Biz tezkor bir asrda yaşayapmiz. Tirikçilik taşvişi hamma vaqtimizni tortib olib qöymoqda. Ammo köngil baribir gözallikka, inja tuyğularga taşna. Biz bunday sohir hislarni sözsiz adabiyotdan topamiz.Taraqqiyot tezliklaridan, şovqin-suronidan bezgan yuraklarga adabiyot, inja şeʼriyat halovat olib kiradi.
Yoş tökadi dardlar qoğozga,
Goh şodliklar tizilar – marjon.
Bu sözlar bir qaraşda odmi, ammo tagmaʼnosi zalvorli, çuqur. U bugungi inson botinida yaşayotgan xotira muhtaşamligini namoyon qila boşlaydi. Endi bu sözlarni suratdek tomoşa qiliş mumkin. Öqigan sayin manzaraga kirib borasan göyo. Möyqalamga olingan sokinlik şovqinlarni yopiş uçun ifoda etayotgandek tuyuladi…
Yurakdagi sirli ovozga,
Borliğini sadqa qilar jon…
Bu palitrada ranglar örnini sözlar, sözlar örnini ranglar egallab, ruh holatini muvozanatga sola boşlaydi. “Yurakdagi sirli ovoz” dard va şodliklardan tizilgan. Endi lirik qahramon öz olamini sof – özi qanday bölsa şunday istifoda etmoqçi. Çunonçi, muallif rangtasvirçi kabi şeʼrxonni öquvçi emas, sayohatçiga aylantirib, marjonga terilgan ruhiyat tasvirini namoyiş etmoqçi. Sayyoh tuyğular rangi orqali yölboşlovçi köngil kölamining har özgarişiga şohid bölib izidan ergaşadi:
Iç-içiga gohi yoğar qor,
Ninalarin sançar izğirin…
Tişlasa ham kunda bir ozor,
Özgartirmas maʼyus tasvirin.
Holatning parçalaridan asta-sekin bir butunlik hosil böla boşlaydi. Rang vazifasida kelayotgan sözlar palitrada sodda köringani bilan polotnoga tuşib butun böy-basti namoyon böladi. Bu yerda “tuşib” emas, uçib ötib, desayam bölaveradi. Botindagi manzarani öz asliça tasvirlaş soddalikdek tuyuladi. Uni özgartirib bölmaydi: “Özgartirmas maʼyus tasvirin…”. Yurak – qolip. Undan joy olgan har nima şaklni buzmoqçi böladi-yu, baribir içki ohangga jör böladi.
Quvonçlari quvnoq,
Jarangdor, tuyğular
Öz bağriga olgan har kalom.
Ular axir samimiy,
Nomdor,
Şu köngildan topgan ehtirom.
Qarang, evrilişlar tuyğu manzarasi orqali ifoda etilmoqda. His-tuyğular ham öz timsolini ruhiyatda aks ettiradi. Yölga çiqqan sayyoh şu ikki sezgi bilan safarini davom ettiryapti. Sözlarning rang şaklini olgani ham şundan. Bir sezgi – jaranglab sirli manzilga boşlaydi. Birdan yurak entikadi. Unda nima aks etsa, soğinçning jilvasidan vujudga keladi. “Jarangdor tuyğular” aslida yurakning dukurlaşi, hayajonli lahzaning suratdagi aksi. Borgan sayin manzil yaqinligi seziladi. Ularni töliq ifoda etgan sayin Qalb xaritasi tölaligiça namoyon böla boşlaydi. Böladi-ku, şunday, manzarani körasan-u, ifodalay olmaysan. Manzil esa borgan sayin yaqin qolyapti:
Xayoliga joylanar olam,
Kezar uni poyi piyoda.
Eziladi gohi juda ham
Yolğizligin sezib dunyoda.
Yurak şunday makonki, uni oçişga uringan sayin, aksinça yopilib boraveradi. Bu manzarani köriş faqat uning öziga nasib etadi. Uning ezilgani yolğizligidan emas, bu quvonçni boşqalar körmaganidan. Endi öşa xaritadagi barça belgilab borilayotgan manzillarni yana közdan keçirişda davom etamiz:
Bağri çuqur oqşomlar guvoh,
Yulduzlar ham tikilar mahzun.
Kunduzlari umid bersa goh
Ne qiynoqqa yetaklaydi tun.
Bu yerda hammasi sof, şovqin-surondan ötib olgan va undan omon qolgan tuyğular yulduzlarning porlaşi sukunatga xalal berişidan xavotirda. Oqşomlarning çuqurlaşgani vaqtning besamar ötib ketgani uçun yuz beryapti. Kunduz tunning kirib kelişini xohlamay uzoq davom etişini istaydi.
Möjizami – dilga öt qalab,
Maşaqqatni ortadi tanga.
Yaratgandan boqiylik tilab,
Sajda qilar ona Vatanga.
Endi manzaradan qaytadigan vaqt keldi. Çunki bu safar juda uzoq davom etdi. Xaritadagi belgilar Kunduz, Tun va Tonglar ekan. Bizga oson ifodalab berilgan tasvirlar “Maşaqqatni” ortib olgan. Bu oğirlik nima ekanini manzara içida turgan paytdagina anglab yetamiz. Uzoq safardan qaytayotib Tongga yetib keldik.
