimasam? Nima dedingiz?”.

Ikki soat ötib…

“Zebo, sizni köçada körib qoldim. Yöq, men özim orzulagan mağrur, latofat boğining körki, muhabbat taxtining bezagi, baxtdan entikkan, menga tutqiç bermagan  Zeboni emas,  sölişga boşlagan gavdani – vujudini  ökinç  kemirayotgan bir beçorani kördim. Özimni özim aldamay – bu siz edingiz. Hammasiga çidayman, ammo  bu holatingizga çidaşim qiyin, işoning. Nima böldi? Heç bölmasa bir oğiz javob qilsangiz böladi-ku…”.

*  *  *

Zebo öziga öxşamasdi.

Qaynonasi mahalla poliklinikasiga olib çiqdi. Uç-törtta xonaga kirişdi. Körikdan ötdi. Vraçlar aniq bir gap aytişmadi, qaynona öylanib qoldi. Könglidan: “Kelinim telefonini yonidan qöymaydi, erta-keç uyiga qönğiroq qiladimi-a. Qudalar tinçmikin, işqilib?”, degan xayol ötdi.

Xullas, öşa kuni keçki ovqatdan söng “ola muşuk” yana ozroq “miyovladi”.

*  *  *

 Ertasiga tuş payti…      

Eri bugun tuşlikka keldi. Qaynonasi bilan birga ovqatlanişdi. Bunday paytda kimdir: “Baraka toping, şirin bölibdi” deyişi taomilda bor, ammo na qaynona, na er çurq etişmadi.

Onasi dasturxonga fotiha öqib, hovliga çiqqaç, Javlon tilga kirdi:

– Döxturlarga körinibsan, dori-pori yozib berişgandir…

Zebo bir nima demoqçi bölib, endi oğiz juftlagandi, Javlon gapini hali tugatmagan ekan:

–    Töydan oldin kasal-pasal bölmaganmisan özi?…

Bu gapni şunçaki bir qiziqdi-da, deb ham tuşuniş mumkin. Biroq, Zeboga oğir botdi. “Oğir botdi” deyiş oz, bu gap Zeboning boşidan ötib, tanasini ming-ming bölakka  bölib, tovonini yorib çiqib ketdi, yer ham çok-çok böldi. Qayergaça yetib borgan bölsa, öşa yerga olov ilaşdi.

Mana şunisi töğri.

*  *  *

Zeboning singlisi  keldi. Qudalar  yöqlov toğora, quda xolaga, kuyovga kiyimlik yuborişibdi.

Opa-singil ança dardlaşib ötirişdi.

– Endi sening navbating, – dedi Zebo singlisiga.

– He, men sizga öxşab şoşmayman, – dedi şaddod qiz.

Bu gap opasiga yoqmadi. Javob örniga:

– Boraqol, ança ötirib qolding, oyim kutib ötirgandir, – dedi qöydi.

– Telefoningiz nuqul band, poççam bilan rosa-a?..

– Boraqol, jinni…

*  *  *

Zebo singlisini soğingandi. Juda sirdoş bölib qolişgandi bu qaqajon bilan. Yarim tungaça allanimalarni piçirlaşib yotişardi.

Gaplari  qovuşmadi. Bir-birlariga begona qaraş qilişdi. Buning ustiga, kelişi bilanoq, “Voy-vuy, közlaringiz kirtayib qolibdimi, opa?”, degani Zeboni dovdiratib qöydi. “Oyimga borib aytadi bu yaramas…”.

*  *  *

SMS keldi.

“Turmuş deganlari şunaqa böladi, kelin bola. Bir kun undoq, bir kun bundoq. Çidaş kerak, boşqa iloj yöq. Ammo hamma narsani içiga yutaverib, adoyi-tamom böliş mumkin. Bir oğiz söz desangiz-çi, bir oğizgina-ya! Qahringiz bunça qattiq…”.

*  *  *

Zebo çidab turolmadi. Telefoniga yopişdi. Bir oğiz söz sen tentakdan ayrilsin, mana:

“Nima demoqçisiz?”.

