Taniqli yozuvçi Sobir Önar bilan munaqqid Jovli Xuşboq suhbati
Jovli Xuşboq: – Bugungi ijodiy jarayon xususida söz ketganda, nasrda talay muammolar töplanib qolganligidan sözlaydilar. Eng muhimi, mahorat, isteʼdod va isteʼdodsizlik haqidagi bahslar hamon kun tartibidan tuşgan emas.
Şu jihatdan olganda köngilning tub-tubida yotgan dardlar, armonlar va orzular yuzaga qalqib çiqadi. Nega özbek nasrining bugungi namoyandalari jahon adabiyoti sahnasiga çiqa olmayotir, deya savol berging keladi.
Ehtimol, bugungi adabiy suhbat mavzusini tanlaşda ijodiy jarayonning şu nozik jihatlariga eʼtibor qaratiş zarurdir.
Yuqoridagi kabi öylar, mulohazalarni hisobga olib, sizga ayrim savollar bilan murojaat qilişni lozim topdim. Öylaymanki, sizni ham qiynayotgan dardlar içida şu kungaça oçiq va oşkora ayta olmayotgan mulohazalaringiz, takliflaringiz yetarli.
Ayrimlar kitob dökonlarida maza-matrasiz, böş asarlarning köpayib ketişi sababini, birinçi navbatda, adabiy tanqidçilarning faol emasliklaridan qidirişmoqda. Avvallari “Xalq sözi”, “Özbekiston ovozi”, “Qişloq hayoti” kabi naşrlarda taqrizlar köp bosilar, M.Qöşjonov, N.Xudoyberganov, A.Rasulov, P.Şermuhammedovning keskin fikrlari, ijodiy jarayondagi muammolarni kötarib çiqqan adabiy-tanqidiy maqolalari tez-tez közga taşlanib turar edi.
Hozir-çi? Tanqid deyarli yöqolib ketdi. Adabiy tanqidçilikni bugungi kun talabi darajasida yuksaltiriş zarur nazarimda…
Sobir Önar: – Agar buni kamçilik emas, illat deb qarayotgan bölsak, faqatgina adabiy jarayonga emas, butun bir jamiyatga taalluqli desak örinli böladi. Nega? Çunki, mana, siz bilan çorak asr sirkasi suv kötarmaydigan jamiyatda yaşab keldik. Boisi – öşa içingizda bilib turgan, hozir ham sirtimizga çiqarişni xohlamaydigan biqiq bir siyosiy muhitning mavjud bölgani. Vijdon pozitsiyasidan turib biron kimni tanqid qilib köring edi, ertasi kundan boşlab sizga qarşi siyosiy kampaniya boşlanib ketardi.
Muhammad Yusufning 60 yoşlik yubileyi mamlakatimizda keng nişonlandi. Öşa tadbirlarning birida katta obröga ega bir kişi M.Yusuf va ijodi haqida nutq irod etayotir. Nutqining söngroğida u tösatdan “eng muhimi, Muhammad Yusuf baʼzi birlarga öxşab adabiy payğambarlik daʼvo qilmadi, kamtarona yaşab ötdi”, dedi. Yalt etib Abdulla akaga qaradim. Ha-ha, Abdulla aka sapçib tuşdi. Yonida Hanifa yanga bor edi. Abdulla akaning qölidan tutdi. “Bardam böling!” degan dalda edi bu.
Men qörqib ketdim. Nimaga?
Şuning uçun qörqdimki, Abdulla Oripov uyuşma raisligidan ketgan, televizorda A.Oripov qiyofasi körsatilmayotganiga ön yildan oşgandi. Notiq esa uluğ, daho şoirni tepkilaşda davom etardi. Ana şu yerda Abdulla akaga, mabodo, yurak xuruji tutib, bir kor-hol yuz bersa ajablanmas edim. Sababi, azbaroyi Kattaga yoqiş uçun bölsa kerak, adabiyotga aloqasi yöq kişilar Abdulla aka, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Toğay Murod, Erkin Vohidov va boşqalarni minbarga yölatişni xohlamas edilar. Halima Xudoyberdiyeva bilan Abdulla Oripov mana şunday muttasil tuhmatlarning qurboni bölişdi. Yuraklarini atayin adoyi tamom qilişdi.
Bizda şoir-yozuvçini qamoqqa oborib tiqiş şart emas. Oçiqdagi mahbus qilib qöyişardi, tamom, öz qobiğiga özi öranib, infarkt bölib dunyodan ötib ketardi.
Ahmad Aʼzamni yaxşi bilasiz. Yaxşi adabiyotşunos, zör yozuvçi edi rahmatli. Umrining söngida “Röyo yoxud Ğulistonga safar” degan roman yozdi. Neçadir nusxada kitob bölib çiqdi. Qölma-qöl öqildi, deb aytolmayman. Çunki bunaqa asar qölma-qöl bölmaydi. Öqilmasa ham hayron bölmayman, sababi, ommaga emas, ziyoli qatlamga möljallangan. Qiziği, ziyoli-yu hatto yozuvçilar ham aks sado berişmadi. Sababi oddiy: roman Ğuliston, yaʼni Quliston fuqarolarining ahvoli xususida edi. Qullar, zanjirbandlar, buni turmuş tarziga aylantirgan, mazkur ahvolidan ajablanmaydigan, keyingi tuğilgan farzandlari ham zanjir bilan dunyoga kelayotgan odamlar va ularning ustidagi diktator xususida. Yaqin ötgan tariximizda. Axir, tirik şoirning öziga “payğambarlik daʼvo qilyapsan!” deb tuhmat qilişganini aytdim-ku.
