Hayotimizga gözallik bağişlab turguvçi sanʼatning turlari köp: musiqa, adabiyot, teatr, rassomçilik… Bular tur sifatida alohida soha bölsa-da, ularni boğlab turadigan muştarak riştalar bor. U ham bölsa, inson, uning qalbi, orzu-armonlari, tuyğulari…
Bugun Yozuvçilar uyuşmasi katta majlislar zalida yuqorida tilga olgan sanʼat vakillari diydorlaşişdi. Aniqroği, «Yoşlik» jurnali tahririyati jamoasi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomçilik va dizayn instituti sanʼatşunoslik yönalişi talabalari – bölajak sanʼatşunoslar bilan ijodiy keça bölib ötdi.
Uçraşuvda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari, şoir Nodir Jonuzoq, «Yoşlik» jurnali boş muharriri, şoir Faxriddin Hayit, jurnalning boş muharrir örinbosari, yozuvçi Nurilla Çori, şoirlardan Şodmonqul Salom, Şuhrat Orif, Jörabek Jahon, Suhrob Ziyolar iştirok etib, bugungi adabiyot, sanʼatlar orasidagi yaqinlik, ularning bugungi globallaşuv zamonidagi inson hayotida tutgan örni haqida söz yuritişdi.
Adabiy keça davomida şoirlar tomonidan sof va inja tuyğularga boy gözal şeʼrlar öqildi, şeʼrlar yoş xonanda Şahriyor Ostonbekov kuylangan qöşiqlarga ulanib ketdi.
Tadbir oxirida jurnal tahririyati tomonidan institut jamoasi hamda talabalariga jurnal va kitoblar hadya qilindi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


