Avvaliga kun sal sovib, yana iliqlaşdi. Qor havosi ufurardi. Hademay birinçi qor ham tuşdi. Osmon kun böyi elagini elab, kaliş kömilguday qor yoğdi. Ovoz ham allaneçuk ğalati eşitiladi. Maktabga borayotgan bolalar uyimiz pastidagi soy köçadan ötişayotib ukamni çaqirdilar. Ularning ovozlari xuddi körpa tagidan eşitilayotganday böldi. Qor unçalik qalin yoğmagan bölsa ham aks-sadolarni yutib yuborgandek… Bolalar maktabga bormadilar. Bu taşabbus ukamdan çiqdi. «Borganimiz bilan öqitmaydi baribir, Bolta mallim zulmonotaliklar kun sovuqda kelmasa ham mayli degan», deb uqtirdi u.
— Aldamagin yana, — deydi bolalardan biri.
— Ölay agar, şunday degan. Işonmasang, Boltaning özidan söra! — Ukam sözini ötkaziş uçun qasam ham içadi, yana gapiga işonmagani uçun aççiq qilib «Bolta» deydi.
Bu gapning yolğonligini bilişsa ham bolalarga köngildagiday bahona topildi. Endi uylaridagi xöjayinlarga ham, muallimlariga ham gap topib berişadi. Ukam hovlidagi betonga etigini işqalay boşlaydi.
— Bir etikdi bir oyga yetkazmaysan, yer bosmagur!
Onamning qiçqiriğidan söng ura qoçib qoladi u. Onam urmaydi, lekin jahl bilan qarğaydi. Ukam şunisidan qörqadi, eşitgisi kelmaydi. Otam ursa ham undan qörqmaydi.
Onam piça yolğon aralaştirdi. Ukam agar bir oyda bitta etik kiyganida bormi, onam uni ötdan olib suvga solgan bölardi. Ukam etikni bir yil, hatto undan ham köp vaqt kiyadi. Oyoğidagi esa meniki, eski etigim — men ança odobli bölganim uçun etigimning bironta «tişi» katilmagan. Ukam esa uni betonga işqalab «tiş»larini tuşirdi. Ammo etigi juda uçqur bölada. Örtoqlarining havasini keltirib ertalabdan keçgaça yaxmalak otdi. Ularning etiklari sirpanavermagaç, parovoz bölib tirgakka oldi. Keçqurun kiyimlarini höl qilib qaytdi. Keçki ayoz şimiga yopişgan qorlarni qotgan xamirday muzlatibdi. Orqasining xiyla joyi yirtilgan.
— Nima balo, ötirib toydingmi? Şuytib yana bir-ikki marta toysang, dumğazangniyam işdan çiqarsang kerak, sen bola! Şimam, iştonam tutmaydi senga…
Onamning aytişiça, agar ukam şu zaylda ketsa, undan odam çiqmasmiş, akalariga tortmayotganmiş. Neça martalab ustim jiqqa höl bölib kelib otamdan tayoq yeganim, onamdan qarğiş eşitganim esimga tuşib, sezdirmay kulib qöyaman. Lekin onamning gaplariga qarşi çiqolmayman.
Ukam sovqotib kökarib ketgan qöllari bilan etigini yeçolmaydi. Ataylab onam ham, men ham yordam bermaymiz. Özi ham söramaydi, singlimni çaqiradi. «Kuniminan toyganingdan keyin haqingda» deydi u bidirlab. Ukamga alam qiladi. Singlimni sökişga tuşadi. Şunda ham indamayman. Körib turib yordamlaşmaganimiz uçun battar jahli çiqadi. Eşikni qarsillatib tepadi, etikni sökadi. «Bu etikni boşqa kiymayman» deydi. Ana kiçik bolaning katta jahli. Bu ham iş bermagaç, ojizlikning eng baland çöqqisidagi qorlar yoş bölib oqa boşlaydi.
Onam uning öng oyoğidagi, men çap oyoğidagi etigini yeçib qöyamiz… Ha, u onamdan köp qarğiş eşitadi, ammo hali-beri esi kirmaydi, bolaligining keti körinmaydi. Bir marta otam menga yoşligida qumda sirpanaverib mökisini yirtib qöygani, jazosiga bobom unga yangi möki tikib bermagani, qişni kaliş bilan ötkazganini aytib bergan edi. Agar buni ukamga aytsam, ularni rosa mot qilgan bölardi, lekin aytmayman. Xullas, qiş bayramini bolalar boşlab berişdi. Ehtimol, birinçi izni ham ular solişgandir.
Bir kunlik qorning ayozi faqat keçalarigina öz kuçini körsatardi. Kunduzi quyoş tikka bölavergaç, soydagi muzlar erib, suvlar şovqin bilan oqa boşladi. Keçqurun ular yana jimib qoladi. Göyo kun böyi qöşiq aytaverib çarçagandek. Quyoş isitaversa, qalin muzlar erib-nurab suvga tuşadi. Şunda soy bu «köprik»lardan böşab qoladi. Odamlarga esa bari- bir. Ularning öz köprigi bor. Ikkita uzun terakdan mustahkam köprik qurib qöyişibdi. Keçalari bir-birinikida bemalol töplanişib, gurunglaşib ötiraverişadi. Yarim tungaça qartabozlik qiladilar. Örol qiyşiq bugun yana yutqazadi. Jöralarining masxaralaşidan çöçib ertalab ulardan oldinroq işga ketadi.