Bilasiz, çin adabiyot dard-hasratli böladi, maddohlik bilan adabiyot barpo qilib bölmaydi.
Bizning adabiyotimiz jim turgan adabiyot emas. Zamonaviy nasr Şukur Xolmirzayev tirik paytda “Dinozavr” romani bilan boşlangan. Hali u romanni köpçilik öqimadi, baho bermadi. Aytiş joizki, nasr undan keyin ham yangilanib boryapti. Juda köp asarlar, romanlar yozilyapti. Afsuski, xalq u yoqda tursin, yozuvçilarning özlari ham asarlarni öqigani yöq. Özi adabiyotda ham heç kim aks-sado bermaydigan turğunlik davri böladi şekilli.
Baʼzi bir tengqur jöralarimizning romanlarini özlarining yurtdoşlari, taniqli adabiyotşunoslar maqtaşyapti.
Adabiyotni dunyo sahnasiga olib çiqiş töğrisidagi gapga unça tuşunmayman. Masalan, “Ötkan kunlar” romani “Tanholikning yuz yili”dan past baholanişiga asos bormi? Ş.Xolmirzayev butun bir yozuvçi sifatida Nobel mukofoti olgan biror yozuvçidan kam joyi bormi? Isajonning keyingi romanlari Paulo Koelonikidan past turmaydi. Buni baralla ayta olaman. Isajon özi til bilgiç oşnolar topib baʼzi çet davlatlarda kitob çiqardi, bir xil joylarda eʼtirof etilib, mukofot ham olibdi. Haloli bölsin!
Prezident Şavkat Mirziyoyevga ming rahmat, kitobxonlikni rivojlantiriş, kitob öqitiş bilan boğliq qator qarorlar çiqardi, bu borada uzluksiz, qatʼiy siyosat yurityapti, viloyatlarga millionlab nusxa kitoblar yetkazib berişni taşkil qilyapti. Otasiga rahmat!
Baʼzilar bölsa, zör berib obunani töxtatiş bilan ovora. Yöq, döstlar, obuna yöqolar ekan, zamonaviy kitoblar öqilişi, umuman kitobxonlikni kengaytiriş haqida qanday gap bölişi mumkin?
Hozir eng katta öquvçilar armiyasi kim? Albatta, taʼlim maskanlari. Adabiy naşrlar öquvçilarni, kerak bölsa öqituvçilarni ham zamonaviy özbek va jahon adabiyoti asarlari, yangiliklari bilan taniştirib boruvçi asosiy naşrlar. Prezident bolalar kitob öqisin desa-yu, bu yoqda kimdir yöq deb oyoq tirab tursa. Toki şunaqa johil kimsalar bor ekan, maktabga adabiyot yetib bormaydi, to maktab öquvçisi, adabiyot öqituvçisi zamonaviy adabiyotdan bexabar qolar ekan, qolgan ommadan sira öpkalab bölmaydi!..
– Bir neça yil avvalgi matbuotda şoir Şodmonqul Salom bilan suhbatingizda: “Ruslarda professional yozuvçilar köp: Paustovskiy, Katayev, Kazakov, Prişvin… Bizda kam” deya afsus çekkansiz.
Biroq… Toşkentdagi kitob dökonlariga kirsangiz, Xudoyberdi Töxtaboyev, Muhammad Ali, Neʼmat Arslon, Asad Dilmurod, Erkin Aʼzam, Nurali Qobul, Xurşid Döstmuhammad, Şoyim Bötayev, Abduqayum Yöldoş, Nazar Eşonqul, Luqmon Börixon, Isajon Sulton, Uluğbek Hamdam, Qöçqor Norqobil, Ğafur Şermuhammad kabi önlab adiblarning roman, qissa, hikoyalaridan iborat töplamlari taxlanib turibdi-ku? Nahotki, “professional yozuvçilar… bizda kam” degan fikringiz haqiqatga mos kelsa? Yuqoridagi yozuvçilarning qaysi birini professional emas, deb hisoblaysiz?
“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosilgan ana şu suhbatingizda: “Baʼzi bir yozuvçilarimizdagi zörakilikni, notabiiy-sunʼiylikni körib, ruhiy kuçlariga havas qilgan holda daholik tabiiylikka daxldor ekaniga iqror bölaveraman”, deysiz. Va afsus bilan aytasizki, “taassufki, bizning mustaqil zamonimizning qahramonlari adabiyotimizda hali töla böy körsatganiça yöq”. Va yana aytasizki, “Nazarimda sözni behuda isrof qilmaslik bugun adabiyotda tağin kun tartibiga çiqayotir. Obrazlarimiz juda köp gapiradigan vaysaqilarga aylanib bormayaptimi? Tuşunarsiz holatni tuşuntirib beramiz deb özimiz ham obdon urinib yotganga öxşaymiz”.
