Qadimgi yunonlardan qolgan bir naql bor: “Qul emas erkin, varvar emas ellinlik, ayol emas erkak bölib tuğilganimga taqdirdan minnadorman”. Hozirgi davrda bu muammolarni muhokama qiliş, qaysidir omillarni oqlaş va qoralaş muhim bölmasligi tabiiy, çunki dunyoning köplab mamlakatlarining qonunçiligi, şu jumladan, Özbekistondagi qonunçilik ham ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligini taʼminlaydi. Bugungi kunda jamiyatning deyarli barça sohasida ayollarning öz imkoniyatlarini amalga oşirişlariga yetarli şaroitlar yaratilgan, yaratilib berilmoqda. Kişilarning tafakkur tarzida ham özgarişlar sezilmoqda…
Ayollar muammosini puflab şişiriş hozirgi paytda behuda vaqt ötkazişdek bölib körinişi mumkin. Ammo masalaning biroz nozik tomoni ham yöq emas: jamiyatda ayollarning muayyan ijtimoiy guruh sifatida erkaklar bilan teng huquqqa ega bölganligiga nari borsa yuz yil böldi, xolos. Bugun ayollar ega bölgan maqom, şaroit öz-özidan paydo bölmadi, albatta. Şu sabab ham unga qanday qilib, nimalar evaziga erişilganini, qançalik uzoq tarixiy yöl bosilganini biliş, örganiş öz ahamiyatini yöqotmagan deb öylaymiz.
“Olamda tartib, yoruğlik va erkakni yaratgan ezgu ibtido hamda zulmat, xaos va ayolni yaratgan yovuz ibtido mavjud”, deydi Pifagor. Yana bir faylasuf Ksinafont esa “Ayolga işoniş öğriga işonişday gap”, deya taʼkidlaydi. Izlab topaman desangiz, tarixda bunga öxşaş gaplar talaygina. Insoniyat tomonidan örnatilgan taʼlimotlar, axloqiy qoidalar hatto dinlar ham ayol kişini ojiza, erkakning qaramoğiga muhtoj mavjudot yoki “reproduktiv maşina” sifatida körsatadi.
Tarixçilar bizga jamiyat rivojlanişining ilk bosqiçida kişilik jamoasi matriarxat, yaʼni ona uruği ustun bölgan davrda yaşagan, deya uqtiradi. Ammo insoniyatning bugungi kungaça yetib kelgan qadriyatlari, meʼyorlari, axloqiy qoidalari keyinçalik erkaklar mutlaqo ustunlikka erişgan paytlarda örnatilgani bois, biz u davrdagi hayot tarzi haqida qatʼiy bir xulosa çiqara olmaymiz.
Çindan ham, insoniyatning deyarli barça miflari, ertaklari, qonunlari, dinlari, taʼlimotlari erkaklar hukmron bölgan davrlarda yaratildi. Oqibatda ayollarning erkaklar hayotida tutgan örni ikki yoqlama maʼno kasb eta boşladi. U ayni paytda talon-taroj qiliş, sotib oliş mumkin bölgan ölja, mol-mulk; ayni paytda esa naslni davom ettiruvçi turmuş örtoq, ona. Diniy manbalarga köra, Momo Havo ayni paytda Odam Ato uçun yaratilgan ayol, lekin aynan uning aybi bilan odam bolalari maşaqqatga mahkum. Qadimgi yunon miflariga köra, maʼbudlar odamlardan qasd oliş uçun ularga aynan ayol qiyofasidagi ofat – Pandorani yuboradilar.
“Muqaddas Manu qonunlari” ayollarni çörilikda tutiş lozimligini aytadi, “Bibliya”, “Injil” va “Qurʼon”da ayollarning erlariga mutlaqo itoat etişlari uqtiriladi. “Salon qonunlarida” ayollar huquqiga deyarli örin yöq, Rim kodekslari esa uning homiylarga muteʼligini mustahkamlarkan, ilova sifatida ayollarning aqliy va jismoniy noqisligini rökaç qilib körsatadi.
