13 daqiqada öqiladi

248 marta körilgan

Daraxt

(Hikoya)

Qişloqdagi birorta odam bu qalin, keng quloç yoygan daraxtni kim va qaçon ötqazganini bilmaydi. Biroq sölim qişloqqa taşrif buyurganlarning barçasi eng avvalo uning tarixi bilan qiziqadilar. Ulkan daraxt olisdan közga taşlanadi. Sahroda bu kabi qalin, qişin-yozin yam-yaşil daraxtning uzoq yillardan beri yaşab kelayotgani  haqiqiy möjiza edi.

– Daraxt? Qanaqa daraxt? – hayratlanib javob qilişardi odamlar mehmonlarning savollariga va xuddi uni ilk marta körib turgandek böy-bastiga taajjublanib tikilişardi.

Bunday olganda uning boşqa qondoşlaridan sira ham farq qiladigan joyi yöq, hatto  qarağay kabi gözal va adl qomatga ham ega emasdi. Qançalar katta va qalin bölmasin, baribir eman bilan böylaşa olmasdi ham. Nima qilganda ham deyarli yil böyi quyoş ayamay qizdiradigan bu çekka qişloqda abadiy yaşil va ulkan daraxtning soyasi barçani birdek quvontirardi va u yöl yoqasidagi maʼyus, qarovsiz, körimsiz daraxtlarga mutlaqo öxşamasdi ham.

Daraxt qişloq etagidagi kiçkina uyda yaşaydigan oilaga tegişli edi. Olis ötmişda bu uy atrofidagi yerlar quruqşab yotardi. Qişloqda hozirgi kabi haşamatli uylar yöq edi. Yildan-yilga zamon özgarib borardi, unga qarab odamlar ham… Ular baland-baland imoratlarni qurib, bu sokin qişloq qiyofasini yangiladilar. Ammo faqat ana şu ulkan daraxt va möjazgina uy avvalgidek edi. Vaqt ötgani bilan tabiatning bu möjizasi sahro örtasida quloçlarini yoyib, heç kimdan izn söramay, saxiylik bilan boşqa xonadonlarga ham öz soyasini ulaşişdan çarçamasdi. Möjazgina uyda yoşlari ötinqirab qolgan ikki qariya bir-birini suyab yaşaşardi. Bolalari allaqaçon ulğayib, turli şaharlarga öqişga borib, öşa yerlarda qolib ketişgan. Uy egasi qişloq dökonida savdo qilardi. Ötgan yillar uning qaddini şu darajada bukib qöygandi-ki, beçora hatto kun böyi peştaxta yonida tikka turişga qiynalardi. Şu sabab, uni omborxonaga işga ötkazişdi. Endi u ötirgan joyida işçilarga köz-quloq bölib turadi xolos.  Xonadon bekasi esa hali baquvvat ayol edi. Rözğor işlarini ham yolğiz özi bajarardi, bolalar bilan boğliq taşvişlar arigani sabab, bunga uning vaqti ham yetarliça edi, balki şuning uçun ilgari sira eʼtibor qaratmagan narsalari haqida boş qotiradigan bölib qolgandir. Masalan: uylarida hammom yöqligidan tez-tez ökinardi. Şunça yil qanday qilib bunday şaroitda yaşaganiga hayron qolardi. Na qulaylik va na boylik qiziqtiribdi uni. Ayolga endi töylaridan keyin sotib olingan öttiz yil oldingi uy jihozlari ham yoqmay qolgandi. Yillar ötgani sayin hammamiz ham özgaramiz va uyimizdagi şaroitni özgartirişga harakat qilamiz. Bu tabiiy hol albatta. Agar bunga imkoniyat bölsa bundan oson işning özi yöq, biroq topayotgan puling rözğordan ortmasa nima qiliş kerak? Rözğor ğor, deganlari rost ekan, qançalik iqtisod qilmagin baribir yutib ketaveradi. Ayol uzoq vaqt deraza oldida ötirib, ularning kulbasi yonida qurilayotgan mahobatli uydan köz uzmasdi. Uy emas, haqiqiy saroy! Hali poydevori solinayotganda ayol öziça imoratning neçta xonasi bölişi mumkinligini çamalab körardi. Ikkitasi aniq yotoqxona uçun möljallangandi. Eng katta xona esa mehmonxona vazifasini ötaydi. Avvaliga ayol ikkita hammom qurilayotgan bölsa kerak deb öylagandi. Keyin esa ulardan biri alohida omborxona hisobiga bunyod bölayotganini eşitib, hayratini yaşirolmadi. Mana buni dabdaba desa böladi! Yangi uyda ikkita ayvon qurildi. Biri old, ikkinçisi orqa tomonidan. Ustalarning gapiga qaraganda bu oçiq ayvonlarda bemalol oftobda toblanib yotiş mumkin ekan. Ayol koşinli baland ayvonlarga suqlanib boqarkan, biz qariyalarga ham xuddi şunaqasidan bölsa qaniydi, deya xayolidan ötkazdi! Ilgari ayolda bunday öy-xayollar uçun vaqt topilmasdi, biroq endi u şundan boşqasini öylay olmasdi. Hayot qançalar adolatsiz. Ayol şunday öy bilan uyğonar va şunday öy bilan uyquga ketardi.

