31 daqiqada öqiladi

628 marta körilgan

Markes bilan uçraşuv*

Gabriel Garsia Markes

Şimoliy kenglikning öttiz ikkinçi, janubiy kenglikning ellik oltinçi graduslari oraliğidagi sakkizta jöğrofiy mintaqada yastanib yotgan va öttizdan ziyod kattayu kiçik mamlakatdan iborat Lotin Amerikasida oltmiş yil muqaddam Gabo tavallud topdi, kolumbiyalik ana şu bola payti kelib Gabriel Garsia Markesga aylandi.

Dunyoi qötirning borki aççiq-çuçugini tatigan bu zotning yuragi bahri mavjvard tölqinlari kabi qirğoqlarini beayov savalagani savalagan. Yöqsa, Nobel mukofoti topşiriş tantanasida sözlagan nutqida adabiy qaraşlari va ijod sirlari haqida gapiriş örniga akobiru aʼyonlar qiyofasini şu qadar alayno-oşkor foş qilardimi u?

Ezgulik, darddoşlik, mardonavorlik. Markes sarbalandligining, muqtadirligining ibtidosi ana şulardir. Uning jismu jonini bular qançalik çuqur band etganligini anglaş uçun heç bölmasa “Mustabidning paymonasi” va yoki “Polkovnikka heç kim xat yozmayotir”ni öqib çiqiş kifoyadir. Yoinki, “Yuz yil tanholikda”ni.

Markes ijodi bilan tanişganimdan va, ayniqsa, “Yuz yil tanholikda” romanini Nurali Qobul bilan birga özbekçaga ögirganimdan söng bu ulkan söz sanʼatkoriga, adabiyotşunoslar taʼbiri bilan aytganda, zamonamiz adabiyoti marşali bölmiş alloma adibga nisbatan yuragimda çeksiz ehtirom tuğildi. Adibning yangi asarlariyu ijodi tadqiq etilgan risolalar undagi yangi-yangi xislatlarni namoyon etgani sari bu tuyğu tağin zöraydi. Axiyri, u bilan uçraşiş, suhbatlaşiş orzusi könglimni band etdi. Lekin qanday uçraşiş mumkin u bilan? Axir, Kolumbiya qayoqdayu Toşkent qayerda! Umuman, u 1979-yildan buyon mamlakatimizga kelmagan.

Kunlarning birida Markes haqidagi maqolani közdan keçira turib, uning gapidan olingan köçirmaga közim tuşdi: “Ön yillar davomida revizionizmda, antisovetizmda ayblab kelişdi meni. Göyoki mayda burjuaziya va reaksion ğoyalarni tarğib qilar emişman. Asli men aytgan gaplar şu keça-kunduzda SSSRda sodir bölayotgan yaşariş xususida edi. Öşandayoq Sovet Ittifoqida ham, jahondagi sotsializm harakatida ham tub islohotlar bölişi zarur deb öylagan edim”. Şunda, demak, Markes mamlakatimizga keladi, axir, sodir bölayotgan burilişni öz közi bilan körişni istamasligi mumkin emas, degan xayolga bordim.

Oradan köp vaqt ötmay, uning Moskva kinofestivaliga taşrif buyurişi haqidagi xabar quloğimga çalindi. Zudlik bilan Moskvaga uçişga ahd qildim. Festival oçilişiga bir neça kun qolgan. Özingiz bilasiz: iyulning boşlarida samolyot bileti anqoning uruği. Ustiga ustak, festivalda iştirok etuvçi jurnalistlar allaqaçonoq akkreditatsiya qilingan. Odat-da, uluğlar suhbatini magnitofonda yozib olaman, lekin keyingi paytlar u pand berar, ustaxonadagilar esa eplab tuzata olişmasdi. Tağin, yapon kassetalaridan topiş amrimahol deng…

Xullas, ming taşviş ğov kabi yölimni tösib turardi. Ammo… niyat xolis bölsa, doim işing öngidan keladi. Ikki kun içida samolyotga bilet topildi, akkreditatsiya muammosiyam yeçildi. Döstim, tojikistonlik şoir Şodmon Jörayev esa Duşanbedan samolyot orqali ança kasseta berib yubordi. Moskvada magnitofonni tuzatiş ikki soatlik iş.

“Domodedovo” aeroportidan töğri “Moskva” mehmonxonasiga yöl oldim, joylaşgaç, festival ştabi – “Rossiya” mehmonxonasiga kirdim, oraliq masofa yaqin – köchaning narigi yuzidan Qizil maydon böylab Vasiliy Blajenniy soborining şundoq çap tomoniga ötilsa – bas.

Matbuot markazidagilar röyxatga olişdi, akkreditatsiya kartoçkasini berişdi.

“Ha, Markes kelgan, – deyişdi ular mening savolimga javoban, – lekin qaysi mehmonxonada, şuni aniq aytolmaymiz. Festivalning boşqa xizmat gruppasidagilar balki yordam berişar sizga”. Bu behisob gruppalar ulkan mehmonxonaning talay xonalarini band etgan edi. Öşa kuni kirmagan xonam qolmadi, lekin urinişlarim zoye ketdi.

“Festival oçilişidan bir neça kun ilgari keluvdi u. Oçiliş marosimida qatnaşdi. Endi… yuradi deysizmi yopiliş marosimini kutib. Qaytib ketgandir…” – bir jurnalist şunday dedi. “Nahotki? Şunça yöldan kelib…” Xunobim oşib keçasi uxlolmay çiqdim. Ertalab yana ştabga kirdim, yarim kunim Markesning şu yerdami yoki yöqligini aniqlaşga ketdi. Urinişlarim natija bermadi hisob. Ammo kunning ikkinçi yarmida omad kulib boqdi menga.

Tuşdan keyin “Rossiya” mehmonxonasiga baqamti kinokonsert zali yonidan ötayotib, kördimki, bu yerda Markesning “Oşkora qotillik qissasi” asosida suratga olingan film namoyiş etilar ekan. Oldiniga işongim kelmadi. Axir, Markes asarlarining ekranlaştirilişiga qarşi-ku. “Yuz yil tanholikda” asosida film yarataylik, deb kinoçilar murojaat qilaverib, uni jon-holiga qöyişmagan, şunda u: “Mayli-yu, lekin buning evaziga million dollar tölaşlaring kerak böladi”, degan. Oradan bir yil ötgaç, kinoçilar rozi bölişgan. Ammo Markes könmagan. Ikki, hatto uç million dollar tölaymiz deyişsa-da, u ijozat bermagan. Keyinçalik balki bu sohaga yozuvçining munosabati özgargandir?!

Kinokonsert zalida festival jyuri aʼzolari, xorijiy mehmonlar hamda dast avval bilet olgan kişilar uçungina filmlar körsatilar (jurnalistlarga alohida kinoteatr xizmat qilar) edi. Şu sababli, bu yerga kiriş rosa qiyin, ayniqsa, yaxşi filmlar namoyiş etiladigan kun. Bugun ham odam köp edi! Ehtimol, ortiqça bilet topilib qolar?!

Qayoqda deysiz. Könglim çökib, çetga çiqib turganimda kimdir bilagimdan tortdi. Qarasam, örtayaşar bir ayol.