Bu fikrlar asosli va haqqoniyligiga şubha qilmayman. Ammo keyingi yillarda köpçilik yozuvçilar köngildagi gaplarni tiliga çiqarişga nega istihola qilişayotir?
– Endi, Jovli aka, sizam juda yoqadan olmang-da. Siz tilga olgan adiblarning professional ekaniga şubha qilmagan holda men, masalan, Valentin Katayevning “Xayol çeçaklari” asarini misol keltiray. “Xayol çeçaklari” şunaqa nozik kuzatişlarga boyki, uni öqib rohatlanasiz, ğaroyib gözalliklarga oşno bölasiz. U yerda heç qanday jamiyat muammosi yöq, yozuvçi va hayot bor, xolos. Aytiş kerak: “Xayol çeçaklari”ni filologiya va jurnalistika fakultetlarida darslik sifatida qöllasa böladi. Taniqli şoir va dramaturg Maşrab Boboyev uni gözal tarjima qilgan.
Paustovskiyning uluğ rus rassomi Savrasov va şogirdi Levitan haqida hikoyasi bor. Ijodkor, uning real hayoti, dunyosi, xayoloti, mohiyati anglaşiladi hikoyada. Qahramon birov bilan kuraşmaydi, duşman orttirmaydi, yozuvçi ham ortiqça ğoyalar ortidan öquvçini sudramaydi, mohiyat-mazmun, özga bir olam bilan sizni yuzlaştirib, göyo özi çetda tomoşa qiladi.
Yozuvçining “Oltin gul” degan poetik bir asari ham bor. Uni ham filologlar, ijodkorlar uçun öziga xos muhim darslik degan bölardim.
Yana Katayevning Lenin haqida bir romani bor, nomi “Devordagi kiçik eşik” edi çoği, Ozod aka tarjima qilgan, 1987-yilda “Yoşlik” jurnalida bosilgan.
Bilasizmi, biz Leninni keragidan ortiq yomon köramiz. Öşa paytda ham ziyoli qatlam yomon körgan. Oşkoralik yillarida garçi “dohiy” asarlaridan bahramand bölsak-da, tuyqus unga nafratimizni peş qildik. Katayev bu “moda”ga ergaşmagan. Leninni inqilobçi emas, bir hayotiy taşvişlar, turmuş azoblaridan xoli bölmagan Odam sifatida qalamga olgan. U kitob bölib çiqmadi şekilli, agar hozir dökonda körsam, ikkilanmay xarid qilib, tağin öqigan bölardim.
Adabiyot muammoşunoslik yoki şaklbozlik emas, sanʼat. U tarixiymi, ijtimoiy masalalar yoki inqilobiy yoxud diktaturani foş etadimi, agar yozuvçi asarda mahoratini töla namoyon etmas ekan, publitsistik darajada bölib turaveradi. Bu – mening, avvalo, bir öquvçi ölaroq qaraşlarim.
Vafo Fayzulloh Frans Kafkaning “Otamga maktublar” degan biografik asarini özbek tiliga tarjima qildi. Tarjimayam zör çiqqan. Oçiğini aytay: “Jarayon” romanini öqigandan köra buni mutolaa qilib köproq zavq oldim, yozuvçining ruhiga yöldoş böldim. Sababi nima? U şundan iboratki, adib, söz sanʼatkori sanalgan bir inson bu yerda öz qalbini tarjima qilolgan, öquvçiga u yuqmay qolmaydi.
Jamiyat muammolarini oçiq tanqid qiliş adibning işi emas, uni jurnalist ham eplaydi, lekin uni badiiy asarga aylantirib, qoyilmaqom tarzda ifoda etib beriş – alohida bir iş.
Qodiriy agar “Ötgan kunlar” romanida Otabek va Kumuş sevgisi bilangina çeklanib qolganida, balki biz muhabbat haqida falon yozuvçi şirin bir qissa yozib qoldirgan edi, deb, ehtimol, zörğa eslagan yoki eslamagan bölardik. Sevgi fonida tarix, jamiyat dardini meʼyorida (!) badiiy oçib beriş, ayni sanʼat odamining yoki birov eplolmaydigan sirli yumuşi.
Şu maʼnoda, professionalizm deganda kamina qalbni örtab turgan umumbaşariy yoki özbekka, Vatanga xos dard-hasratni aytişni emas, qay tarzda gözal, yölini topib, mohirona badiiy priyomlar, yana öquvçi qalbi bilan boğlanib, yaʼni avval özi rost yozayotganiga işonib yaratgan asarni tuşunadi.
Siz tilga olgan adiblar bizga ustoz, köpçiligi döstlarimiz. Hamma yozuvçi öz asarining eʼtirof etilişi-yu odamlar sevib mutolaa etişlarini xohlaydi. Ammo özi bilan özi qolganda – qoniqmaydi. Hali özi xohlagan asari yozilmaganini, endi yozişi mumkinligini anglaydi.
