9 daqiqada öqiladi

3 184 marta körilgan

Öçmagan ovoz, sönmagan qon

«Hayot maşʼalidir haqiqat...»

Asl şoir, Belinskiy taʼbiri bilan aytganda, “mangu yaşovçi va harakat qiluvçi hodisalar turkumiga mansubdir. Bunday hodisalar hatto ölimga duç kelgan nuqtada ham sira töxtamaydilar, balki jamiyat oldida rivojlanaveradilar”. Oybek şaxsiyati va faoliyati xuddi mana şu hodisalar turkumidandir. Oybek vafotidan keyin neça yillar ötmasin, uning ijodi, uning ölmas satrlari xalqimiz yuragida qon kabi gupillab yaşab turibdi.

Oybekka munosabatimizga, Oybek dunyosini anglaşimizga, unga bölgan sönmas muhabbatimizga faqat bir fazilat sabab: “Oybekning bizga taʼsirida hamişa ijodiy — ruhimizni ozod va pok qiluvçi, maʼnaviyatimizni tartibga soluvçi zör qudrat bor. Oybek şeʼriyatida, Oybek şaxsiyatida, Oybek dahosining tabiatida hamişa haqiqiy sanʼatga xizmat qiluvçi mana şu buyuk maʼnaviy qudratni köramiz.

Oybek şeʼriyati sirli, möjizalarga boy, tasviri ğoyat zalvor tuğyonlar jo ğalayondir, oy şuʼlasiday yoruğ hislar bekingan qöşiqdir. Şu bilan birga, otaşin yurak keçinmalarining yodnomasidir. Men bu şeʼrlarni öqigan paytimda vujudimda şunday bir tasviri noayon hayrat va dard sezamankim, bu bunyoda yaşaşdan maqsadim — olayotgan huzurlarimning eng gözali va yoqimlisi bölib tuyuladi. Tasavvurimda keyingi yillar şeʼriyatida Oybekday şoir yöqdirkim, bir-ikki satrini (uqtiraman: satrini) soatlab öqib maroqlaniş mumkin bölsa: “Qani, şeʼr, söyla abadiyatdan”; “Ötdi vahşiy gözal kunlar”; “Şu keçam umrimda ölmasin”; “Yulduz kabi jimirlaydi jon”; “Ariqda oqar notinç, qora sas”; “Çöpon uyqusiga tomçilar tomdi”; “Bulutlarning alvoni — böronlarga bayroqdir!” Yana qançadan qança gözal, buyuk satrlar…

Şeʼriyat — yurakning poklaniş vositasi. U insonni idrok etiş va his etişga undaydi, örgatadi, inson maʼnaviy dunyosi çegaralarini tobora kengaytiradi, insondagi estetik qaraşlarni tarbiyalaydi. Oybek şeʼriyati xuddi şunday asl şeʼriyatdir.

Haqiqiy şoirning istagi va talablari hamişa xalqning istak va talablari bilan hamnafas. Şoir öz asarlarida bu istak va talablarni özining yurak tuyğulariga emakdoş qilib singdirmoği lozim. Haqiqiy şoir dunyoni özgartiriş jarayonining faol iştirokçisidir. U butun umri davomida nohaqlikka, jaholatga, tengsizlikka qarşi kuraşdi. “Asl şoir yolğiz kuraşçi bölib tuyulsa-da, aslida u ommaviy kuraş iştirokçisidir” (Yanis Ritsos). Agar şoir faoliyatining qadr-qiymati bölsa, u şoirning inson qayğu-iztiroblarini töla anglaşi, insoniyatni oğriqlar çangalidan olib çiqa olişi va zulmat qöynida yonib turgan, tafakkur va muhabbat çiroğini şamolu böronlar hamlasidan asrab, uning zuhurli yoğdusini odamlarga yetkaza bilişi bilan ölçanadi. Oybek xuddi ana şunday asl şoir edi.

Şeʼriyatning ijtimoiy tomoni, albatta, uning boş xususiyati emas. Lekin, u eng sönggi va belgilovçi kuçga ega. Şeʼr şoirning şaxsiy keçinmalarini buzib çiqaolgandagina, ozodlik, haqiqat, baxt, ölim haqidagi umumbaşariy öylar darajasiga kötariladi. Faqat şundagina ijtimoiylik estetik qaraşlar bilan kesişadi. Haqiqiy sanʼatning, haqiqiy şeʼriyatning oxir-avvali ham şundadir. Buni Oybek öz ijodi bilan isbot etdi.