– Uzr, mabodo, Özbekistondan emasmisiz?

– Ha, nima edi?

– Özim ham şundaydir deb öylagan edim. Bilasizmi, özbeklarni juda hurmat qilaman. Uzoq yili uyimiz yonayotganida kenja öğlim tördagi xonada qolib ketibdi. Şunda bir özbek askar yigit uni olovning içidan olib çiqdi. Na qaysi qismdan ekanligini bilaman, na ism-şarifini. Şu yigit bölmaganida… Umri uzoq bölsin, işqilib. Şundan beri… qarzimni uzay deyman-u… Boya bilet sörab yuruvdingiz, oling menikini. Olavering, – u biletini qölimga tutqazdi.

Niyat xolis bölsa amalga oşar ekan-da, deb zalga kirdim, böş joylardan biriga ötirdim.

Soçlari silliq taralgan qiz sahnaga çiqdi-da, mikrofonga yaqin keldi: “Aziz mehmonlar! Hozir biz Françesko Rozining “Oşkora qotillik qissasi” filmini namoyiş etamiz. U konkursdan taşqari körsatilyapti. Italiya va Fransiya kinematografçilari yaratişgan. Kartina Kann festivalida yaqinda maxsus sovrin bilan taqdirlangan… Yonimdagi mehmon film ssenariysi muallifi Tonino Guerro! Uşbu film buyuk yozuvçi, Nobel mukofoti laureati Gabriel Garsia Markesning qissasi asosida Kolumbiyada suratga olingan. Aziz tomoşabinlar! Zalda senyor Markes ham ötiribdi!..”

Zal olqişga tölib ketdi. Oldingi qatordagilar ögirilib köz uçida Markesni qidira boşlaşdi.

– Ana, huv ana u! – dedi yonimda ötirgan yigit hayajonlanib. Men ham yuragim hapriqib:

– Ha, ha, köryapman! – dedim.

Markes atigi yetti-sakkiz qator narida, zalni ikkiga ayirgan yölak çetidagi kursida ötirar edi. U odmigina köylak kiygan, böyniga esa şarf boğlab olgan edi. Odamlar tanib qolmasin debmi u ham boşini ortga burib, boşqalarga qöşilib qarsak çalardi. Lekin uni tezda özgalardan ajratib olişdi. “Markes! Markes!” – deya xitoblar yangradi zalda. Fotoapparat uşlagan beş-olti kişi yugurib uning yoniga borişdi, goh çökkalab, goh tik turib uluğ adibni suratga tuşira ketişdi… Keyin ularning safi dastxat işqibozlari bilan “boyidi”, Markesga ular kitobu daftar… tutişar, imzo çekişini söraşar, u esa miyiğida jilmaygança bu iltimosni bajarardi.

Yonimdagi yigit ham bloknotini oldiyu adib tomon otildi…

Uning oldidagi odamlar kamayiş örniga tobora köpayardi.

– Janoblar, senyorlar, örtoqlar! Markesni xoli qöyinglar endi! – deya murojaat qildi kimdir, axiyri mikrofon orqali. – Iltimos qilaman, joy-joylaringga ötiringlar. Film boşlanişi kerak bölgan vaqtdan yarim soat ötib ketdi-ku, axir!

Odamlar istar-istamas Markesdan ajralişdi. Çiroqlar öçdi va film boşlandi…

Film ohanrabodek hammani öziga tortgan, nigohlar ekranga qadalgan edi. Nihoyat, u tugadi. Çiroqlar yongaç, yana qarsaklar yangradi, yana hammamiz orqaga ögirildik, ammo Markes joyida yöq edi…

Zaldan birin-ketin çiqa boşlaymiz. Dafʼatan hayhotday vestibyulning narigi çetida ğuj bölib turgan odamlarga közim tuşdi. “Markes!” – ana şu fikr miyamga yaşindek urildi. Borsam, Markes emas, Tonino Guerro ekan. “Markes bilan uçraşişimga balki u kömaklaşar” deb öylayman içimda.

Guerro odamlardan zörğa ajralib eşikka tomon yuradi. Unga yetib olib: “Yangi filmingiz bilan qutlayman. Rosti, ançadan buyon bunday ajoyib kartina körmagan edim”, deyman va özimni taniştiraman. Söng maqsadga ötaman. Intervyu berişga rozi böladi. “Rusçani yaxşi bilmayman, xotinim tilmoçlik qiladi. U meni taşqarida kutayotgan edi, ketib qolmagan bölsin-da”, deydi.

Eşikdan çiqqan zahotimiz soçi jingalak ayol bizga röbarö keladi. Guerro rafiqasi bilan meni taniştirgaç, “Döstimiz Toşkentdan ekan, suhbat uçun beş minutça vaqt ajrata olamiz-a?”, deydi. “Albatta-da”, şirin jilmayadi rafiqasi.

Suhbatimiz ançaga çöziladi. Qizğin suhbatga berilib, Markesning koordinatlarini söraş mutlaqo yodimdan kötarilibdi. Kim biladi deysiz, balki u ham yaşirarmidi? Harqalay, filmga tuşmasimdan oldin Markes şu yerdami, yöqmi, deb taşviş çekayotgan edim, endi bu ikkilanişga çek qöyildi. Ammo men axtarib yurganimda u Vataniga ketib qolsa-çi? Yana ziqlanaman, “ketmas hali”, deb öylayman özimça, şunda içki bir tuyğu orqali u bilan baribir uçraşişimizni sezaman. Bu sezgi, garçand mustahkam bir poydevorga ega bölmasa-da, intervyuga nisbatan söna boşlagan umidni qayta alanga oldiradi. Şu sababli mehmonxonaga kelamanu uçraşuvga hozirlik köraman.

Avvalo, Markesga berilajak savollarni bir-bir nazardan ötkazaman. Sovğalarni taxtlab yuktörvaga joylayman. Ertasi kun esa… dastlab nufuzli ustaxonaga magnitofonni olib bordim, “tuzatişga kamida ön kun ketadi. Ustiga ustak, köpgina kerakli qismlar ham yöq, – deyişdi ular, – bilasizmi, yaxşisi, “Soni” firmasi vakillariga uçraşing”.

“Janob Aray eşitadi. Ha, ha, “Soni” firmasi, – dedi sof rus tilida, özini janob Aray deb taniştirgan yapon. Unga ahvolni tuşuntirdim, – keling, – dedi u şunda, – qölimizdan kelganiça yordamlaşamiz!”

…Firma vakolatxonasi Xalqaro savdo markazida joylaşgan ekan. Janob Aray – hali yoşi öttizga yetmagan, miqtigina yigit şarqona iltifot bilan kutib oldi: “Toşkentdanman deng? Festivalga kelibsiz-da. Qaysi kinolarni kördingiz?..”

Markesning qissasi asosidagi filmdan boşqa heç vaqo körmaganligimni aytdim. “Markes – uluğ yozuvçi!” dedi u hayajon bilan. Şu payt xonaga janob Araydan ham yoşroq yigit kirib keldi-da, tabassum ila söraş-di. “Bizning ustamiz, – deya taniştirdi uni janob Aray, – qani, bering-çi, magnitofoningizni”. Ular magnitofonning uyoq-buyoğini körib, özaro bir narsalarni gaplaşişdi. Keyin: – Agar malol kelmasa, narigi xonaga kirib ötiratursak. Usta bir ilojini topar, – dedi janob Aray menga qarata.

