Qizilqumdagi tomosha

0
35
marta ko‘rilgan.

Ertasiga Jannatxon eldan burun aeroportga chiqib oldi. U dam-badam soatiga qaraydi, betoqat bo‘lnb O‘rol Mardiyevichni kutadi. «Meni aldab boshqa yo‘ldan ketib qolsa-ya», deb hadiksiraydi.

Nihoyat, katta sariq portfelini salanglatib kelayotgan Meliqulov ko‘rindi. Jannatxon otasining diydoriga intiq boladay uning oldiga yugurgilab bordi.

— Keldingizmi, O‘rol aka! — dedi yaltoqlanib, — kechikib qolarmikansiz, deb biram qo‘rqdim, biram qo‘rqdimki… Xayrmyat!

Jannatxon xushomad yuzasidan Meliqulovning portfelini ko‘tarib oldi, o‘zining sumkasini unga berdi. Bir tup sada tagidagi ola-bula kursiga qarab yurdilar. Odamlar chap yoniga qiyshayib semiz portfel ko‘tarib ketayotgan niiachiday qiz bilan ayollar sumkasini bog‘ichidan shalviratib olgan baqaloq kishiga qarab kulib qo‘yishdi.

Jannatxon portfelni tap etkizib kursiga qo‘ydi, qo‘llarini siltadi:

— Nima balo solgansiz, bilagimni uzib yuboray dedi-ya!

— Tosh, — dedi Meliqulov ma’yus jilmayib, — Qizilqumga borganda yo sizning boshingizga uraman yo o‘zimning.

Jannatxon enkayib sharaqlab kuldi.

— Voy men o‘lay! Shundan shunga tosh orqalamasangiz… u yoqda topilmaydimi!

O‘rol Mardiyevich tamshanib qizga boshdan-oyoq razm soldi. Uiing oyogida o‘kchasi baland oq tufli, zgnida yoqasi katta o‘yilgan yengsiz harir ko‘ylak, soch «laylak uya» shaqlida hafsala bilan turmaklangan. «Cho‘l shamolida ko‘ylaging zontik bo‘lib sharmanda qilmasaydi», deb qo‘ydi ichida Meliqulov.

— Bu yog‘idan tashvishlanmang, — dedi qiz go‘yo uning fikrini o‘qiganday — sumkada atlas ko‘ylagim bor. Ro‘molni shu yoqdan olarman.

Jannatxon umrida samolyotga chiqmagan edi. Samarqandga borguncha sherigining quloq-miyasini yedi. Samolyot sal «tashlab» yuborsa, dod solib Meliqulovga yopishadi. «Vuy, anavi mashinalarni! Xuddi o‘rmalab ketayotgan gugurt qutisiga o‘xshaydi!» deb shang‘illaydi, goho lyukka peshonasini tirab, oppoq bulutlarga qo‘l siltaydi, o‘z-o‘zidan qiqirlab kuladi.

Ularni dabdaba bilan kutib olishdi. Jannatxon lip etib birinchi mashinaga chiqib oldi. Meliqulov, bu shayton har baloni o‘tlab yurmaskn, deb Jannatxonning yoniga o‘tirdi.

Mashina Registonga yetay deganda Jannatxon o‘ng tomonga qarab qichqirib yubordi:

— Bibixon! Ana, Bibixon!

Meliqulov «Og‘ir bo‘ling», degandek uning oyog‘ini bosib qo‘ydi. Qiz tirsagi bilan O‘rol Mardiyevichning biqiniga bir turtdi.

— Nega oyog‘imni bosasiz! Bibixon emasmi! Bibixon! Suratini ko‘p ko‘rganman.

Meliqulov o‘sal bo‘lib mezbonlarga izoh berdi:

— Bu singlimiz yangangizning urug‘laridan, yanikim ilonbosh. Samarqandni ko‘rmagan ekanlar, bir aylanib…

Jannatxon Meliqulovga yeb qo‘ygudek bo‘lib qaradi:

— Nega ilonbosh bo‘lar ekanman! Voy, savatbosh-yey!

O‘rol Mardiyevich qovog‘ini solib, yolg‘ondan po‘pisa qildi:      

— Jannatxon, portfeldagi narsa esingizda turibdimi!

