Adabiyot – xalqlarni birlaştiruvçi katta kuç. Zero, adabiyotning tili bitta, sanʼat tilidir. Şunday ijodkorlarlar borki, ular garçi boşqa millat vakili bölsa-da, ijodi orqali özbekning ruhini kuylagan, adabiyotimizni jahonga tarğib qilişda jonbozlik körsatgan. Özbekiston xalq şoiri Aleksandr Faynberg ana şunday ijodkorlardan biri edi.
U 1939-yili Toşkent şahrida tavallud topgan. Maktab va texnikumni tamomlab, Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.
Şoirning sermahsul ijodi Toşkent, Moskva va Sankt-Peterburgda jami ön uçta töplam holida öquvçilarga yetib bordi.
Faynberg özbek adabiyotining katta tarjimoni va tarğibotçisi edi. U uluğ Alişer Navoiy hamda köplab zamonaviy özbek şeʼriyati vakillarining asarlarini rus tiliga tarjima qildi. Xususan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Sirojiddin Sayyid, Xosiyat Rustamova şeʼrlarini rus şeʼrsevarlariga havola etdi. Şoirning özbek tilidagi “Çiğiriq” nomli şeʼriy (R.Musurmon tarjimasi) töplami naşr qilingan.
Aleksandr Faynberg 2009-yili Toşkent şahrida vafot etdi.


“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


