Vaqtdan yutgan hamma narsada yutadi

0
18
marta ko‘rilgan.

Jan Batist Molyer hikmatlaridan

 

Ishq domiga tushgan odam qoyaday mustahkam bo‘lishi zarur.

Nimanidir o‘rganganingni bilish naqadar yoqimli!

 

*

Ayblamoqchi bo‘lgan odamning shoshilishga haqqi yo‘q.

 

*

Biz nafaqat qilgan ishimizga, balki qilmagan ishimizga ham javobgarmiz.

 

*

G‘iybatga qarshi dorini butun dunyoni aylanib chiqib ham topib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yo‘l – vijdonan yashash va mayda gap-so‘zlarni nazarga ilmaslik.

 

*

Ahmoqona hayot ahmoqona o‘limga olib boradi.

 

*

Vaqtdan yutgan hamma narsada yutadi.

 

*

Mulohaza ko‘zingni ochadi, ehtiros ko‘r qiladi.

 

*

Muhabbat ko‘pincha nikohning natijasidir.

 

*

Hasadchilar o‘ladi, hasad esa – yo‘q.

*

Ish so‘z bilan oldinga siljimaydi. Gapirish emas, harakat qilish kerak. Muammolarni so‘zdan ko‘ra amallar yaxshiroq hal etadi.

 

*

  Eng chidab bo‘lmaydigan narsa – ahmoqning olimligi.

 

*

Urfga kirgan nuqsonlar fazilat deb qabul qilina boshlaydi.

 

*

Shunday odamlar bor: birinchi ko‘rganingdayoq senda qiziqish va hurmat uyg‘otadi.

 

*

Odamlar eng begunoh ishni ham jinoyatga aylantirishi mumkin.

 

*

So‘zning yarmi aytuvchiga, yarmi tinglovchiga tegishli.

 

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.