11 daqiqada öqiladi

278 marta körilgan

Maʼnaviyat beşigi

Jamila Ergaşeva

Akam qöşni köçada joylaşgan kutubxonaga olib borganlarida men ikkinçi sinf öquvçisi edim. Kutubxonaçi opalar menga biri-biridan çiroyli törtta ertak kitob berişdi. Şu kundan eʼtiboran bu dargoh men uçun xuddi maktab kabi qadrdon maskanga aylandi. “Gulliverning sayohatlari”, “Tom Soyerning körgan-keçirganlari”, “Sehrli qalpoqça”, “Sariq devni minib”, keçki taomdan söng oila davrasida ovoz çiqarib öqiladigan “Avazxon”-u “Kuntuğmiş” kabi dostonlar meni yangi bir maftunkor olamga olib kirdi. Avvaliga menga tavsiya qilişgan, qölimga tuşgan kitoblarni öqir edim, keyin özim izlab, tanlab öqiydigan böldim. Abdulla Qodiriy, Oybek, Lev Tolstoy, Mixail Şoloxov, Abdulla Qahhor, Şukur Xolmirzayev, Çingiz Aytmatov, Valentin Rasputin… Ular juda köpçilik edi va mutolaa çoğida asar qahramonlarining şu qadar hayotiyligi, voqealarning işonarliligidan, borliq olam mukammal, jonli tasvirlanganligidan hayratga tuşar edim. Ularga qoyil qolar va havas qilar edim, ammo özim ham bir urinib körmoqqa sira haddim siğmas edi.

Töqqizinçi sinfda öqib yurganimda bir ukamiz vafot etdi. Unga bağişlab birinçi hikoyamni yozdim. Va şunda bildimki, yozmoq – tölganda tökilmoq ekan. Men yuragimni örtayotgan iztirob, soğinç tuyğularini oq qoğozga tökkan edim. Hikoya çiqqan gazetani butun maktab qölma-qöl qilib öqidi. Şu hikoya orqali dardimni dasturxon qilganga öxşagan bölsam ham, ustozlarim va maktabdoşlarimning tabriklari könglimga allaneçuk tasalli böldi.

Lekin birinçi kitobçam roppa-rosa yigirma ikki yildan söng çop etildi. Sababi, men kam yozar edim va yozganlarimni kimgadir körsatişdan yoki biron naşrga olib borişdan juda tortinardim. Örta maktabni bitirib, Toşkent Davlat dorilfunining jurnalistika kulliyotiga öqişga kirganman. Kursdoşlarim yozganlarini dasta-dasta qilib, gazeta-jurnallarga olib borib, tahririyatlardan özlariga ustozlar topib, öqişni bitirgunlariça, köpçiligi “falonçi şoir” bölib tanilgan bir paytda men bittagina diplom bilan yozib yurgan hikoyalarimni jomadonga joylagança qaytib kelaverganman.

Vaholanki, atrofimda maslahatçilarim juda köp bölgan. “Şarq yulduzi“ jurnalida Şukur Xolmirzayev işlaydi, “Guliston“ jurnalida Erkin Aʼzamov işlaydi, hikoyalaringizni olib boring, eʼtiborsiz qoldirişmaydi”, deyişardi. Ammo men bu ustozlarning huzuriga borişga tortinardim. Universitetdagi tahsil davomida “Şukur Xolmirzayev nasrida til va uslub” mavzusida ikki marta kurs işi yozdim, diplom işimning mavzusi ham Şukur Xolmirzayev nasridagi mahorat masalalariga bağişlangan edi. Hikoyalarimni emas, özlarining ijodlari haqida yozgan ilmiy işlarimni olib borişga ham uyaldim. Şukur Xolmirzayevni ham, Erkin Aʼzamni ham özim uçun adabiyotda katta aka va ustoz deb bilganman, lekin yozganlarimni kötarib borib ularni bezovta qilişga haddim siğmagan. Biron narsam eʼlon qilinsa ham könglimda “Şukur aka bilan Erkin aka nima der ekan-a?“ degan hadik turar edi. Yillar ötib, markaziy naşrlarda hikoyalarim çiqa boşladi va ustoz Şukur Xolmirzayev bu hikoyalarga matbuot orqali köp yaxşi fikrlar bildirdi, gazetalarda çiqayotgan hikoyalarimga öşa naşrlar muharrirlarining iltimoslariga köra söz boşi yozgan vaqtlari ham böldi.