Oybekning hayoti şeʼrlarida mujassam: “Yotma, öğlon, uyğon, köz oç, uxlama”; “Abadiy yaşamoq, kulmoq istayman”; “Kuraşadi ikki tölqin, qarab turaymi?”; “Assalom, Navoiy!”; “Gulxanga otdilar döstlar kitobim”; “Töyib yozajakman bir kun soğaysam”; “Könglimda haqiqat bir oz sönmadi…”; “Koinot ertaga bitmaydi…” Uşbu satrlarida uning tarjimayi holi singib ketgan.

Oybek tunni sevadi. Ismi butun ijodiga yaraşiğliğ şoir xuddi oyday tölib, tun ustida turib uni sergak kuzatadi. Tun haqidagi şeʼrlarining ajib fazilati: şoir tunni sukut va uyqu bilan emas, bedorlik va harakat bilan boğlaydi. Şoir bedor va harakatli tunda quyoş yuzini köradi. Şoir bizga tirik tabiat bilan suhbat qurişga, uni sevişga, uni anglaşga örgatadi. Yuksak çinorlar uçi quyoş soçlari bilan sekin öynaş ham, yaproqlar betida mudragan oy nurlari ham, uçgan yaproq sasidagi bahorning yodi ham yuragimizdan ötarkan, beiz ketmaydi. Oybek şeʼrlaridagi tabiat, keça, kunduz, maysa xuddi inson yangliğ nafas oladi, nafasimizga nafas qöşadi, dilimizga yulduz bölib kiradi.

Jukovskiy şeʼriyatni bekorga tasviriy sanʼat bilan muqoyasa qilmagan edi. Oybek şeʼrlari tasviriy sanʼatning tengsiz namunalariga yaqin, ulardagi rangin taşbehlar gözal suratlar çizadi:

Toğlarda ilindi quyoş etagi,

Oğoçlar uzoqda bir töplam kölka.

Dengizda porlagan ğurub çeçagi —

Suvlarning qöynida qizil maşʼala.

   Men Oybek şeʼrlarini öqir ekanman, uning satrlarida jahonning zabardast şoirlari şeʼrlari bilan uyğunlik, ohangdoşlikni körib hayratga tuşaman.

Oltin quyoş nuridan,

Yaproqlar sururidan

Töqilgan xotiralar

Ketmas mangu men bilan…

  Bu satrlar mening yodimga buyuk ispan şoiri Federiko Garsia Lorkaning uşbu satrlarini tuşiradi:

Teraklar ham ötar ketar,

Ammo izi köldek zilol.

Teraklar ham ötar ketar,

Bizga esa qolar şamol…

   Men bu yerda tuyğuning yaqinligini nazarda tutyapman. Garçi fikrlar göyo bir-biridan juda uzoqda bölib körinsada, ularda yaşiringan oğriq-tuyğu hamohang.

Yoki “Keç kuzda” şeʼri:

Havo bulut… şamollar yana yiğlaydi sekin,

Böş dalalar köksida alam mudrab yotadi.

Eşagiga yuk ortib, bir bola oldin-ketin

Ufqlar-da öpişgan yölda ketib boradi.

Bu şeʼr asrimiz boşida fransuz şeʼriyatining yangi oqimiga asos solgan uluğ şoir Giyom Apollinerning “Kuz” şeʼri bilan ohangdoş:

Tuman oralab borar, balçiqqa botib borar

Oyoği qiyşiq dehqon hökizini yetaklab.

Qişloqlar xarobasi tumanlarga kömilgan.

Dehqon ğamgin qöşiqni sekingina minğirlar—

Sodiq sevgi haqida ğamgin qöşiqni kuylar,

Kuylar hijron, maʼyus qalb va xiyonat haqida…

Oybek şeʼriyatidagi uluğ fazilat: soddalik, dunyo-dunyo his, hayajon, fikr oddiy sözlarga singdirilganki, öqib yoqa uşlaysan. “Qoraxat” sheʼridan:

Bexosdan uzilgan şoda dur kabi

Tökildi umidning rangli barglari.

Osildi bir onda qöllar madorsiz,

Yer qoçdi, qoraydi quyoş zarlari.

