408 marta körilgan

Közlarimiz sözlaşdi sözsiz

Xayrulla Xoltörayev

Navoiy

Beş asrki söz aytar doston,

Beş asrki tinglaydi jahon,

Beş panjaga urilgan tuğyon,

Olam yodi, olam Navoiy.

 

Bani başar har on yod etar,

Dil köşkini sarofroz etar,

Yöli ravon hukmi soz etar,

Olam yodi, olam Navoiy.

 

Moziylardan bong urar hoqon,

Hikmat töla har jumlada şon,

Titrar bunda tölğonadi jon,

Olam yodi, olam Navoiy.

 

Ey köngilni şarh aylagan boğ,

Bu dovon damlarin yuksaltirgan toğ,

Turkiy xatlarimni yoritgan çiroq,

Olam yodi, olam Navoiy.

 

Titrar, tölğon yaşnatib turğon,

Yurakdek depsinib, köksimga urğon,

Ne ajab, abaddir hamon öşa tong –

Olam yodi, olam Navoiy.

 

* * *

Uyğoning ming yillik çaqinlar,

Dilimga gil kabi yaqinlar,

Söz aytgan tilingda oqinlar,

Ey keskir tilim-a, tilim-a,

Ey köksi osmonim – elim-a!

 

Xuş kelding, azaliy davronim –

Hurriyat, kutganim, iqbolim.

Baxtimga eş böldi zamonim,

Ey keskir tilim-a, tilim-a,

Ey köksi osmonim – elim-a!

 

Bobomning ming yillik armoni,

Momomning toş botgan tovoni,

Moziydan körinur qadlaring –

Ey keskir tilim-a, tilim-a,

Ey köksi osmonim – elim-a!

 

Karvonlar tizilar yoşlarday,

Qaddi dol, egilgan boşlarday,

Ketiblar borasan qaylarga,

Ey keskir tilim-a, tilim-a,

Ey köksi osmonim – elim-a!

 

Haq doim qöllagan vatan bu,

Asrlar kutganim vatan bu,

Uyğoq böl har sahar, şom qadar,

Ey keskir tilim-a, tilim-a,

Ey köksi osmonim – elim-a!

 

* * *

Közlarimiz sözlaşdi sözsiz,

Jim turgança uqdi maʼnolar.

Dilimdagi tilimda qotgan –

Bir söz aytmay ketdi raʼnolar.

 

Kunlar tunga ulandi takror,

Meni taʼqib etar nigohing.

Qaraşlaring öt edi, dildor –

Öylarimda payondoz ohing.

 

Men sendan-da ketmoq istadim,

Vujudimga solmadim quloq.

Bağrim çoki seni yod etmiş –

Har qaraşing yodi mung söroq.

 

Meni keçir, diling tilsimdir,

Uqolmadim savol-söroğing,

Tunlar köksim ohu zor etgan –

Tovlanadi köngil yoproğim.

 

Oy tökildi köksim toqiga,

Dildor dedim, ketmagin izsiz.

Nurlarini yal-yal tovlatib –

Közlarimiz sözlaşdi sözsiz.

 

 

 

* * *

Ketgim kelayapti qaygadir,

Ketgim kelayapti uzoqqa.

Köngilni söroqlab yöl yursam –

Juda ham yiroqqa, yiroqqa.

 

Öyimday keçalar uzundir,

Yulduzlar köksimda yaltirar.

Men telba emasman yoronlar,

Borligim Haq bilar, Haq bilar!

 

Bağrimga bahorni çorladim,

Xazonlar kelmayin yiğladi.

Şu sabab köngilga bormadim,

Azoblar tiğ urib tiğladi.

 

Özimdan ötganin bilaman,

Jismimni jon qadar tilaman.

Bir kuni jilmayib qoşingda –

Köngilga köklamday kiraman.

 

 

Vatan

 

Köksimdagi köz tumorim,

qalbim töri dildir Vatan,

Onajonim, sajdagohim,

gulday suyuk gildir Vatan.

 

Moziylardan jarang soçmiş

tillolarday jilvalari,

Oftoblari yangi kunday,

şonlar şaraf-şondir Vatan.

 

Tonglar senda nafsi qutluğ,

yellar sabo sari esgay,

Behişt budir Xizr suygan,

nurli kalom, boldir Vatan.

 

Bobolarim bosgan qadam,

tarix, közgu, ötgan davon,

Qatlam-qatlam tuproq qörğon

yodi mangu ondir Vatan.

 

Zamin bunda gir aylanar,

siylab haqdan turğon makon,

Qoqib gardlar etagini,

kiprik, qoş-u közdir Vatan.

 

Sen jonim deb öğlonlaring

yoding birla ont etişar,

Olam kezmiş noming birla

tomirdagi qondir Vatan.

 

Buyuklaring boqqan şomlar

öylar dard-u hollaringni,

Quyoş bunda boş kötargan

qörğon yerim bordir Vatan.

 

Ey toşlarim, çaqinlarim,

dilim gilga yaqinlarim,

Ozod, obod, iqbolimni

tafting birla yondir Vatan.

 

Xayrulla Xoltörayev

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.