Keçqurunlari işdan horib-çarçab qaytgan er xotiniga dökondagi işlari haqida köngil yozganida ayol faqat qöşnisining qurilayotgan imorati haqida sözlardi.

– Xuddi şunaqa hammomimiz bölişini istardim, – derdi u bu tilaklar heç qaçon amalga oşmasligini öylarkan. Söng çuqur uh tortib sözlaşda davom etardi. – Ayvon ham imoratga yaraşib turibdi. Tasavvur qiling: ikkita ayvon! Bizda bittasi ham yöq. Kiçikroq bölsa ham mayli, atigi bitta ayvonimiz bölsaydi…

Çol indamay boş çayqab qöyardi. U hamişa xotiniga yon bosardi. Qani edi u ham boşqa erkaklar kabi xotinining baxtli yaşaşi uçun barça şaroitni yaratib berolsa… qulayliklarga ega uyda yaşaş qançalar baxt! Töğri aytişadi, puli bor otasiga yetti oş bergan ekan. Beçora çol butun umr mehnat qilsa hamki, topgan puli rözğordan ortmasdi. Ayoli ham insofli va diyonatli çiqdi. Boriga şukr qilib, yöğida sabr qilib şunça yil birga yaşadi. Undan öpkalansa – uyat, nolisa – gunoh böladi. Sababi, xotini heç qaçon özi uçun ortiqça narsa söramagan va talab ham qilmagan, biroq endi u biroz özgarib qolgan, göyo tanasiga boşqa odam joylaşib olgandek edi. Har kuni undan bir xil gapni eşitiş va unga yon bosiş qariyaga malol kela boşlagandi. Çol ayolining ilgari – tört bolasi yonidaligida biror nimadan şikoyat qilib sözlaganini heç eslolmadi. Biroz taşvişlardan xoli bölişlari uning bilan minğir-minğiri köpaydi.

– Dunyoda odamlarning ikki toifasi bor, – deya fikrlardi ayol. – Biri pulni oxirgi çaqalargaça sanaydiganlar, ikkinçisi pulning betiga qaramay işlatadiganlar. Boy bölganimizda qanday yaşaşimiz haqida heç öylab körganmisiz?

Xotinining savoliga er indamay, miyiğida kulib qöya qolardi…

* * *

Nihoyat katta uyning qurilişi bitdi va unga odamlar köçib kelişdi. Ayol keng va yoruğ xonalarda qimmatbaho jihozlarni qanday joylaştirişlarini hatto tasavvur qilolmasdi.

Yangi uyning xöjayinlari unga taniş emasdilar. Qöşnilar köçib kelişlari bilan boğ barpo qilişga kirişdilar. Ularning yerida boğbon tinim bilmay işlardi. Daraxt soyasida ötirib ayol sim tösiqning narigi tomonida bölayotgan işlarni kuzatardi. Tösiq şunçalar yaqin ediki, göyo qöl uzatsa hozirgina ötqazilgan köçatlar bargiga yetadigandek…

Gullar hali oçilmagan edi. Boğbon köçatlarni ötqazişdan ilgari yerni yaxşilab tekislab, unga işlov berdi. Gap-sözlarga qaraganda, xonadon bekasi gullarni yaxşi körarkan. Şu sabab, u bu quruq iqlimda ham gul östirişga astoydil kirişgandi.

Qiş keldi. Keçqurunlari kuçli şamol daraxt şoxlarini silkitib, töpolon qilardi. Göyo taşqarida böron kötarilayotganday tuyulardi. Kunlar ham qisqarib qolgandi. Kun yarmida quyoş kuçsiz nur soçardi va daraxt keng soya yoyib, sukut saqlab qişloq ahlini öz mehri bilan siylab turardi.

Bir kuni keçqurun eri uyga har doimgidan-da keçroq qaytdi. Uning tuşkun kayfiyatdaligini sezgan xotini:

– Ha tinçlikmi? Nima böldi? Tobingiz yöqmi? – deya söradi.