Kunduz tunsiz, nur zulmatsiz, ezgulik yovuzliksiz mavjud böla olmaganidek, erkaklarning ham turli talab-ehtiyojlari, avlodlar davomiyligi ayollarsiz amalga oşmaydi. Şu bois ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qiliş ularning xojalari, yaʼni erkaklar talabidan kelib çiqqan holda örnatiladi. “Muqaddas Manu qonunlari”da ayolning mangu osoyiş topişi, yaʼni jannatga kirişi faqatgina xojasining roziligi bilangina belgilanadi. Islom dinida esa ayollarning maqtalgan sifatlari Xudodan qörqiş va eriga itoat qiliş bilan körsatiladi. Xristianlik jismoniy lazzatlarga bölgan nafratiga qaramay, ayollardagi bokiralik va itoatkorlik kabi fazilatlarni uluğlaydi.
Turgan gapki, ayollarni qoralaydigan jamiki sifatlar erkaklarga böysunmaslik, itoatsizlik bilan boğlanadi. Birgina Ksantippa obrazining bu qadar dovruq qozonganligi ham ana şunda.
Agar bugungi kun nigohi bilan qarasak, biroz noqulay bölsa ham, savol tuğiladi: uzoq tarixdan to şu kungaça erkaklar ayollar haqida mulohazayu muhokamalar qilişgan, toğ-toğ kitoblar yozişgan ekan, xöş, ayollar-çi, ular erkaklar hakida nima deydi? Jilla qursa, özlari haqida biror gap aytganmi? Javob oddiy: to XVIII–XX asrgaça arzigulik heç gap yöq. Zotan, maşhur yozuvçi, faylasuf Simona de Bovuar xonim aytganidek, “Ayollar haqidagi hamma tarixni erkaklar yaratgan”.
Bu maʼnoda Simona de Bovuarning “Ikkinçi jins” asari çinakam şuhrat qozondi. Asar esse şaklida bölib, unda ayollar hakidagi maşhur mulohazalar, qaraşlar, taʼlimotlar tahlil etiladi. Insoniyat tarixi göyo ikki qutbning özaro kuraşi sifatida körsatiladi. Muallif erkaklarning uzoq tarix davomida mutloq hukmron jins bölganligini fiziologik, psixologik, ijtimoiy dalillar bilan asoslaydi.
“Tarixçilar qadimgi madaniyatlarga oid maʼbudalarning haykallari hamda Iştar, Isida, Geo haqidagi miflarga tayanib ayollarning mavqeyi ustun bölgan oltin davr töğrisida yozadilar. Ammo bu afsonadan bölak narsa emas, çunki uşbu maʼbudalarning kultlari faqat hosildorlik bilangina boğliq. Ular erkaklar hosil oladigan yer, “reproduktiv ona” va ayol timsoli bölganlar, xolos. Ayollar erkaklarga teng inson sifatida baholanmagan”.