Qöşni xona kenggina ekan, örtada turgan dumaloq stol atrofida esa çiroyli stullar terib qöyilgandi. Devor tomonda ekrani katta antiqa televizor, uning yonida esa…

– Firmamizning eng sönggi yangiliklaridan biri – kompakt kassetali videomagnitofon, – deya izoh berdi janob Aray, – bunisi esa… videoplastinkali pristavka, – tortmadan plastinka olib (özimizning odatdagi plastinkadan öta yaltiroqligi bilan farq qiladi), uni joylaştirdi, şu zahoti ekranda rangli tasvir paydo böldi. – Estrada konserti yozilgan. Siz bemalol köravering, men hozir, – deya çiqib ketdi va beş minutlardan keyin kofe keltirdi.

Özbekiston, Markes, olamda dong taratgan “Soni” firmasi, bu yerdagi mehnat va turmuş şaroitlariyu texnika yangiliklari haqida gaplaşamiz. Bir payt usta kirib keladi va janob Arayga bir nima deydi. Janob Aray menga yuzlanadi:

– Bizni keçirasiz, magnitofoningizning işi köp ekan. Munday qilsak: uni bizga taşlab ketasiz, sizga esa, – örnidan turib, u pastki tortmadan yap-yangi magnitofon olib menga uzatadi, – to festival tugaguniça işlatib turasiz, ungaça siznikini ham tuzatib qöyamiz, kelib almaştirib ketasiz.

“SM–17” markali bu magnitofon foydalanişga judayam qulay, uni çöntakda ham bemalol olib yuriş mumkin edi.

– Markes bilan uçraşişingizga tilakdoşman. Işlaringiz öngidan kelsin. Umid qilamanki, magnitofonimiz ham oğiringizni yengil qiladi, – deydi xayrlaşa turib janob Aray. Men esa: “Markesning koordinatlarini qanday topiş mumkin? – deb öyga tolaman, – kim menga kömak beradi?” Va şunda bilasizmi kim, özimizning Odil Yoqubov (aniqroği, bu sevimli yozuvçimizning “Uluğbek xazinasi” romani) menga yordam qölini çözdi. Podmoskovyeda yaşovçi örtoğim – Leonid beş-olti oyça burun gaplaşib qolganimizda, “mabodo, yana Moskvaga yöling tuşsa, Odil Yoqubovning “Uluğbek xazinasi”dan özing bilan bir dona ola kel”, deya iltimos qilgan edi. Toşkentga kelgaç, asarning rusça naşrini sörab-suriştirib zörğa topdim.

Leonidning uyida telefoni yöq, şu bois Moskvaga kelganimni unga bildirolmadim, lekin işim bir yoqli bölsa töğri unikiga boraman, degan niyatda hamişa kitobni özim bilan olib yurgandim. Ştabga kelsam tuşlik boşlangan ekan. Tamaddi qilgani borib navbatga turdim, zerika boşlagaç, “Uluğbek xazinasi”ni qölimga olib, alloma şoh fojiasi tasvirlangan sahifani oçib, neçançi marta öqiy boşladim.

– Sizmi oxiri?

Diqqatim çalğib boşimni kötardim, bir töda qizlarning oldida turgani qayta söradi:

– Oxiri?..

– Ha.

Navbat sekin-asta siljiydi. Hamma özi bilan özi ovora. Qizlarning esa oğzi gapdan böşamaydi. Keyin ular birdan jimib qolişdi, şivir-şivir qila boşlaşdi. Banogoh “Yoqubov!” degan söz quloğimga çalindi, qolgan gaplari unça eşitilmadi. “Odil akani bilişar ekan-da”, iç-içimdan quvonaman. Şu çoğ boya navbatning oxirini suriştirgan qiz:

– Keçirasiz, siz Örta Osiyodan emasmisiz mabodo? – deya söradi.

– Ha, Özbekistondanman, – dedim unga yuzlanib.

– Hamyurt ekansiz-da Odil Yoqubovga. Zör yozuvçi-da u. Sizga aytsam, ançadan buyon “Uluğbek xazinasi”ni axtarib yuruvdim. Agar… malol kelmasa, soting şu kitobingizni menga! – deb qoldi u heç kutilmaganda.

– Rosti, bir örtoğim söragani uçun… Şunga atab olib keluvdim, – dedim xijolat çekib.

– Toşkentda… Tanişlaringizdan topilar, unga yuborarsiz, men… Yöq demang! – Qiz közlari möltillab iltijo bilan tikildi.

– Sotişga-ku sotmayman-a, lekin… sovğa qilişim mumkin. Ha mayli, mang, oling! – deyman tantiligim tutib, “Toşkentga borgaç, özimdagi nusxani poçta orqali Leonidga jönatarman”, deb öylayman içimda. Qiz şu qadar sevinib ketadiki, “Rahmat sizga, deydi, mingdan ming rahmat!” Söng özini taniştiradi:

– Festivalçilardanmiz, ismim Yelena, agar, biror masalada yordamimiz asqatsa… xursand bölar edik!

– E, şundaymi! Mabodo, Markesning koordinatlarini topişda yordam sörasam-çi?

– Harakat qilamiz, – deydi Yelena, – tamaddi qilib bölgaç, biz bilan yuring.

Ikkinçi qavatga kötarilib, öngga qarab yuramiz… Qizlarning aksariyati yöl-yölakay festivalning turli idoralari, yaʼni xizmatlarini ötayotgan xonalarga kirib ketişadi. Yelena: “Siz şu yerda tura turing, – deydi menga va özi tarjimonlar xonasiga buriladi. Birozdan söng quvona-quvona çiqadi. – Mana, Markesning tarjimoni – Marina Sergeyevna Akopovaning telefon nomeri. Akopova orqali Markes bilan boğlanişingiz osonlaşar, – deydi bir parça qoğozni menga uzata turib!

Ha, niyat xolis bölsa!..

Şartta mehmonxonamizga borib, Akopovaga telefon qila boşlayman. Ammo javob bölmaydi. Piçadan keyin yana sim qoqaman, yana… Yana, yana…

…Allamahalda nihoyat javob beradi – erkak kişining ovozi, bu Marina Sergeyevnaning turmuş örtoği Aleksandr Ivanoviç Sedoy ekan. “Marina haliveri kelmaydi, – deydi u. – Toşkentdan bölsangiz, Şuhrat Abbosovni tanirsiz?” “Men işlaydigan jurnalda redkollegiya aʼzosi u kişi. Biz deyarli kunora uçraşib turamiz”. Aleksandr Ivanoviç Şuhrat aka bilan institutda birga öqigan ekan. U Şuhrat Solihoviçning soğliği, bugungi işlari bilan qiziqa ketadi… Biz birpasda apoq-çapoq bölib olamiz. Nihoyat, maqsadga köçiladi.