— Qo‘rqitmay qo‘ya qoling! — dedi Jannatxon yayrab, — allaqacho-on ochib ko‘rganman. Tosh tugul baloyam yo‘q ekan. Hammasi qog‘oz!

Gapga tushunib, mezbonlar kulib yuborishdi. Meliqulov ham beixtiyor ularga qo‘shildi.

Samarqandda yengilgina tushlik qilib, yana yo‘lga tushdilar.

Uch soatlarda bir tomoni toqqa, bir tomoni sahroga tutashgan qadim rayonga yetib kelishdi. Rayon kattalari «shaxsan Meliqulovning o‘zi» tekshirishga kelayotganini allaqachon eshitishgan edi. Mehmonlarni qo‘shni rayon chegarasida sha’n-shavkat bilan kutib olishdi.

Ularga raykom dachasidan joy hozirlab qo‘yishgan ekan. Lekin Meliqupov ko‘nmadi.

— Eski mehmonxonaga tusha qolaylik, shu yoq tinchroq, — dedi mezbonlarni ajablantirib. U «Dachada keldi-ketdi ko‘p. Mana bu yaramas tag‘in bir hunar ko‘rsatib, sharmanda qilmasin», deb cho‘chirdi.

Eski mehmonxona ko‘rimsiz bo‘lgani bilan orastagina edi. Tog‘ yaqin. Atrofdagi qalin qayrag‘ochzorda g‘ir-g‘ir shabada esadi. Chap tomonda bozor. Mehmonxona sirtida bo‘yradek buloqlar qaynaydi. Hovli o‘rtasidan bir ariq buloq suvi oqib o‘tadi. Chalov bosgan ariqda bir qarich-bir qarich «avliyo» baliqlar erkalanib suzadi. Suv bo‘yidagi so‘rilarda chekka qishloqlardan kelgan cho‘pon-cho‘liqlar choyxo‘rlik qilishadi.

Meliqulov bilan uning «qaynisinglisiyaga atab ikki xos xonani yasatishdi. Biror soatda dasturxon atrofiga rayonning kazo-kazolaridan o‘n chog‘li kishi to‘plandi. Stol did bilan bezatilgan, odamning jonidan boshqa hamma narsa bor edi. Jannatxon dasturxonga qaradi-yu «Vuy!» deb chapak chalib yubordi. To‘rdagi stulga o‘tib o‘tirdi. Bazm avjiga chiqaboshladi. Alyor ustiga alyor aytildi. «O‘rol Mardiyevichning poyi qadamlari uchun; u kishining rayon chorvadorlariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi uchun; oy desa — oy, kun desa — kun degulik go‘zal Jannatxon uchun…»

Meliqulov anor suvi aralashtirilgan sharobdan bir qultum yutib Qo‘yib, sipo o‘tiribdi. Yonidagilarning savollariga yo bosh qimirlatib qo‘yadi yo qisqagina javob beradi. Jannatxon esa yayrab ketdi. U kaftlarini ishqalab har taomdan bir totib ko‘rar, achchiqroq yo sovuq bir nima yesa, lunjida aylantirib, «o‘-o‘!» deb hammani kuldirar, goho «Ie, oling, xo‘jayin, bunaqa narsalar Toshkentda topilmaydi», deya Meliqulovni o‘sal qilardi.

Alyor aytish navbati Jannatxonga keldi. U ancha ichib, kayfi oshib qolgan edi. Shamlan to‘la qadahni ko‘tarib o‘rnidan turdi. Meliqulov unga ko‘z qirini tashladi-yu «Yiqilib tushmasa go‘rgaydi ahmoq!» deb qo‘ydi. Jannatxon mastona tebranib gap boshladi:

— Hurmatli erkaklar-r!! Men shu qadahni… siz-day mard, mehmondo‘st va… sog‘lom erkaklar uchun ichishni istayman! Er… erkaklar-ni ehtiyot qil-laylik! Negaki… negaki, yashasin erkaklar!! Oldik!

Mezbonlar kula-kula qadah ko‘tarishmoqda edi, qiz ko‘rsatkich barmog‘ini chayqab po‘pisa qildi:

— Yo‘-o‘q… Bun-naqasi ketmaydi! Men tikka turib ichishni taklif qilaman. Qani, turdik!