Qodiriy hazratlari ham “Amir Umarxonning kanizi” romaniga material töplayotib, qörqamanki, buni öqiganlar avvalgi “Ötgan kunlar” va “Mehrobdan çayon”ni qölga olmaslar, deya taşviş çekadi. Ayni çoğda uşbu yaratilajak roman favqulodda zör yozilişiga içidan iqror böladi, demak, kuç topadi.
Professionalizm ötirib olib yaratiladigan, yonboşlab olib şakllantiriladigan bir möjiza emas. U öz-özidan şakllanadi, yuzaga keladi, ravşanki, ikki-uç kunda sodir bölmaydi.
Gazeta muharriri yoxud naşriyot, masalan, 9-may – Xotira va qadrlaş kuniga şiringina bir maqola yozib bermaysizmi, deb buyurtma beradi. Yozuvçining bu “şirin” maqolasi tabiiy ravişda gazetaning birinçi sahifasida beriladi, qalam haqi bilan rağbatlantirilar ham.
Albatta, muharrir sizning qölingizdan bu iş kelişini bilib atay buyurtma berayotibdi, aksinça bölsa, nönoq yoxud havaskor qalamkaşga “şirin” bir asar yozib bering, deb ötirmas edi. Fojialarga töla bir zamonni eslab “şirin” narsa yozmoq – ayrim mualliflarning qölidan keladi.
Bu borada men barmoğim bilan nuqib Şukur Xolmirzayevni körsatgan bölardim. Qöymadingiz, Erkin Aʼzam ham buyurtmaligi bilinmaydigan, “şirin”, ammo buyurtma bölsa-da, birovning xayoliga kelmagan bir asar yoza oladi, boşqalar ham, alalxusus, özimiz ham tödaga uramiz, ammo buyurtma bölsa-da, uni köngil işiday, çin ilhom bilan, yurak amri bilan bitilganday qilib eplaş – profesionalizm.
Undaylar bizda köp emas, deganim, aslida, özimizni yozğirganim, xolos, birovga ayb yuklamayapman.
Boyagi “bu dunyoning taşvişlaridan qöl siltab, ijodga şönğiş” masalasiga birrov qaytsam. Xö-öş, odam nega şunday tavakkal qilolmaydi? Nega özi şunday qilolmaymiz, axir, Şukur aka bu zohidona hayotni boşlab bergan va kam bölmagan edi-ku?
Yö-öq, biz qörqoqmiz!
Kezi kelganda Abdulla Oripov, Şukur Xolmirzayev avlodi ustidan hukm qila olamiz, kibrlanib kula olamiz, lekin kezi kelganda ular jurʼat qilgan jasoratga qöl urolmaymiz. Jasorat kerak.
Şu barobar davlat işidan, demak, maoşdan uzilib, bola-çaqa qoş-qovoğiga qaramay, uzlatga çekiniş uçun, albatta, birinçi galda aqalli bir-ikki yilga yetgulik mablağing, yostiqni qoringa bosib, kök çoyni xörillatib içib ijod tafakkuriga çömib, berilib ketiş uçun inson hammasidan köra xotirjam böla olişi kerak. Şunisi muhim. Xotirjamlik bölmasa, kişi heç bir işga tavakkal qila olmaydi.
– Matbuotdagi çiqişlaringizning birida yoşlar faol emasligidan noligan edingiz: “Hozirgi yoşlar katta bir oqim bölib yuzaga çiqayotganlari yöq. Men ularning aksariyati öqimaslik kasaliga duçor bölganidan qörqaman. Yozadilar, lekin öqimaydilar. Bir xillari eksperiment usulida bir balolarni yozadi, tuşuntir-çi, özi kimga öxşab, kimga ergaşib bunaqa narsa bitding desang, yelka qisadi. Holbuki, biz butkul boşqa zamonga kelib qolgandek. Xabardorlik, ogohlik kerak.
Badiiy adabiyotga bevosita taalluqli bölgan ança-munça adabiyotlar internetda ham mavjud. Atoqli şoir Xurşid Davron juda köplab arzirli asarlarni internetga joylaştirdi. Buyam jonkuyarlik. Ammo yoşlar na internet, na kitobga eʼtiborsiz bölayotgani çatoq. Internetga qiziqişadi, lekin asarga, adabiyotga emas.
Yilda bir-ikki marta yoşlarning adabiy körik-tanlovlarida xizmat taqazosiga köra qatnaşişga töğri keladi. Ayniqsa, şoir bölaman degan yoşlar öqimaslik bobida hayratga solişadi meni. Ösmoqçilab sörab kelsang, Muhammad Yusufning şeʼrlarini öqiyman deydi, uning ham kitoblari nomini bilmaydi. Aslida ular M.Yusufni ham öqimagan böladi, radio yoki televizorda şoir şeʼrlari bilan aytilgan qöşiqlarni eşitgan, xolos”.
Bu fikrlaringizga men ham qöşilaman. Yoşlar bilan gurunglaşganimda ular bugungi ijodiy jarayonda faol şoir va yozuvçilarning hatto ism-familiyasini bilmasliklari meni ajablantirdi.
– Maktabda öqib yurganimizda hozirgiday adabiy anjumanlar deyarli bölmasdi. To öqişga hujjat topşirib tösatdan şoirlarni uçratib qolmaganimizda, ehtimol ularga qiziqişlarimiz orqavarotdan, sirligiça qolib ketarmidi… Ammo bugun vaziyat butunlay boşqaça. Xohlagan ijodkor bilan xohlagan kuning, xohlaganingça suhbatlaşsang böladi.
Lekin, aytaylik, Xurşid Davron, Murod Muhammad Döst, Nazar Eşonqul yoxud boşqa şu toifa ijodkorlarga “Ilk qölingizga qalam olişga undagan narsa nima?”, “Birinçi nima haqida yozgansiz?” va hokazo ensani qotiruvçi “dejurniy” savollar bilan joniga tegsangiz, yaʼnikim, uning asarlarini öqimagan bölsangiz, bahs yurita olmasangiz, qölini siltab jönab ketaqoladi.
9- yoki 10-sinfdaligimda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti talabalari bilan şoir A.Oripovning uçraşuvi televizorda körsatilgan. Öşa davr sxemalariga mos uyuştirilgan bölsa-da, baribir maşhur şoirning jonli muloqoti öta qiziq edi. Çamasi Abdulla aka hali qirq yoşga tölmagan yoş yigit edi, biroq tiyran dard, teran falsafa, köngilni junbuşga keltiruvçi armonli şeʼriy misralari tamoman bizni oşufta qilib qöyardi.
Hozirgi havaskorlarda ham şoir zotiga şunday talpiniş, ijodiy mahoratidan hayratlaniş tuyğulari bormikin? (Bormikin-a?..)
Katta ijodkor böliş uçun köp öqiş kerakligi bor gap. Ammo zinhor va zinhor Navoiy, Maşrab, Ogahiy, Oripov yoxud Muhammad Yusuf biror imtiyoz tufayli şoir bölib qolmagan. Va öz navbatida “zulfiya”çi qizlarimizning aksariyati tötiquşdek sayrab “vatanparvar” bölib qolişlari ortida, agar isteʼdod yöq ekan – heç narsa yuz bermaydi, yaʼnikim yöq isteʼdodni bir mukofot bor qilolmaydi, aksinça, bor isteʼdod, garçi u davlat mukofoti darajasida maʼqul körilmasa ham adabiyot, xalq uçun yorqin voqea bölib qolaverişi mumkin. Bizning mukofotlarimiz talantlardan ustun turadi, teskarisi bölişi zarur…
Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari, yaʼni tilga tuşgan şoir-u yozuvçilarning xalq orasiga, şu kabi oliy öquv yurti talabalari içida bölişi, muloqot qilişi, kerak bölsa, dars ötişlari foydadan xoli emas. Ayni zamonda, virtual tarmoqlar kuçaygan davrda ehtimol bunga ehtiyoj ham kamaygandir.
Men 8- yoki 10-sinfda “Şarq yulduzi” jurnalida yozuvçi Nurali Qobulning “Tubsiz osmon” qissasini öqib höng-höng yiğlaganman. Talabaligimning dastlabki oylarida fakultetimizda Nurali Qobul bilan uçraşuv bölgan. Hayajonlanganimdan huşimdan ketayozganman.
Boşqalar savol bergan, men yozuvçining sözlarini tinglaganman, harakatlarini tomoşa qilib ötirganman…
Agar muxlisda, kitobxonda çindan ham ixlos bölsa, jonli muloqot kerak, ustoz tajribasidan ulgi olmoq koni foyda. Mabodo, kitobxon kim böpti, buyam bir odam, biologik mavjudot, nima qipti, gapiradi-da, deb mehrsiz, bepisand qabul qilsa, bilingki, unday jonli suhbatdan sira foyda yöq.
Öylaymanki, bizdagi öquvçilarda unday sovuqqonlik bölmasa kerak. Ijodkorlarga hurmat, mehr va hayajon doim balqib turadi.
– Ayrim hikoyalaringizni jahon adabiyoti klassiklari asarlari kabi sevib öqiyman. Misol uçun, “Minnat” asaringizni olaylik. A.Çexovning baʼzi hikoyalaridan nimasi kam?
Asar tili şirali, ğaşingizga tegmaydi. Eng muhimi, hikoyada oddiylik, tabiiylik mavjud, sunʼiylikdan xoli: “Akamni, oradan olti yil ötibdi vafotiga, endi-endi şunday qömsaymanki, Xudo haqqi, agar hozir hayot bölganida, böyniga osilib töyib, bökirib yiğlar edim. Odam şunday ekan-da: tirik va soğlom yurganida xuddi mangu şunday qoladigandek, sen ham oşingni oşab, yuz yil yaşab yuraveradigandek tuyulaverarkan. Talabaligimda, Abduxoliq akam içimizda katta bölgani uçun dastavval bir kilo konfet kötarib uyiga ötardim, öğil-qizlarini erkalab ötirişni xuş körardim”. Heç qiynalmaysiz, qoqilmay-suqilmay, murakkab, atayin çalkaştirilgan jumlalarga duç kelmay öqib ketaverasiz.