– Markes bilan uçraşiş… Haqiqatan ham… Ammo döstimning oğaynisiga yordam beriş mening burçim. Marina kelsa biror yölini qidirib toparmiz. Siz ertaga keçqurun şu vaqtda telefon qiling, – deydi Aleksandr Ivanoviç.

Könglimdagi niyatni yuzaga çiqarişda boya Odil Yoqubov muxlisining muhabbati qança yordam bergan bölsa, endi Şuhrat Abbosov şaʼni şunday kömak berayotgan edi. Rosti, şunday zabardast hamyurtlarim borligidan şu qadar faxrlandimki, uyoq-buyoği yöq!

Ertasi kun aytilgan vaqtda Aleksandr Ivanoviçga telefon qildim.

– Marina aytibdi, – dedi u, – Markes rozi. Faqat “ön beşinçi iyuldan keyin” debdi. Hozir işi rosa köp ekan.

Demak, Markes festivalning oxirigaça bölar ekan-da. Anjuman söngida Moskvada u yana bir-ikki kun qolişi ham mumkin. Şuni aniq bilamanki, hali biror muxbir undan intervyu olganiça yöq. Ön beşinçidan söng… menga navbat tegarmidi?! Nima bölsayam, öşangaça gaplaşib oliş şart. Aleksandr Ivanoviçga şunday deyman.

– Gapingizda jon bor. Lekin…

– Yumuşimizni osonlaştiradigan narsa yöqmas, – deyman unga, – bir döstim bilan Markesning “Yuz yil tanholikda” romanini özbekçaga ögirganmiz. Tarjima bultur jurnalda çiqqan. Yaqin orada kitob holida çop etiladi. Tarjimoniga sal muruvvat körsatar? Marina Ivanovna bilan bir urinib körmaysizmi, a?

Yaxşi, ertaga bir telefon qiling.

Ertasiga esa…

Ertasiga, avvalo, Markaziy Kino uyi qoşidagi Yoş kinematografçilar klubida SSSR va AQŞ kinoçilariyu olimlari iştirokida şu kunning eng dolzarb muammolari xususida ötkazilgan bahsni tinglayman. Tuşdan keyin “Rossiya”ning quyi tarafida joylaşgan “Zaryadye” kinoteatrida festivalning hujjatli filmlarini tomoşa qilaman.

Yoz paytlari, xususan, şom sepini yoyayotgan mahal Moskvada tez-tez yomğir yoğib turadi. Odatda u bir şovdirab ötadi-ketadi. Anjuman ötayotgan kunlar esa mutlaqo özgaça edi: havo bir kun issiq, bir kun sovuq, osmonni hadeb simobrang bulutlar qoplagani-qoplagan, goho esa kuni bilan maydalab yomğir yoğadi.

Bugun keçqurun… kinoteatrdan çiqişimiz bilan ruhafzo havo bizni oğuşiga oldi. Osmon tiniq, niliy rangda. Botayotgan quyoşning zarrin nurlari şafaqni qirmizi tusga kiritgan. “Rossiya” mehmonxonasi peştoqida turli davlatlarning bayroqlari sezilar-sezilmas hilpiraydi.

Anjuman oqşom tarovatiga bayramona tus bağişlagan. Mehmonxona oldidagi yölaklarda turli-tuman rusumda kiyingan odamlar. Ularning aksariyati diqqinafas nomerlarini xoli qoldirib, sayr qilgani atay pastga tuşişgan.

Şular orasida banogoh Markesni körib qolaman! U qoramağizdan kelgan bir yigit bilan allanarsalar haqida gaplaşgança aylanib yurar edi.

Ularning xiyol ortida ikki ayol. Biri közimga issiq körindi. Qayerdadir suratini körganman. Mersedes! Markesning xotini. Ikkinçisi novça, töladan kelgani, hoynahoy, yozuvçining tarjimoni!

Bor jurʼatimni töplab uning yoniga boraman, “Salom, Marina Sergeyevna!” deyman, u esa hayron bölib menga tikiladi. Darhol özimni taniştiraman.

– Ha, ha, erim siz haqingizda gapiruvdi. “Yuz yil tanholikda”ni özbekçalaştirganmiz deng?

– Ha. Jurnalda çiqdi, naq uçta sonida, ular Markesga eng yaxşi sovğa böladi, deb opkelganman.

– Roman uçun qança qalamhaqi yubordilaring Markesga? – heç kutilmaganda savol beradi Marina Sergeyevna.

– Rosti, rosti… aniq bilmayman. Bu iş bilan mutasaddi taşkilotlar şuğullanadi-da. Işqilib, ança yuborişgan çiqar.

– Oldin aniğini biliş kerak. Adabiy agentining aytişiça, bizda sönggi yillar davomida yozuvçining köplab asarlari çiqqan-u, ammo qalamhaqiga kelgan-da… baʼzi naşriyotlar ğirromlik qilişgan. Kuni keça Markes şu xususda yonib-kuyib gapirgan edi. Agar siz ham öşa tarjima haqida aytsangiz… Bu yerda qiyin bir muammo bor, şekilli. Uni kattaroq idoralarda hal qiliş kerak. Erim iltimosingizni yetkazuvdi… Töğri, ön beşinçidan keyin haqiqatda ham uçraşolmay qolişingiz mumkin. Nima qildik, a?

– Işqilib, bir ilojini toping! – deyman.

– Bölmasa bunday qilsak, – deydi u xiyol öyga tolib, – ertaga soat uçlarda Markesning nomeri oldida uçraşaylik… Ha, ha. “Rossiya”da, ön yettinçi qavat. Beş yuzu uçinçi xona. Balki işingiz yurişib ketar. Lekin yana bir bor ogohlantirib qöyay, tarjima xususida oğiz oçmaysiz. Kelişdikmi?

– Rahmat, Marina Sergeyevna! Aytmoqçi, Aleksandr Ivanoviçni bezovta qilib yurmay endi, hal bölyapti-ku masala. U kişiga ham minnatdorligimni yetkazib qöysangiz.

Ertasi kun – ön birinçi iyulda suratçi ikkalamiz aytilgan vaqtda “Rossiya” mehmonxonasining ön yettinçi qavatiga kötarilamiz. Nomer tomon ötayotganimizda: “Qayoqqa? Qayoqqa?” deya söraydi navbatçi ayol yölimizni tösgudek bölib.

– Beş yuzu uçinçiga, – deymiz biz.

– Oldin telefon qiliş kerak, agar ruxsat berişsa, marhamat.

Telefonni heç kim kötarmaydi.

– Iy-ye, mana-ku kalitlari! Hali qaytişmabdi. Narigi xonada ötira turinglar, “soat törtdan keyin” deyişgan bölsa, kelib qolişar. Odatda rosa keç qaytişadi ular. Maşhur odamlar-da! Uyoqqa taklif qilişadi, buyoqqa taklif qilişadi… Özi yuqori qavatlarimizda faqat maşhur kişilar qönoq bölişadi, Rasul Hamzatov, Çingiz Aytmatov… – deydi ğurur bilan navbatçi ayol.

Kutiş xonasi şinamgina ekan. Derazadan ajib bir manzara közga taşlanadi. Ammo… “Bordiyu navbatçi aytganiday, horib-çarçab keç qaytişsa-çi? Unda, tabiiyki, intervyu haqida gap bölişi ham mumkin emas. Markes Marina Sergeyevnaning iltimosini rad etgan bölsa-çi?..”

