9 daqiqada öqiladi

499 marta körilgan

Şamolga qarşi turgan ayol

Umuman, inson, xususan, ayol hamişa kimgadir kerak bölişga muhtoj, bu tuyğu, suv ösimlikni gurkiratgani kabi, qalb tirikligini taʼminlaydi. Kerak bölmay qolgani hamon ayol tarovatini, hayotga qiziqişini, mohiyatini unutadi. Gulnoza Ernazarovaning “Tiyramoh tuşlari” nomli qissa va hikoyalar töplami ayni holat ifodasiga bağişlangan deyiş mumkin. Unda jamlangan bitiklar bir umumiy jihatga ega – ularning barçasida anglamsiz xilqat sanalmiş ayol dunyosiga kirişga uriniladi. Kitobdagi “Tiyramoh tuşlari” qissasi qahramoni Jahonaning quvonç-iztiroblari, orzu-keçinmalari qay manbadan suvlanganini aniqlaş muşkul. Asar boşidanoq ayolning kerakli bölişga kuçli ehtiyoj sezişi ayonlaşadi. Hayotining ilk yillarida ota-onasidan ayro yaşagan qizaloq ulğaygaç, turmuş örtoğidan ruhan ayriliqda yaşaydi. Qizaloğining tuğilişi vaziyatni özgartirişi, ayolni umr yöldoşiga biroz suydirişi, farzandga-ku juda kerakli qilişi lozimday edi. Ammo ulaşilişi kerak bölgan mehr bağirda qolib ketaveradi. Erkakning ayoliga bölgan mehri töliğiça dunyoga kelgan gödakka ötib ketadi. Şu tarzda qizaloqda onaga u qadar kuçli ehtiyoj şakllanmaydi. Talab bölmagan joyda taklifga örin yöq: qizi bilan xöjasiga kerakligini sezmagan ayol bor mehrini qarovsiz yaşay olmaydigan, öziga muhtoj bölgan öğliga beradi. Hayotiga mazmun, harakatlariga surʼat, köngliga orzu bağişlab turgan bu rişta ham uzilgaç, ayol quladi – insoniylikdan tubanlaşdi. “May meni aybimni ayamay kemirayotgan alamlar va armonlar oğriğidan qutqarar, vijdonimni uxlatardi”. Har kuni içib, mast bölib yuriş – ayol uçun tasavvur ham qilinmasligi kerak bölgan holat. Ammo qahramon şu holda umrguzaronlik qiladi, yaşaşdan maqsadi aroqqa pul topiş bölib qoladi: “…qizimning tuğilgan kuni edi… Eslasam uyalib ketaman, soçlarim pattaygan, közlarimning osti xalta bölib osilgan aftoda bir ahvolda, tungi köylak ustidan ğijimlanib ketgan xalat, oyoğimda latta şippakni ilgança dökonga tuşdim, yöq!”.

Jahona tuşib qolgan mudhiş vaziyatda özini önglab ololmadi emas, bunga intilmadi. Zotan, hayotini bölişib yaşaşi lozim bölgan er usizlikka örgangan, rafiqasi tuşib qolgan fojeiy ahvolga aytarli eʼtibor qilmadi. Kim uçun tuzalişi, yuksalişi, hayotga umid boğlaşi mumkinligini bilmagan ayol esa tobora botqoqqa çökib ketaverdi. “Men hatto tasavvurimga-da siğdira olmaydigan köp voqealar böldi”.