Hikoyada xarakter yaratiş – muşkul yumuş. Buni Şukur Xolmirzayev kabi nasr ustalari uddalaşgan. “Minnat”da Abduxoliq xarakteriga xos jihatlar uning xatti-harakatlari dialoglar vositasida oçib berilgandek. Hatto asardagi epizodik personajlar ham esda qoladi.
Lekin hayron qoldiradigan jihat şundaki, bir neça qissalar yaratib, ijodiy mahoratingizni sinab körgan bölsangiz-da, negadir birorta romaningiz naşr qilinmagan. Öttiz yoşingizda davlat mukofotiga sazovor bölgan edingiz. Töğri, ijodkor unvon oliş uçun yozmaydi. Ammo… Hatto sizning yoşingizdan kiçikroqlar ham ilgari xalq yozuvçisi bölişganligini nazarda tutadigan bölsak, ijodiy kamolotigizda biroz keçikiş jarayoni kuzatilmayaptimikin?
Sizdek yozuvçi dunyoning barça ijtimoiy, maişiy taşviş-u vahimalaridan qöl siltab butkul ijodiy maşğulotga şönğib ketolmayotganligiga afsus çekaman. Özingiz nima deb öylaysiz?
– Mezon qissa yo roman yoziş bölmasligi kerak, çamasi. Odam özini bağişlab, kuçi, ilhomini ayamay yozişi, yuzakilikka berilmasligi lozim. Nuqtai nazarim, prinsipim şu. Ammo epik kölam bilan ijod qilganlarga, oçiği, havasim keladi. Tolstoy, Şoloxov, Qodiriy, Odil Yoqubovlarni oling. Qança çigal taqdir, zamon, makondagi murakkabliklar, yozuvçining ayni öşa qismatlardan ham ustun kelib bayon etişi… Bu – kuçlilik belgisidir.
Romanga havasmand bölganimga ön beş yildan oşdi, deylik, şu yillar davomida qaysidir maʼnoda unga unnab yotaman, baʼzan hafsalasizlik, yalqovlik ustun keladi, goho ötirib, çinakamiga “çeçilib” yozişga yumuş xalaqit qiladi, umuman, bahona köp. Şukur akaga öxşab “hayt!” deya hamma narsadan voz keçib uzlatga ketiş, asli – jasorat. Şu bois malomat qilsam, birovdan emas, özimdan öpkalaşim kerak.
Hikoyalarimni eʼtirof etayotganingizdan xursandman. Çunki bu gaplarni oddiy öquvçi emas, katta bir ijodkor, munaqqid aytayotibdi. Keyingi çoğlarda, vaqt nuqtai nazaridan, hikoya menga qulayroq tuyulib qoldi. Hikoyaga siğmaganlarini yiğib yuraman, qani, kun kelib çoğroq bir-ikki romanga joy bölar.
– Yozuvçining publitsistikaga murojaat qilişi tabiiy hol. Çingiz Aytmatov, Odil Yoqubov, Ötkir Hoşimov kabi maşhur nosirlar otaşin publitsist ham bölişganini yaxşi bilamiz. Hatto siz ham yigirma yillar avval “Özbekiston ovozi” gazetasida “Goh huquqni bilmaslik, goh hiylai şarʼiy” kabi nordon tilli muammoli maqola eʼlon qilgan edingiz. “Aççiq, ammo oçiq gaplar” rukni ostida bosilgan qariyb bir sahifani egallagan maqolangizda jinoyat yöliga kirib qolgan kişilar xususida hikoya qilgansiz. Yana köplab maqolalaringizga közim tuşgan.
Adib publitsistikasi adibga nima beradi? Boy hayotiy materialmi yoki yozilajak asarlar syujetini qiziqarli qiliş yölini oçadimi?
Balki yozuvçi publitsistikaga kamroq murojaat qilgani, gazeta va jurnalda uzoq vaqt ötirib qolmasligi kerakdir? Negaki, naşrlar nonini yeb kun keçiradigan yozuvçining badiiy asarlarida publitsistik ruh ustuvorlik qilib qolmasmikin?
– Yozuvçi publitsistikasi boşqa jurnalistlar publitsistikasidan, tabiiyki, farq qiladi. Gap şundaki, adib hayotga, jamiyatga kölamdorroq nazar soladi, voqea-hodisalarning maʼnaviy oqibatlariga teranroq razm solişi mumkin, şu bois u oddiy reportaj yoki lavha uyuştirayotgan jurnalistdan ayriça fikrlaşi muqarrar.
Çingiz Aytmatov, Odil Yoqubov, Öljas Sulaymon, Andrey Voznesenskiy publitsistikasi, suhbatining köp şov-şuvga sabab bölgan hollarini kuzatganmiz.