G‘ala-g‘ovur qilib o‘n erkak baravar qo‘zg‘oldi. Meliqulov ham ichida Jannatxonga ming la’nat aytib, o‘rnidan turdi. Jannatxon sharobni boshiga bir ko‘tardi-yu qadahni taq etkizib qo‘ydi. Qadahning tagligi uzilib tushdi.

— Hechqisi yo‘q, bo‘ladi, — dedi nomiga ichib o‘tirgan hushyor bir yigit va qadah sinig‘ini yig‘ishtirib oldi.

— O‘tiring-lar-r — buyurdi Jannatxon. O‘n erkak yana guvillab joylariga cho‘kdilar. «Xayriyat, — deb o‘yladi Meliqulov, — endi bu maymundan qutuladigan bo‘ldik. Hozir stuldan ag‘darilib tushadi».

Darhaqiqat, Jannatxon tag‘in bir pas poyintar-soyintar gapirib o‘tirdi-yu, «voy boshim»lab yotoqxonaga kirib ketdi. Biroz o‘tirib mezbonlar ham tarqalishdi. Jannatxon, suv, deb g‘ingshiganda Melnqulov ikki dumaloq uyqu dorini maydalab ichirib yubordi: «zora shu bilan ertalabgacha toshday qotib uxlasa».

Ertalab Urol Mardiyevich cho‘chib uyg‘ondi. Yuzlariga yomg‘ir tomchilayotganday edi. U seskanib ko‘zlarini ochdi. Tepasida Jannatxon yig‘lab o‘tirardi. Meliqulov ensasi qotib ko‘zlarini yumib oldi. Buni ko‘rib qiz ho‘ngrab yubordi.

— Meni kechiring, O‘rol aka… Kecha esimni yeb qo‘yibman… Siz… sizni sharmanda qildim. Endi og‘zimga olsam, har narsa bo‘lay. Uv-v…

Meliqulov ko‘zini ochdi.

— Yo‘q, yana iching! — dedi kesatib, ziyofatning kattasi bugun bo‘ladi. Cho‘lda dumalab-dumalab ichishingiz mumkin!

Jannatxon stuldan turib karavotga o‘tirdi.

— Nima qilay, — dedi hiqillab, — bunaqa maishatni tushimda ham ko‘rmaganman. Xursand bo‘lganimdan olavuribman… Siz ham bir og‘iz qo‘y demabsiz.

— Sizga qo‘y. deb bo‘larmidi! Qo‘y, degan odamni zakuska qilib yeb yuboradigan ahvolda edingiz!

Qiz shoyi xalatining yengi bilan ko‘zlarini artib xo‘rsindi:

— Mayli, bo‘lar ish bo‘ldi. Endi siz aytgandek sizilib, zakonniy bo‘lib yuraman. Kechirdingiz-a, Uroljon aka! Bir og‘iz kechirdim deng, sadag‘angiz bo‘lay!

Qiz to‘satdan asliga qaytdi, o‘ynoqlab xushomad qila ketdi:

— Boshog‘rig‘ingiz tutmadimi kechasi! Qo‘llaringizni uqalab qo‘yaymi! Keling!

Jannatxon Meliqulovning issiqqina bilagini to‘shakdan sug‘urib oldi-yu hafsala bilan uqalay boshladi. O‘rol Mardiyevich qizning taroq tegmagan sochiga, ichkilikdanmi, uyqudanmi ko‘pchib ketgan tiniq yuziga qaradi-yu, «Yig‘laganda ham chiroylik-a la’nati, — deb qo‘ydi, — bir uyni gullatib o‘tiradigan siyohing bor. Otang tengi odamga xushomad qilmay sen o‘l, qariganda qo‘g‘irchoq o‘ynamay men o‘lay iloyim».

Ayol qudrati oldida jahongir Iskandar ham dosh berolmagai. O‘rol Mardiyevich jahongir emasdi, iljayib o‘rnidan tura boshladi…

Choshgohdai o‘tganda cho‘lga jo‘nashdi. Jannatxon bu safar Meliqulovning yo‘lini poylab turib boshqa mashinaga chiqdi. U har baloni o‘tlab, yana O‘rol akasi bilan jiqillashib qolishdan qo‘rqardi.