Bir safar “Oila va jamiyat“ gazetasida çop etilayotgan hikoyamga yozgan söz boşisida şunday gaplar bor edi: “…Nasr yoziş köpinça erkak adiblarning işi sanaladi. Haqiqatan ham nasrnavis xotin-qizlarimiz barmoq bilan sanarli. Aytiş joizki, bizdagina emas, umuman, dunyo adabiyotlarida ahvol şunday va buning tabiiy sabablari ham ayon: nasr adibdan katta kuç-quvvatni, vaqtni, tasvirda mumkin qadar xolis, hatto şafqatsiz bölişni talab qiladi. Ayol… vaqti hamişa hisobli ayol bu işga qanday jazm etsin? Tasvir bobida ham ayolga qiyin: u – tabiatan taʼsirçandirki, ançayin xatti-harakat ham unga kuçli taʼsir etişi oqibatida qalam közlangan maqsaddan çetga burilib ketişi, demak, sovuqqon yöl boşlovçi Aql örnini “köçasi köp Köngil“ olişi xavfi hargiz muallaq turadi.

Endi şu barça tösiqlarni bosib öta olgan Ayol yozuvçini tasavvur eting-çi?

Bundaylarga qoyil qoliş kerak.

Buning ustiga, mahorat bobida talay erkak adiblardan ham ötkazib yoza olsa…

Jamila – ana şunday adiblarimizdan biri”. (“Oila va jamiyat“ gazetasi, 1998-yil, may).

 Bu sözlar çekka bir viloyatning çekka bir tumanida yaşab, yozganlaridan goh köngli tölib, goh tölmay yurgan ijodkorni qançalar ruhlantirişini tasavvur qiliş qiyin emas.

Daryodil ustozning bunday himmat va ğamxörliklari biz şogirdlar uçun, şubhasiz, bir ibratdir.

U kişi viloyatga tez-tez kelib turar, kelganlarida atroflarini töldirib, döstlari, töp-töp muxlislari yurişar, şubhasiz, bu holatda ham yonlariga borib bir narsa deyişga jurʼat qila olmas edim. Tahririyatlarning yölaklaridami, zinapoyalardami, qabulxonalardami duç kelib qolsak, “Eh-he, mening enam kelayapti-ku, enajonim kelayapti-ku!“ deb mehr bilan hol-ahvol sörab, işlarimni suriştirib qolardi.

Şukur aka adabiyotni qismat deb bilgan, özini adabiyotdek maşaqqatli işga baxşida qilgan haqiqiy fidoyi yozuvçi edi. U kişidan özbek adabiyoti xazinasiga, biz şogirdlar uçun, adabiyotimizning buguni va ertasi uçun juda noyob va juda katta adabiy meros qoldi. Umrlarining poyoni körinib qolgan paytda Şukur aka özlariga yaqin bölgan şogirdlaridan biriga “Men ham yozuvçi böla oldimmi özi?“ degan ekanlar. Bilmadim, bu sözlarni aytiş uçun inson öziga nisbatan qay darajada talabçan bölmoği kerak. Bilmadim, bilolmadim…

Allohga şukur, şu kungaça oltita kitobim dunyo yuzini kördi, ustoz Şukur akaning jonbozliklari bilan turk tiliga tarjima qilingan hikoyalarim ham bor. Yozganlaringizni kimdir öqib, tört oğiz iliq söz aytib, maqtab qöysa, dilingiz yayrab ketadi. Ammo yaxşini yomondan ajratib, tanlab kitob öqib yurgan har qanday odam özining yozganlariga ham xolisona baho bera olişi lozim. Eng xolis bahoni esa vaqt va kitobxon beradi.