   Adib bir suhbatida aytgan edi: “Muhim va murakkab masalalar haqida soddagina qilib söz aytiş mumkin ekan. Qalbni zabt etgan his-tuyğularni,çuqur lirizmni ifoda etmoq uçun dabdabali şakl şart emas ekan… Kundalik hayot predmetlari, odatiy nutq poetik olamning butun dabdabasini va jozibasini yöqqa çiqarib qöyadiganday körinardi… amalda esa çinakam jozibadorlik ana şu soddalikda”. Oybek yuragining, şeʼriyatining qudrati xususan quyidagi eng sodda satrlarda (ularning ortida nimalar borligini öylasang, qörqib ketasan) namoyon böladi:

Keçasi osmonga sekin boqaman,

Kiprigim ustida çeksizlik öynar.

  Oybekning ijodiy saboği xususan yoş avlod asarlarida mukammal körinişlar berayotganiniaytib ötiş burçim.

Oybek saboqlari har kun, har lahzada davom etmoqda. U bizni bedorlikka, harakatga, izlanişlarga çaqirib şunday yozadi: “Ilk kitob har kim uçun ham quvonarli hodisadir. Şunday bölsayam men endi butunlay boşqaça yoziş kerakligini tuşunardim…”

Oybekning yuragi giyohday sodda, toğday zalvorli his-tuyğularga — şeʼrga töla edi. Ammo uning jismoniy qudrati köproq qora kuçlar, xastalik bilan olişdi. Oybekning uşbu satrlarida farzandi ölib, kökragi sutga tölgan, oğriqdan-hasratdan yuragi zardobga çulğangan yoş onaning iztirobiga uyqaş dardni tuyaman, közimga yoş keladi:

Xastaman… Fikrga, tuyğuga tölib—

Oy menga hamqadam — sokin yuraman.

Soğaysam bir kuni yozaman töyib,

Hislarga qalbimni qöşib yozaman.

Keçalar yurarman telbaday horib,

Boşimda oy borur, menga hamqadam.

Xayollar uçadi maşʼalday yonib,

Töyib yozajakman bir kun soğaysam.

023   “Ijod dardini tuğruq dardi bilan qiyos etadilar, ijod dardi — qalbning qaʼrida uyğonib, butun vujudni larzaga solgan oğriq…” Bu oğriq “eng şirin lazzat, ona allasi kabi yupantiruvçi, quyoş kabi hayot va quvonç bağişlovçi bir kuç”. Mana şu kuç, mana şu oğriq xasta Oybekda tölğin edi. Bu kuçni, bu oğriqni idora qiliş uçun katta maʼnaviy qudrat zarur edi. Tildan qolgan, qöllaridan kuç ketgan şoir bu qudratni xalqidan, muhabbatdan oldi. Muhabbatdan yaralgan bu qudratli ilhom har qanday öjar fikrni, ruhning eng ingiçka, eng tutqiç bermas — “oltin quyoş nuridan, yaproqlar sururidan” tuğilgan jilvalarini, “ariq yoqalarida yaşil közli boyçeçakday möralagan”, “uyqusi yöq barglarning çuçuk lapari yoqqan” hislarni söz orqali yolqinlantirar, qatrada daryolarni mavjlantirar, uçqunda quyoşlarni aylantirar, işqdan hayot yasar, oddiy hayotdan esa uluğ, tiyran afsonalar töqir edi.

21 yoşida ilk şeʼriy töplami naşr etilga, 32 yoşida “Qutluğ qon”ni, 37 yoşida “Alişer Navoiy”ni yozgan özbek prozasining ilk yölçilaridan bölgan Oybek yöli tekis keçmadi. Uning umr yöli şon-şuhrat gullari oralab emas, toşlar ustidan, jarlar yoqasidan ötdi. Uning yöli (garçi yuqorida aytgan edik) şeʼrida qoldi! Mana şeʼrning uluğligi, mana şeʼrning jasorati! Şeʼr — yurak hayotining larzalari ekanligiga bundan keyin işonmasdan böladimi. Oybekning uşbu dahşatli satrlari şu oğir yölni ötişda namoyon bölgan buyuk jasorat sözlari emasmi:

Gulxanga otdilar döstlar kitobim,

Yiğlab qalblaridan tökdilar köz yoş.

Qoğozlar-ku yondi — yonmadi şeʼrim,

Qalb sözi — oltin söz, unda zör bardoş.

Gulxanga otdilar dasta kitobim,

Qalbim poralari kuydi naq kabob.

Kuydi, kul bölmadi, çiqmadi jonim,

Öçmadi ovozim, sönmadi qonim.

