Jannatxon eşikii avaylab oçdi-yu muşukday ovoz çiqarmay içkari kirdi. Bir lahza kesakiga suyanib turdi. Keyin qöşiqning avjiga yaqinlaşgan xonanda singari ohista tomoq qirdi. Urol Mardiyeviç nozik yötal sohibasini darrov tanidi. Ammo özini gazeta öqiganga solib ötiraverdi. Jannatxon çillasi çiqmagan kelinçakday istiğno bilan erkalandi:
— Bizni taşlab, nomard, sizga yöl bölsii!!
Meliqulov asta boş kötardi. Jannatxonni endi körayotgandek unga suqlanib qaradi. Sekretar qiz magazin vitrinasidagi manekenga öxşardi. Bel bir tutam. Qizğiş lablar ibo bilan qimtingan. Timqora jodu közlar «Aka, menga rahmingiz kelmaydimi!» degandek xumor-xumor boqadi. Meliqulovning badaniga çumoli örmalagandek böldi.
— Keling, Jannatxon, — dedi u tupugini yutib, — yaxşi qiz bölib yuribsizmi!
Jannat-manekenga jon kirdi. U qiyşaiglab törga ötdi. Yarim varaq koğozni Urol Mardiyeviçning xom kösakdek kökiş burniga taqab söradi:
— Marhamat qilib aytsinlar-çi, muhtaram Meliqulip, manavi vasiqangizni qandoq tuşunsak böladi!
Meliqulov qoğozga köz yugurtirib olib, Jannatxonning zaharxandali közlariga qaradi:
— Özingiz yozib, özingiz bilmaysizmi! — dedi tumtayib, — buyruq bu. Tört-beş kun çölga borib kelişim kerak ekan.
Jainatxon «Xayriyat!..» dediyu gurs etib polga çökkaladi ikki qöllab Meliqulovning tizzasiii quçoqladi.
— Jon aka, örgilay sizdan! Meniyam ola keting! Davringizda bir öynab olay. Dunyoga kelib nima kördim! Bitta piyonista erning kaltagidan endi qutuldim. Işga kelsam — tört devor, uyga borsam — tört devor, çölni tuşimda ham körmaganman. Olaketing, yöq demang, akajon!..
Meliqulov ötirgan yerida kresloni ğiçirlatib ketiga surildi:
— Jinni bölmang, Jannatxon… Birov kirib qolişi mumkin. Turing örningizdan…
Jannatxon Urol akasining oyoğiga battar yopişdi.
— Tepsangiz ham turmayman. Obkotasizmi! Xöp dey qoling… Mehmonxonada oyoqlaringizni uqalab ötiraman. Çoy damlab beraman. Nima desangiz qilaman. Tur desangiz — turaman, yur desangiz — yuraman. Jon Urol aka, bir marta xöp deng. Nahotki, Jannatxoningizga rahmingiz kelmasa!
Meliqulov hadiksirab eşikka qaradi, örnidayi turmoqçi böldi. Biroq Jannatxon çaqqonlik qildi. U irğib turib Meliqurovni boşidan quçoqladi-yu kuç bilan öziga tortdi. Urol Mardiyeviçning xumday kallasi şilq etib qizning köksiga borib yopişdi. Jannatxon boşliğining yuz-közinn zör berib issiqqina qorniga işqar ekan, jonholatda şivirladi:
— Urol Mardiyeviç… bir martagina xöp deng. Meni taşlab ketmang. Axir, borgan yeringizda ham ermak kerak-ku! Qulingiz bölay, Urol aka! Obketasiz-a! Ha deng Meliqulov suzonğiç novvosdek boşini sarak-sarak qilib ğöldiradi:
— Kallamni qöyvoring, Jannatxon… Höv, böldi endi, hazillaşmang…
— Qöyvoradigan… ahmoq yöq! — dedi hansirab Jannatxon, — avval xöp deng, keyin… böşataman. Soçingizni ham tarab qöyaman.
Meliqulov bir-ikki yulqindi. Biroq boşini böşatolmadi. Bu qiz nozikkina bölgani bilan qöllari omburdek ekan. Urol Mardiyeviçning butun bir idoraga yöl-yöriq körsatib turadigan tilla boşi hozir ana şu nozik qizning qornida asir tuşib yotardi.
Jannatxon bor kuçini töplab Meliqulovni öziga tortdi:
— Oxirgi marta sörayapman sizdan! Meniyam olaketasizmi komandirovkaga yo yöqmi?