Yozganlarimni kimlardir öqiyotgan, kimlargadir maʼqul bölayotgan ekan, yozaversam böladi, degan fikrdaman. Ammo yanada köproq öqib-örganib, hayotni yanada teranroq nigoh bilan kuzatgan holda albatta… Men öttiz olti yil gazetada işladim. Qaysi bir taşkilotlar yilda bir-ikki bor “Oçiq eşiklar kuni“ ötkazadi. Tahririyatlarning eşigi esa har kuni oçiq, dasta-dasta maşqlarini kötarib kelaverişadi. Men ularga hamişa “Bolajonlarim, yaxşi odam böliş uçun ham, yaxşi şoir yoki yaxşi yozuvçi böliş uçun ham kö-ö-öp öqiş kerak. Kimgadir maʼqul tuşadigan bitta söz aytmoq uçun, deylik, önta söz bilmoq kerak. Önta sözni biliş uçun esa, ehtimol yuzta, yoki mingta söz öqimoq kerak. Öqinglar” der edim. Bu maslahatni heç ayab ötirmasdan, balki birinçi navbatda özimga ham aytaman. Nazarimda olam sözining özagi ilmdir. Adabiyot ham katta ilm, olam kabi, inson ruhiyati va qalbi kabi çeksiz ilm. Uni çuqurroq örganganingiz sayin hali örganişingiz lozim bölgan jihatlari köpligi ayon bölaveradi.

Agar taʼbir joiz bölsa, men adabiyotni maʼnaviyat beşigi, deb atagan bölar edim. Eng avvalo bu qutluğ beşikda millat va uning kelajagi kamol topadi. Baʼzi muallimlar bolaning salohiyatini baholaşda uning aniq fanlarni neçoğli özlaştira olişiga eʼtibor qaratadi, adabiyot fani haqida esa, “E-e, bu fan bir ertak-da”, deyişadi. Aslida adabiyot inson ruhiyatiga boğliq ijtimoiy hodisadir. Inson ruhiyatini poklaş, maʼrifat nuri va maʼnaviy ozuqalar bilan insoniyat qalbida hayotning, özining, özligining, yon-atrofidagi aziz odamlarning, Vatanining qadriga yetmoq kabi ezgu fazilatlarni kamol toptiriş, yaʼni komil insonga aylantiriş – adabiyotning azaliy va abadiy vazifalaridir. Adabiyot insoniylik ilmidir, bu ilmni özlaştirmasdan turib, aniq fanlarda erişilgan yutuqlar bilan maqtanmoq ança erta maqtanmoqdir.

Adabiyot – köngil ehtiyoji, inson tafakkurining mevasi, qalbingni junbuşga keltirgan tuyğularni qoğozga tökiş, hayotdan çiqargan xulosalaringni kimlargadir ilina oliş yozarman kişiga huzur bağişlaydi, ayni paytda bu bitiklar, yaʼni Adabiyot öqirman odamning ham köngil ehtiyojidirki, u pastu baland hayot yöllarida dono maslahatlari bilan olğa boşlovçi, komillikka eltuvçi sadoqatli döstdir. Ustoz Najmiddin Komilov aytganlaridek, “Inson ruhi sanʼatdan oziqlanib yayraydi va barça qudratini sanʼatda körsata oladi”. Ayni şu sözlarni adabiyot haqida ham aytiş mumkin.

Özbek adabiyoti özining durdona asarlari bilan jahon adabiyoti xazinasiga munosib hissa qöşa olgan ulkan adabiyotdir. Dunyoning qaysi burçida özbekona ismlarga tili ham kelişmaydigan bir inson “Ötkan kunlar”ni, “Mehrobdan çayon”ni öqib, Otabek va Kumuşning, Anvar bilan Raʼnoning iztiroblaridan xuddi özbek öquvçisi kabi siqilib turganini his etişning özi juda yoqimli. Bu kitoblarni öqigan kişi haqiqiy özbek hayotini, özbek odamlarini, özbekona xarakterni köz oldiga keltiradi. Şukurki, adabiyotimizda milliy kalorit quyuq böyoqlarda aks etgan asarlar juda köp, ular qaysi tilda çop etilgan bölmasin, uning qahramonlari özbeklar ekanligini bilib oliş qiyin emas. Keyingi paytlarda şunday toifadagi asarlar paydo bölayaptiki, garçi ular özbek tilida çop etilgan, qahramonlarining ism-şariflari özbekça bölsa ham, na turmuş tarzi, na feʼl-atvori özbekka öxşamaydi. Ayniqsa, sarguzaşt asarlar “bozorgir” bölib qoldi-yu, ana şunday ismi özbekça-yu, özi ham, feʼl-atvori ham bizdan tamoman boşqaça qahramonlar köpayib ketdi. Bu qahramonlarni baʼzilar “Globallaşuv davridagi yangi asr odami” deb atamoqdalar, men esa, öşa sarguzaşt asarlarimizda ham “Yangi asrdagi haqiqiy özbek”ni körişni istayman.