Izen ekilgan yashil yaylovlar, saksovullar chayqalib turgan qumtepaliklardan o‘tib, ikki soatlarda rayon adog‘idagi bepoyon dasht o‘rtasiga kelib to‘xtashdi. Atrofda uch-to‘rt qora o‘tov, omonat qurilgan molxona. O‘tov oldidagi tosh o‘choqlardan quyuq tutun chiqadi. Sal narida yerdai bosh ko‘tarmay yoyilib yurgan ko‘kish qo‘ylar ko‘rinadi. Odamning betiga qum ufurib, shamol uvlaydi.

Mehmonlarga katta bir o‘tovdan joy qilishgan ekan, Meliqulov birinchi bo‘lib ostona hatladi. Jannatxon bir chekkaga o‘tib, o‘tovni tomosha qilib o‘tirdi. Ikki uchiga kashta tikilgan uzun qoziqlungilar, qo‘lda to‘qilgan dasta-dasta guldor gilamlar, keragaga osilgan burama olqor muguzi, o‘tovning tepasidagi chang‘araq-tuynuk — bari uiga ajib va afsonaviy tuyulardi.

Sovxoz rahbarlari hisob bera boshladi. Jannatxon ularniig gapiga bir pas quloq solib o‘tirdi-yu so‘radi:

— Qo‘chqor bilan qo‘yning nima farki bor, baribir emasmi!

O‘tov egalari indamay bir-birlari bilan ko‘z urishtirib olishdi.

— Naga miq etmaysizlar! — bidirladi Jannatxon, — farqini bilmaysizlarmi!

Meliqulov zaharxandali kulimsiradi:

— Qo‘chqor, bu — men, siz — qo‘ysiz, Jannatxon, tushundingizmi?

— Tushundim, — dedi qiz va sharaqlab kulib yubordi.

— Siz qo‘chqormisiz! — deb so‘radi barmog‘ini bigiz qilib, — siz-a! Shoxingiz yo‘g‘u! Suzganingizni ham ko‘rmadik. Bo‘ldi, bundan keyin sizni Qo‘chqor aka deyman. Voy, ne mogu, o‘lib qolaman!

Jannatxon kula-kula tashqariga chiqib ketdi. Meliqulov o‘zi bilmay qarmoqqa tushib qolganiga pushaymon bo‘ldi.

Jannatxon o‘choq boshiga bordi. Uzun ko‘ylak kiyib, yuz-ko‘zini o‘rab olgan to‘lagina ayol ovqat pishirardi. U «Keling, poshshoqiz», deya Jannatxonniig yelkasiga qoqib qo‘ydi. «Poshshoqiz» chorpoyadagi savatdan yong‘oqday qurut olib og‘ziga soldi. Qozon to‘lib qaynayotgan go‘shtga qarab so‘radi:

— Muncha ovqatni nima qilasiz, xola, ozgina bo‘lsa yetadi-da!

— Mehmon bor, — dedi ayol, yog‘och cho‘mich bilan qozonni axtarib, — qolsa bolalar yer.

— Bolalaringiz ko‘pmi!

Ayolning o‘n ikkita bolasi bor edi. Lekin u irim qilib bittasini kamaytirib aytdi.

— Xudo bergan o‘n bitta, tilab olganim ham bor.

Jannatxonning ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi, qurutga tiqilib qolay dedi.

— Vu-uy!.. Qanday boqasiz shunchasini! Qo‘ylaringiz ham ko‘pdir, a! Biron yuzta bordir!

— Bilmadim. Kishim biladi.

— Chaqiring-da kishingizni!

Ayol indamay kulib qo‘ydi.

O‘choq boshiga birin-sirin o‘n chog‘li qora-qura, yalang-oyoq bola to‘plandi. Ular «suvko‘ylak kiygan opa»ni yotsirab, ajablanib tomosha qilishardi. Jannatxon hushtak chalib, bir pas u yoq-bu yoqqa alanglab turdi. Keyin qo‘lini peshonasiga qo‘ydi-yu «Voy, tuya!» deb baqirib yubordi.

