12 daqiqada öqiladi

7 358 marta körilgan

Oybek dahosi

«Hayot maşʼalidir haqiqat...»

Yozuvçi Odil Yoqubov — tanqidçi Umarali Normatov suhbati

TANQIDÇI. Oktyabr inqilobidan keyingi yillar özbek madaniyati, adabiyoti va sanati uçun öziga xos uyğoniş davri böldi. Bu yillarda xuddi qadim Renessans vaqtida bölgani kabi qomusiy bilim, universal istedod, köp qirrali ijod soqiblari yetişib çiqdi. Şulardan biri — Oybek. Adibning ön töqqiz tomlik «Mukammal asarlar töplamiini közdan keçirganda uning iqtidoriga, isteʼdod kölamiga, işçanligiga qoyil qolasan kişi. U ajoyib lirik şoir, qator epik poemalar, dramatik dostonlar muallifi; ayni paytda badiiy proza masteri, ötkir publitsist, hikoya, qissa, xususan, barkamol romanlar avtori; şu bilan barobar, bolalar adabiyotining yetuk namoyandasi, ulkan adabiyotşunos olim, tanqidçi, tarixçi, mohir tarjimon…

YOZUVÇI. Gap faqat Oybek isteʼdodining serqirra ekanida, uning har xil adabiy tur, janrlarda qalam tebratganidagina emas. U har bir soha, adabiy tur va janrda aksari yuksak çöqqiga kötarila olgan.

TANQIDÇI. Darhaqiqat, u şeʼriyatda ham, nasrda ham, adabiyot ilmida ham, tarjimada ham yetuk alloma! Oybek lirikasi hali adabiyotşunoslikda töla kaşf etilgan emas. Bu soha — ulkan bir xazina. Bizda tom maʼnodagi realistik intellektual poeziya Oybekdan boşlangan. Uning lirikasi sirtdan tinç, bosiq-vazmin, ammo unda fikrlar, tuyğular gupurib, qulf urib yotadi. Oybek lirikasini töla tuşuniş, uning bağridagi fikr, his-hayajonni çuqur uqib yetiş uçun muayyan maʼnoda avtorning darajasiga kötariliş kerak. Birgina «Naʼmatak» şerini eslaylik. Bu asar, adabiyotşunoslikda taʼkidlanganidek, söz sehri bilan qad kötargan gözallikning tengsiz obidasidir… Qiziq, keyingi yillarda Oybekning poetik tajribasiga qiziqiş ğoyat kuçaydi. Hozirgi yoşpar şeʼriyatida, yangiça poetik muşohadaga moyil qalamkaşlarning izlanişlarida Oybek lirikasiga borib tutaşadigan jihatlar köp… Şoir dostonlari-çi! «Uç», «Davrim jarohati» badiiy barkamollik tomonidan bu janrning har qanday nodir namunalari bilan bellaşa oladi. Men aminmanki, Oybek ijodiy merosi faqat lirika va poemalardan iborat bölganida ham u adabiyotimizning klassigi bölib qolaverar edi.

Oybek tarjimalari, xususan, «Yevgeniy Onegin» tarjimasi adabiyotimizda ulkan voqea bölgan. Uning adabiyotşunoslik, tanqidçilik sohasidagi faoliyati, Navoiy hayoti va ijodiga oid tadqiqotlari bir yetuk tanqidçi, adabiyotşunos umr böyi erişişi, ulgurişi qiyin, köplar uçun orzu bölgan çöqqidir. U örta maktab va oliy öquv yurtlari uçun adabiyotdan bir qator darslik va xrestomatiyalar ham yaratgan… Ammo bular göyo yöl- yölakay amalga oşirilgan işlar. Oybek avvalo prozaik, romannavis sifatida özbek adabiyotini bir qadam olğa siljitgan sanʼatkor. Qisqasi, Abdulla Qahhor aytganiday, Oybekning qirq yillik ijodiy faoliyati tört yuz yilga teng keladigan faoliyatdir.