Kasbim taqozosi bilan bir umr odamlar orasida böldim. Surxondaryoning men bormagan biron qişloği, biron mahallasi qolmadi. Odamlar öz muammolarini hal qiliş uçun menga intilsalar, men ularning şikoyatlarini jon quloğim bilan tinglab, imkoniyatim yetgança yordam beriş barobarida hayotni, odamlarimizni örgandim, ularning yutuqlari bilan quvondim, dardlari bilan oğridim. Vaqti soati yetganda ular hikoyalarimning personajlariga aylandilar. Yozganlarimni öqib, köpinça odamlar “Topdim, bizning qöşnimizni yozibsiz”, “Yozganlaringizni öqib, özimni körganday böldim. Men sizga boşimdan ötkazganlarimni gapirib bermagan edim-ku”, deyişadi. Albatta, men haligi odamning qöşnisini ham yoki keyingi suhbatdoşimning özini ham yozmaganman, şunçaki mening qahramonlarim hayotdan olingan, ular özbek, urf-odatlari, feʼl-atvori, masalan, andişaliliklari, bolajonliklari, şu feʼl-atvorga yaraşa taqdirlari bir-biriga öxşaşdir.

Men badiiylikning birinçi şartini hayotiylik, haqqoniylikda deb bilaman. Bunga hamişa ham erişiş qiyinroq. Ammo bunga erişmoq uçun muallif öz qahramonlarini, ularning dardlarini juda çuqur bilişi şart. Bir dugonam bor, umr yöldoşi ança avval ötib ketgan. Ikki farzandi oliy öquv yurtida tahsil oladi, özi oliy maʼlumotli böla turib, ilojsizlikdan ön beş yildan beri nogiron bolaga qarab, uyda tikiş qiladi. Bolani nogironlar uyiga topşirgin, dey-dey ota-onasi ham ötib ketdi, u topşirmadi, topşirişni istamadi. Endi esa bolalari ulğaygani sayin, xarajatlari ham oşib, hayoti kundan kunga oğir bölib bormoqda. Ikki talaba, bir nogiron bolani ignaning uçi bilan boqiş oson emas. Yaqinda “bir yozilib ketsin” deb nevaramning tuğilgan kuniga olib keldim. Noz-neʼmatlarga töla bayram dasturxonini körib, gapira olmaydigan haligi bola qiyqirib yubordi. Begona heç kim ham yöq edi. Şunday bölsa ham beçora onasi juda xijolat tortdi, uni bir çetga ötirğizib, undan-bundan oğziga solar ekan, kuldi: “Bu şörlik, jannatga tuşib qoldimmi, deb hayron bölayapti”. Bu gapni u kulib aytayotgan bölsa ham şu lahzalarda uning içini qanday iztiroblar yondirayotganini his qiliş qiyin emas edi va bunday sözni ana şu iztirobni yuragidan ötkazgan kişigina yetkazib yoza oladi, deb öylayman.