Bu adibga nima beradi? Aytiş joizki, köp narsa! Avvalo, jonli hayotga, kişilik jamiyati muammolariga yaqin böladi. Biroq yozuvçi hayotga, modomiki, yozuvçi közi bilan qararkan, albatta, boşqa qaraşlar qobiğidan çetga çiqişga majbur va şunda u… jurnalistik zamin öziga torlik qilayotganini sezib qoladi. Öz-özidan tuşunarliki, ayniqsa, gazetaçilikda rasmiyatçilik maqomi köpinça ustuvorlik qiladiki, şu nuqtada aksariyat adibman degani jurnalistika qobiğidan çiqadi. Samimiyroq, hayotiyroq, “odamgarçiligi” köproq bir davrani qömsab qolasiz-ku, şunda beixtiyor rasmiyatçilikni yiğiştirib qöyaqolasiz. Yoki butunlay xayr-xöş qilasiz.
Juda jön misol aytay: ikki döstdan biri – Anvar Jöraboyev yozuvçi bölolmadi, Nurali Qobul jurnalist bölib qolmadi.
– Siz taniqli adibgina emas, balki davlat va jamoat arbobi bölib yetişişingiz ham mumkin edi. Negaki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasi auditoriyalarida yigirma yillar avval siyosiy mavzularda leksiyalar tinglaganingizni yaxşi eslayman. Bunday nufuzli öquv yurtida tahsil oliş hammaga ham nasib qilmagan.
Ehtimol, demak, siz Qöşrabotga yoki Toşkentning biror tumaniga hokim yoki boşqa kattaroq mansabdor bölib ketsangiz badiiy ijod bilan izçil şuğullanarmidingiz?
Misol uçun, Çingiz Aytmatov, Öljas Sulaymonov kabi yirik, adabiyotning taniqli namoyandalari ham siyosatçi, (bir neça davlatlarda elçi) ham ijodkor sifatida dovruq qozonganlar.
Siz-çi? Lavozim ijodiy işga xalal beradi, deb öylaysizmi? Bugungi kunda ham xoh naşriyotda, goh siyosiy gazetada işlab köp vaqtingizni taşkiliy, yugur-yugur işlarga isrof qilib yuribsiz. Açinmaysizmi?
Balki isteʼdodlarga ijtimoiy hayotda faollik xalal berar? Yoki işlamay ijod qilayotganlarning yigirma-öttiz nafariga oyiga bir neça million söm maoş tayinlaş tajribasini qöllaş kerakmikin?
– Prezident Akademiyasida öqiganim rost. 1996-97-öquv yillarida öqidim. Men bilan rahmatli Muhammad Yusuf, şoir Ğulom Mirzo öqişdi. Bizdan söng şoir Abduvali Qutbiddin, undan söng Qöçqor Norqobil öqidi.
Gapning oçiği, Abdulla Oripov M. Yusufga va kaminaga akademiyaga öqiş uçun tavsiya berayotganida keyin rahbar bölasizlar deb qiziqtirgani esimda. Lekin na şoirlar, na boşqalar rahbarlik orqasidan quvganini körmadim. 1997-yili avvalgi Prezident devonining “rezerv kadri” hisoblanardik, hozir ham…
Içimizdan viloyat hokimlari, vazirlar çiqdi. Vaqti kelganda ular “Yoşlik” jurnalining obunasi köpayişiga yordam berişdi, şu bois vazir, hokim bölgan birodarlarimdan hanuz xursandman. Biroq bugunga kelib deyarli barçalari “rezerv kadr”ga aylanib qolişdi.
Kim bilsin, zamon – yoşlarniki böldi çoği. Bir kun kelib yozuvçilar ham yoşlardan bölsin, kattalar yiğiştirsin, deyişmasa bölgani.
Albatta, bu-ku hazil. Yozuvçi, şoir ölguniça pensiya söramaydi. Ammo ijodkor degani bora-bora xaşakilaşib ketmasmikin?
Xavotir olasan-da odam. Mana, sanʼatkorman degani yoşi kattaroqlari ham xaşakilaşdi, aytayotgan qöşiğini körib, tinglab qöl siltab qöya qolasan. Yöq, bu bilan na gaplaşib böladi, na qöşiğini toqat qilib tinglaysan. Meni xavotirga soladigani şu.
Özbek yozuvçilaridan arbob çiqmadi. Yöl berişmadi çoği. Aytmatov, Sulaymonov, Şoxonov elçilik qilgan joyda özbek yozuvçilari ham elçilik qila olişardi. Yozuvçi, şoirni yaxşi köriş uçun katta rahbar adolatni seva olişi lozim. Husayn Boyqaro davlatçilik tizimida Navoiyning aqliga, adolatiga suyanganini öqiganmiz. Şu maʼnoda özbek davlat işida adiblar aralaşgan. Mirzolik, kotiblik, maslahatçilik qilişgan. Boburdek inson şoh va şoirlik maqomiga kötarildi.
Mansab va pul ijodkorga ortiqçalik qilmaydi. Qaytanga rağbat, ilhom berişi mumkin. Lekin agar ijodkor hokim bölib qolsa, aniq – u ijodkor sifatida öladi, tamom böladi. Mana, hokimlarimizning ahvolini köring, tepadan uriş, sökiş eşitgani-eşitgan, bu yoqda esa xalqning qarğişi, “içib qöydi – yeb qöydi” degan malomatlari-çi.