— Opa, minmaysizmi! — dedi tortinib bir bolakay.

— Minsa bo‘ladimi! Tishlamaydimi!

— It tishlaydi, tuya tishlamaydi, — bilag‘onlik qildi bola.

— Bo‘lmasa opkelinglar-da! — buyurdi Jannatxon. Bolalar chuvillashib yugurishdi. Saldan keyin quloqchin kiygan kishi tuyasini yetaklab kelib, o‘tov yonidagi keng sayhonlikka cho‘ktirdi. Bolalar tekin ermak topilganiga sevinib, gir aylaiib turishdi. Jannatxon xavotirlanib tuyaga yaqinlashdi. Qo‘rqib ikki qadam chekindi.

— Qanday minadi bunga, amaki, norvoni yo‘qmi!

— Yo‘q-da, yanga, — uzr so‘ragan bo‘ldi tuyakash, — bismillo deysizu oyoqni solasiz.

— Keling, ushlashvoring!

Tuyakash Jannatxonni qo‘ltig‘idan oldi. Qiz o‘rkachlar o‘rtasiga tashlab qo‘yilgan namatga o‘tirib ulgurmay tuya turib ketdi. Jannatxon chinqirib o‘rkachni quchoqladi. Uning tovushini eshitib Meliqulov o‘tov tirqishidan mo‘raladi. Jannatxonni ko‘rib g‘ijindi, so‘kindi. Xayoliga xunuk bir fikr keldi: «nahot men ham anavi tuyaga o‘xshasam! Sharmanda!..»

Jannatxon o‘zini bosib oldi. Atrofga qarab kula boshladi.

— Hayyo, hayt, tuyajon! Ketde-yek Toshkentga!.. Huv amaki, namuncha imillaysiz, tezroq yurmaysizmi!

Tuyakash ildamladi, tuya ham lo‘killashga tushdi.

— Tezroq, Tezroq! — deb baqirdi Jannatxon. U endi qo‘llarini ko‘tarib «Ur-re!» degan edi, muvozanatni yo‘qotdi-yu bir tomoniga og‘ib ketdi. Jonholatda yana o‘rkachga yopishdi.

— Do-od1! O‘lde-yem!!

Tuyakash yugurib keldi.

— Tashlang, yanga, men ushlab olaman.

— Yo‘q, yotqizing ordanangizni, — yig‘lamsiradi qiz, — hozir o‘lib qolaman!

U shunday dedi-yu o‘rkachni qo‘yib yubordi. Shilq etib tuyakashning qo‘liga tushdi. Tuyakash « Bu sardobani nima qilaman!» deganday hayron bo‘lib turar, qiz esa uning tayoqday qo‘llarida oqbilakday tipirchilab yotardi. Bu manzarani kuzatib turgan Meliqulov:

— Anavi la’natini chaniring, Valijon, — dedi yerga qarab.

Poygakda o‘tirgan yigit shipillab chiqib ketdi.

Jannatxon tuyani, tuyakashni qarg‘ay-qarg‘ay o‘tovga kirib keldi. Uning sochlari to‘zib ketgan, usti-boshi jiqqa ho‘l edi.

…Mehmonxonaga yarim tunda qaytishdi. Meliqulovning asabi tarang, yomon so‘z aytib yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi.

— Siz hech qachon odam bo‘lmadingiz-bo‘lmadingiz, — dedi plashmni yechib otarkan, — tamom, siylaganni sigir bilmas ekan. Toshkentga boraylik, birinchi kuniyoq haydab yuboraman!

Jannatxon belini ushlab, xezlanib karavotga yaqinlashdi.

— Meni-ya! Siz meni kim deb o‘ylayapsiz! Men sizga boyagi cho‘ponning echkisimidim qur-rey hayt, desa ketaveradigan. Meni kimsan — Jannatxon deydilar!

— Ko‘ramiz, — gezardi Meliqulov.

— Ko‘ramiz, — dedi Jannatxon va tars-turs yurib o‘z xomasiga kmrmb ketdm.

 

Davomi. Boshi jurnalning o‘tgan sonida

 

Quvnoq QITMIR hangomalari

 

“YOSHLIK” 1982/9

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.