Bir mahal yölakda oyoq tovuşlari eşitiladi. “Kelişdi, şekilli, – deydi suratçi, – xabar olçi?”

Ha, öşalar! Markes bilan Mersedes şundoq yonimdan ötib, nomerlariga kirib ketişadi. Marina Sergeyevna esa navbatçi ayolning yonida turibdi. Balki navbatçi unga biz haqimizda gapirayotgandir… U meni köradi-da, kela boşlaydi.

– Bilasizmi, – deydi u salom-alikdan söng,– aniq bir narsa vaʼda qilolmayman. Heç qölimiz böşamayapti taşriflardan. Mana, hozir ham akademik Velixovning huzuridan keldik. Yarim soatdan keyin esa ministrning qabulida bölişimiz kerak. Balki keyinroqqa köçirarmiz uçraşuvni… Keçirasiz, kutib qolişdi. Erta-indin telefon qiling, bir yölini toparmiz. U yaşin tezligida nomerga kirib ketadi. “Marina Sergeyevna! Marina Sergeyevna!” degança qolaveraman.

– Nima deyişdi? – söraydi şu payt xonadan çiqqan suratçi.

– Piça sabr qilinglar, deydi, qandaydir ministr bilan sözlaşarkan hozir, – yolğon gapiraman men, özimni zohiran xotirjam körsatib.

– Telefondami? Bilmadingmi qaysi ministrligini? Madaniyat ministri bölsa kerak-da, hoynahoy… Tört-beş minutda gapi ado böladi deysanmi ularning, çözilsa kerak ançaga. Yur, ötira turamiz. Yulduzlar bilan uçraşişning özi böladimi. Yaqinda Moskvaga Çelentano kelganida undan intervyu olaman deb qança muxbirlarning ona suti oğziga keldi-ku. Bu esa Markes! Markes!

“Nahot şunça ovoragarçilikdan söng ikki qölni burunga tiqib qaytib ketaversak? Erta ham, indin ham Marina Sergeyevna yordam berolmasa-çi? Unda nima böladi?..” Şunda miyamga bir fikr keladi: yotib qolgunça otib qol! Agar, ministrlikka borişadigan bölişsa, hozir, albatta, qaytib çiqişadi va öşanda birdan hujumga ötiş kerak. Marina Sergeyevna bu qiliğimdan ranjib, tarjima qilişdan boş tortsa-çi? Yöğ-e, bölişi mumkin emas, öylaşimça, u mening tarafimni oladi. Markesning özi xafa bölsa-çi? Nima bölsa bölar…

Markes turgan xonadan ğönğir-ğönğir ovoz eşitildi, sumkamni yelkamga osib, koridorga çiqaman. Zum ötmay eşik oçiladi-da, Markes bilan Marina Sergeyevna çiqişadi. Şunda Markesning oldiga ötib: “Buenos dias, senyor Markes!” deyman va qöl uzataman (ispan tilida “salom” degani bu), u qölimni mahkam siqadi, nimadir deya gapira ketadi. Men esa gungu karday jim turaveraman. Markes hayron. Bir menga, bir tarjimoniga boqadi. Marina Sergeyevna oldin xömrayib menga qaraydi, söng xiyol tabassum bilan Markesga nimanidir tuşuntira boşlaydi. “Özbek” deganidan anglaymanki, u men haqimda gapirayotir.

Markes birdan xoxolab kulib yuboradi. “O, özbek” va yana allanarsalar deydi u kiftimga qoqib, Marina Sergeyevna ham özini zörğa kulgidan tiyib, uning sözlarini ögira boşlaydi, ispançalab salom berganimda, Markes meni özining hamyurti deb öylagan ekan…

Kula-kula lift tomon yuramiz. Markes yurtimiz haqida savollar beradi. Men ularga atrofliça javob qaytarişga urinaman. Adibning Özbekistonga bölgan bunday qiziqişidan boşim osmonga yetadi.

Guv etib kelgan lift közimga baloday bölib körinadi, suhbatimizning beliga tepadi-da u. Ular liftga çiqişadi. “Qani, sizlar ham”, deya taklif qiladi Markes suratçi ikkalamizni.

Tabloga qarasam – ön uçinçi qavatning tugmaçasi bosilgan. Demak, ministr deganda ular Kamşalovni – SSSR Kinematografiya Davlat komitetining raisini nazarda tutişgan ekan-da (Kinofestival davomida Komitet vaqtinça “Rossiya” mehmonxonasining ön uçinçi qavatiga köçib kelgan va u bu yerda, asosan, festival Boş direksiyasi funksiyasini bajarayotgan edi).

Biz köz oçib yumgunça ön uçinçi qavatga tuşamiz. Markes qabulga kirişidan oldin niyatimni aytib ulgurişim kerak. Oldiniga piça ikkilanaman, söng özimni tutib, könglimdagini tökibsolaman.

– Kutib turinglar-çi şu yerda, – deydi xiyol norozi ohangda Markes.

…Nihoyat, ular çiqişadi.

– Ketdik, – deydi Markes bizni lift tomon boşlar ekan. Uning avzoyi durust, demak, suhbatlari ança yaxşi ötgan.

– Sumkangiz munça katta? Nimalar solib olgansiz-a? – söradi u.

– Özbekistondan sovğalar opkeluvdim sizga!

– Opkelgan bölsangiz, nega şu paytgaça topşirmay yuribsiz, özingizni qiynab? Axir, yukingiz yengillaşardi-da allaqaçonoq, – hazillaşadi, uning hazili ruhimizga ança yengillik bağişlaydi.

Markeslarning qavatiga yetib kelganimizdan söng, u tördagi oynavand xollga boşlaydi va “Bu gal sizlarni uzoq kuttirmaymiz”, deb Marina Sergeyevna bilan nomerga kiradi.

– Nima deb öylaysan, intervyu beradimikan? – deb sörayman suratçidan.

– Albatta-da, – deydi u işonç bilan, – yöqsa, “meni keçiringlar, vaqtim ziq”, deb qaytarib yuborardi…

Men içimda savollarni takrorlagança xonaning u burçagidan bu burçagiga borib-kelaman. Suratçi esa apparatini tekşirişga tuşadi.

Çindan ham bu gal bizni köp kuttirişmaydi.

– Men endi sizning ixtiyoringizdaman, – deydi Markes.

– Suhbatdan ilgari, ijozat bersangiz, sizning taʼbiringiz bilan aytganda, yukimni yengillaştirib olsam.

Sumkadan beqasam tön, döppi, qiyiq… olaman. Çoponni Markesning egniga kiydirib, beliga belboğ boğlab, boşiga döppi kiydiraman.

– Menga ölçaganday tikilgan ekan-a, rahmat, – deydi u va meni quçib oladi.

Şu payt allaqayerdan paydo bölgan Mersedes “özbekka aylanib qolgan” erini körib, xandon otib kuladi, heç özini bosolmaydi.

Markes unga meni taniştiradi.

– Mersedes, – tabassum bilan qölini uzatadi xonim.

