ONAMGA MAKTUB
Suprada un bormi,
Qozonçada yoğ,
Yomğirda höl bölib qoldimi ötin?
Kiçrayib qolgandek bugun hammayoq.
Onajon, oradan şunça yil ötib
Meni ham soğinib ketgandir, qişloq?
Yelkamga köngilning yukini ortib,
Qiz boşim bilan men hamon safarda.
Közim-la çamalab osmonning ortin.
Oyoğim tuproqqa tölar, şaharda
Nastarin gullari tutar yoqamdan.
Kun sayin soçilib ketar köçalar
Qay birin tugatay?
Ayni şu damda,
Keçirgan kunlarim kelib öç olar.
O, qanday ajoyib edi men körgan
Tuşlarim, uxlamoq oson baridan.
Uyğonib izlayman dunyoni birkam
Dadamning qoldirgan çoponlaridan.
Siğmayman kengliklar bölmasa uyda
Har bitta ğussangdan ketganman ozib.
Yoşim ham ulğayib bormoqda öydan.
Xavotir qalbimni turtkilar hozir
Uyimiz sovuqmi…
Eşik oldidan
Ukam bir çekkaga oldimi qorni?
Qalinroq öraning,
Isitsin çidam,
Ona, uyimizda muhabbat bormi?
* * *
Keldim,
Kelmasidan tong sabolari
Quyoş nayzalarin sançmasdan keldim.
Yelkamda yöllarning iddaolari,
Yillar istibdodin yançmasdan keldim.
Keldim,
har yaproqqa söylamay keldim,
Haddimdan özgaga böylamay keldim.
Na-da bir tadorik, na şubha gumon,
Hattoki bir bora öylamay keldim.
Men şunday mard keldim,
serjur’at keldim,
Kelmasam bölmasdi, kelsam bölmasdi.
Közlar ham tölar-ku, neçun tölmas dil?
Men şunday dard keldim, lojuvard keldim.
Keldim,
ostonangda turibman kutib,
Şoşma, eşikni tez oçib yuborma.
O, donişmand zot,
Möysafid Hayot –
Sen meni havoga soçib yuborma.
Yer qattiq, kök baland, umr sarsari,
Yurakda köz oçsin bari şodliklar.
Gözallik, muhabbat, baxtdan taşqari,
Sen meni ayirma parişonlikdan…
Keldim…
MUSOFIR
Ketasan, yöllarga tomib borar dil,
Ketasan, heç kim-la qilmay murosa.
Odamlar manzilga tomon boradir,
Sen hamon ötmişga tomon borasan.
Yelkangni ezgudek oğir kitoblar…
Yuraging piçirlab allanima der.
Imlasang, yuzlarin berkitib çorlar,
Haydasang, ortingdan kelaverar şeʼr.
Uying tor, qişloq ham…
Siğmaysan kökka,
Seni qay orzular qamrab boradi?
Kimsasiz çöllarda,
Toğlari ulkan,
Yillarning şamoli yamlab boradi.
Dadilroq qadam bos, umr söngida
Körinsin har bitta odamning izi.
Boşingga qor tuşsa, döl tuşsa çidab
Manzilga yetgaysan otamning qizi!
MUNOJOT
Yo rab, qayda xato qildim,
Ibodatda adaşdimmi?
Har kimga boş egolmadim,
Itoatda adaşdimmi?
Dardlar bunça beordayin,
Firoq nafis, ozor mayin.
Yor kelganda men bormayin
Xijolatda adaşdimmi?
Dil oğrinar, ruhim zada,
Işq – şartlaşuv, baxt bir vaʼda.
Umid sönar har lahzada,
Saodatda adaşdimmi?
Men öylagan öylar qani,
Bir söz-u rostgöylar qani?
Bolalikdan tinglaganim –
Hikoyatda adaşdimmi?
Garçi armon berar firib,
Közlarga yoş olgan kirib.
Yo, barini bilmay turib,
Hidoyatda adaşdimmi?
Yöl olarman özim sari,
Notinç köngil, sözim sari.
Vafo bilmas dunyo zari,
Qanoatda adaşdimmi?
Tangrim, qayda xato qildim,
Qalam, xatda adaşdimmi?
Qalbim hamon yiğlar sim-sim,
Muhabbatda adaşdimmi?
Muhabbatdan adaşdimmi?!
KÖZIMGA
Bu dunyoning oyoqlari loy,
Soçlari ham ketgandir tözib.
Söng izlaysan osmondan bir joy
Tikilay deb bir umr, közim.
Ilay deysan köylaklarimni
Daraxtlarning telba toriga.
Qulab ketdi ne-ne odamlar,
Qarayverib köp yuqoriga.
Zanjir-zanjir bilaguzuklar,
Boğlaş uçun yaralgan qölni.
Dilim, yetar endi huzurlan,
Bosib ötdik birmunça yölni.
Öylar bölsam tağin yodimga,
Öşal ğarib Maşrab keladir.
U ölmagan! Dorning yoniga
Hurjunini taşlab keladir.
Men yiğlayman ojizlarga xos
Sağir qumlar yuzimni çaysin.
Tuşlarimga kiradi bexos,
Onam kabi hazin Uvaysiy.
Bu dunyoning yoqalari oq
Oftoblarda qoraygan yuzi.
Axir sen ham oqliklarga boq
Axir sen ham kulib tur, közim..
Mahfuza IMOMOVA
1989-yili tuğilgan. Hindistonning Bangalor universitetida tahsil olgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” rukni ostida “Yoruğ yöl” nomli şe’riy töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida