11 daqiqada öqiladi

652 marta körilgan

Orzuga töla qişloq

Sobir Önar

Kunsuluvning sirli xatlari

Öşa voqeani Jamşid unutgani yöq…

Taniga yara toşgaç, onasi kasalxonada olib yotgan. Öşanda u çiroyli bir qiz bilan tanişgan, qizning ismi Gulçehra edi. Onasi, bu qiz otangning jiyani böladi degan. Qizning yuzlari oppoq, öziyam oydekkina edi. Ovozi biram şirin, özi biram mehribon ediki, Jamşid bilan tezda el bölib ketişdi. Otamning jiyani bölsa, amma deyişim kerak, deb öyladi bola va uni şunday deb çaqirdi. Şunda qiz: «Voy, Jamşidbek-yey, darrov bizni amma qilib oldingizmi?», deya opiçlab oldi.

U ammasining böyinidagi şoda-şoda munçoqlarni öynaşni yaxşi körar, hadeb şularni tortqilayverardi. Gulçehra xoniş qilsa, Halima Nosirovanikiga ovozi juda öxşab ketardi. Şunda Jamşidning onasi: «Qurmağur-yey», deya kulib qöyardi. Öşa qiz bir kuni dabdurustdan Jamşidning onasiga: «Yanga, meni katta öğlingizga olib bermaysizmi?» dedi. Söng uning boşini silab: «Meni yanga qilasanmi, a?» deya erkaladi. Esida, u oq köylakli «opoqiplardan qörqardi, şundanmi, onasidan ajralgisi kelmasdi. Keyin öşa qizga örganib qoldi, nazarida, u kötarib yursa özini quşdek yengil sezardi. Bora-bora unga şu qadar boğlanib qoldiki, körmasa turolmasdi.

Soğayib çiqişiga beş kun qolganida ammasini opqoçib ketişdi; qandaydir beyaraşiq, tovuşlari ham yoqimsiz qizlar… «Oydan ham gözalsan, kundan ham… Guli» dedi ulardan biri. Gulçehra suzilib jilmaydi, keyin ikki örim soçini orqasiga taşlab: «Içing kuyayaptimi?» dedi. Yonidagi qizlardan biri uni çimçiladi, bari birvarakayiga qiqirlab kulişdi va bir-birini turtkilaşib kasalxona hovlisiga çiqişdi. Va… Gulçehrani dast kötarib opqoça boşlaşdi. Boyoqişning döppisi uçib tuşdi, u: «Qöyinglar», deya yolvordi. Şunda Jamşid yiğlab yuboray dedi…

Bu voqeani u unutgani yöq. Bir kun kelib öşa qizni yana uçratganday böldi. Biroq buning nomi bölakça — Kunsuluv. Tağin uni «amma» deb emas, «yanga» deb çaqiradi. Eng çatoği — yangasi uning ismini aytib çaqirolmaydi. Nima emiş — «Huştakçi» emiş. Yangasi şunday deb çaqirsa özini u ulğayib qolgandek his qiladi va qöllarini muşt qilib ikki barmoğini oğziga tiqadi-da, bulbulça bölib bir sayraydiki, asti qöyavering! Yangasining qoyil qolgani közlaridan bilinib turadi. Keyin: «Yana bitta çalib bering», deb qistaydi.

Ular bu hovliga erta köklamda köçib kelişgan, yer oftobda toblanib, undan par kötarilib turgan paytlar edi. Hovli xarobaga aylanib qolgan ekan. Uy katta amakisidan qolgan (ular ikki yil burun çölga köçib ketişgandi) va qişloq bolalari uçun ermak bölgan, derazalar sindirilgan, hamma yoqqa quşlar uya qurib taşlagan edi.

Xolnazar amakisi molxonaga dovur tozalab, suvadi. Keyin…

Xolnazar amakisi — podaçi. Qaçon u mollarni oldiga solib qir oşib ketişini Jamşid bilmaydi, körmagan. Qaçon u uyqusidan tursa yangasi non yopayotgan yoki kir yuvayotgan böladi. Şunda Jamşid paqirni oladiyu suv taşiy boşlaydi.

— Yaxşi bolasiz-da, Huştakçi, — deydi yangasi.

— Yanga, meni Jamşid deyavering! — deydi u erkalanib.

