(Hajviya)
Avtobus bekatida xayol surib turgan edim, röparamga «ğiyq» etib yap-yangi «Moskviç» kelib töxtadi. U yoq-bu yoqqa qarasam, mendan boşqa heç kim yöq. Ruldagi iljayib turgan kişi közimga issiq körinsa ham, qayerda uçratganimni eslay olmadim. «Moskviç»ning orqa eşigini ohista oçib, assalomu-alaykum, dedim-da, özimni içkariga oldim. Eşikni yopmoqçi bölgan edim, u kişi çözilib qölimni uşladi.
— Ovora bölmang, men özim…
U «şilq» etkizib eşikni yopdi. Qalbimda hzmrohimga nisbatan çeksiz samimiyat paydo böldi: «Xayriyat, şunday sermulozimat, odamoxun kişilar bor dunyoda, bölmasa yaşaşning qiziği qolmasdi…»
Uning norozi ohangda ğöldiragani xayolimni bölib yubordi.
— Endi, ukam, hammani ham özingizday bilib bölmaydi. Tunov kuni bir tanişimning yuzidan öta olmay töxtatgan edim, eşikni çunonam qarsillatib yopdiki,
«nervim qözib, boşimdan tutun çiqib ketdi. Puli kuymaganda baççağarni! Bir xayolim, maşinani şart töxtatib, «Hö, oğayni, bu senga katta xolangni temir darvozasi emas», deb tuşirib yubormoqçi böldimu, şaytonga hay berdim. Bir tomondan yuz-xotir, ikkinçi tomondvn çoyçaqa deganday…
Özimni noqulay sezib, eşik tomonga ğujanak bölib oldim. Uning hamon jaği tinmasdi.
— Moşin degani öz-özidan bölmaydi, ukam! Şu qarsillatib yopganida eşikning tutqiçi «qirs» etib sindi deylik. Kimga jabr — menga jabr. U hafta «Servispga qirq sölkavoy taşlab çiqdim, bugun-erta balonlarini almaştiraman, bunga bir hovuç pul kerak. Axir, bu pullar qayerdan keladi-a, ukam, qayerdan keladi?! Ma, ol, deb osmondan birov taşlamasa…
Nafasim siqilib, könglim behuzur böldi. Tişni tişga qöyib zörğa gaplarini eşityapmanu, qani endi uning diydiyosi tugeyqolsa.
— Benzinni aytmaysizmi, benzinni! Tilu zaboni bölsa ekan bu jonivorni, hö, akasi, közingga qara, desa. Qizil çiroği likillaganda xabar topasan kişi. Yuz marotaba bunga şaʼma qilsam ham, baʼzi qurumsoqlar «rahmat»dan nariga ötişmaydi. Rahmatingni pişirib ye, deb qolaman ortidan. Şunaqa «rahmatiçilarni ikkinçi marotaba uçratsam bormi, başarasiga qaramay özimni körmaganga solib ğizillatib ötib ketaman. Axir, ön marotaba, «rahmat, rahmat», degani bilan kissa qabarmaydi-da, jon ukam…
Uning çakagi qimirlaganini körib tursam ham, oxirgi gaplari quloğimga kirmadi. Maşinaga ötirganimda közimga fariştaday köringan bu kimsa, nazarimda ayançli qiyofaga kirgan edi. Badanimni sovuq ter bosib, közim tindi. Bor kuçimni yiğib, «töxtating!» deya oldim xolos. U menga qarab, vajohatimdan qörqdi çamasi, ğiyqillatib tormoz bosdi. Odat tusiga kirib qolgan bir çaqqonlik bilan eşikni oçdi. Men arang taşqariga çiqdim. U bir oz toqatsizlanib turdi-da, yalinçoq bir ohangda, «Meni uzating, ukajon», dedi. Uning bu sözidan xuşyor tortib, çöntagimdan qölga ilinganini oldim-da, başarasiga qaramay çözdim. Maşina uzoqlaşib, ovozi öçgandan söng, öpkamni töldirib yengil nafas oldim.
Idoraga kelib, boşliq oldiga kirsam, boyagi kişi ikkala qölini köksiga qöyganiça bukçayib turibdi. Gap men haqimda ketayotgan ekan çamasi, «Ana, özlari ham keldilar», dedi boşliq men bilan körişişga peşvoz çiqarkan. U yalt etib qaradi-da, meni körib rangi quv öçdi.
— Tanişing, — gapida davom etdi boşliq, — akaxoningiz şu kundan eʼtiboran özimizga zavxoz bölib keldilar.
— Akaxonimiz bilan tanişmiz, — dedim noçor iljayib. Lekin boşliq buni sezmadi çamasi, haligi kişiga murojaat qildi:
— Siz böşsiz.
U xuddi şu işorani kutib turganday, orqasi bilan yurib çiqib ketdi.
Bir ozdan keyin hovliga çiqsam, yangi zavxozimiz oyoği kuygan tovuqday betoqat bölib, u yoqdan-bu yoqqa borib-kelib turgan ekan. Meni körib zipillab yonimga keldi-da, «keçirasiz», deya çöntagimga bir nimani tiqdi.
— Bu nima qiliq, — dedim beixtiyor öşqirib.
U miq etmay nari ketdi. Olib qarasam, boya özim bergan çoyçaqa ekan.
Muhammad PIRRIYEV
“Yoşlik” 1982/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