Qissa qahramonlari tirik odamlar, syujet juda puxta ulangan. Muallif ayolga boşqaça badiiy missiya yuklamoqçi böladi, zimmasidagi masʼuliyatdan soqit holda körişni istaydi: «Botayotgan quyoş nega maʼyus öylar bağriga otadi bizni?! Umrim kuzini jimgina kutmasdan, bahorini qaytarişga urinayotganim rahmingni keltirsin, RAHMONIM! Mening osiyliklarimda VAQTga ISYON BOR VA AFSUSKI UNDA MANTIQ YÖQ. Bir martagina beradigan inʼoming – hayot çamanida tiriklik gaştini surişni istaganim uçun keçir. Uni sevib Seni tanidim, muhabbatingning uluğligini, rahmu şafqating söngsizligini, bandalaring telbaliklariga sabru toqating çeksizligini his qildim. Aql bilan murosa qilgan, ipidan ignasigaça öylangan muhabbat muhabbatmi, Maliki Yovmiddin!!! Mudom erkimni taʼqiqlaringga böysundirib, istaklarimni jilovlab turadigan aql sevişga, junun vodiysida soğinç azoblari lazzatidan behuş bölişga izn beradimi?!» Unga keng osmonda parvoz qiliş, erkin böliş imkonini bergisi, olmos kabi mohiyatiga mos taqdir bilan siylagisi keladi. Va şu yerda yeçib bölmas ziddiyatga duç keladi: qalbi olmosday gözal, jilokor, serqirra,top-toza ayol erkin bölgani, özi va jamiyat yuklagan majburiyatlardan qutulgani hamon qiymatini yöqotarkan. Aynan qiyinçilik, taʼqiq, muntazam bosim ayolni taraşlab gözal olmosga aylantirarkan. Olmos taraşlangani, taşqi bosim tufayli zarralari atrofga uçib, kiçraygani sari içiga bekingan asl gözalligi namoyon böladi. Muallif qahramon ayolning piyonistaga aylanib qolayozgani, öğlini yöqotgani ustiga qizidan ham tiriklay judo bölgani, şaxsiyatini taşkil qiluvçi boş unsurlardan biri rafiqalikni qöldan boy bergani sababini – burçini bajarmagani, masʼuliyatni unutganida köradi. Taqdir uni yaxşi juft, bebaho farzandlar bilan siylagan edi. Ammo aslini özi ham bilmagan betiyiq, maʼnisiz istak – otaşin muhabbatga intiliş ayolning qalb javharini taraşlaş, kirliklardan tozalaş imkonidan mahrum qildi. “Topiş quvonçi baribir yöqotiş iztirobini bosa olmaydi”. Özini şamning issiq yoğdusiga urib halok etgan parvona kabi Jahonaning ham negadir kim uçundir qurbon bölgisi keldi. Aslida inson qölidan heç narsa kelmay qoldimi, tamom, özini özgalar yölida qurbon etib taskin topgisi keladi. Muallif ayolning ruhiy holatini tuş va huş oraliğida tasvirlaş bilan haqqoniylikni taʼminlagan. Jahona yölida qurbon bölmoqçi bölgan zotni mudom xotirlab yaşaydi. Ammo onaligi, rafiqaligi könglining bir çetida turgani bois eslaş oğir keçadi, unga faqat tuşdagina bardoş beriş mumkin.

Mualllif dunyoqaraş, istak va milliy mansublik orasidagi aloqani nozik ilğab, töğri körsata olgan. Işq yölidagi qurbon ayol bölgani uçun uning teran, haqiqiy, otaş tuyğulari oqlanmadi, yengiltaklikka yöyildi. Agar savdoyi oşiq erkak bölganida, uning bu harakati, balki qahramonlik sanalardi, ammo ayolniki ahmoqlik hisoblandi. Jahonaning xöjayini xiyonatni aynan yaqin dugonasi, jigar maqomida bölgan Tangrigul bilan qiliş orqali ayolni yerga qoriştirdi, sindirdi. Lekin kitobxon uni oqlaşga, ayoli qaramagani, mehr bermagani, qadriga yetmagani uçun ketdi-da, deyişga moyil. Muallif Jahonani oqlaş yoki qoralaş fikridan yiroq, u faqat qahramon holatini tuşunmoqçi böladi: ayolning qadrga, mehrga haqqi yöqmi? Voqealar rivoji, xarakterlar özgaruvi va töqnaşuvi asnosida Jahonaning ona ekanligi uçun ham haqsizligi ayonlaşib boraveradi. Şarqda ayollar fidoyi ekanligi uçun qadrlanadi. Ammo Jahonaning qurboni burç yuzasidan emas, hissiyot tufayli bölgani uçun ham qadrsiz böldi: “Ziyofat tugagunga qadar undan köz uzmadim”. Pirovard natijada esa köngil qöyib topinganidan “qariganda ham qatordan qolmay deb yuguradi bu megajinlar” haqoratini eşitdi. Boşqaça bölişi ham mumkin emasdi. Ayolni faqat farzandlari uçungina qadrlaşadi, uning missiyasi onalikdan iborat, yaralişidan maqsad ham faqat şu. Jahona buni anglamagani, onaligini qadrlamagani uçun öğlidan ayrildi, qizidan tiriklay judo böldi.

