5 daqiqada öqiladi

164 marta körilgan

Sanjar Tursunovning “Qulay” hikoyasini öqib…

Isajon Sulton,

yozuvçi:  – Sanjar özi tuğilib ösgan yurt tabiatini, hodisalarini, kişilar xarakterini teran kuzatadi. Toğu toşlar bağridagi kişilar hayotini qalamga olar ekan, xalqiga qölidan kelganiça xizmat qilib ketgan xokisor bola obrazini tasvirlaydi. Musibat, yetimlik, mehrdan judolik qismati pirovardida uni el xizmatkoriga aylantiradi. Haqiqatan ham şunday bölişi mumkinmi? Ha, bunga Sanjarning isteʼdodi tufayli işonamiz. Tabiatga, jonzotlarga özbekona munis munosabat öz içimizda ham borligi uçun öşa soflik qalbimizga bemalol kirib keladi, Qulay degan bolakayni ançadan beri taniydiganday bölamiz. Hikoyaning yana bir jihatini aytib ötmoqçiman. Qulay “özimizning bola” bölgani, bizlar bilgan-tanigan odamlar orasida umr keçirgani uçun ham odatiy ösmir kabi taassurot qoldiradi. Ammo tasavvurga erk beraylik-da, voqeani boşqa hudud­­ga, boşqa kişilar orasiga, aytaylik, Yevropaga “köçirib” köraylik. Haqiqatan, ğalati hodisa yuz beradi. Öz muhitida Qulay oddiygina öksik bola edi, özga kişilar orasida esa deyarli qahramonga, dunyo tobora unutib borayotgan ezgulik fariştasiga aylanadi. Adabiyotşunoslarimiz bu hodisani umummilliy ruhiyat ilmidan kelib çiqib izohlaşsa ajabmas. Balki dunyo ilğor adabiyotida ötgan asrlarda urf bölgan “bilinmagan odam” hodisasi özbek adabiyotida “yaşay olmagani”ning sabablarini körsatib berişar? Çunki, gap “özbek fenomeni” haqida ketmoqda. Xalqimizda “bilinmagan”, yaʼni qalbiga nazar taşlanmagan, şaxsiyati, javhari nomaʼlum odam yöq hisob. Hamma hammaning köz öngida, el kimning qanday yaşaşi, feʼl-atvori, tutumiyu odatidan yaxşi xabardor. Eʼtirozga kelsak, voqealar oqimida tösatdan paydo bölgan böri epizodi tugallanmagandek, nazarimda. Asar qonuniyatiga köra, hikoya davomida böriga duç keldikmi, demak, keyinroq yana uçratişimiz kerak. Sanjar mana şu örinda “timsol” unsuri zarurligini sezib, böri voqeasini kiritgan. Ammo mantiqiy davom etmagani uçun oddiy epizodligiça qolavergan, vaholanki, aynan mana şu örinda timsolga aylanib ketişi kerak edi. Hayot uni turli körinişlarda odamlarga röpara qilişi, goh qismatga aylanib Qulayni tortqilaşi, goh tahdidga aylanib hikoya qahramoniga yana duç kelişi, ziddiyatni kuçaytirişi, goh yovuzlik, goh xatar, goh hayotning özi kabi, kimlarnidir, qaylardadir… öljaga aylantirişi kabi, hikoyani quvvatlantiradigan ança-munça imkoniyatlar körinib turgani holda, adib uni çetlab ötib ketgan. Ilk taassurot şunday. Qolganini mutaxassislar aytişar.

Abdulla Uluğov,

adabiyotşunos: – Eʼtiborni tortadigan uşbu hikoya yoş ijodkorlarga xos ehtiros va hayajon bilan bitilgani seziladi. Sanjar Tursunov ohorli syujet va qahramoniga öziga xos nom topa olganidan zavqlanib, qalam tebratgani aniq bilinadi. Jöşqin ehtiros hissi hikoyaning  ilk jumlasidan boşlanib, sönggi gapgaça avji pasaymasdan davom etadi. Muallif hikoyada yaxlit ohang hosil qilişga intilganidan adabiy til meʼyoriga ham amal qilmaydi. Çunki  har qanday qolip ehtirosli keçinmalar, jöşqin his-tuyğularga torlik qiladi. Şuning uçun “Qulay”dagi ifoda uslubi  anʼanaviy asarlarnikiga unça öxşamaydi. Unda jumlalar köp örinda uzundan-uzun çözilib, qavat-qavat bölib keladi. Fikr ergaşgan qöşma gapning murakkab şakllarida ifodalanadi. Gap içiga bir neçta mayda gap tiqiştiriladi. Ega, kesim va ikkinçi darajali bölaklarning joylaşuvi köpçilik könikkan gap qurilişidan birmunça farq qiladi.  Noanʼanaviy qurilgan ayni gaplarda  ijodda öz yöli, uslubini topişga intilayotgan yoş qalamkaşning içki keçinmalari, his-hayajoni va ehtiroslari jöş urib mavjlanadi. Sanjar qahramoniga mehrini tölib-toshib izhor etiş orqali öquvçida ham Qulayga nisbatan iliq munosabat – açiniş hissini uyğotmoqçi böladi. Taʼkidlaş joiz, u bu niyatiga muayyan darajada erişadi.