– Belim oğriyapti, – qisqagina javob qildi u istamaygina.

Çol keçki ovqat mahali ham sukut saqlab ötirdi va faqatgina öziga qahva quyayotib:

– Bugun yangi qöşni yonimga keldi, – deb oğiz oçdi.

Ayol tabassum qildi. Qariyalar qöşnilari bilan yaqin turişsa-da, qalban ulardan olisda edilar. Sababi “yangi boy”lar bu oilani özlariga teng körişmasdi.

– Unga nima kerak ekan?

– Ötqazgan köçatlari va ekkan ekinlari boş kötarmayotgan ekan. Uning aytişiça, daraxtimizning soyasi boğini quyoşdan tösib qöyibdi. Baquvvat ildizlari esa yerning kuçini tortib olayotgan emiş..

– Oliynasab xotiniga ekkan gullari bizning yuz yillik daraxtimizdan azizroq körinayotgandir-da. U qadrdon döstimizni qöporib taşlaşimizni sörayaptimi?

– Buning uçun hatto pul ham taklif qildi.

– Nima deb javob qildingiz? Uning taklifiga könmagandirsiz?

– Yöq, men unga jöyali javob aytmadim, avval sen bilan maslahatlaşib olay degandim.

Çol öşa paytdayoq bu taklifni rad qilgan bölardi, biroq hamma gapni xotini bilan maslahatlaşib olişga örganib qolgani sabab, bu fikr ustun keldi. Çindan ham maslahatlaşib oliş kerak. Kim biladi, xotini boşqaça fikrda bölişi mumkin axir…

Qariyalar idiş-tovoqlarni yuvayotib, (ular bu işni doim birgalikda qilişardi) bolalari va ularning xatlari haqida sözlaşdilar. Keçqurun hamma işlarni tugatib, ular uxlagani hozirlik körayotganlarida, kutilmaganda ayol:

– Xöş, u qança berarkin? – deb sörab qoldi.

– Bilmadim.

– U pul miqdorini aytmadimi?

– Yöq.

Qariya pul miqdorini söramaganligi uçun afsuslandi. Axir bu taklif xotinini qiziqtirib qolişi mumkinligini xayoliga ham keltirmagandi.

Öşa keça ular bu mavzuga boşqa qaytmadilar. Uxlagani yotişganida deraza ortida şimol şamoli ular bu uyga köçib kelgan ilk keçadagi kabi daraxt şoxlarida töpolon qilayotgandi.

* * *

Erta tongdan ayol daraxt soyasida kir yuvayotib, uning böy-bastiga sinçiklab boqdi. Tonggi yelvizak daraxt barglarini öynardi. Bu taniş ovoz unda xotiralarda kömilib yotgan öşa şirin, totli, baxtli kunlarini eslatdi. Şöxlik qilib qöygan öğillari onalari beradigan jazodan qutuliş maqsadida uning şoxlari orasiga kirib yaşirinardilar. Qizlari esa qöşiq aytib, kaşta tikişardi. Ammo bolalar tez ulğayişarkan. Ulğayişdi-yu bu qişloqdan butunlay ketişdi. Mana u yolğiz qoldi. Bir muddat ayolga daraxt bolalaridan ham yaqinroq va qadrliroqdek tuyuldi. Hayotini undan ayro tasavvur qilolmadi. Ammo baribir qiziq. Boy qöşnisi bir daraxt uçun qança berarkin? Ön ming funt? Balki undan ham köproqdir? Yigirma beş ming funt? Bu endi juda ham köp.  Agar u çindan ham şunça pul miqdorini aytsa. Yigirma beş ming hazilakam pul emas axir. Bunça pulga rözğorning barça kam-köstini töğrilab, heç bölmaganda bir neça kun taşvişsiz yaşasa böladi. Biroq u qança berarkin…

Keçqurun işdan qaytgan er xotiniga şoşib:

– U yana meni köçada töxtatib, qanday qarorga kelganimizni söradi, – dedi. 

– Bu safar unga nima dedingiz?

– Heç nima… şunçaki hali bir qarorga kelmadik, – dedim.

– Qança berarkan?

– Ellik ming funt.

– Nahotki, bir daraxt uçun ellik ming? Buni qarang-a.

