Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, soğliqni saqlaş, adabiyot, madaniyat, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida» farmoni eʼlon qilindi. Quvonarlisi, mukofotlanganlar içida elimiz ardoqlagan bir guruh ijodkorlar ham bor. «Yoşlik» jurnali jamoasi ijodkorlarni mazkur mukofot bilan qutlaydi.
«Özbekiston Respublikasi xalq yozuvçisi»
Örozboy Abdurahmonov – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, yozuvçi
Örozboy Abdurahmonov 1949-yil 27-avgust kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Kegeyli tumanida tuğilgan. 1973-yili Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Turli yillarda “Jetkinçik” bolalar gazetasida, «Amudaryo» jurnalida, Qoraqalpoğiston yozuvçilar uyuşmasida, “Qoraqalpoqfilm” uyuşmasida, “Özbektelefilm”ning Qoraqalpoğiston bölimida işlagan. Ayni paytda Qoraqalpoğiston yozuvçilar uyuşmasi rahbari örinbosari lavozimida mehnat qilmoqda. Örozboy Abdurahmonov Qoraqalpoğiston Yoşlar mukofoti laureati (1979), ekologiya sohasida YUNESKO medali sohibi (1987), Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi (1999), Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi (2001), Qoraqalpoğiston xalq yozuvçi (2004) unvonlari egasidir. Uning «Bir muhabbat tarixi» (1977), «Qöşnilar» (1981), «Çangalzor payğambari halokati» (1987), «Orolim, dardim mening» (1985) kitoblari çop etilgan. «Bösağa» romani «Özbekiston» naşriyotida çiqiş arafasida. Uning «Öjar» komediyasi 1981-yildan şu kungaça Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida sahnadan tuşmay kelmoqda.
«Mehnat şuhrati» ordeni bilan
Zulfiya Möminova – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoira
Zulfiya Möminova 1959-yili Samarqand viloyatining Narpay tumanida tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi. «Saodat» jurnalida, Özbekiston radio qömitasida muharrir bölib işladi. Adabiyotga ötgan asrning saksoninçi yillarida kirib kelgan Zulfiya Möminovaning 1988-yilda bir yöla ikki kitobi – «Vatan taşlab ketmaydi», «Beşiklarni asragin, dunyo» şeʼriy majmualari çop etildi. Keyingi yillardagi ijodiy izlanişlari samarasi sifatida yaralgan «Yonayotgan ayol» (1993), «Azizim, baxtiyorman» (1997), «Ğijduvon oboddir, Ğijduvoniy hayot» (1999), «Nikoh şartnomasi» (2006), «Töydan oldin tibbiy körik» (2006), «Surxonning muhtarama ayollari» (2009), «Birinçi öqituvçim» (2009) nomli kitoblari çop etildi.
«Döstlik» ordeni bilan
Farid Usmon – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir
Farid Usmon 1946-yili 1 avgustda Andijon şahrida tuğilgan. Andijon institutini tamomlagan (1964). «Umid gulzori», «Sadoqat», «Navosiz navo», «Qadr keçasi», “Ul qaro köz bölmasa”, «Jon quşi» kabi şeʼriy töplamlari hamda «Husn devoni» kitobi naşr etilgan.
«Şuhrat» medali bilan
Zebo Mirzo – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoira
Zebo Mirzo 1964-yilning 15 dekabrida Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumani Beşterak qişloğida tuğildi. Toşkent Davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi (1982-1987). Toşkent Davlat sanʼat instituti katta laboranti, öqituvçisi (1987-1991), Özbekiston Respublikasi Madaniyat işlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy işlar respublika markazi muharriri (1991-1995), «Yozuvçi» naşriyoti bölim mudiri (1995-1999), Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoşlar» radiokanali katta muharriri (1999-2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006-yildan «Özbekiston» telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi.
Zebo Mirzoning «Tun malikasi» nomli ilk şeʼriy töplami 1990-yilda naşr etildi. Şundan keyin şoiraning «Ajr» (1997), «Nur kukunlari» (2004), «Işq» (2012) kabi şeʼriy kitoblari dunyoga keldi. Zebo Mirzo, şuningdek, «Rangin dunyo», «Ijod maktabi», “Ijodxona sirlari”, «Qöşiqlarda qolgan umr», «Siz va Siz uçun» kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi madaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum körsatuvlar muallifi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