Ön kundan beri kasal yotgan Roziya momoning qiçqiriğidan hamma sergak tortadi. Keça eçkisi kelmay qolibdi. Şuning uçun çakana çöpon Turdiqulni qarğayapti. «Keçagina ölaman deb töşakda yotuvdi, deya xotinlar yoqa uşlaşadi, yomon odam ölmaydi!»
Roziya momo tengquri Buvixol momoga könglini oçadi.
— Bu uying kuygur, qaysi yiliyam bir eçkini gumdon qilgandi, teşib çiqqur iloyo!
— Hiyya, Roziya opa. Közidan qörqaman uning! Sariq ilonnikiday yiltillaydi, — deya hamdardlik bildiradi kampir.
Roziya momo qarğanib Turdiqul akaning uyiga ötadi. Uning gapiga işonmay qozonni oçib köradi. Molxonaga ötadi. U yerdan ham topolmagaç, kampir jim böladi, iziga qaytadi. Şunda ham çöponning böyniga uç kunlik muhlat qöyadi. Bölmasa tovon tölataman, deydi.
«Topilib qolar», deydi Turdiqul gunohkorona tongda. Bundan Roziya momo tağin gerdayadi. Xotinlardan hol sörab, açingan böladilaru Turdiqulning quloğini qiçitadilar. Buvixol momo esa «tölatib oling» deb maslahat beradi.
Eçki uçinçi kuni emas, törtinçi kuni kunçiqardan özi maʼrab qaytadi. Fermaning moliga qöşilgan ekan, haydab yuborişibdi. Turdiqul tuhmatdan qutuldi. Ammo Roziya momo boşini xam qilmadi. Turdiqulni çaqirib, ayyorona, biroq keliştirib keçirim söradi. Turdiqul tilining uçidagi sökişni yana içiga yutdi. Egilgan boşni bolta qirqmas. Uzrdan söng tilini tişladi. «Şunday adaşiş bölib qolarkan-da, Turdiqul uka, men anovi yildagiga öxşatib…»
«Anovi yilda» ham Turdiqul böş-bayovligi tufayli begunoh şarmanda bölganini eslaydi. Indamaydi. Buning örniga boş qaşib yoş boladay turaveradi.
— Yotgan joying kafan bölsin özingga, bunday tuhmat qilguningça! — deya qarğanadi Buvixol momo göyo dugonasining feʼlini bugun anglab yetgandek. — Şu beçoraga ayb tönkaganiga ölaymi? Bir-ikki kun sabr qilsa özi kelarkan-ku! YOMON odam ölmaydi, şuytib…
Xotinlarga tuganmas hangoma topildi. Bundan keyin neça töy-aza bölib ötdi. Bu voqealar ham siyqalaşib ketdi. Turdiqul öğli armiyadan kelgan kuni öz molini söydi…
Qölbola skameykada kunşuvoqning taftiga erib ötirgan Qöldoş bobo köziga dovur tuşgan ösiq qoşlarini sal-pal kötarib atrofga nazar soladi. Ötirganda böyi baravar uzun hassasini yerga urib qöyadi. Quyuq qoşlari orasidan tiyrak boquvçi közlari töqsondan ötib ham bu dunyoni hali-beri tark etmaslik nidosini anglatadi. Erkaklar uning «Xotin zoti özi azaldan şunaqa yaratilgan, ularga aql kiradigan zamon bölmasa kerak» degan gapini köp eşitişgan. Çol umr böyi xotinga yolçimagani uçun bu «zot» töğrisida biror marta ham yaxşi gap aytmagan. «Bu yil qiş yaxşi keldi. Har gal töqson yarimlab qor tuşadi. Yer töyadi bu yil», deb qöyadi u yana.
Kunduzlari köp joylarning qori erib, qirlar ola rangga kirdi. Avval kunbetkay tomonlar eridi. Quyoş qirlarning yelkasidagi qorlarni soygaça kurab qöydi. Yer tun böyi tin olib, endi nafas çiqarayotganga öxşardi, uning namxuş buğidan tuproqning töyimli hidini sezasan. Tandirdan yangi uzilgan nonning hidi bundan ziyoda. Onang hozirgina uzib kelgan, qizarib pişgan nonni sindirsang-da, barmoğing bilan bir neça joyidan teşib sariyoğ surkasang, söng qölingni kuydirayotgan nonni iştaha bilan yesang… Birdan uning köproq pişib qatirloq bölgan joyiga yetib qolasan. Şunda dastlab onangga va undan boşqa yana bir nomaʼlum kimsagami, narsagami şukronalar aytging, quçging, hayqirging keladi. Bunday hol qiş paytlari yoz va kuzning xuştaʼm neʼmatlarini zör iştaha bilan yeb ötirganingda köp takrorlanadi.