YOZUVÇI. Çamasi, ijtimoiy-maʼnaviy taraqqiyot, adabiyot va sanʼat rivojinnng keskin buriliş, dadil kötariliş pallalarida köpinça ana şunday köp qirrali isteʼdod sohiblari yetişib çiqadi. Siz aytgan xususiyatlari bilan Oybek rus adabiyoti klassiklariga, xususan, yangi davr realistiq rus adabiyotining asosçisi A. S. Puşkinga öxşab ketadi. Axir, biz Puşkin deganda faqat dilbar lirik şeʼrlar, «Mis çavandoz», «Boqçasaroy fontani», «Ruslan va Lyudmila» kabi ölmas poemalar, tengsiz şeʼriy roman — «Yevgeniy Onegin» avtorinigina emas, «Boris Godunov»dek yetuk tragediya, «Dubrovskiy», «Kapitan qizi» singari ajoyib povestlar, Pugaçyov qözğoloni tarixiga bağişlangan xuddi bugungi hujjatli proza namunalariga öxşab ketadigan asarlar va özi asos solgan «Literaturnaya gazeta»da eʼlon etilgan öz davri adabiyoti rivojining aktual masalalariga bağişlangan köplab teran adabiy-tanqidiy maqolalar muallifini ham tuşunamiz. Bilasiz, Oybekning Puşkinga ixlosi nihoyatda baland bölgan, Puşkinning ijodiy jasorati, u yaratgan asarlarning realistik qudrati, mahorat, sanʼat sirlari hamişa uni öziga maftun etgan. Oybek ham ustoz izidan borib, ham şeʼriyatda, ham nasrda, ham tarjima va adabiyotşunoslikda birdek mahorat bilan ajoyib asarlar yaratganki, bu hol bizni qoyil qoldiradi.

TANQIDÇI. Oybekning serqirra ijtimoiy faoliyati, inson, grajdan, taşkilotçi-rahbar, jamoat arbobi sifatidagi xislatlari ham ğoyat ibratli. Yozuvçilar soyuzining rahbari, Fanlar akademiyasining akademigi, noşir sifatida qilgan işlari, fan zahmatkaşlari, ijodkorlarga körsatgan himmat-saxovatlarini aytmaysizmi…

YOZUVÇI. Adabiyot tarixidan maʼlumki, har bir ulkan isteʼdod egasi ayni paytda ulkan şaxs ham bölgan, uniig qalbida zamonasining jamiki quvonçu taşvişlari, orzu umidlari, dardu iztiroblari jo bölgai. Öz davrining, xalqining jonkuyar farzandi, çin maʼnodagi grajdani bölmagan ijodkor heç qaçon ulkan adib böla olmaydi. Ulkan isteʼdodlarning hammasi faqat öz ijodi, tor professional Maşğulotlari doirasida öralaşib qolmay, hamişa katta ijtimoiy hayot qozonida qaynaganlar. Isteʼdodning kölami qançalik katta bölsa, uning ijtimoiy manfaat doirasi ham şunçalik keng böladi. Adabiyotimiz tarixida Navoiy, Boburga tenglaşa oladigan isteʼdodlar yöq, hisob. Zotan heç qaysi adib ötmişda ijtimoiy hayot qozonida ularçalik qaynagan emas. Töğri, ijodda talant birlamçi, ammo katta ijtimoiy manfaat va faoliyat ulkan talant uçun keng ufqlar oçadi. Meni, aynnqsa, Oybekning Uluğ Vatan uruşi yillaridagi serqirra, ğoyat mahsuldor faoliyati hayratga soladi. Öz tajribamdan bilaman, bir yirik romanni yozib bitiriş uçun tört-beş yil vaqt ketadi. Qarang, Oybek salkam tört yillik uruş davrida, nihoyatda oğir bir şaroitda «Navoiy» romanini bitirdi. «Mahmud Torobiy» dramatik dostonini yaratdi, «Kuyoş qoraymas» romanini yoza boşladi, önlab jangovar lirik şeʼrlar, publitsistik maqolalar yozdi, Vatan uruşi frontlarida, jangçilar orasida bölib otaşin sözlari bilan ularni jasoratga çorladi, front xotiralarini qoğozga tuşirdi, Fanlar akademiyasining akademigi sifatida qizgin ilmiy işlar olib bordi… Oybekning sönggi ön yildan ortiqroq hayoti, faoliyati ham mislsiz jasorat namunasi! Bu tabarruk zot şu yillar davomida oğir xasta qolida «Quyoş qoraymas» romanini yozib tugatdi, «Uluğ yöl», «Bolalik» asarlarini yaratdi, yana önlab lirik şeʼrlar, poemalar, adabiy-tanqidiy maqolalar bitdi, sönggi nafasigaça yangi ijodiy rejalar bilan yaşadi, işladi…

TANQIDÇI. Oybekni yaqindan bilganlar uni odamlarga, hamkasb döstlariga niqoyatda mehribon, öta köngilçan, saxiy qalb egasi sifatida taʼriflaydilar. Bu xislat uning ijodiy faoliyatida, asarlarida ham körinadi. Uning şeʼr, doston, roman va maqolalarida buyuk qalb saxovati şundoqqina sezilib turadi. Ayni paytda bu mehribon zotda şer hamlasi ham bor, unda qabohatlarga nafrat, qahr-ğazab tuyğusi ham juda kuçli, u adolatsizliklarga qarşi mardona jangga kirgan olim. Bu jihatdan uning birgina «Tanqid sohasida ur-yiqitçilikka qarşi öt oçaylik» degan maqolasini eslaş kifoya. Maqolada qalamkaş dösti H.Olimjonni asossiz tanqidlardan qattiq turib himoya qiladi, vulgar sotsiologizm konsepsiyasiga qaqşatqiç zarba beradi.

YOZUVÇI. Haqiqiy grajdan adib tevarak-atrofda, jumladan, öz sohasi — adabiyot olamida yuz bergan adolatsizlikni körganda jim turolmaydi, vijdoni bunga yöl qöymaydi. Oybek uçun ham bu xislat begona emas.

TANQIDÇI. Oybek prozasining, barkamol şoh asarlari — «Qutluğ qon» bilan «Navoiy»ning adabiyotimizda tutgan örni qanday! Bu asarlar özbek adabiyotiga qanaqa yangiliklar olib kirdi!

YOZUVÇI. «Qutluğ qon» va «Navoiy» romanlarining adabiyotimizda tutgan örnini belgilaş borasida muayyan işlar qilingan. Yaxşisi, men bu yerda har ikki asarning özimga körsatgan taʼsiri haqida gapira qolay. Men «Qutluğ qon»ni ön olti yoşimda, şu yoşdagi hozirgi öspirinlar mendan kulmasinlar, özimni yöqotar holga tuşib, goh quvonçdan tanamga siğmay, goh alam-iztiroblar nçida özimni qöyarga joy topolmay, goh yiğidan özimni tutolmay qattiq his-hayajon içida öqib çiqqanman. Asar mening murğak qalbimni şunçalar larzaga solganki, uning taʼsirini hanuz unutolmayman. Romandagi jamiki katta-kiçik personajlar xuddi tirik odamlardek şundoqqina yonimda turardi, men ularning, aniqroği, asardagi yaxşi odamlarning dardu taşvişlariii xuddi özimga yaqin kişilarning taşvişlari kabi qabul qilgan edim. Asar bilan ilk tanişuvda xotirda qolgan çehralar hamon xayolimda, könglimda…

«Kutluğ qon» romani allaqaçon darslik va xrestomatiyalardan joy olgan, bir neça ön yillar davomida xalqimizning bir neça avlodi şu romanni öqib tarbiya oldi. Eqtimol, ularning köpi roman bilan tanişganda mening qolimga tuşgandirlar… Demak, asar butun xalqning hayotiga, ongiga singib ketgan. Tabiiyki, bunday asar adabiyot rivojidagina emas, xalqning maʼnaviy hayotida butun bir davrni taşkil etadi. «Navoiy» romani bilan tanişuvim boşqaçaroq, bu haqda keyinroq gapirarman.

TANQIDÇI. Darhaqiqat, «Qutluğ qon», şuningdek, «Navoiy» romanlari «Ötgan kunlar» va «Sarob»dan keyin özbek prozasi rivojida yangi bosqiçni taşkil etadi. Nazarimda, «Ötgan kunlar», «Sarob», «Qutluğ qon», «Navoiy» yaxlit holda özbek romançiligiga zamin bölgan, keyingi taraqqiyotini, yetakçi tendensiyalarini belgilab bergan asarlardir. Sönggi qirq-ellik yil davomida özbek romançiligi asosan şu tört asar ğoyaviy-poetik arsenali doirasida rivojlanib keldi. Bu haqda ham keyinroq töxtalamiz. Bu yerda meni hammadan köproq Oybekning şoh asarlari «Qutluğ qon» bilan «Navoiynning tuğilişidagi adib könglida keçgan maʼnaviy-ruhiy, ijodiy, psixologik holat qiziqtiradi. Bu ikki asar ketma-ket va juda qisqa muddat içida yozilgan bölsa-da, adib har ikki romanga yondoş holda uzoq vaqt maʼnaviy jiqatdan tayyorgarlik körgan. Çunonçi, Oktyabr inqilobi arafasidagi hayot, zulmga qarşi isyon, oddiy xalq ongidagi özgariş, uyğoniş, inqilobiy ruh haqida bitilgan talay şeʼrlar, dostonlar, 1928-yildan Navoiy hayoti va ijodini örganişga kirişiş, 30-yillar örtalarida yozila boşlagan ilmiy tadqiqotlar, Navoiy siymosini gavdalantiruvçi doston va şeʼrlar… Ulkan realistlar poetik tajribasini örganiş, «Yevgeniy Onegin» tarjimasi, Abdulla Qodiriy haqidagi tadqiqot, bularniig ustiga, siyosiy iqtisod fani bilan bevosita şuğullaniş, marksça-leiinça adabiy tanqidiy tafakkur bilan qurollaniş — barçasi bölğuvsi ulkan adabiy kaşfiyot uçun maʼnaviy tayyorgarlik, muayyan repetitsiyadan dalolat beradi.

Ana şu tayyorgarlik jarayonidagi bir moment ayniqsa diqqatga sazovor. Şubha yöqki, «Qutluğ qon», «Navoiy» romanlari böş joyda emas, birinçi galda, milliy adabiy anʼanalarimiz, özbek realistik nasrining ilk tajribalari, avvalo, Abdulla Qodiriy romanlari, ulkan adib realizmi saboqlari zaminida maydonga keldi. Adabiyotşunoslikda köpinça adabiy vorislik, anʼanalar biryoqlama, silliq, oson köçadigan hodisa tarzida talqin etiladi. Aslida ulkan sanʼatkorlarda ustozlardan ijodyy örganiş ğoyat murakkab, baʼzan esa keskin bahs-munozara tarzida keçadi. Navoiyning buyuk salaflariga munosabatini eslang. U «Xamsa»ga qöl urar ekan, özidan oldingi xamsanavis ustozlarga çuqur hurmat-ehtiromini saqlagani holda, ular bilan qizğin bahsga kirişadi. Bahs paytida öz «Xamsa»si, uniig yetakçi qahrmonlari haqidagi konsepsiyalarini bayon etadi… Şunday dialektik ijodiy-ruqiy jarayonni Oybekning Qodiriyga munosabatida ham köriş mumkin. Oybekning «Abdulla Qodiriyning ijodiy yöli» tadqiqoti 1936-yili — ayni «Qutluğ qon» va «Navoiy» asariga hozirlik köriş paytida maydonga kelgan. Tadqiqotda Abdulla Qodiriy ijodining, romanlarining bir talay fazilatlari, adib realizmining öziga xos xususiyatlari katta bilimdonlik, nozik did bilan inkişof etilgan. Ayii paytda adib köp örinlarda Qodiriy bilan jiddiy bahs olib boradi. Tadqiqotçining tanqidiy mulohazalariga sinçiklab qarasangiz, ulardan kuzatilgan asosiy maqsad Qodiriy romanlarining kamçiliklarini «oçib taşlaş» emas, köproq adibning öz ijodiy prinsiplari, konsepsiyalarini belgilaşga intilişdan iborat ekanligini sezib turasiz; göyo yozuvçi Qodiriy romanlariga, realizmiga xos bir qator xususiyatlarni tanqid qiliş bilayi özining bölğuvsi romanlariga xos ijodiy prinsiplarini bayon etadi; tadqiqotdagi tarixiy roman, romanda tarixiy şaxslar va tarixiy hodisalar munosabati, sotsial tiplar, sotsial tiplarning şaroit bilan aloqasi, ijtimoiy-sinfiy konfliktlar ifodasi, oddiy mehnatkaş xalq vakillarining asardagi örni, badiiy talqini bilan boğliq qator mulohazalar keyinçalik «Qutluğ qon» va «Navoiy» romanlarida avtorning özi amal qilgan prinsiplar bölib qoldi.