Istiqlol şarofati bilan mamlakatimizda adabiyot davlat siyosati darajasiga kötarildi. Hurmatli Yurtboşimizning taşabbuslari bilan “Ijod” fondi tuzilib, bu jamğarma ijod ahlining, ayniqsa adabiyot gulşanida endigina tetapoya bölayotgan yoş qalamkaşlarning beminnat homiysiga aylandi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining taʼsis etilişi esa ijodkor qizlarimizga, butun ayol zotiga xalqimizning, yurt rahbarining hurmat va ehtiromi ifodasi böldi. Prezidentimizning “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” asari va undagi samimiy körsatmalar hammamiz uçun dasturulamal vazifasini ötamoqda. Bu eʼtibor va ğamxörliklar ijod ahlining zimmasiga katta masʼuliyatlar yuklaydi. Qöliga qalam olgan, şu qalam orqasidan törtovoraning töriga ötgan har bir ijodkor Yurtboşimiz aytganlaridek, “Ijod, bu – özini qiynaş, maşaqqat çekiş, huzur-halovatdan voz keçiş, tom maʼnoda fidoyilik” ekanligini unutmasligi lozim. Kitobxon qöliga tuşgan har bir kitob uning qalbiga maʼrifat nurlari olib kirsin, maʼnaviyatini javohirdek bebaho fikrlar, xulosalar bilan bezasin, xalqiga, suyukli Vataniga, hayotga bölgan muhabbatini oşirsin. Axir, jahonga yuz tutgan uluğ mamlakatning yuksak maʼnaviyatli kitobxonini şunçaki oldi-qoçdi sarguzaştlar bilan çalğitib bölmaydi. Qölga qalam olgan odam “Mening yozganlarim sevimli xalqimga, jonajon Vatanimga, kitobxonlarga nima beradi?” degan haqli savolni öz oldiga qöymoği lozim.

Darhaqiqat, endi oilam haqida biroz töxtalib ötsam. Öğlim maktabda öqib yurgan paytlari jonivorlar haqida binoyidek hikoyalar yozgan. Seton Tompsonning “Yovvoyi yörğa”si hali-hamon uning eng sevimli kitobi. Lekin u keyinçalik yozuvçilik neçoğlik maşaqqatli kasb ekanligini tuşunib yetdimi, iqtisodçilik yönalişini tanlab, şu soha böyiça ketdi. Biri-biridan şirin ikkitagina nabiram bor. Töqqizga kirgan tönğiç nabiram Jörabek öziça şeʼrlar, hikoyalar maşq qilayapti. Azbaroyi momolariga bölgan muhabbatlari tufaylimi, “Katta bölgaç, şifokor bölamiz, lekin momomizga öxşab kitoblar ham yozamiz”, deyişadi. Bugunning bolalari ham zamonasiga öxşab, hatto orzular haqida ham çuqur öylab, jiddiy mulohaza yuritişadi. Osmondagi yulduzlarga intilgan çoğda ham oyoqlari sira yerdan uzilmaydi, bizga öxşab, “Katta bölsam, kosmonavt bölaman, Valentina Tereşkovaga öxşab oyga uçaman”, demaydi. Ha, men bir zamonlar kosmonavt bölib, oyga uçişni orzu qilardim, endi esa, farzandlarimga doim maslahatlari, duolari asqotadigan ona, nabiralarimga bir kun bir joyga çiqsam ham, örni bilinib qoladigan mehribon momo, yoru birodarlarimga yaxşi-yomon kunlarida yonlarida tura oladigan sadoqatli döst, magar ismi-şarifimga “yozuvçi“ sözini qöşib yozsalar, şu qutluğ nomga munosib inson bölişni orzu qilaman.

Fursatdan foydalanib, sevimli jurnalimiz “Yoşlik“ tahririyatiga muntazam ravişda jurnal sahifalaridan roman, qissa va hikoyalarimga joy ajratib kelganligi uçun çin dildan minnatdorçilik bildiraman. Mamlakatimizning katta-katta ijodkorlari taklif etiladigan “Adib xonadonida” ruknidagi muloqot savollarini olgaç, töğrisi, hayajonga tuşdim. Şunday katta minbardan turib, qöyilgan masalalar yuzasidan munaqqidlarga xos mulohaza yuritib, arzirli xulosalar aytiş oson iş emas. Qaysidir fikrimiz kimgadir maʼqul kelmagan bölsa, oldindan uzr sörayman.  

Jamila ERGAŞEVA 1956 yili Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini bitirgan. “Izhor”, “Intiqom”, “Tanazzul”, “Ayol jodusi”, “Zulfizar”, “Qir ustidagi ayol” nomli roman, qissa va hikoyalar jamlangan kitoblari çop etilgan.

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.                    

2015/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)