— Uyat böladi-da, Huştakçi.

— Men heç kimga aytmayman.

— Aytmasangiz ham uyat. Özi, jiyanimning ismiyam siznikiga öxşaş-u…

— Jamşidmi?

— Ha, Jam…

— Va-a! Ana, otimni aytdingiz! Endi oyimga aytaman sizni…

Yangasi rostdan ham çöçiydi. Taomil şunaqa, qaynukaning ham nomini tutmaslik kerak. U bölsa…

— Sizning emas, akamning öğlini aytdim-da, Huştakçi.

U yangasi bilan hazillaşişni yoqtiradi.

— Jamşid dedingiz-ku, axir. Oyimga şuni aytamanda.

Yangasi «şörlik» toza tavbasiga tayangaç, u: «Böpti, aytmayman», deydi va özi piq-piq kuladi. Baribir aytmaydiyu, yangasi bunça qörqmasa?!

Goho u çöntagini pistaga töldirib, yangasining oldiga boradi va gerdaygança «çirs-çirs» çaqadi. Bu — maqtangani. Yangasi ham yalinib ötiradiganlardan emas, payt poylab bir uzaladiyu bor pistasini tortib oladi. Keyin ikkalasi yayraşib kulişadi.

Amakisi hozir yam-yaşil maysaga burkangan anavi qirlar ortida mol boqib yuribdi. Jamşid uning oldiga — yaylovga borganida rosa zerikkan. «Ketaman» deb qistalang qilgan, öşanda amakisidan dakki eşitib tinçigan. Söng bir köza ayronni kötarib Xolmurod jörasi ikkovi yana borişgan. Şundagina amakisining yonida darrov zerikişini payqagan. Amakisi unça- munçaga çurq etmaydi, kamgap. Lekin yangasi… Töğri, goho u ham heç kim bilan gaplaşmaydi, kun misday qizib ketganiga qaramay römolini iyagidan öragança piçan öradi, ğaramlaydi, poda qaytar mahali peşonasidagi reza-reza terlarni sidiradiyu şoşa-pişa kelib qozon-tovoqqa unnaydi. Mehri iysa Jamşidga albomini berib qöyadi — tomoşa qiliş uçun yoki unga bitilgan şeʼrlarni ovoz çiqarib öqib beradi. Jamşid harflarni tanimaydi, unga rasm tomoşa qiliş bölsa… Yangasining qizaloqlik çoğidagi, söng oktyabryatlik nişonini taqib tuşgan suratlari qiziqda. U yangasining ham öziga öxşagan bola bölganligini sira aqliga siğdira olmaydi.

Yangasi goho bir nimalarni daftarga yozadi, Jamşid: «Bu — nima?» deb sörasa, «xat» deydi. Heç oxiri körinmaydigan bu «xat»ga Jamşid juda qiziqadi, ğalati-da, u konvertga solib jönatilmaydi, bari daftarda qolib ketadi. Yangasi navbatdagi xatni bitib bölgaç:

— Huştakçi bola, — deydi, — bitta qöşiq ayting!

Jamşid yöq degan maʼnoda tanglayini takillatadi.

— Siz faqat huştak çalişni bilasiz.

— Hm.

— Heç bölmasa, bir huştak çalib bering.

U köksini havoga töldirib şunday bir kuyni çaldiki, hatto yangasi ham sel bölib ketdi.