Yozuvçilikda malakasi oşib, közi oçilib kelayotgan izlanuvçan ijodkorning uşbu hikoyasida talay kemtik jihatlar ham körinadi. Birinçidan, unda ayrim örinlarda gap “… paydo böldi u”, “… rahmi kelib”, “… aynitadiganday jahllanib” tarzida tugallanadi. Bu esa uslubmi, izlanişmi, nimaligidan qatʼi nazar, ğalati tuyuladi. Ikkinçidan, “yer tölğoq tutgan xotinday lopillayotgan”, “bir ariq suvni tölib-toşişiga hissa qöşdi”, “gapimga ham ravo körmaganman”, “Onam­ning tobi qoçib, kulçaday bölib olgan, oh ölaman, deydi tölğonib”, “Boğlar köpaygani töğri” kabi örinlar öquvçini ğaşlantiradi.

Hikoyadagi öspirinning birdan-bir boyligi – böynidagi tumori ekani, uni onasi olamdan ötayotganida vasiyat qilib qoldirgani, otasi ovga ketib qaytmagani maʼlum qilinadi. Umrida qişloğidan çetga çiqib körmagan onaning öğliga vasiyati esa siyosiy rahbar xodimning nutqiga öxşab ketadi. Hikoyada muallif nutqi bilan qahramon nutqi bir xil bölib qolgani aniq seziladi. Ayniqsa, dunyodan köz yumayotgan onaning bolasiga: “Agar bu beşafqat dunyoda bitta döst topsang, şuni taqib qöy” deyişi juda çuçmal. Onasi böyniga taqib yurgan va unga qoldirgan tumorni qaysi öğil kimningdir oti, eşagi, qözisiyu itining böyniga taqadi? Bu onaning ruhiga hurmatsizlik emasmi?..

“Qulay” yana ança mulohaza bildirişga imkon beradi. Bu Sanjar Tursunovning  maşaqqatli yölda heç narsadan çöçimasdan, ikkilanmasdan dadillik bilan izlanayotganini bildiradi.

Abdulla Çimirzayev,

yoş yozuvçi:  – Tengdoşlarimizdan Sanjar Tursunov adabiy jamoatçilikka samimiy hikoya­lari bilan yaxşi taniş. Uning yozganlarini baholi qudrat kuzatib kelaman. Xususan, “Oq ovulning ozodasi”, “Seni yaxşi köraman” hikoyalarida ösmirlar hayotidagi muhabbat kurtaklari rangdor, jonli va xarakterli tarzda öz ifodasini topgan. Uning  “Qulay” hikoyasini öqiganimda Xudo yuqtirgan isteʼdod bilan birga qalami ham vaqt sayin çarxlanib borayotganday tuyuldi. “Qulay” didaktik hikoya bölsa-da, bir munça öziga xos topildiqlar bilan közga taşlanadi. Qahramonlar xarakteri işonarli tarzda çizilgan. Muhimi, hikoyani öqigan öquvçi begonalar qayğu-hasratiga ozmi-köpmi hamdardlik qiliş bilan qalbida tozariş hissini tuyadi. Bu, albatta, tengdoşimning yutuği.

Biroq dağalroq bölsa-da, bir-ikki mulohazalar ham bor. Yozuvi, şoir böladimi, umuman, ijodkorni taom tayyorlayotgan oşpazga qiyoslaş mumkin: oşpaz mahoratli bölib, tuzu ziravorlarni joy-joyida qöllasa, qanday haroratda, qança vaqt uşlab turişni bilsa, u taom çindan xuştaʼm va mazali böladi. Agar aksi bölsa-çi? Fahmimça, “Qulay” hikoyasida taşbehlar va izohlar biroz meʼyoridan oşgandek. Bu Sanjarning ayni söz qöllaşi, gap qurişida körinadi. Juzʼiy kamçiliklar vaqt ötişi bilan öz örniga tuşib ketadi. Albatta, izlansa, uslubim şu, deb yozayotgan yölini körsata olsa. Nazarimda, tengqur ijodkorlarning aksar asarlari tili, obrazlar va etnik tasavvurga köra bir qişloqning odamlariga öxşaydi. Rostini aytganda, barçamiz bir qobiqqa öralib qolgandekmiz.

Eng asosiysi, Sanjarni yaxşi hikoya bilan tabriklasa böladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)