ETMADIM
Etmadim har işni hargiz, vohki, yor, komimga xos,
Tutmadim bu yölda özni, vohki, yor, nomimga xos.
Dardi işqing birla har dam sen tomon qöydim qadam,
Yurmadim bu yölda oxir sidq ila yorimga xos.
Oldi turfa iştibohlar maʼsiyat ilgigakim,
Feʼlu ahvolim ayon böldi, evoh, domimga xos.
Ahli işqlardin yiroğ turganligim böldi ayon,
Qoldi ğaflat içra umrim, maysiz ul jomimga xos.
Yor tilab, yorsiz köngilning matlabin tutdim, evoh,
Tavba birla uşbu dam turgay dilim, şomimga xos.
Bu gunohlar içra kim, voh, topmadim hargiz seni,
Sen meni topsang na bölgay, bölmayin zolimga xos.
Yorsiz, Mahmud, rizosin topmading işq içra, bas,
Dersan endi: “Topdim hajrin umri itmomimga xos”.
ĞALAT
Yetmayin vasliga yorning çölda qolğonim ğalat,
Dahridun kajravlarida yölda tolğonim ğalat.
Yor dardi matlabim erdi, anga yuz burmadim,
Maqdamimni rohi rostdin çetga olğonim ğalat.
Nafsi ammora içinda özni şarrga boğladim,
Soxta dunyo ilkida lafzimda yolğonim ğalat.
Topmadim hargiz savobni yaxşilar birla turib,
Ul laʼin makrida tun-kun çohda bölğonim ğalat.
Şod etarman özni, evoh, kori badlar bazmida,
Pulsirotdan ötmayin behuda kulğonim ğalat.
Bas, tazarru birla, Mahmud, boğlağil yorga diling,
Közga surtmay gardini, hajrida sölğonim ğalat.
EY, DÖSTLAR
Körmadim dildor işidan heç vafo, ey, döstlar,
Tunu kun hajrida kim qilmay xato, ey, döstlar.
Boğ aro istab gulin zor topmadim hargiz ani,
Dastma-dast ketdi yiroğ aylab judo, ey, döstlar.
Voh, neçun şöxi durafşonga köngil berdim, ajab,
Körsatib makrini boz etdi riyo, ey, döstlar.
Foyda deb har işni qildim, oxiri kördim zarar,
Qoldi ğaflat içra dil, aylab jafo, ey, döstlar.
Darbadar işqi aro heç uqmadim bir yaxşi söz,
Etdi xor dardidakim, aylab gado, ey, döstlar.
Kim vafo istab ziyondin böldi bor aqlim siyoh,
Voh, köngil birla vujud aylar nizo, ey, döstlar.
Notavonliğ içra Mahmud özidin izlar panoh,
Yor yölin topmay hanuz, vohasrato, ey, döstlar.
ŞUKURKIM…
Şukurkim, xobda körmişman, sani husnu latofatda,
Turarman lol, deyolmay söz, bu dam takror xijolatda.
Yaqin borsam qilursan gul, qilursan kul yiroq ketsam,
Nişon yöqdir bu holimdan, bu holim boz nadomatda.
Sifotda Laylidanmu san, Şirinmu, Zuhramu tobing,
Ki Majnun, Tohiru Farhoddin ortiq jon haroratda.
Parirölar jamoling nuridan olğay husn xolin,
Qiyo boqsang na bölgay, yor, manga bir bor şijoatda.
Firoqing ötida yongay neça mendek parişonlar,
Ğaming çekmoq bilan umrim keçar har dam riyozatda.
Rizoyingni topurman deb, yelarman, istagim matlab,
Ki vaslingsiz ötar kunlar, qaçon bölgum şafoatda.
Rajo içra sen ey, Mahmud, özingdan özgani yod tut,
Degaymusan, şafoat kut, körarsan yor, qiyomatda.
DEMAS
Bilsa hamki ahli dillar heç qaçon bildim demas,
Qilsa hamki toğni talqon men uni qildim demas.
Xokisorlik birla keçgay ul umr daryosini,
Ketsa hamki oqizib,aylar sukut, jildim demas.
Tomayi kibru havodin özni tutgaylar nari,
Uçsa hamki kökda oti bir qariç yeldim demas.
Haq yölida maqdamini taşlagay muhtoj sari,
Etsa hamki borin hadya, bir çopon ildim demas.
Aylagay pinhon savobni dil tutib haq amriga,
Söysa hamki neça qöçqor, bir qovun tildim demas.
Kim jahon moli anga yuz bursa ming jilva qilib,
Yuz burib, işqida andin, senga intildim demas.
Yor vasli, hajrida, Mahmud, jigar-bağri kuyuk,
Kirsa ham jannatga, vaslin körmasa, keldim demas.
ETMAGIL ASLO TAMAʼ
Ey köngil, nafs komidin qoç, etmagil aslo tamaʼ,
Kim gulistoningni aylar bir kuni sahro tamaʼ.
El aro rost yölda yurgil, yaxşilar izmida böl,
Çiqsa nogoh kim bu izdin aylagay iğvo tamaʼ.
Fayzu ikrom birla tutgil sen özingni tunu kun,
Qilsa kim anga özin duç, aylagay rasvo tamaʼ.
Har yegan luqmang halol bölsin misoli oftob,
Etmasin söng zurriyoding köz yoşing daryo tamaʼ.
Yaxşilar har işda odil böldilar asrab özin,
Oz yedi, oz sözladi rost, etmadi dono tamaʼ.
Tamaʼ, makru malomat ötidin heç olma taft,
Oldi taft har kimki oxir qildi xor adno tamaʼ.
Ozodu obod hayoting igra, Mahmud, toza böl,
Kim gözal siynat aro heç bölmagay paydo tamaʼ.
Ismoil Mahmud MARĞILONIY
2011/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