Quyoş çaraqlab turgan bölsa-da, toğlarga tiralib turgan bulutlar çaqmoq çaqdi — momaqaldiroq gumbirladi. Bir yonda yomğir, momaqaldiroq, bir yonda çaroğon quyoş va osmonning tiniq bir parçasi… Bu hol köpga çözilmadi. Qora bulut hammayoqni tösib qöydi. Jala quydi, öziyam biror soat rosa zabtiga oldi. Kunsuluv eridan xavotirlanib bir eşikka çiqdi, bir içkariga kirdi, plaşç ilib qöyilgan qoziqqa ming bora qaradi-yov. Agar podani taşlab kelsa mollar tarqab ketadi. Kelolmaydi. Özi olib borsamikan? Ayol boşi bilan-a. Harholda, eriga ham yoqmas. Kim bilsin — u yaylovning qayerida. Şu xayollar bilan u tumboçka ustidagi radiopriyomnikni oldi-da, murvatini buradi. Şovqindan bölak sado eşitilmadi. Ğaş kelib, radioning unini öçirdi-da, yana eşikka çiqdi Osmon öyilib, bir daryo suv quyilayotganday edi Ziqlandi. Özi şunday: osmonda bulut kezinsa yurag» qisiladi. Xuddi bir kulfat yopirilib kelayotganday U yomğir tinişini uzoq kutdi. Deraza oldida turganç momaqaldiroq sadolarini betoqat eşitdi. Nihoyat, yomğir şovuri tindi va töda-töda bulutlar bir-birini itarib janub sari siljiy boşladi. Ular nimtalanganida ora-sira oq yoğdular taralardi. Quyoş körinii berdi. Zaminning ikki qutbini tutaştirib kamala» yoyi namoyon böldi. Kunsuluv ançadan beri bunda (manzarani körmagan edi. Nazarida, kamalaknnng bir uçi eri mol boqib yurgan yaylovga tuşgandek. Kamalakni u jonli narsa kabi tasavvur qilar, qizaloqlik kezlari uning bir uçiga tirmaşib osmonga çiqiş mumkinday tuyulardi. Ehtimol, hozir Huştakçi ham şunday öylar.

U oğilxonaga tutaş bostirmaga bordi. Dağallaşib qolgan qölqopni kiydi-da, tappi qilişga unnadi. Keyin molxonani obdan tozaladi. Oldiga qöyilgan somonga ertalabdan buyon tumşuğini tekkizmagan buzoqning arqonini yeçib, qöyib yubordi. Yayragisi kelib turgan şekilli, buzoq tuyoqlaridan loy saçratgança şataloq otib ketdi. Kunsuluv unga piça mehr bilan qarab turdi-da, kelib öçoqdagi qozonning qopqoğini oldi va unga ikki çelak suv quydi. Öçoqqa ötin qalab gugurt çaqdi. Nam tortib qolgan ötin tutab yona boşladi. U içkaridan kirlarni olib çiqdi-da, ayvonning bir burçagiga qöydi, özi quduqdan yana ikki çelak suv tortdi. Huştakçi boladan haliyam darak yöqligi könglini alağda qildi…

Jamşid maktabdan kelgaç, yangasi uni erkaladi. Şunda bola öşa — sirli maktublar haqida söradi. Kunsuluv unga ğalati qarab turdi-da, keyin daftarini uzatdi. U hijjalab öqigani uçun ham heç vaqoni tuşunmadi. Axiyri, maktublarni yangasining özi öqib berdi. Negadir…

Daftarning muqovasi qalin va qattiq, har bir sahifadagi yozuvdan söng haşamdor harflar bitilgan. Bir xil joylariga hatto rasmlar ham qöyilgan edi.

«Qoşlari qop-qora ekan… Nahot, umr böyi izlaganim şu bölsa…»

Bola hayron böldi. Yangasi ilgari heç bunaqa qilmagan. Juda yorilgisi kelsa şeʼr öqigan yoki suratlarini körsatgan, dugonalari bilan sirtdan taniştirgan. Bugun negadir…

«Ming qatla şukr, Xolnazarim, menikisan, men ham senikiman! Ölsak öligimiz ortiq ulardan…»

Bola piqillab kulib yubordi. Yangasi birdan jiddiy tortdi va unga çimirilib qaradi, bari bir, u kulgisini tiya olmadi.

— Nima, debman? Sizni aldadim, Huştakçi bola. Yana aytib yurmang birovga.

Toshib kelayotgan kulgining zörligidan u qizarib ketdi. Ğalati-ya, bu — yangasi, unaqa deyişi uyat-ku, axir!

— Amakimga, yangam sizni sevaymiş, deyman, va-ha- ha!..

— Sizning oyingiz ham otangizni sevadi. Har narsani gapiravermang-da.

Bola nihoyat özini qölga oldi, bir oz jim ötirgaç, yangasining xijolatli boqib turgan közlariga qarab:

— Amakim sizni qöymoqçimi? — deb söradi.

— Voy, kim aytdi sizga bunday deb?

— Katta otam kelib şunday dedi. Otam ham, oyim ham eşitdi. Keyin u yaylovga — amakimning oldiga ketdi.