De Bovuar muammoning sabablarini bunday izohlaydi:
“Onalik mavqeyi baland bölgan ilk dehqonçilik davrida ham ayollar yetakçilikni qölga ololmadi, çunki farzand tuğiş, uni tarbiyalaş faoliyat emas, tabiiy jarayon edi. Rözğor va onalik majburiyati doimiy bir xil işni takror bajarişga ixtisoslaştirdi. Bu iş asrlar ötsa ham, özgarişsiz takrorlanaverdi. Oqibatda esa ayollar arzigulik yangilik yaratmadi, yarata olmadi. Erkaklarning yöriği boşqa edi: jamoani oziq-ovqat bilan taʼminlaş xuddi asalarilarnikidek şunçaki tabiiy jarayon bölmadi, u ayni paytda transendentlikni, yaʼni öz mohiyatini ifodalaş faoliyati ham edi. Homo faber asrlar ötib kaşfiyotçiga aylandi. U omoç ixtiro qildi, daryolarga töğon qurdi, kuraşdi, jang qildi, dunyoga hukmron böldi. U har qanday maqsadini tom maʼnoda erkin, mavjud inson bölib amalga oşirdi. U hayotni saqlab qolişga intilib, oqibatda yaratuvçiga aylandi, u bugunni emas, kelajakni bunyod qildi: ovçilik, baliqçilik muqaddaslaştirildi, jangçi qahramonlar şarafiga şon-şuhrat yoğildi. Sirasini aytganda, erkaklar asl insonlik taʼmini totişdi. Ular bugun ham osmonöpar binolar qurib, atom reaktorlarini kaşf etarkan, ana şu ğururni tuyadilar. Ayollarning ulkan fojiasi şundaki, ular erkaklar bilan birga yovvoyi hayvonlar bilan kuraşmadilar, duşman bilan jang qilmadilar, dunyo yaratmadilar. Ayollarning reproduktivligi yaratuvçanlik emas, şunçaki nasl qoldiriş böldi. Agar inson hayvonlar kabi faqat jonini saqlab qolişnigina istaganda edi, u hayotini xavfga qöyuvçilarni bu qadar uluğlamagan bölardi”.
Bu nafaqat Simona de Bovuarning alamli eʼtiroflari, balki klassik feminizm vakillarining ham sözlaridir. Sababi “Ikkinçi jins” asarining çop etilişi ğarb olamidagi ayollarning dunyoqaraşini özgartirib yubordi.
Darhaqiqat, XX asr ayollar uçun tom maʼnoda hodisalar asri böldi. Turli qonli inqiloblar, jahon uruşlariga qaramay, ular ijtimoiy-siyosiy hayotda erkaklar bilan tenglik huquqiga ega böldilar. Bu tenglik har ikkala jins hayotida yangidan-yangi muammolarni keltirib çiqargani çin, biroq u yangidan-yangi imkoniyatlarni berganligi ham haqiqatdir.
Ming yillar davomida erkaklar belgilab bergan maqomga qaramay, bugun ayollarning öz-özini anglaşi, tom maʼnoda har qanday streotip va yorliqlardan mustaqil hayotda öz örnini özi belgilaş jarayoni asta-sekinlik bilan özgarmoqda. Bu jarayon jamiyatda ustuvor bölgan baʼzi qadriyatlarning özgarişini, almaşinişini, heç bölmaganda ularning qayta baholanişini talab qiladi, albatta. Ammo masala şundaki, uşbu evrilişlarni axloqiy normalarning inqirozi sifatida emas, balki ijtimoiy zarurat örnida baholaş maqsadga muvofiq. Misol uçun, bundan deyarli yuz yil oldin ayollarning ijtimoiy hayotdagi örnini bugungi kun bilan taqqoslab bölmaydi. Yaxşimi, yomonmi bugun biz qabul qilayotgan qadriyatlar, axloq standartlari yuqorida aytilgan özgarişlar va ijtimoiy zaruratlar sabab yuzaga keldi. Bas, şunday ekan, Simona de Bouar taʼbiri bilan aytganda, zamonlar ötgani sayin ayollar haqidagi tasavvurlar özgarib boraveradi.
Tabiiyki, biz bugun uzoq kelajakdagi XXII–XXIII asrlar haqida tasavvur qila olmaymiz, kim bilsin, ehtimol, u davrlarga kelib nafaqat ayolga, balki umuman inson mohiyatiga nisbatan qaraşlar mazmun va şakl jihatdan mutloq özgarib ketar. Biroq, nima bölganda ham, insoniyatning tafakkur taraqqiyoti davomida ayollar öz tarixlarini özlari yaratişlarining tarafdorimiz.
Oygul Asilbek qizi
1983-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. Şeʼrlari “Yoşlar kitobi”, “Oltin köprik” singari bayozlarga kiritilgan.
“Şoir xayollari” nomli kitobi naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