Ayol pul miqdorini eşitib, özini yöqotib qöydi. Bu pulga gilam, yangi va zamonaviy yotoqxona jihozlarini va hatto oşxona buyumlarini, rözğorga kerakli barça ikir-çikir narsalarni sotib olişi mumkinligini çamalab kördi. Şunda ham pul ortib qolaverdi. Heç nimani öylamay, biror joyga dam olib kelişga borsa böladi, axir u  butun umr qişloqdan taşqariga çiqmadi. Bahavo joylarga dam olişga borgan er-xotinlarning taassurotlarini eşitsa havas qilardi. Ammo özi sira bu haqda orzu qilmagan. Çunki bunga ularning imkoniyati ham yetmasdi. Heç bölmasa umrida bir marta atigi bir haftaga bölsa ham oxirgi çaqalarni sanamay, boşqalar kabi yaşaşga haqli emasmi ?

– Nima deysiz? – söradi u oxiri oraga çökkan sukunatni buzib.

– Özing bilasan.

– Taklifini qabul qilsak töğri bölarmikan?

– Bilmadim

– Ellik ming – hazilakam pul emas…

– Ha.

Ellik ming-a, deya öylardi uyqusizlikdan qiynalayotgan qariya yotoği ustida u yoqdan bu yoqqa ağanarkan. Pullar qölning kiri. Qanday kelib, qanday ketganini sezmay qolasan odatda. Bu daraxt esa bolaligidan beri bor. Agar uni qöporib taşlamasa yana uzoq yillar yaşaydi… ular bu daraxtni özlari ötqazganlarida ham uning taqdirini hal etişga haqli bölişardi. Axir bunday olganda u ikkisiga ham tegişli emas, biroq şunday bölsa-da, nihoyatda qadrli. Daraxt ular uçun ham qariya, ham yoş yigit. Qariya deb qabul qilganiga sabab, u bu daraxtning yoşligini heç qaçon körmagan. Bolaligida qanday bölsa hozir ham şunday. Yoş yigit deganiga sabab, ular erta-indin ölib ketişadi, biroq u yaşaydi. Daraxtni şu qişloq odamlari baxtiga ona yer, quyoş nuri ulğaytirgan… östirgan… Şuning uçun u yaşayapti va yana yaşaydi ham… xotini daraxt uçun taklif qilingan pul miqdorini eşitib yoş qizlardek quvondi. Nahotki, uni bunda ayblaş mumkin bölsa? Bu pullar u şunça yil ter tökib, röyobga çiqarişga erişolmagan xotinining barça orzularini uşaltiradi. Şunday ekan, özi hal qila qolsin… agar unga qolsa… heç qaçon va heç qaysi pulga qadrdonini sotmagan bölardi.

* * *

Ertasiga ertalab eri işga ketişi bilan eşik taqilladi. Ayol ostonada badavlat janoblarga xos tarzda başang kiyingan qöşnisini kördi. Beka uni jihozlari eskirib qolgan mehmonxonaga taklif qildi.

– Men siz bilan daraxt haqida suhbatlaşgani keldim, – dedi qöşni. – Xöjayiningizning aytişiça, hammasi sizga boğliq ekan.

– Bölişi mumkin.

– Bir qarorga keldingizmi?

– Bu daraxt ançadan beri bor. Unga könikib qolganmiz…

– Tuşunaman, ammo bu masalaga boşqaça qaraş ham mumkin…

Ayol boş irğab uning fikrini maʼqulladi. Albatta boşqaça qaraş ham mumkin. Keça kun böyi va tong otguniga qadar unga hozir qançalar kerak bölgan öşa ellik ming funt haqida köp öyladi. Ammo bu pullar farzandlari soyasi ostida huzurlanib, şoxlarida öynab katta bölgan, qolaversa özi ham yonida qarigan qadrdon daraxtini qurbon qilişga arzimasligini angladi.

– Xonim, bu daraxt siz uçun qançalar muhim ahamiyatga ega ekanligini bilamiz. Men va xotinim uning uçun qança sörasangiz şunça tölaşga tayyormiz, – deya savdolaşayotgan işbilarmon odamlardek ovoz ohangini özgartirdi erkak. – Biz sizga ellik ming funt taklif qilgandik. Bu miqdorni oşirişingiz ham mumkin.

Pul miqdorini oşiriş – bu haqda u öylab ham körmagandi. Nega endi mumkin emas? Bu odamlarda pul bor. Ellik mingni tölay olgan odam undan köproq ham bera oladi.

Erkak qöşni ayolning qiyofasidan ikkilaniş alomatlarini sezdi va şoşib:

– Mayli, oltmiş ming funt, – deya qöşib qöydi.