— Bekor gap — dedi yangasi. — Bekor!..

Bola uning holatidan önğaysizlanib qoldi. Xafa qilib qöyganiga izza böldi.

— Yanga, siz bor-ku, siz… Hasan-Husanni quçoqlang.

— Qaysi Hasan-Husanni?

— Osmondagi-da.

— Kamalaknimi? Nega unday deysiz?

— Şunda egiz tuğasiz. Şarofat xolayam bir marta uni quçoqlab egiz tuqqan. Siz ham bir köring-da.

Bir mahal bola özini yangasining quçoğida kördi.

— Aylanib ketay sizdan. Şunga yetgan aqliigizdan örgilay!

— Qöying, nima, men çaqaloqmidim? — dedi bola özini katta olib.

— Beöysiz-da, Xuştakçi bola. Qaniydi hammayam sizday pokköngil bölsa…

U yangasining şirin gapidan iyib, öziça ğururlandi. Göyo qimmatli narsasini sovğa qilganday avvalgidan ham yaxşi köra boşladi. Bu juda ğalati tuyğu edi.

Yangasining özigina emas, daftar va albomi, ulardagi yozuvlargaça sirli va aziz tuyular edi. Ularni jonidan ortiq körardi. Şodi qassobning töyida yangasini u bir barzangi yigitdan hatto himoya qildi. Notaniş bu yigit mast edi, hadeb Kunsuluvga tegişaverdi. Öyinga tortdi. Kunsuluv uni jerkib taşlab, özini xotin-qizlarning orasiga urdi. Biroq yigit yana tirğaldi, göyo Kunsuluvning uyalayotganini sezmaganday.

— Çeça, endi odamni uyaltirmang-da, — dedi u yalingannamo.

— Öyinni bilmayman! — dedi Kunsuluv.

— Çeça!

Şunda Jamşidning jahli çiqdi, yangasini qizğanib borib uning pinjiga suquldi-da, öynamaysiz, dedi.

— Anavini qarang, Huştakçi bola, — dedi yangasi. — özingiz bir urişmasangiz!..

— Yangam öynamaydi! — dedi Jamşid uning yonini olib, keyin yigitga muştini dölaytirdi.

— E-e, buning himoyaçisi bor ekan-ku! — deya kuldi yigit. — Bilmapmiz. Qörqdik, qörqdik! Lekin yanga degan bizga öxşagan qaynilarini siylaşi ham mumkin…

Jamşid nima deyarini bilmadi. Tuşunmadi. Yigit bu gapni «Qizim senga aytaman, kelinim sen eşit» qabilida aytgan edi. Yangasining aççiği çiqib: «Ha, tilingga kuydirgi çiqsin!» dedi. Yigit qarğişni eşitmagan kabi burilib ketdi. Faqat töydan qaytişayotganlarida öşa yigit yana ularning yölini tösdi.

— Kunsuluv, meni yer bilan bitta qilmoqçi bölding-a? — dedi u. — Biz ham qarab turadiganlardan emas. Körding: sendan suluvroqlar bilan öynadim! Yangasi indamadi.

Gapir, hoy, — dedi yigit — nima, mum tişlaganmisan? Şunçasiga çidadim…

— Qoç yölimdan! — dedi yangasi.

— Haliyam bölsa uylanaman! Boşimda kötarib yuraman, Kunsuluv!

— Qoç!

— Öşa podaçi tillo qasr qurib berdimi senga?

— Yaxşilikça ket.

— Tappi hidiga töyi-ib yuribsan…

— Işing bölmasin, yölingdan qolma!

— Baxtiqaro! Qarğaganman, senga qarğiş tekkan!

— Yöqol deyapman!

— Haliyam ketaman, pişirib yeydigan odatim yöq.

Lekin seni öşa podaçiga teng bölganing alam qiladi menga.

— Sen uning tirnoğiga ham arzimaysan!

— N-nima?!

— Daf böl!

Yigit titrab ketdi. Yangasini urguday vajohatda. Jamşid uni çapaniçasiga söka boşladi, uray desa kuçi yetmaydi, alamidan yiğladi. Yigit bunga eʼtibor ham bermadi.