Qissa syujetiga daxldor heç bir unsur tasodifiy emas, har birining bajarişi kerak bölgan vazifasi aniq. Ildizi halol bölmagan işqdan savdoyi bölib yurgan Jahonaning erkak xonasida oqquşlar suratini körib qolişi bejiz emas. Bu ayolga özini çetdan kuzatiş, xatolarini töğrilaş, burçini bajariş uçun berilgan imkoniyat edi: “Bu oqquşlar qançalar baxtiyorlar-a, deya xitob qilaman, qaylargadir uçib ketgim keladi. …Suratdagimi? Bu oqquşlar emas. Şamolga qarşi turgan ayol-ku, olovga kirayotganday közlarini çirt yumib olganini körmayapsizmi? Rassomi nogiron bola, bir qöli işlaydi xolos.

…Suratda soçlarini yulqilayotgan, közlarini oçişga qöymayotgan şamolga qarşi turgança  qaylargadir intilayotgan ayol tasvirlangan edi. Şunçaki qaraganda esa osmonda javlon urib uçib ketayotgan ikki oqquş körinar va baxtning haroratini ulaşardi göyo. “Şamolga qarşi turgan ayol”dan esa bağringga bir kuyki köçadi, yuzidagi iztirobdan dilda oğriq qözğaladi, böğzing açişadi”.

Surat aynan ayol haqida: bir qaraşda muhabbatdan sarmast oqquşlar körinişi ayolning eri bilan baxtli juftlik rolini öynaşiga, atrofdagilarning barçasi bunga qatʼiy amin ekanligiga işora. Aslida ayolning yuragi qiymalanayotgani, jismi tökilayotganligi suratda muhrlangan çin manzara orqali anglaşiladi.

Şu örinda qahramon ayol bilan unda şunçalar otaşin, telbalarça dunyoni, hatto farzandini unuttirişga qodir muhabbatni uyğotgan kişining juda jön, hatto boşqalardan tubanroq kimsa ekanligiga işora borday. Rassom bolaning jismi nogiron, ruhi siniq. Ayol sevgisi sababçisi esa jisman soğlom bölgani holda ruhan majruh, hatto qörqinçli. U ayollarga iddao bilan bepisand, hatto tahqirlab qaraydi.

Muallif asarlari bilan işlaş qulay, şu bilan birga, murakkabdir. Çunki qissa hajman yirik, hikoyalarni esa lirik asarlar singari bir zarb bilan öqib çiqib bölmaydi. Öz-özidan ularning taʼsir körsatişi ham serqatlamdir. Ularda tuyğular oqimi bir tarafga yönalmagan. Ayni damda, muallif hissiyotlari xuddi şeʼrlardagi kabi oşkor, xususan, “Tiyramoh tuşlari” asosan tuyğular junbuşiga qurilgan, Jahonani örtayotgan kuçli keçinmalar yorqin ifodalangani bois qissa taʼsiri öta salmoqli. Şu örinda zamonaviy ijodkorlarga xos holat örtaga çiqadi. Olamni estetik idrok etişda turkona öziga xoslikdan, maʼlum darajada çekinib, global tasvir yönalişida ketayotgan özbek adabiyotining bugungi namoyandalari tomonidan yaratilgan deyarli barça asarlar biror hayotiy turtki tufayli vujudga kelgan va öşa tarixiy şaroit hisobga olinmasa, asarni töğri tuşuniş hamda tuşuntiriş imkonsiz. Jahonani ham 20 yil mobaynida özbek degan millatning yaşaş va tafakkur tarzida yuz bergan özgarişlardan boxabar bölmay turib anglaş imkonsiz. Qissa qahramoni azaldan mavjud bölgan özbek ayoli degan qolipga mutlaqo siğmaydi. Şarq ayoli deganda tuşuniladigan qadriyatlarning birortasi unda yöq, kişi köz oldiga keladigan siymoga butkul yot. Jahonaning köngli bilan hisoblaşmoqçi bölgani juda tuşunarsiz, eriş, hatto gunoh. Xöjasini yoqtirmagani, köngil qöyib keta olmagani, eng yomoni, bunga urinmagani uçun ham ayolning yaqin dugonasi uning kundoşiga aylanadi. Xöjasi agar öğli ölmaganida balki xiyonat qilmasdi, balki taskin-tasalliga muhtoj bölib, Tangrigulga suyanmasmi edi. Öğilning ölimi er-xotin orasidagi şusiz ham katta jarni battar ulkanlaştirib, çuqurlaştirib, tubsizlaştirib yubordi. Bu oila öz holiga taşlanganlar oilasidir: dastlab ayol oilasini, söng oilasi uni öz holiga taşlab qöyadi.