Urol Mardiyeviç boşini qutqarolmasligiga közi yetgaç, qölini ishga soldi. Jannatxon «A-a-a!» deb çinqirib yubordi-yu sapçib tuşdi. Meliqulov darrov kreslosiga minib oldi. U terlab ketgan edi, daströmol olib yuz-közini artdi.
— Uf! — dedi pişillab, — e, hazilingiz ham bor bölsin, Jannatoy. Nafasimni qaytarib yubordingiz. Qorningiz xuddi… qaynoq grelkaning özi ekan. Birov kirib qolsa nima derdingiz, tentak!
— Xöjayinning boşini massaj qilyapman, derdim-da. Gipertoniyangiz bor, hamma biladi. Ha, aytmoqçi, Urol Mardiyeviç, komandirovkada har kuni bir soat-yarim soat özim massaj qilib qöyaman. Qalay, qölim yoqdimi!
— He qölingizni jin ursin! Boşimni gangitib yubordingiz-ku… Qani taroq!
Jannatxon uloqday irğişlab qabulxonaga çizdi-yu katta yelim taroq olib kirdi. Jilpanglab xuşomad qildi:
— Özim tekislab qöyaymi, Örol Mardiyeviç!
— Bu yoqqa bering! — dedi arazlab Meliqulov, — ötiring! — Janatxon lip etib pastak stol ortiga ötdi. Qalam-qoğoz oldi. Nomiga «Zadaniye — I» deb yozdi. Söng odobli öquvçiday boşliğining köpçib turgayi yapaloq betiga tikildi. Örol Mardiyeviç soçini şoşmay taroqladi, çirt etkizib çetga tupurdi, keyin çimirilib Jannatxonning iltijo aralaş jovdirab turgan közlariga qaradi.
— Özimga ham buyruq yozaymi, Örol Mardiyeviç! — bidirladi qiz. Meliqulov jerkib berdi.
— Esingiz joyidami özi! Men sizni nima deb olib ketaman! Xodim bölmasangiz. Jilla qurisa buxgalter bölsangiz ekan.
— Qizim desangiz-çi, Örol aka!
Meliqulov boş çayqadi.
— Bölmaydi. Siz otasiga ergaşib yuradigan yoşdan ötdingiz. Siz tengilar bola-çaqasining issiq-sovuğiga qarab uyda ötiribdi.
— Unda xotinim deng. Xozyaykamiz çölu biyobonlarni körmagan edi, bir aylanib kelaman, deb izimdan ergaşdi, dey qoling. Maylimi!
“Xotin”ni eşitib Örol Mardiyeviç çöçib tuşdi.
— Öylab gapiryapsizmi! Men bir kam ellikka bordim, siz endi yigirmaga çiqdingiz. Odamlar nima deydi, qariganingda qöğirçoq öynamay öl, demaydimi!
— Ajab böpti! — kerildi Jannatxon, — hozir yoş qizlarga uylaniş moda. Körganlar havas qiladi sizga. Falonçiyevning yoşgina, xörozqandday xotini bor ekan deydi.
Jannatxon qoğoz-qalamini kötarib örnidan turdi. Bir kam ellik emas, oltmiş yoşdagi odamning ham yuragini öynatib yuboradigan nozik ado bilan söradi:
— Örol aka, aeroportga ikkita bilet zakaz qilaveraymi! Qaysi reysga bölsin! Ertaroği tuzuk, a!
Meliqulov yengil xörsindi. Jannatxonning past-baland bölib turgan qöş kabutariga qarab ğamgin dedi:
— Xafa bölmaysiz, singlim. Sira iloji yöq.
Jannatxonning rangi özgardi.
— Qitiğimni keltirmang, Örol Mardiyeviç! — dedi sovuq tovuşda, — bilasizku, men haq degan yerimdan qaytmayman. Yaxşilikça obketmasangiz, samolyotning dumiga osilib bölsayam boraman!
U çört burildi. Eşikka yetganda masxaraomuz kulimsiradi:
— Ha, aytmoqçi, azonlab Salmonov telefon qiluvdi. Xöjayin qurortdan kelibdi, yöqlay olmadik, dedi. Yaqinda bir maşina bölib kelişarmiş.