Ön ming funtni qançalar oson qöşdi-ya! Göyo gap ön şilling ustida borayotgandek…

– Oltmiş ming funt biz kambağal odamlar uçun juda katta pul, – deya javob qildi ayol. – Ammo bolalarimiz uyga qaytişganida daraxtni körişmasa nima deyişarkin?

– Oltmiş ming funt bir daraxt uçun yomon narx emas, – dedi qöşni. – Bundan taşqari daraxtni kesganingizdan keyin pullaşingiz ham mumkin. Menga u kerak emas.

Albatta daraxt ularga kerak emas, qanday yöl bilan bölmasin, asosiysi, undan qutuliş muhim. U bir muddat yangi xonadon bekasining boğda ötqazgan gullari kökarmayotgani, bu ham yetmaganidek, uning kölankasi haşamatli ayvonini ham tösib qöygani uçungina, şunça yillik qadrdonini har kuni laʼnatlab, sökişini tasavvur qildi. Ha, xotinining tinmaydigan jağini öçiriş uçun bu erkak qança bölsa şunça tölaşga tayyor… Uning uçun qölini çöntagiga suqiş kifoya. Kerakli pulni olib beradi. Bu boylarga bundan oson iş bor ekanmi? Qöşni diqqat bilan ayolni kuzatib turdi. Uning hamon ikkilanayotganini va hali u öz maqsadiga töliq erişolmaganini sezdi.

– Oltmiş ming – bu juda köp, – takrorladi erkak. – Keling, yaxşisi oltmiş beş mingga töxtaymiz!

Ayol butunlay esankirab qoldi. Keyin uning labida mayin tabassum paydo böldi. Ular bu daraxtni yöq qilişni qançalar istaşyapti-a? Ilk marta ayol özida yöq pullar, qölga kiritiş mumkin bölgan narsalar haqida emas, balki özida bori haqida öyladi. Bu fikr unda ğurur tuyğusini uyğotdi va közlari baxtiyorlikdan çaqnadi. Pul topiladi va öşanda u istagan narsasini sotib olişi mumkin, biroq faqat bu daraxt evaziga emas. U taklifga köndi ham deylik, ammo bunga daraxtning özi nima derkan? Undan heç kim söramadi-ku, qadrdoni bu işga rozilik bildirarmikan? Könmaydi… qolaversa bunga özi ham könmaydi, to tirik ekan, qadrdonini qöporib taşlaşlariga yöl qöymaydi. Bolalaridan ham aziz bölib qolgan abadiy yaşil daraxt uçun oltmiş beş ming köp emas, aslida kam. Çunki u oddiy daraxt emas… U bebaho… Axir ular şunça yil yonma-yon yaşaşdi…

– Xonim…

Ayol qatʼiy işonç bilan boş çayqadi.

– Yöq, janob, buning sira iloji yöq.

– Istasangiz yana…

– Tuşunmayapsiz, janob, gap pulda emas, – dedi ayol qatʼiy.

Qöşnisi ahmoq emasdi. U bir muddat ayolning yuziga tikilib turdi-da, endi uni köndirolmasligini tuşundi va tortişib ötirmay, xayrlaşib ortiga qaytdi.

* * *

 Keçki ovqat mahali qariyalar oşxonada xira nur soçayotgan çiroq şuʼlasi ostida suhbatlaşib turişgandi.

– Bugun yangi qöşnimiz uyga keldi, – dedi ayol. Er huşyor tortib, xotinining oğziga tikildi. – Daraxt uçun oltmiş beş ming taklif qildi.

– Qança? Qança? Oltmiş beş ming… Taklifini qabul qildingmi?

– Yöq.

– Nega rozi bölmading? – söradi u xotiniga sinovçan nazar taşlarkan.

– Pulga hamma narsani ham sotib ololmasligini tuşunişi kerak. Agar şunday bölsa, bu dunyoda heç nimaning qadri qolmaydi.

U ğurur bilan sözlayotgan xotiniga mehrli nigohlarini qadadi.

– Odam öz döstlarini sotmasligi kerak. Axir biz şunça yil birga yaşadik… – dedi xotirjam.

Taşqaridan esa qalin daraxt barglarining şamolda şitirlagan tovuşi eşitilardi…

Eliza Myuller 1919-yilda tuğilgan. Janubiy afrikalik yozuvçi. U bir qança romanlar va hikoyalar muallifi. 1956-yilda yaratilgan “Qayiqdagi ayol” hikoyalar töplami Janubiy Afrika Respublikasi gersogining yuksak adabiy mukofotiga sazovor bölgan.

 

 Ingliz tilidan Şahnoza Rahmonova

tarjimasi

 

“Yoşlik”,2013/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)