– Bu sizga, senyor Markesga bizning milliy ovqatlardan ham tayyorlab berişingiz uçun!

– Eh-he, zör-ku! – qiziqib qoladi Markes ham va ular men Mersedesga hadya qilgan “Özbek taomlari” kitobini (uning teksti özbek, rus, ingliz tillarida edi) bir-bir varaqlab, rangli suratlarni közdan keçirişadi.

Paxtagulli çinni tovoqdagi palovning oltinrang gurunçlari yal-yal tovlanadi. Çiroyli qilib tugilgan mantilar, çuçvarayu varaqi somsalar…

– Ajoyib taomlaringiz bor ekan! – deydi Mersedes. – Ularni qanday tayyorlaşni, albatta, örganib olaman. Ayting-çi, özingiz qaysi taomni xuş körasiz?

– Palovni. Mana u, – deya rasmni körsataman.

– Palav, – deya jilmayib takrorlaydi Mersedes.

– Boşlaymizmi, – deydi Markes döppi bilan qiyiqni xotiniga uzataturib.

Biz tördagi divanga ötamiz. Markes bilan Marina Sergeyevna meni örtaga olişadi. Şu payt Mersedesning: “Hey, menga qaranglar! Yaraşdimi?” – degani eşitiladi. Biz ögirilib qaraymiz-da, kulib yuboramiz: u boşiga döppini qöndirib olgan, belida – belboğ. “Men ham öxşadimmi özbekka?” deb söraydi şöxlik qilib.

Uning bu hazili, sezib turibman, Markesga çeksiz zavqu şavq bağişlaydi.

– Şarqqa muhabbati çeksiz buning! – deydi u. Mersedes esa: “Mayli, sizlarga xalaqit bermay”, deb narigi xonaga kirib ketadi. – Şarqning, ayniqsa, Buxoroning gilamlarini Mersedes judayam yoqtira-di, – deydi Markes gapida davom etib, – şunday gilamlardan kolleksiya qilgan, boqib töymaysan ularga. Har biri qoyilmaqom sanʼat asari! Şu qadar nafiski!..

– Didi ötkir ekan-da rafiqangizning, – deyman.

Şunda Markes:

– Meniki-çi? – deya hazillaşadi. – Axir, hammayam topolmaydi-ku şunday nozik didli ayolni.

Markes bilan Mersedesning inoqligi, ular orasidagi öta samimiy döstona munosabat haqida köp eşitgan edim. Mana, bunga özim ham guvoh bölib turibman.

Markesga suqsurdek ikki öğil hadya etgan bu ayol hayotning barça ğamu alamini, şodligu quvonçini eri bilan tengma-teng baham körib kelayotir. Adib asarlarining dunyoga kelişida uning öziga yaraşa hissasi bor. Markes “Yuz yil tanholikda” romanini yozişga ötirişdan avval, bor bisoti – maşinasini sotib, pulni xotiniga beradi-da: “Olti oyda romanni yozib tugataman. Ungaça şu pul yetar”, deydi. Asarning yozilişi bir yarim yilga çöziladi. Pul tugab, yöqçilik ziqlantirib tursa-da, Mersedes oğirlikni zimmasiga olib, roman bitgunça erini bezovta qilmaydi…

– Oçiğini aytsam, – deydi Markes, – yozuvçiga xotin böliş hamma ayolning ham qölidan kelavermaydi. Mersedesning men tufayli körmagan azobi qolmadi. Endi bu yoği rohat-faroğat deysizmi? Qayoqda!..

Şuni taʼkidlaş kerakki, Markes oilaparvar. “Aslida mening eng yaxşi asarlarim kitoblarim emas, öğillarimdir. Baʼzan şunday paytlar böladiki, uyga taʼbing tirriq holda qaytasan. Lekin men buni na rafiqamga, na bolalarimga bildiraman.

…Mening boş vazifam – otalik.

…Biznikida yozilmagan bir aqida mavjud: oilamiz aʼzolari oldidagi har bir muammoni, albatta, törttalamiz birgalaşib hal qilamiz”.

Magnitofonning lentasi bir maromda aylanadi. Suratçi apparatini tinimsiz çiqillatib, goh u, goh buyoqqa ötadi.

Markes gapira turib suhbatdoşiga tik boqadi. Uning tiyrak, kattakon közlarida goho qalbni siqib yuboradigan ayyorlik alomati, goh mehr uçqunlari jilva qiladi.               

Suhbatimiz oğir bir savoldan boşlandi, rejamga köra, bu oxirgi savol edi aslida, xayolimda köp aylanganidanmi, boşqa sabablardanmi, işqilib, dabdurustdan şunday debman:

– Senyor Markes, Siz haqingizda gap oçilsa, baʼzilar u hozir şu qadar yuksaklikka çiqib olganki, endi ijodu adabiyotdan köra köproq pul va şuhrat qiziqtiradi, deyişadi…

– Bunday deb faqat iğvogarlargina aytişi mumkin. Balandga çiqqan odam, qaytib tuşişi haqidayam öylab körişi kerak. Inson qança tepaga çiqsa, tuşişda şunça köp lat yeydi. Şuning uçun men yerda yurişni afzal köraman. Pul masalasiga kelsak, kam emas pulim. Lekin u ijodimning ravnaqiga xizmat qiladi, xolos. Pul heç qaçon mening yuragimni zabt etolmaydi. Men özimni pulga ega bölgan kambağal hisoblayman hamişa. Tan oliş kerakki, adabiyotga ilk qadam taşlayotganimda faqat şuhrat uçun, meni köproq yaxşi körişlari, tobora köproq hurmat qilişlari uçun yozar edim. Yozuvçilik maşhurlikning ketidan quviş emas, balki qalb daʼvati ekanligini keyinçalik angladim.

– Ilk hikoyalaringizni qaçon yoza boşlagansiz?

– Öqişu yozişni bilmasligimdan ança ilgari.

– ?!

– Men yozişu öqişni bilmasimdan avval rasm çizişni örganib oluvdim, dastlabki hikoyalarni rasmlar yordamida “yozganman”.

– Yozuvçilarni, asosan, isteʼdodlar va isteʼdodsizlar toifasiga ajratiş mumkin. Ammo Siz ularni qandaydir boşqa toifalarga ajratar zkansiz?

– Töğri, yozmaydiganlar va yozadiganlar toifasiga ham bölinamiz biz. Ajablanarlisi şundaki, davralarning töri yozmaydigan yozuvçilarniki böladi hamişa. Hozir aksar joylarda bu rusumga kiryapti – biror kişining yozuvçi degan nomi bölsa – bas, qanday ijodkorligidan, hatto ançadan buyon qöliga qalam olmay köyganidan qatʼi nazar, sajda qilgudek bölişadi.

Yozadigan va yozgandayam zör yozadigan yozuvçi esa elga kam körinadi. Çunki u mudom ijod bilan maşğul böladi-da.

– Yozuvçilar borki, bir bet narsa yoziş uçun juda köp qoğoz sarflaşadi. Biz – özbeklarning Abdulla Qahhor degan talantli adibimiz ana şunday ijodkorlardan edi…

– Bilasizmi, bir marta ön ikki bet hikoyani yoziş uçun yarim mingta qoğoz sarflagan edim… Odatda, elektromaşinkada yozaman. Iş jarayonida jumla köngildagidek çiqmasa yoki biror söz örniga tuşmasa, ustidan öçirmayman, toza qoğoz olib, bir boşidan boşlayman.