Javob keldi.

“Baxtli böling demoqçiman, baxtli yaşaşga haqqingiz bor demoqçiman”.

“Siz aytmasangiz ham, baxtliman”.

“Yöq, unday emas, baxtingiz juda omonat, buni özingiz ham yaxşi bilasiz…”.

“Mendan nima istaysiz özi? Gaplaringiz jonimga tegib ketdi”.

“Yolğon baxtga işonib qolmang, demoqçiman”.

“Sizningça, nima qilişim kerak?”.

“Ana, özingizga kela boşladingiz. Şu savolga javob topsangiz bas…”.

*  *  *

Hovlida bir nima taraqlab ketdi. Zebo telefonining ovozini pasaytirib, taşqariga çiqdi. Yöq, qöşni hovlidan kelayotgan ovoz ekan. Içkariga kirib, bahsni davom ettirmoqçi böldi, lekin özini töxtatdi. “Bir baloni boşlab qöydim, endi meni tinç qöymaydi…”.

*  *  *

Ertasiga yozişma  davom etdi.

“Yaxşi yotib turdingizmi, kuyov bola omonmilar, sizni xafa qilmadilarmi?”.

“Sizga nima?

“Kayfiyatingiz buzilmasin, oçilib-soçilib yuring, deyman-da”.

“Ğalati bola ekansiz, sizdaqalarni dovdir deyişadi”.

“Töğri topdingiz, dovdirligim bor. Körsangiz kula-kula ölasiz”.

“Şunaqa öladigan tasqaramisiz?”.

“E, tasqara ham gapni, şalpangquloq, karnayburun, ğilayközman”.

“Onangiz gapga tuqqan ekan şekilli…”.

“Şunaqa. Lekin, gapdan boşqa narsalarni ham bilaman…”.

“Siz uylangansiz, uylanmaganman deb yolğon gapirayapsiz”.

“Töğri, uylanganman, ammo sevib emas. Bittasiga uylab qöyişgan”.

“Yoqtirmaysizmi?”.

“Murosa uçun yaşab yuribman”.

“U-çi, balki sizga köngli bordir?”.

“Yöq, unda köngil nima qilsin. Ovqat pişiradi, yeydi, yotadi”.

“Birortasini sevmagan ekan-da?”.

“Meningça, sevgan, ammo hozir sevgining vaqti emas,töğrimi?”.

“Bilmasam…”.

*  *  *

Yana bir kundan keyin.

“Keça televizorda turkça yangi serial boşlaşdi. Kördingizmi?

“Körolmadim. Erim örtoqlariga ziyofat berdi. Çarçab jonim uzilayozdi. Nima kino ekan?”.

“Bir kelin böladi. Uni heç kim tuşunmaydi. Hamma özini öylaydi. Beçora kelinni tinglaydigan odam yöq. Bugun albatta köring”.

*  *  *

Yana bir kundan keyin.

“Kino maʼqul böldimi?”.

“Qöşnilar çiqişgandi, ularga qarab köra olmadim. Bir qozon ovqatni paqqos tuşirişdi. Çoy-çoy deyişadi nuqul. Bugun körarman”.

“Kelinsiz-da, xizmat qilişingiz kerak”.

“E, kelinlik ham qursin. Tinka-madoring qurib ketar ekan”.

“Kuyov bola qalay, işlari yaxşimi?”.

“Bilmasam, kayfiyati yöqroq. Tekşiruvçilar kelişibdi. Hujjatlarni bitta-bittadan körişayotganmiş”.

“Gaplaşsa böladi. Tekşiruvçining ham nafsi bor”.

“Şunaqa deng? Balkim, yordam berarsiz?”.

“Siz uçun jonim bilan…”.

*  *  *

Çexov domla: “Yaxşi yozuvçi gapni çözmaydi, böladiganini yozadi-qöyadi”, deganlar. Yozuvçilikka davoim bölmasa-da, gapni çözvorganimni özim sezib, öquvçidan uzr söraşga çoğlanib turibman.