YOZUVÇI. Kuzatiş va mulohazalaringiz töğri. Umuman, ulkan sanʼatkorlar özlaridan oldin ijod etgan yoki özlariga zamondoş adiblarning şakl, uslub, til bobidagi tajribalarini, izlanişlarini heç qaçon töliq qabul qilgan emaslar. Adabiyotdan uzoqroq baʼzi kimsalar uçun Tolstoyning Şekspirga salbiy munosabati, Turgenev asarlarini yoqtirmagani yoxud. Dostoyevskiyni töliq qabul etmagani eriş, ğalati tuyulişi mumkin. Aslida bunda heç qanday ğayritabiiylik yöq. Ulkan adiblar orasidagi bahs-munozaralarga duç kelganda, buni qandaydir bir-birini körolmaslik yoxud hasadgöylik deb bilmaslik lozim. Bu xildagi bahslar, ziddiyatli qaraşlar ulkan sanʼatkorlardagi ijodiy prinsiplarning öziga xosligi tufayli kelib çiqadigan holdir.

TANQIDÇI. Şunisi ham borki, Oybek amaliy faoliyatda, xususan, «Navoiy» asarida Qodiriy romanlari munosabati bilan aytgan baʼzi tanqidiy qaraşlaridan xiyol çekinadi. Masalan, adib «Ötgan kunlar»da Otabek, Yusufbek hoji singari savdogar tabaqa namoyandalari özlarida sotsial kuçning xususiyatlarini atrofliça töla yoritib bermaganini aytadi, ular asarda savdogarlar tabaqasi mohiyatini taşuvçi şaxslar emas, balki öz davri uçun nisbatan progressiv qaraşlarni aks ettiruvçi kişilar ekanligini yetarli hisobga olmaydi. Yozuvçi «Qutluğ qon» romanida ayni şu özi ilgari surgan konsepsiyaga töla rioya qiladi, undagi har bir qahramon, personaj muayyan tabaqa, sotsial kuçning mohiyatini taşuvçi xususiyatlarga ega, ularning har biri bevosita sotsial tip, yo ezuvçi — ekspluatator yoki eziluvçi — meqnatkaş işçi-deqqon sinfi vakili… «Navoiy» romanida esa özgaçaroq manzaraga duç kelamiz. Hayotiy haqiqat, mavzu- material, asarning ğoyaviy-badiiy problematikasi, badiiy niyat xarakteridan kelib çiqqan holda adib qahramonlar tanlaş va ularning talqinnda endi muayyan darajada Qodiriy tajribasiga tayanadi, qahramonlarning ijtimoiy kelib çiqişi, mavqei bilan ularning iroda yönalişi, asarda tutgan örni, kuraş-intilişlari ifodasida, V. Belinskiy aytgan anoxronizm, badiiy niyatga köra tarixiy hodisalarni «özgartirib körsatiş» prinsipidan ham foydalanadi. Çunonçi, Navoiy ijtimoiy mavqei jihatidan katta mulk egasi, saroyda ulkan mansablarni egallagan, boş vazir, bek lavozimlariga kötarilgan odam. Oybek Navoiy haqidagi tadqiqotlarida bu holatni alohida taʼkidlab ötadi, ammo yozuvçi romanda Navoiy hayoti bilan boğliq bu jihatlarni atayin çetlab ötadi. Navoiy obrazida katta mulkdorga, mansabdorga xos sotsial xususiyatlarni oçişga aslo urinmaydi, uni asosan xalqparvar, erkparvar, adolatparvar gumanist alloma sifatida talqin etadi; saroydagi yana ayrim ilğor tarixiy şaxslar ham şu tarzda berilgan. Şu jihatdan qaraganda şaxsan menga «Ötgan kunlar»dagi Yusufbek hoji Navoiy obrazining poetik modeli bölib tuyuladi. Yusufbek hojini qiynagan köp hayotiy jumboqlar, özaro uruşlarga, behuda qon tökişlarga qarşi turiş, mansabdorlarni adolatga, insofga undaş, xalqning birligi, osoyişi, farovonligi uçun kuraş, aql-idrok tantanasiga işonç — bular keyinçalik Navoiy obrazida hayotiy faktlar asosida yangi kuç bilan keng masştabda namoyon böldi.