– Agar mumkin bölsa, ijodiy jarayoningiz bilan taniştirsangiz.

– Yoşim ötgan sari yoziş tobora oğirlaşayotganligini sezyapman. Yoşligimda, gazetada işlab yurganimda, işdan keyin qolib, yarim keçagaça ijod qilar edim. Hatto bir ötirişda hikoya yozib taşlagan paytlarim bölgan. Endi esa… agar kuni bilan yarim bet, nari borsa bir bet yozsam (ertasiga qayta işlanmaydigan pişiq-puxta qilib, albatta), quvonib ketaman.

Iş tartibim quyidagiça: ertalab soat oltida örindan turaman. Ikki soat mutolaa qilaman. Soat töqqizlarda maşinkaga ötirib, to ikkigaça işlayman. Dam oliş kuni mutlaqo yöq menda.

Işga kirişişdan oldin soqol olaman, özimni tartibga keltiraman. Odatim şunaqa. Bunga sabab, men öqigan kollejda tartib qattiq edi: ertalab beşda turardik-da, hovliga çiqib, muzday suvga yuvinardik. Darsga esa pidjak kiyib, galstuk taqib borardik.

– Har bir asaringizni qiyomiga yetkaziş uçun qança vaqt sarflaysiz?

– Yozuvçining biror asarini yoziş uçun qatʼiy bir muddat belgilaşi kulgili, albatta. Asarning mukammallaşuvi oson keçmaydi, şunga yaraşa vaqt ketadi. Masalan, “Mustabidning paymonasi”ni yetti yilda yozdim. Uning ikki variantidan voz keçişga töğri kelgan…

– Sizning “böş poeziya adabiyotga juda kerak” degan fikringizni qanday tuşunmoq lozim?

– Adabiyot işqibozlarining köpi murakkab şeʼrlarni dafʼatan tuşunişmaydi. Şu bois ular mundayroq şeʼrlarni öqişadi. Va köpçiligi, ana şu şeʼrlar yordamida poeziya olamiga kiradi, yaʼni maʼlum tajriba orttirişadi. Xuddi şu tajriba esa ularga çinakam poeziya eşiklarini bir-bir oçişda, uning mohiyatiga tobora çuqurroq kirib borişda asqatadi.

– Yozayotganlaringizni boşqalarga körsatasizmi?

– Yöq. Adabiy mehnat bu öta şaxsiy iş. Yozuvçi ijod jarayonidagi barça muammolarni faqat yolğiz özi hal qilişi kerak, bu borada heç kim unga çetdan turib yordam bera olmaydi.

– Har bir ijodkor kimningdir taʼsirida böladi…

– Ha, böladi. Lekin yozuvçi heç kimga öxşamasligi lozim. Men özimga yoqadigan yozuvçilar, ayniqsa, Folkner taʼsiridan qoçişga doimo harakat qilaman.

– Sizningça, yozuvçining siyosiy vazifasi nimadan iborat?

– …Yaxşi yozişdan. Yozuvçidan ijodini quruq siyosiy qurolga aylantirişni talab qiliş notöğri. Ğoyaviy tayyorgarlikni ötagan ijodkorning qatʼiy siyosiy pozitsiyasi bor ekan, istasa-istamasa, bularning bari uning asarlarida öz aksini topadi.

– Maʼlumki, Lotin Amerikasida romançilik ançadan buyon taraqqiy etib kelayotgan bölsa-da, köpçilikning qiziqişi sust edi. Sönggi yillarda unga eʼtibor şunçalik oşdiki, hozir na Sizning, na boşqa hamyurtlaringizning kitoblarini dökondan topib böladi…

Lotin Amerikasi nasri, xususan, romanlarining olamşumul dovruği, Sizning nazaringizda, nima bilan izohlanadi?

– Haqiqatan ham, romançiligimiz katta tarixga ega. Oltmişinçi yillarda Lotin Amerikasi adabiyotida kuçli portlaş yuz berdi (uning tub mohiyatini tanqidçilar hozirgaça bilişolmay garang). Bu portlaşning aks-sadosi dunyodagi barça adabiyotlarda öz aksini topdi va topmoqda. Garçand nokamtarlik bölsa-da, şuni taʼkidlamoqçimanki, uşbu portlaş mening “Yuz yil tanholikda” romanimdan boşlandi. Bundan baxtiyorman, albatta.

Bungaça Rulfoning, Alexo Karpentyerning köplab romanlari bosilib çiqqan, özim ham birmunça asarlar yozgan edim. Lekin… “Yuz yil tanholikda” eʼlon qilingaçgina odamlarning diqqati birdan bizga jalb böldi, ular Lotin Amerikasi romanining mohiyatini ilğay boşlaşdi. Boşqaça qilib aytganda, biz kerakli nişonga urib, öquvçilarni özimiz tomonga oğdirib oldik.

Ilgarilari asarlarimiz kam tarjima qilinsa, tarjimonlar endi bizni tinç qöyişmas edi. Oldinlari “Kitoblarimizni çop etinglar” deb noşirlarga biz yalinsak (masalan, mening “Bargi xazon” deb atalgan qissam yozib bölingaç, uç yildan söng bosilib çiqqan) endilikda noşirlarning “hujumidan goh şkafning ortiga, goho karavotning ostiga yaşirinadigan böldik.

Lotinamerikalik kitobxonlar aqldan ozişgan şekilli, yöqsa, ular öz hamyurtlarining kitoblariga şunday katta muhabbat qöyib öqişarmidi, deya heç narsaga tuşunmay, hayratdan yoqa uşlaşardi noşirlar. Lekin, tabiiyki, ular bundan xursand, çunki bosib çiqarişayotgan kitoblari peşma-peş sotilardi-da. Şundan ruhlanib, bor asarlarni (yaxşimi, yomonmi, baribir) kör-körona bosişdi ham. Okibatda köpining bozori kasodga uçradi. Endi ular qaysi yozuvçining asarini va qança nusxada çop etişni yaxşi bilişadi…

Markes “Yuz yil tanholikda” romanini 1967-yilda yozib bitiradi. Oilalari qarzga botgan, hamma umid ana şu asardan keladigan mablağda edi. Ammo nimalar kutyapti uni oldinda? Mersedes romanning qölyozmasini poçta orqali “Sur amerikana” naşriyotiga jönatar ekan, asosan, şu haqda öylardi.

…Naşriyot romanni atigi… sakkiz ming nusxada bosib çiqardi. Naşriyot mutasaddilarining nazdida bu kitobga şu tiraj ham köpdek tuyulgan, sotilmay qolib ketişidan çöçişgan. Roman bir haftadayoq tarqalib ketdi! Şoşa-pişa ikkinçi tiraj çiqarildi. Bu ham yaşin tezligida tarqaldi. Endi romanning dunyo böylab salb yurişi boşlandi. Xorijiy mamlakatlarda unga bağişlab toğ-toğ monografiyalar, maqolalar eʼlon qilindi.