   Bu sözlar insoning jaholat ustidan qozongan ğalabasining, öziga bölgan işonçning, köngil haqiqatining daragi emasmi:

Toş ekan boşim,

Heç yorilmadi —

Yoğildi ming toş,

Qalam hamdardim,

Bir sirqimadi

Közdan qatra yoş.

Gar qoldim nonsiz

Va boş panohsix —

Darz ketmadi qalb:

Könglimda haqiqat

Bir on sönmadi,

Göyo zör quyoş.

   Oybek haqida söz yuritganda uni romanist sifatida körsatişni köproq sevamiz. Lekin, Oybek, birinçi navbatda, buyuk şoir edi. Oybek şeʼriyatini yuzaki talqin qiluvçilar ham uçraydi. Köpçilik Oybekning böş şeʼrlari juda köp-ku deydi. Ha, köp. Lekin, buning juda jiddiy sabablari bor. Aslida uning özbek şeʼriyati daftariga har birini oltin harflar bilan yozib qoldirsa böladigan şeʼrlari sanoqli bölgandayam, bu uning buyukligidan dalolat berib turadi. Adabiyot tarixida şunday ijodkorlar borki, ular yolğiz bir şeʼri bilan, yolğiz uç-tört satri bilan abadiy barhayotlar safiga qöşilganlar. Yuqorida taʼkidlangan notöğri tasavvur paydo bölişda Oybekdan köra boşqalar aybdor: biz aybdor! Biz Oybekni yaxşi bilmaymiz. Lekin, şu narsa aniqki, Ğarbdan örganyapti deb nomi taʼnaga uçragan yoşlar Oybekdan örganyaptilar.

U bizga bu hayotni, bu dunyoni sevişni, uning pokligi, tinçligi uçun kuraşiş zarurligini anglatdi. Biz undan tarixga, ona xalqimizga bölgan muhabbatni örgandik. Vatanni sevişni örgandik:

Vatanni sev, tuproğini öp,

Har qariçi muqaddas bizga.

Çölidagi hatto quruq çöp

Jondan yaqin yuragimizga.

   Biz undan qölimizni, dilimizni pok tutişni örgandik va örganamiz…

“Yozuvçi umri yil bilan ölçanmaydi — ijodiy faoliyatning samarasi bilan ölçanadi. Oybek 400-yilga teng keladigan 40 yillik faoliyatining bir lahzasini ham samarasiz ötkazgani yöq. Oybek bu jihatdan ham hozirgi va kelajak adabiy avlod qarşisida ustod bölib gavdalanadi”. Abdulla Qahhorning haqqoniyat töla bu sözlarida Oybek hayoti va ijodining samarasi töla namoyondir. Oybek hamişa biz va kelgusi avlod uçun ustod bölib qolaveradi, bugungi va kelgusi avlodlar uni qayta-qayta, hatto biz borib yetmagan qirralarini kaşf etaveradilar. Uşbu öylar sönggida Oybek haqida yozgan şeʼrimni keltirişga ehtiyoj sezdim:

Oybekning şeʼrini dalaga çiqib

Maysaga yonboşlab öqimoq kerak

Va sokin şivirni — ohangni öqib,

Oybekmi? Maysami? — deb tolsin yurak.

Oybekning şeʼrini tun quçgan daryo—

Şovqini aralaş tinglamoq zarur.

Bilmay qolsin yurak: suv uzrami, yo

Oybekning şeʼrida öynaydi bu nur!

Oybekning şeʼrlari bamisli nigoh,

Bu nigoh asrorin yöqdir poyoni.

Xuddi bölmagandek maysaga izoh,

Yöq Oybek şeʼrining töla bayoni.

Oybek — bu maysaga çökkan toş,

Hayratdan yorilib-yoirilib ketgan.

Oybek — bu daraxtlar ustida quyoş,

Nuri to çumoli köziga yetgan.

Oybek — bu ulkan bir çorboğ ortida

Yovvoyi uzumzor oralab, titroq —

Quyoş tangalari öynab sirtida

Birdan yoruğlikka çiqqan şöx irmoq.

Oybek — bu oğriqni qari tol kabi

Yurakning tubida asragan sözlar,

Barça hasratini jim turib labi

Eng yaqin döstiga sözlagan közlar.

Oybek tirik hamon, u kökda hilol,

U — şamol, boğlarda hamon yeladir.

U meni çorlagan oydin bir xayol,

Kökdagi Qahkaşon uning yölidir.

Xurşid Davron
Özbekiston xalq şoiri

“Yoşlik” 1/1985

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)