Jannatxon eşikni sekin yopdi. Örol Mardiyeviç boşini çangallagança öylanib qoldi. Qizning sönggi gapi unga «ğidi-bidi qilmay meniyam olaket, bölmasa siringni oçaman», deganday tuyuldi. Salmonov yirik bir sovxozning direktori edi. Meliqulov ança yildan beri u bilan qatiq yalaşadi. Direktor yiliga bir neça marta
Örol akasini ziyorat qilib turadi. Har gal bir bahona topadi. Nabiralik bölibsiz, deb keladi, tuğilgan kunida yo bayram oldida yöqlab qöyadi. Salmonov har safar kelganida Meliqulovning uyiga qut-baraka kirib qoladi. Buni köpçilik bilmasa ham, Jannatxon biladi. Çunki Meliqulovning «içki-taşqi» aloqalari mana şu qaldirğoçning bolasiday bijildoq qiz orqali bitadi. Şuning uçun u Jannatxonning erkaliklarini kötaradi, iltimoslariga yöq demaydi, ikki-uç kunlab işdan javob berib yuboradi. Bultur hatto sirtdan institutga ham kiritib qöydi. Işqilib bu qiz har yerda laqillamay, tilini tiyib yursa böldi, deb umid qildi. Lekin Jannatxon tobora haddidan oşyapti. Bugun komandirovkaga obketasiz, deb turibdi. Ertaga siz bilan kurortga boraman, desa nima böladi! «He, uka bölmay öl, Salmonov, — deb sökindi içida Meliqulov, — bergan qöyingni iligi tomoğimdan zahar bölib ötdi-ku! Jannat degan manavi dözaxidan qandoq qutulaman endi, ukağar!»
Soat ön ikkiga zang urdi. Jannatxonning çangalidan çiqib ketolmasligiga Meliqulovning aqli yetdi. Öylab-öylab axiyri u tavakkal qildi. «Ke, şu safar ham xöp dey. Qizilqumdan omon-eson qaytsam bir ilojini qilarman. Ilgarigi surbet şofyorday, buniyam aldab-suldab bir yoqqa jildirib yuborarman. Vaqt ketyapti, hali bilet ham olinmadi».
Örol Mardiyeviç qönğiroq tugmasini bosdi. Xömrayib Jannatxon kirdi.
— Bu yoqqa keling. Ötiring, — dedi Meliqulov. Jannatxon istamaygina stolga yaqinlaşdi-yu stulni minnat bilan surib ötirdi. «Yana vaʼzxonlikmi!» degandek boşliğining yuziga qaradi.
— Böpti, men sizni olib ketaman, — dedi Meliqulov, — lekin bitta şartim bor…
Jannatxon sevinçdan irğib turdi. Quralay közlari porlab ketdi.
— Vuy, rostdanmi!) — dedi boladay entikib, — qanday ajoyib odamsiz-a, Örol aka! Bu yaxşiligingizni öla-ölgunça unutmayman! Kimingiz bölib boraman!
— Har qalay jazmanim bölib bormaysiz, — dedi Meliqulov ensasi qotib, — men sizni qarindoşim deyman. Institutda öqiydi, çöl geografiyasi bilan tanişgani keldi, deyman.
— Voy, mayli, nima desangiz…
— Bidillamay gapga quloq soling. Hozir döxtirga borib uç kunga balniçni oçtiring. Biror bahona toparsiz.
— Topaman. Şu kunlarda özim nervim qözib, yomon bölib yuribman.
— Men bilan ketayotganingizni birov bilmasin. Hozirdan aytib qöyay, rayonda ham injiqlik qilaversangiz birinçi samolyotda ortingizga qaytarib yuboraman. Kelişdikmi!
Jannatxon kula-kula örnidan turdi. Öng qölini köksiga qöyib taʼzim qildi.
— Bir oğiz gapingiz, akajon! Çizgan çiziğingizdan çiqmayman. Boya aytdimu, yur desangiz — yuraman, tur desangiz — turaman. Endi ruxsatmi bizga! Aeroportga telefon qilaymi!
Meliqulov kiprik qoqdi. Jannatxon xonaning yarmigaça yonboşlab bordi-yu u yoğiga yugurgilab çiqib ketdi.
Saldan keyin çoy kötarib kirdi.
— Töqson beş! — dedi çoynakka çoy qaytarib, — sizga atab tişimning kavagida asrab yuruvdim. Issiq-issiq içing, davleniyengiz tuşadi.
Jannatxon eşikka borganda nozlanib söradi:
— Qaysi köylagimni kiyay ertaga, Örol aka! Modniy kiyinsam, çöldagilar kulmaydimi!
«Kafanligingni kiymaysanmi!» — Ğijindi içida Meliqulov. Söng tovuşini çiqarib dedi:
— Odmiroq bölaversin. Biz sirkka borayotganimiz yöq.
Meliqulov şundoq dedi-yu köngli biroz tinçidi. Lekin tomoşaning kattasi hali Qizilqumning qoq örtasida bölişini xayoliga ham keltirmasdi.
Qizilqumdagi tomoşani jurnalning keyingi sonida öqiysiz.
“Yoşlik” 1982/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