Umuman olganda, Gulnoza Ernazarova bitiklarida ayollar hamişa tanlov qarşisida turadi, mudom kuraş, ikkilanişda yaşaydi. Aslida ham ayol ziddiyatlardan iborat borliqdir. “Olmalar” hikoyasini olsak, qahramon Nozima juda içkin, taʼsirçan, hatto yiğloqi ayol. Bir nazarda şunday. Ammo u bilan yaqindan tanişganingiz sari ilk taassurot u qadar töğri emasligi, ayol botinida portlaşga tayyor ulkan kuç, töğriroği, alam yotgani ayonlaşadi. “Tikilgani sari mavhum ğuvillaş ostida gullar harakatga keldi, asta-sekin öz şaklini yöqotdi va oxiri bir-biriga çaplaşib ketdi, ranglar allaqanday qoramtiq. Yaşiltob bötqa tusiga kirdi va portladi”.

“Opaning asabiy qimirlayotgan ingiçka lablari,qandaydir sovuqtusga kirgan raftoriga, soyasi oğir bulut kabi ustaxonada u yoqdan bu yoqqa suzib yurişiga  oğrinib qarab turdi va nima uçun köylaklar özi tomon lopillab uçib kelganiga  avval tuşunmadi, biroq sönggi jumlalarni anglagani sayin miyasi yuzlab vertolyot bir vaqtda parraklarini aylantirib uçişga şaylangan aerodromga aylandi”.

Adiba til imkoniyatlaridan juda örinli, zargarona mahorat bilan foydalanadi. U qahramon tuşib qolgan ruhiy vaziyatni real böyoqlar bilan aniq, keskin, butun kölami bilan çizadi. Yaşiltob rangining özi heç bir izohsiz tuşunarsiz, noxuş taassurot uyğotadi. Uning yoniga jarangsiz, xira, solingan mahsulot ezilib, aralaşib ketişidan hosil böladigan “bötqa” sözini qöşiş bilan muallif Nozima ruhiy portretini eng mayda detallariga qadar unutmagan tarzda töliq gavdalantiradi. Öquvçi köz oldida qad rostlagan bu manzaradan seskanadi, taʼbi tirriq bölib, noxuş kayfiyatni yuqtiradi. Zotan, adabiyotning boş vazifasi munosabat uyğotişdir. 

“Erkak” hikoyasida muallif tuyğusi ham, qahramon keçinmalari ham biroz yaşirin holda kelgan. Oila boşliğining hissiyoti, tiriklikni azobga aylantirayotgan keçinmalar ildizi faqat hikoya örtalarida ayonlaşadi. Gulnoza Ernazarova badiiy taʼsirlanişni biroz mehnattalab jarayonga aylantirgan. Erkakning tösatdan darğazab bölişini öquvçi dastlab anglamaydi – muallif bu sababni voqealar qaʼriga berkitgan. Voqealarni kuzatibgina, tafsilotlar bilan tanişibgina bu keçinmalarni mohiyatini anglab yetadi. Erkakning har bir sözi, sababsiz iddaosi, aslida mantiqiy asosga egaligi hikoya sönggiga borib oydinlaşadi.

Insoniy xarakterlar, keçinmalar, hissiyotlar, ularni tuğdirgan oçiq-yaşirin sabablar töplamda jamlangan bitiklarda börtiq tarzda ifodalangan. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi bölgani bois öqirmanlarni eng qabariq, eng taʼsirçan tuyğular tasviri bilan yuzma-yuz qiladi. “Tiyramoh tuşlari”da ham kitobxonlar özga odamlarning ruhiyatiga oşno böladilar, tuyğulari ötkirlaşib, fikri teranlaşadi, keçinmalari noziklaşadi. G. Ernazarova asarlarida estetik joziba «şifrlab qöygani uçun» yuzada turmaydi. Öquvçi uning mohiyati, badiiy gözalligiga izlanib yetgani bois asar qadrliroq tuyuladi.

Badiiy adabiyot – boriça hissiyotga asoslangan hodisa. Hissiyotga taʼsir qilmagan fikr bir martalikdir, u odamga yuqmaydi. G. Ernazarovaning “Tiyramoh tuşlari” töplami bu jihatdan umri uzoq, baxti kulgan, öta “yuqumli” badiiy hodisadir.

Muhayyo ISMOILOVA 1978-yilda Guliston tumanida tuğilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Ayni kunda ÖzMUning özbek filologiyasi fakulteti öqituvçisi. Köplab ilmiy-adabiy maqolalar muallifi.

“Yoşlik”,2013/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)