— Xöp, xöp. Bir oğiz sözing. Lekin şuni bilib qöy: hali bu podaçi ham seni qon qaqşatadi. Tuğmasak deb itday haydaydi. Şunda… Şunda boş urib özing borasan, lekin…

Yangasi yiğladi, qon bölib yiğladi, ança yöl yurişgaç:

— Yanga, kim özi u? — deb söradi Jamşid.

— Temir çiltangning öğli.

— Sizni yomon köradimi?

— Yöq. Yaxşi köradi.

Bola tuşunmadi.

— Siz-çi?

— Undan öç olişim kerak, — dedi yangasi hiqillab.

— Kattarsam, özim boplayman uni, yanga! — dedi Jamşid yuragi tölib.

Emişki, otasi borib Xolnazarga: «Baxting boğlanib yuraverasanmi, boşqa soçi uzun yöqmi?» deganmiş. Xolnazar esa unsizgina yiğlagan emiş. yiğlayverib özini, butun olamni unutib qöygan emiş.

Öşa kuni yaylovdan ham keç qaytgan emiş… Jamşid buni keçqurun oyisining oğzidan eşitdi. «Umrlari xazon bölayotir, — deya qöşimça qildi oyisi ham. — Akamning kuyib-pişganiça bor-da, axir. Bölak turmuş qurişsa önglanib ketişarmidi. Kunsuluv ham çöp bölib yurmasdi…»

«Tirnoqqa zor odam mehrga ham zor bölişi kerak ekan-da, Xolnazar!..»

«Kimni ayblay, Kunsuluv?»

«Oqköngilsiz. Yana ayriliq vaqti yetganida köngli böşlik qilyapsiz. Otangiz ham ketdi. Urişib ajraşsak, bunday oğir bölmasdi».

«Kunsuluv, men aybdorman-ku…»

«Unday demang! Doim şunday deysiz… Işga keçikmang yana. Yomğir yoğarmiş, radiol aytdi… Men sizga körinmay ketaman».

«Ketar çoğingda bunça mehribon bölma, Kunsuluv».

«…Siz ketavering, ana quyoş çiqyapti. Men akamning öğlini kutaman. Keyin… Ha, aytgança, qalinroq kiyining. Yomğirda ivib, voy, buyragim, deb qolmang yana. Buyragim deb…»

«Xayr, mening borliğim, Xolnazarim! Xayr, Huştakçi bola! Hali siz maktabdan qaytib kelasiz, mana şu xatni öqiysiz. Ha-ya, endi ismingizni aytsam ham bölaveradi. Xayr, Jamşidjon!.. Mening borim — Xolnazar edi, sevgan yorim Xolnazar edi. Usiz körgan kunim — kunmi?

Siz menga Hasan-Husanni quçing degan edingiz. Hasan-Husanni qayerdan topay, Jamşidjon?!»

Kunsuluv yomğirni pisand qilmay qir oşib borar edi. Römolining tagidan çiqib turgan soçlariga şabnam qönganday. Yomğir höl yonoqlaridan sirğalib iyagiga tuşadi. Oyoqlari loyda toyib-toyib ketadi. Bir payt bulutlar ortidan alangalanib quyoş çiqdi. Yemğir yoğyapti, ham quyoş! U tuyqusdan qarşisidagi kamalakni körib töxtab qoldi. Xuddi oldida tösiq paydo bölganday. Balandligi quyoşgaça çözilib ketgan. Bir uçi yaylovga tuşgan, ikkinçisi orqada qolgan, ehtimol, Jamşid öqiyotgan maktabning oppoq binosiga tutaşgandir. Bepoyon daşt öz körkini namoyiş etar, Kunsuluv bu öngimi yo tuşimi, bilmas edi. Biroq kamalakning narigi uçida Jamşidning borligiga işonar, bu uçiga qarasa… göyo endi köz oçgan çaqaloq ingalayotganday tuyulardi. Yöq, ular bitta emas, ikkita edi — Hasan-Husan edi…

— Plaşçni opkeldingmi, Suluv? Qara, seni körib, havoyam oçilib ketdi — mening könglimday…

Kunsuluvning yoş töla közlari çaqnar, nazarida Xolnazar Xolnazar emas, göyo bir rangga aylanib kamalak bağriga singib borayotganday edi…

“Yoşlik”1986/8

Sobir Önar

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)