– Senyor Markes, romaningiz bizning kitobxonlar tomonidan ham katta quvonç bilan kutib olindi.

U könglimizga yaqin bölib qoldi. Asarning aksar qahramonlari qaysidir jihatlari bilan özbeklarga öxşab ketadi. Kitobda tasvirlangan ayrim voqea-hodisalar esa bizning qişloqlarda bölib ötgandek tuyuladi. Uning ruhi ham bizga yaqin…

– Mamnunman. Ayting-çi, şaxsan sizga kitobimdagi qaysi obraz köproq yoqadi? – gapimni bölib söraydi Markes.

– Ursula!

– Nega?

– Nimasi bilandir u mening onamga öxşaydi. Kim bölgan uning prototipi?

– Maʼlum bir prototipi yöq. Lotin Amerikasi ayollari, onalarining yiğma obrazi u.

– Deyarli hamma asarlaringizda diktatorlar…

– Bor. Gap şundaki, Lotin Amerikasida benihoya köp diktator ötgan. Hozir ham kam emas ular. Aksariyat regionlar insoniyatga köpgina talantli rassom, yozuvçi, haykaltaroş, muzikaçiyu olimlarni yetkazib berayotir. Biz esa öz diktatorlarimiz bilan “maşhurmiz”. Eh-he, ular ne kuylarga solişmayapti xalqni… Şuning uçun ham men doimo diktatorlarga qarşi kuraşganim-kuraşgan.

– Esingizdami, Pinoçet Çilida töntariş qilganida Siz…

– “Pinoçet davlat boşida turar ekan, heç narsa yozmayman”, deb aytuvdim. Lekin keyinçalik şuni angladimki, agar, yozmay yuraversam, bora-bora yozişni esimdan çiqarib qöyaman ekan. Şu sabab, qaytanga yaxşi asarlar yozsam, Pinoçetga köproq zarar keltirişim mumkin, degan xulosaga keldim.

Ha, men Pinoçet bilan bölgan bu kuraşda mağlubiyatga uçradim. Yozuvçining hayoti köproq mağlubiyatlardan iborat özi. Ammo men uçun muhimi – eng sönggi, hal qiluvçi kuraşda ğalabaga erişişdir.

– Deylik, Sizni Kolumbiyaga prezident etib tayinlaşganlarida, avvalo nima qilgan bölardingiz?

– Eng yaqin siyosiy konsulxonaga juftagimni rostlab kolardim.

– Nega?

– Çunki hokimiyatni yomon köraman. “Hokimiyat odamni yöldan ozdiradi, mutlaq hokimiyat esa yöldan mutlaqo toydiradi” deb judayam topib aytişgan. Ikkinçidan (bu jiddiyrok sabab), menda rahbarlik layoqati yöq.

– Lotin Amerika kinosi Fondiga prezident kilib saylaşganlarida rozi bölgansiz-ku?

– Jon joyimdan uşladingiz-da… Mening bu işga könişimning muhim sababi bor. Oçiğini aytsam, maxsus adabiy maʼlumotga ham ega emasman va hatto ispan tili grammatikasini ham durust bilmayman men. Ammo kino… Men uni professional darajada örganganman – Rimdagi kinomarkazda rejissura va ssenariynavislikka öqiganman. Bir söz bilan aytganda, kinoni mukammal tuşunaman, şuning uçun ham uning rivojiga amaliy yordam beriş qölimdan keladi.

– Kinematograf bilan adabiyotning özaro hamkorligi borasida fikringiz qanday?

– Hozir kino qay darajada adabiyotga tobe. Çunki rejissyorlar doimo pişiq-puxta ssenariyga, demakki, yozuvçining kömagiga muhtoj. Aslida esa kino tamomila mustaqil bölmoği, yaʼni rejissyor özgalar töqigan voqealarga hadeb murojaat qilavermasligi, balki yuragidagi dardni ifodalay bilişi kerak.

Aksariyat hollarda kino bilan adabiyot hamkorligi nikohlari omadsiz bölsa-da, bu holni begonalarga bilintirmay, ustalik bilan yaşab kelayotgan baʼzi eru xotinlar işiga öxşaydi.

– Senyor Markes, Toşkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivali ötib turişidan xabaringiz bölsa kerak?

– Toşkentda bir marta bölgandim, şahringizga yana taşrif buyuriş niyatim yöq emas. Çunki öşanda uni töyib tomoşa qilolmaganman.

– Qaçon böluvdingiz Toşkentda?!

– Bundan ança ilgari. Döstim Fidel Kastro bilan birga bir yoqqa boraturib Toşkentda töxtab ötganmiz. Tuğilganimdan buyon qadamim yetgan eng olis nuqta – sizning yurtingiz böladi. Toşkent menga sirli va jozib tuyulgan. U hozirgina qurilgan, ayni paytda öta qadimiy şaharga öxşab ketadi. Qani, yana qanday savolingiz bor?

– Boya Sizning oldingizga kelayotib eşitib qoldim, bugun, yaʼni ön birinçi iyul kuni yer yuzida beş milliardinçi odam tuğilar ekan. Unga nima istaklar bildirasiz?

– Ha, xabarim bor. “Beş milliardinçi odam” nomini oladigan çaqaloq qaysi mamlakatda tuğilmasin (balki tuğilgandir ham), soğ-omon össin, baxtli bölsin va yigirma ikkinçi asrgaça umr keçirsin!

– Mana, suhbatimiz ham nihoyasiga yetdi.

– Endi bizning nomerga bir kirib ötsalaring, – taklif qiladi Markes…

Kattakon stol atrofida Mersedes bizni tabassum bilan kutib oladi.

Bu yerdagi suhbat boyagi suhbatga ulanib ketadi. Ammo endi eru xotin köproq meni savolga tutişadi. Savollar esa, asosan, Özbekiston xususida. Ular bizning madaniyatimiz va sanʼatimiz, urf-odatlarimiz bilan qiziqişadi. Gap tağin xalqaro Toşkent kinofestivali ustida borganida, ularni yana bir bor şahrimizga taklif qilaman. “Moskvadan Toşkentgaça neça soat uçiladi?” – söraşadi ular. “Uç yarim, tört soatlar”. “Bizlar esa Kolumbiyadan kelgunça rosa ön soat uçdik… May oyida sovuq bölmaydimi işqilib? Sovuqdan sal qörqamiz-da”, deydi Mersedes. “Mutlaqo sovuq bölmaydi. Bahor ayni qulf uradigan palla bu, Toşkentimiz şu qadar gözallaşadiki! Turfa gullar, çeçaklar! Buni öz közlaringiz bilan körişga nima yetsin!” “Nasib qilsa, şu bahor Özbekistonda bölamiz”, deydi Mersedes. “Kutamiz sizlarni!..” – deyman xayrlaşaturib.

Ularning nomeridan quşday yengil tortib çiqaman…

1988-yil. 1-son

* Juzʼiy qisqartirişlar bilan berilmoqda.

Anvar Jöraboyev

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Orifjon Olimjanov

    Bu maqolani "Yoşlik" jurnalining 1988-yil 1-sonida öqiganman va juda ta'sirlanganman. Rahmat Sizlarga!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)