Şu tariqa «Ötgan kunlar» va «Mehrobdan çayon»ning taʼsiri, har ikki roman tajribalaridan ijodiy örganiş, ularni ijodiy rivojlantiriş samarasi bölgan örinlar «Navoiy» asarida bir talay. Döstga sadoqatli, fidoyi Sultonmurod «Mehrobdan çayon»dagi Sultonalini eslatadi, Dildor bilan Arslonqulning sevgi sarguzaştlari, Dildorni haramdan qutqariş, saroydagi muhit, xilma-xil intrigalar ifodasida ham Qodiriyga borib tutaşadigan örinlar yöq emas.

YOZUVÇI. Adabiyot rivojida ğalati qonuniyatlar bor. Garçi ulkan sanʼatkorlar orasida qizğin bahslar ketsa-da, har bir ijodkor öz prinsiplariga amal qilib öz yölidan borişga harakat qilsa-da, u özgalar tajribasini baʼzan ongli ravişda, baʼzan esa beixtiyor tarzda qandaydir darajada özlaştiradi. Siz «Navoiy» bilan Qodiriy romanlari orasida parallellar mavjudligini aytyapsiz. Darqaqiqat, bu romanlar orasida mavzu, material, hayotiy problematika, qahramon va konflikt jihatidan muştarakliklar köp. Agar sinçiklab örganilsa, Siz Qodiriy prinsiplaridan keskin farq qiladigan asar sanagan «Qutluğ qon»da ham, xususan, uning poetikasi, ayrim syujet liniyalarida «Ötgan kunlar»ni eslatadigan örinlarni topiş mumkin. Masalan, Yölçining öğirlangan Gulnorni qutqariş voqeasi «Ötgan kunlar»dagi Otabekning Kumuşbibi şaʼnini himoya qiliş uçun Homid bilan olib borgan jang-töqnaşuvini esga solmaydimi!! Demak, Oybek ulkan sanʼatkor sifatida Qodiriy bilan tortişgan-bahslaşgan, öz priitsiplarini tayin etib ijodda öz yölidan borgan bölsa-da, ustoz romanlaridan, şubhasiz, taʼsirlangan, njodiy örgangan.

TANQIDÇI. Adabiyotdagi çinakam novatorona kaşfiyotlar şu tariqa traditsiyalar bilan murakkab dialektik aloqada maydonga keladi. «Qutluğ qon» va «Navoiy» adabiyotimizda çinakam original badiiy kaşfiyot, ulkan novatorona hodisa böldi. Oybekning eng buyuk adabiy xizmati, novatorligi şundan iboratki, u butun bir xalqning timsoli böla oladigan, xalq tarixining eng muhim pallasi haqida tasavvur beradigan, xalqning taqdiri, saviya-darajasi, orzu intilişlarini özida aks ettiradigan ölmas obrazlar yaratdi; adib dahosi mahsuli bölgan Yölçi va Navoiy obrazlari, Siz aytganday, allaqaçon xalqning qalbi töridan joy olgan, mangu ölmas siymolar sifatida uning ongiga, maʼnaviy hayotiga singib ketgan.

Oybek sanʼatining sehri şundaki, u oddiy mehnatkaş dehqon yigiti Yölçini ham, tarixda ötgan buyuk zot Navoiyni ham birdek davr qahramoni, xalq ruhiyati ifodaçilari, xalqning faxri darajasiga kötara oldi.

Davomi bor

“Yoşlik” 1985/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)