 Alqissa, Zebo va Habib muloqotlari yana uzoq davom etdi. Ular bir-birlarini körişmagan bölişsa-da, telefon bahona juda yaqin, qadrdon, sirdoş, köngildoş bölib qolişdi. SMS jönatiş va uning javobini öqiş kundalik turmuşning mazmuniga aylandi desam, işonavering. Ahvol şu darajaga yetdiki, Zebo Habibdan maslahat söraydigan, unga könglini yozib, içini böşatib oladigan, bir-ikki kun jim bölib qolsa, uyqusi qoçadigan bölib qoldi.

Habib bölsa özini odob bilan tutar, sobiq maʼşuqasi köngliga botadigan biror söz aytmas, xatlarida iboli, taʼsirçan söz va iboralarni qöllar, yoş kelinçakni vazminlikka, qiyinçiliklarni bardoş bilan yengişga undardi. Faqat bitta söz bu qoidadan istisno edi. U ham bölsa: “jonim”.

Zebo avvaliga “jonim”ni xuşlamadi, olifta yigitlarning olifta qiliğiga yöydi, keyin-keyin SMS matnidagi ayni şu sözni nigohlari tiyraklaşib  öqiydigan böldi. Şu söz uning qanotiga aylandi.

Habib bölsa Javlonlar oilasining içki hayotini baland bir joydan durbinda kuzatayotganga öxşardi. Bu yerda bir nima böldi degunça,  u bundan xabar topib, SMS matnini şu voqeaga moslardi.

Bir kuni Javlon uyga mast keldi. “Tamom, hammasi tamom”, deya şovqin soldi. Firma yopiladigan, özi odam eşitsa yuragi orqaga tortib ketadigan darajada köp jarimaga tortiladigan bölibdi.

Zebo uni yupatmoqçi böldi. Ammo yupanç sözlari olovga kerosin quyganday böldi. Umrida birinçi marta erkak kişidan şapaloq yedi. Ertasiga ertalab Javlon uyidan bezor bölgan odamday,  “Men ketdim” dedi. Zebo “Qayoqqa?” degan edi, erining oğzidan yozsa qoğoz ham uyaladigan söz çiqdi.

Tuşga yaqin Habibdan SMS keldi. Oralarida nima gap-söz bölganini yoziş şart emas. Ammo Zebo, bordi-yu Habibning qayerdaligini bilganida, oldiga borişga, birov körsayu körmasa boşini yelkasiga qöyib, yum-yum yiğlaşga tayyor edi.

Uzoqdagi Habib buni juda yaxşi his qilib turardi.

*  *  *

SMS

“Zebo, mening zebo sirdoşim.

Bugun tuş köribman. Qirğoqlari ufqqa tutaşib ketgan dengiz emiş. Qayiqda suzib borayotgan ekansizlar: Siz, Javlon. Birdan dovul kötarilib, qayiq tönkarilib ketdi. Ikkingiz ham dod soldingiz. Olam dodingizdan larzaga keldi. Özimni suvga otdim. Ammo harçand urinmayin, Sizga yetolmadim, dengiz tubiga çöka boşlagan Javlon menga mahkam yopişib olib, pastga torta boşladi. Men esa közlarim jovdirab Sizni qidiraman. U bölsa ovozi xirrillab: “Döstim, meni qutqar, meni…” deydi. Men unga döst emişman. Uyğonib ketdim. Könglim xira…”.

Zebo şu zahotiyoq javob yölladi:

“Sizda avliyolik xislati bor. Men çindan ham çöka boşladim. Atrofim töla odam, ammo heç kim qölini çözmaydi. Siz ham. Dunyodan sovidim. Bu sovuq dunyoni körişga toqatim qolmadi”.

Habibga şu kerak edi. U, mana ikki oydirki, ayni şu holat uçun kuraşdi va bugun ğoliblik naşidasini surdi.

“Zebo, mening yagonaginam, yagona ilinjim, bugun körişmasak dengiz tubiga sizdan oldin men yöl olaman. Rahmingiz kelsin”.

Zebo özida emasdi.

“Qayerda?”.

