Alloma ajdodlarimiz haqida söz ketganda hamişa könglimizda faxr-iftixor hislari keçadi. Çunki ular yaratgan ilmiy, diniy, badiiy asarlar jahon maʼnaviy olamining şakllanişiga beqiyos taʼsir körsatgan, insoniyatni komillik sari yetaklagan.Joriy yilning may oyida Samarqand şahrida bölib ötgan, “Örta asr Şarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ham aynan şu haqida söz yuritildi. Uşbu ulkan anjumanda Prezidentimiz Islom Karimov sermazmun nutq sözlab, maʼnaviy -maʼrifiy merosimizga dunyo hamjamiyati eʼtiborini yana bir karra qaratdi:
“…Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII, XIV – XV asrlarda bamisli pörtanadek otilib çiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalişning manbayi hisoblanib, jahonning boşqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy taʼsir körsatgan Şarq uyğoniş davri – Şarq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatçiligi tomonidan haqli ravişda tan olingan.”
Darhaqiqat, şunday. Bizning zaminimizda unib-ösgan, ijod qilgan köplab fozil va oqil insonlar jahon ilmu faniga, dunyo tamadduniga ulkan uluş qöşganlar. Jumladan, zamonaviy matematika, trigonametriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşgan Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy, “Astronomiya asoslari” asarinig muallifi Ahmad Farğoniy, uluğ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy, “Tib qonunlari” deb atalgan bebaho asar muallifi Abu Ali ibn Sino, buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Uluğbek kabi ajdodlarimiz nomlarini faxr bilan tilga olamiz. Albatta, ular orasida Kamoliddin Behzod nomi öziga xos jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Biz bu buyuk siymo haqida köp eşitganmiz.
Kamoliddin Behzod 1455-yilda hunarmandlar oilasida tuğilib ösgan. Otasi juda erta vafot etadi, rözğor maşaqqatlar girdobida qoladi. Yoş Behzodning musavvirlikdagi isteʼdodini payqagan sulton Husayn Boyqaro kutubxonasining xizmatçisi uni öz tarbiyasiga oladi.
Maʼlumki,Sulton Husayn Boyqaro va Alişer Navoiylarning ğamxörligi natijasida Hirot XV asrning I yarmida sanʼat qiblasi bölib qolgan edi. Behzod tasviriy sanʼatdagi ilk saboqlarni buxorolik musavvir Jahongir va Movoraunnahr musavvirlik maktabining asosçisi, ustod Gungnining işlarini davom ettirgan naqqoş Pir Said Ahmad Tabriyziydan örgandi. Behzod Ozarbayjon, Xuroson va Movoraunnahr musavvirlik maktabining anʼana va ijodiy yutuqlarini özida mujassamlaştirgan sanʼatkordir.
Zayniddin Vosifiy “Badoye ul-vaqoye” asarida: “Sulton Husayn köngil xuşligi uçun sehroflarin musavvirlar va uslubi gözal naqqoşlarni aʼlo darajali poytaxtida saqlab ularga zör iltifot körguzdik” deb yozadi. Ular orasida Şoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono Hakim Muhammad kabi isteʼdodli rassomlar bor edi.
Behzod ham Alişer Navoiyning murabbiyligi va homiyligidan bahramand bölgan. Maşhur xattot Sultonali Maşhadiy badiiy kölyozmalar ustida işlaş borasida Behzodga ustozlik qilgan. U qisqa vaqtda musavvirlikda öz ustozlaridan ham özib ketdi.
Behzodning tarjimayi holini yozgan mualliflarning aytişiça, uning musavvirlikdagi ijodi 1470-yillarda boşlangan. Alişer Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan söng Hirotni Şayboniyxon, 1512-yilda Eron şohi Ismoil I bosib oldi, şunda köp sanʼatkorlar Hirotdan çiqib ketdilar. Lekin Behzod Hirotda yaşab ijod qilaverdi.
Maşhur musavvirning öz saroyida xizmat qilişidan manfaatdor bölgan şoh Ismoil I 1520-yillarning boşida Kamoliddin Behzodni Tabrizga çaqirtirib, unga katta imtiyoz berdi, mamlakatdagi barça mussavvir, muzahhib, xattot va sahhoflarning boşliği etib tayinladi. Şunga qaramay, Behzod safaviylar saroyida özini ğarib his qiladi. Saroy mulozimlari unga sanʼatkor emas, balki podşohga şuhrat keltiruvçi şaxs deb qaraganlar. Uning Ismoil I portretini çizib, ostiga xatti şikasta bilan “Faqir Behzod” deb imzo çekkani ham bejiz emas.
Ismoil I vafotidan söng,1524-yilda uning ön yoşli öğli Taxmosp taxtga çiqadi . Behzod şoh Taxmospga tasviriy sanʼatdan saboq berib, uni durustgina musavvir qilib yetiştiradi. Biroq şoh Behzodning sanʼatini qadrlamaydi, tantanavor, serhaşam sanʼatga yon bosadi. Behzodning jiyani va şogirdi Muzaffarni ustozdan yuqori qöyib, “Naqqoş şohi” degan unvon beradi. Kamsitilgan musavvir öz mansabidan voz keçib, Hirotga qaytadi. U vafot etganda hamşaharlari buyuk musavvir xotirasini abadiylaştirib, qabrini naqşli panjara bilan örab qöyganlar.
Behzod musavvir sifatida murakkab va katta ijodiy yölni bosib ötgan. Şayx Saʼdiyning “Böston”iga işlangan miniatyuralari (1478, London, Chester, Betti kutubxonasi) musavvirning ilk asaridir. Behzod Şarofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga 8 ta miniatyura çizgan. Ularda şiddatli jang manzarasi, tarixiy voqealar, hayotiy lavhalar aks ettirilgan.
Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”, Xisrav Dexlaviyning “Majnun va Layli” asarlariga işlangan miniatyuralar Behzodning nihoyatda mohir suratkaş bölib yetişganligini körsatadi.
Behzod Husayn Boyqaro, Şayboniyxon, Xotifiy, Jomiy portretlarini yaratgan. Sulton Husayn Bayqaroning ikki portreti bizgaça yetib kelgan.
Behzodni öz davrining buyuk sanʼatkorlaridan biri Rafaelga tenglaştiradilar, bu bejiz emas. Behzod miniatyuralari Ğarbning buyuk musavvirlari asarlari bilan bir qatorda turadi. Örta Şarq xalqlarining ijtimoiy estetik ideallari, intiliş va tuşunçalari Behzod asarlarida özining yorqin ifodasini topgan. Şarq tasviriy sanʼatining çöqqisi bölgan Behzod ijodi öz davridayoq musavvirlik maktabi bölib qolgan. Darveş Muhammad, Maqsud, Mulla Yusuf, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib kabi musavvirlar Behzod maktabida taʼlim olib kamol topganlar. Behzod öz ijodi bilan miniatyura sanʼatini yuksak bosqiçga kötardi.
Buyuk musavvir asarlari nafaqat Şarq sanʼatining, balki jahon rangtasvir xazinasining ham noyob namunalaridandir. Istiqlol tufayli Behzod asarlarining ahamiyati yanada oşdi. Uning mahoratini ijodiy özlaştirgan köpgina musavvirlar zamonamizga munosib asarlar yaratmoqdalar.
Yahyobek Qosimov 1996-yilda Andijon tumanida tuğilgan. Andijon Davlat universiteti talabasi. Respublika matbuotida ilmiy-adabiy maqolalari çop etilgan.
“Yoşlik” 2014/12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