Tonglar bilan tuğilar sabot:
Şodliklarin yaşirar arang.
Orom topmay toşadi behad –
Nolamikan?
Sehrli ohang!
Birdaniga bu yöl qanday boşlanganini xayolimizga keltiramiz. Unga “olam joylanadi”. Bu baham körilmoqçi bölgan quvonç. Sururlar ölkasining xayolda aks etgan manzarasi edi. Sehrli ohang şodlikni keltirib çiqaradi. Yaşira olmaydi. Bunday va manzara bölib köringan xayol içida faqat Şoir qaytib kelişi mumkin. Sokinlikdan horğin qaytib kelgan Rassomgina bunday buloqdan töyib çanqoğini qondirişi mumkin…
Sizib çiqar buloq misoli,
Vujudida örmalar birga.
Bu qalb sirli – ming bir havoli,
Atalgandir faqat şoirga.
* * *
Inson qalbida keçayotgan holatni şartli ravişda ikkiga böliş mumkin. Yaʼni, bu botinda va zohirda keçayotgan manzaralar. Albatta, undan ham köp bölaklarga böliş mumkin, ammo bunga tafakkur yetgan darajada yondoşgan maʼqul.
Bu tafovut tabiatning hammaning ham közi tuşavermaydigan, közga taşlanmaydigan kiçik bir burçagi, parçasini kattalaştiriş orqali yuz beradi:
Zarda qilmas oyoq ostida,
Zorlanmaydi, etaging tutar.
Poşnalarning axir zarbidan
Azoblarni içiga yutar…
Manzara kölami kengayib, tilga kiradi. Tabiatning bir bölagiga qança osmon va qança tong kerak? Yuqorida aytganimiz şartli ikki manzaraning biri közimiz öngida, ikkinçisi tuyğular bilan hisoblaşa boşlaydi. Qarang, özi kiçik bölsa ham:
Unga ham tong etadi nasib,
Şabnamlarni tutar kaftida.
Bunday manzarani ilgari körmagan ekanmiz. Uni birinçi bölib zohirga yuborilgan xabardan körib, ikkinçisi, botinga yetkazilgan voqeaning şakl topişidan bilib oldik. Yaʼni, biz raqamli qulfni oçadigan sözni topdik. Va şu “yöl” orqali yurişda davom etamiz:
Erkalaydi sabo ham esib,
Isinadi oftob taftida.
… Surat böylab yöl yuramiz… Endi bu suratga ziyon yetkazib qöyişimiz mumkin ekanini birdan anglab yetamiz. Bu – Nekbinlik tuyğusi. Botinimizda şu voqea yuz berdimi, demak biz özgarmabmiz. Göyo bepoyonlik bilan mangulik bir lahzada jamolini körsatgandek. Voqealar (botindagi va zohirdagi) birvarakayiga kişi köz öngida sodir böladi. Bu hol söz orqali kelib qalbga tutqun bölganda ana şunday böladi. His qilingan holatnigina tasvirlaş mumkin. Keling, davom etamiz:
Ğayratining çeki yöq axir,
Talpinadi u ham kök tomon.
Xoksorgina bu mitti bağir,
Yaşayotir yaşnab soğ-omon.
Oğriqni ifoda etiş uçun, albatta, uni boşdan keçiriş kerak. Ana şundagina holat butun böy-basti bilan közga taşlanadi va kişi diqqatini jalb etadi. Kam söz işlatib köp fikrlaşga undaş va tuyğularni toliqişdan asraşga öxşaydi bu jarayon. Bunda osongina dardni ölçaş mumkin.
Sözlardagi har bir harf tilga kirgandek göyo. Bunda köz oldimizda kiçik bir lavhadan katta manzaraga ötgan edik. Biroq yölda bilib qoldikki, qadamlarimiz göyo dukkillab urayotgan qon tomirlar ustida ekan. Bu – Yerning şoxtomirlari… Yana bir odim taşlasak… manzaraga ziyon yetadi. Satrlar zinapoyaga aylanib yölga boşlayotgan bölsa-da! Musavvir bu holatni anglab yetgani uçun sizni bu makonga boşlab kelgan edi. Yölni bosib ötiş qiyin böldi. Ammo söz öz vazifasini şunday bajaradi:
Parvoyi yöq intilmoq kerak,
Poyandozdek oyoq ostida.
Nimagadir seskanar yurak,
Bir kun tutar boşi ustiga.
Mana endi botindagi voqealar zohirga, zohirdagilar botinga buysunmay qoldi. Ammo oyoğing ostida turgan tuproqning hayajonini sezib qolasan. Bu suratning oxiri. Uni tomoşa qilib bölgandan keyin hammasi yakun topadi. Maysalar esa jimgina ösişda davom etadi.
Biz yuqorida tilga olganimiz ikki şeʼr – “Yoş tökadi dardlar qoğozga” va “Maysa va özim” taniqli şoir Ötkir Rahmatning “Xoksor maysa” kitobidan edi…
Davron RAJAB 1967-yilda Urganç şahrida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti qoşidagi Oliy Adabiyot kursida tahsil olgan. “Bir tomçi yulduz” nomli kitobi naşr etilgan.
2014/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