Habib, aftidan, qaçondir  şu savol berilişini kutgan va unga tayyor ekan çoği, darhol javob yozdi:

“Qöşni mahalla adoğida “Muştarak” kafesi bor. Içkariga kirib, öng tomondagi oxirgi xonaga yuring. Bir soatdan keyin öşa yerda bölaman. Sizni köp uşlamayman”.

*  *  *

Bir soat ming soatdan ham ötib ketdi. Soat millari imillab qoldi. Vaqt töxtaganday edi.

Zebo  kiyindi, taqinçoqlarini taqmadi, ammo sumkaçasiga soldi. Yaqinlaşganida taqib oladi. “Muştarak” kafesini biladi. Javlon bilan bir marta kirişgan, nimadir yoqmay, qaytib çiqişgan edi.

Kafega yaqinlaşgani sari yuragi gupillab ura boşladi. Maktabda öqib yurgan kezlari, yoş şilqim domla uni çetga tortib, qöpollik bilan quçoğiga tortganida  şunday ahvolga tuşgandi. Oyoqlari birinçi marta yurayotganday çalkaşib ketar, ammo töxtamasdi, aksinça, ildamlab borardi.

 Yetib keldi. Vaqt keç emasdi, odamlar siyrak, borlar ham özi bilan özi ovora. Bunday joylarda birov birovga qaramaydi, ammo hamma hammani  köradi.

Öng tomon. Birinçi, ikkinçi, uçinçi va, nihoyat, oxirgi xilvatroq xona.

U hozir şu xilvat xonaning eşigini oçadi. Keyin könglini oçadi, balkim bağrini ham oçar. Qöşiqda “Nima bölsa bölar ertaga” deyiladi-ku.

Xona eşigi qiya oçiq ekan. Qöli tegişi bilan lang oçildi. Va şu yerda, ming bor uzr, hikoyamiz… nihoyasiga yetdi.

Nega  deysizmi?

Negaligi şundaki, eşik oçilişga oçildi, ammo heç nima sodir bölgani yöq. Kimdir Zeboning ustidan bir toğora sovuq  suv quyib yubordi. Badani avvaliga muzladi, söng toş qotdi. Közlaridagi hayrat va qörquv ham qotib qoldi.

Içkarida Javlon lağmonni sançqiga örab, iştaha bilan tuşirayotgandi… 

*  *  *

Oradan bir oy ötdi.

Zebo qaqajon singlisi bilan uy içini tozalab bölib, endi divanga çözilgan ham ediki, SMS keldi.

“Zebo. Hammasiga özim aybdorman. Uyga qayt. Ahmoqlik qildim. Men yaramasni keçir. Axir, biror ayb iş bölgani yöq! Kelmasang xarob bölaman. Oyim yotib qoldilar. Xöb desang, özim borib olib kelaman”.

“Javlon aka, bu dunyoda men uçun faqat bitta iş qoldi, u ham bölsa… Habibni topiş”.

“Zebo, nega tuşunmaysan, Habib axir menman-ku!”.

“Yöq, Siz heç qaçon Habib bölolmaysiz. Bölo-olmaysiz! Men uni albatta topaman”.

Bu – sönggi SMS edi.

Ahmadjon Meliboyev 1946-yilda tuğilgan. Toşkent Davlat (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tugallagan.

“Bir zaminda yaşaymiz” (1982), “Umidli dunyo” (1984), “Yolğiz yaşab bölmaydi” (2006), “Huştakni kim çaladi?”(2007), “Umr uçar yulduz” (2006), “Torning çömiçdan farqi” (2007), “Suvora soğinçi” (2007), “Qirq beşinçi bekat” (2008), “Qabohat töri” (2013) publitsistik töplamlari, “Önğor ertaklari” (1985), “Safed Bilol hikoyalari” (2009) qissalari hamda “Xotin yöğida” (2007), “Xörandaning qozoni” (2010) hajviy kitoblari çop etilgan. Ahmad Oğa taxallusi bilan köplab hajviyalar bitgan.

 

 “Yoşlik” 2013/11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)