Mağrib ufqi qizarib odamlar köngillarida sezilarli kötarinkilik tuydilar. Tovuqlarning axlat titayotgan panjalari sovqotib qönoqlari tomon yöl olişdi. Mollar oğilxonalar oldiga töplanib, xöjayinlaridan issiq joy va yemiş kuta boşladilar. Qiliği sovuq kal eçki töppa-töğri ğallaxonaning eşigini tömtoq şoxlari bilan turta boşlaydi. U qöriqçi itdan qörqmaydi. Çunki it hali juda yoşda, kuçuk. U bahaybat eçkiga taşlanişga botinolmaydi. Işqilib, şu kuçuk halitdan esli çiqib egasiga sodiq ekanligini namoyiş qila boşladi.
Mollar oğilxonaga kirgaç, uy içidagilar hammasi jam bölişdi. Onam tezak yoqilaverib, kulga tölib ketgan peçkani tozalaydi. Unga qöy göngidan tayyorlangan qattiq çolma tiqadi. Otamning aytişiça, bu Rossiyadagi torflardan ham durustroq yonarmiş. Qozondagi makka göja biqirlaydi. Qiş kunlari oq ovqat yeyiş rasm. Köpinça qurut qotilgan ovqat içiladi. Qurtabo içib olsang, sovuq kunda ham içingda issiq saqlaydi. Qalin tunukadan yasalgan peçkaning teşiklaridan olov gurillaydi. Peç ustidagi çoynak jizillaşga tuşdi. Bir oz ötgaç, ikkinçi çoynak ham jizillay boşlaydi. Ikkovi qöşilib, çaqaloqning yiğisiga öxşaş ovoz çiqaradi. Onam olovga tikilib ötirib xayolga toladi. Eşikdan otam kirib keladi. Otam bilan molxonaning yoqimsiz hidi qöşilib kiradi. Bir oz ötgaç tarqalib ketadi…
Qişloğimiz şaharga juda olis, şunday toğlar orasida bölişiga qaramasdan bu yerdagi radiolar ham Amerika, otamning sözi bilan aytganda uning «poşşosi», söng uruş töğrisida gapirib qoladi. Şunda onam yurak hovuçlab «şu qirilgurlar, bir baloni boşlab yubormasa-ku-ya», deb qoladi. Armiyada bölib «köp narsani tuşungan» otam Yaponiyadagi ikki şahar voqeasini eslatib «şundan keyin butun dunyo Amerikaga qarşi bölib qoldi», deya onamni yupatgan böladi. Men esa ukam xizmat qilayotgan şaharning çegaradan juda olis, mamlakatning qoq örtasida ekanligini aytaman. Şundan söng onamning köngli sal taskin topganday «işqilib tinçlik bölsin» deb qöyadi. Şunday mahallarda yana şaharga ketiş haqida öylagim kelmaydi. Taʼtil kunlarining çözilişini istab qolaman.
Ha, bu yerdagilar ham, mana şu toğlar orasidagi tinçgina qişloqçada ham odamlar uruş töğrisida xayol surib qoladilar. Birovlar esa heç qaçon heç qanday xavf-xatar bölmaydigandek öz işlaridan qanoatlanib yuraveradilar. Bundaylar bizning qişloqda ança. Özgalar bilan tortişib, yoqalaşib, xursandçilik qilib, yana birovlarning könglini olib yuraveradilar. Göyo şu köhna va keng dunyoning, momo Yerning nonxör va arzanda farzandlariday «egam bölsa bordir, bölmasa yöqdir» deya yupanib yuraveradilar. Ularga havasing keladi. Rost, hamma şularday bölişi kerak. Yöling doim yalangday oçiq bölsa oyoq kerib yuraversang, deb öylaysan. Hamma özim barobari, heç kim dunyoning xöjayini emas, kattalar — qarindoşlarim, tengqurlar — jonajon döstlarim, kiçiklarning barçasi — ukalarim, deging keladi.
Biz qişloqi odamlarni ertaga qanday taşvişlar, yangiliklar kutyapti — bu nomaʼlum. Lekin har doim tilagimiz — yaxşi kun. Yaxşi kunlardan biri ötdi. Tun qöynida allakimlar bugungi kundan rozi, yana birovlar, norozi gap otişyapti. Roziya momonikiga mehmonlar kelişgan. Mehmonlarning qoşiga gapdon kampirlarning hammasi yiğilişdi. Mening juda bilgim keladi — ular nimalarni sözlaşyapti ekan?!
Qiş yilning boşiga tuşgan oq soçday hamma yoqda ufurib turibdi. Yangi yil yaqin. Bahorga esa hali juda erta. Kunlar — betaşvişday tuyulgan bu kunlar köngilga moydek yoqadi. Bir-biridan sokin va bir-biridan totli kunlar…
“Yoşlik”1986/8
Sobir Önar
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