Bugun, – bilmadim şunaqa işxona-idora bormikin, – bemalol işga borib kelsang, 4-5 million söm maoş olsang, keçqurun uyda, bola-çaqang bilan dam olsang, şanba, yakşanba kunlari ijodga vaqt topsang, kasal qarindoşingni körib kelişga oğrinmay vaqt, pul topolsang, qarindoşing töyiga borib yonida turolsang, farzand, nevara töylariga qatnaşsang.
Seni oqsoqol, yoşingni katta deb törga ötqazişsa, bilmadim, hurmat-izzatning tağin qanday mezonlari bor…
Xullas, odam, şularning bir aʼzosi – yozuvçi baxtli yaşaşi uçun juda köp narsa kerak emas.
Faqat ijodkor ham siyosatning qöşiğini aytsa, umr böyi xizmat qilsa-yu, oxirgi kezda xuddi Abdulla Oripovga öxşab “keraksiz” ijodkorga aylanib qoliş alam qiladi. Ikki dunyongdan ham rozi bölmaysan. Siyosat yaxşidir, ehtimol. Lekin adolatsizlik qilaturib adolatsizligini heç vaqt böyniga olmaydi, sen ham, zinhor urinma – böyniga qöyolmaysan…
Tinç, qarindoş, farzandlaring eʼzozida ölim topsang – baxtli yaşab ötganing. Köp zamonlarda bundan ortiqçasi ortiqça bölgan…
Öylab-öylab zörğa esladim, öşa vaqtlarda şiddat, ğayrat köp ekan-da odamning bir-biriga eʼtibor, hurmati ham köproqmikin…
Katta yoşdagilar, oqsoqollarning bir-birini eʼzozlaşgani, matbuotda – buni eʼtirof etişganiniyam körganmiz. Oqibatli odamlar davri ekan. Ha, öşa ustozlar ming qilganda ham mazmunli hayot keçirişdi, ötganlarini Alloh rahmatiga olsin.
Oqibatlilikda gap köp-da, şunday emasmi?
– Mening “Şirindir azobi sevgining” (Adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar) deb nomlangan kitobimdan taniqli şoir Salim Aşur bilan Siz yozgan sözboşi örin olgan. Buni eslaşdan muddao mahoratli adibgina bölib qolmay, öşanda sizning asarlar, ulardagi obrazlar mohiyatini nozik his eta oladigan adabiyotşunos sifatidagi qobiliyatingiz ham namoyon bölgan edi.
Yaxşi eslaysiz, burungi katta ijodkorlar – Odil Yoqubov, Şukur Xolmirzayev, Ötkir Hoşimov, Öktam Usmonov va boşqalar hamkasb yozuvçilarning roman, qissa va hikoyalariga munosabat bildirib turişar, adabiy naşrlar u yoqda tursin, siyosiy gazeta va jurnallarda ham maqolalari bosilib turardi.
Bugungi kunda negadir Isajon Sulton, Abduqayum Yöldoş, Şodiqul Hamro singari isteʼdodli yozuvçilar keyingi yillarda naşr etilgan “semiz” va “oriq” kitoblar xususida lom-mim demayaptilar. Nima deb öylaysiz, fikr bildiriş, ilmiy va estetik tahlil qiliş faqatgina adabiy tanqid(çi)ning yumuşimi?
– Yozuvçiga bu borada nima deysiz, deb turtkilaş, albatta, noqulay bölar. Lekin, bilasizmi, agar siz uşbu adiblar bilan bevosita körişib qolsangiz, biror sabab bilan duç bölsangiz, öz-özidan adabiyot va ayni paytda yozilayotgan mavjud asarlar xususida söz ketadi. Tabiiyki, yuqorida Siz tilga olgan va boşqa adiblar hamda ularning asarlari haqida fikrlar aytiladi. Heç kutmagan va bemalol tanqid ruhidagi gaplar böladi. Biroq buni biror naşr uçun sözlaşni sörasangiz, u juda “odobli” odamga aylanadi. Ataylab şu işni orqaga suradi yoki butunlay boş tortib qöya qoladi. Özaro davradagi fikr boşqa, matbuotdagisi boşqa. Andişa köpinça prinsipial gapni rasman aytişga yöl bermaydi. Bu holatni ham tabiiy qabul qiliş kerak çoği. Navoiy hazrat yozgani kabi har rostni sözlaş ham durust emas. Siz yaxşi bilasiz, Lev Tolstoy Dostoyevskiyday buyuk yozuvçining, Şekspirdek uluğ dramaturgning deyarli barça asarlarini pöstagini qoqib taşlagan, ayamay tanqid qilgan. Biroq Tolstoy tanqid qildi-ku deb birov na Şekspirdan, na Dostoyevskiydan voz keçgan yoxud ixlosi susaygan emas. Bundan Tolstoy, Dostoyevkiy, Şekspir dahosiga zaxa yetmagan. Bu daho yozuvçining qatʼiy adabiy prinsipi yoki ular dahosi qoşida ğaşi kelgani belgisidir – buni har kim har xil tuşunişi mumkin. Ammo ötgan asrning 80-yillaridagi kabi asarlarga qizğin munosabat bildirilmayotgani bor gap.
Nazar Eşonqul bir maqolasida bizning avlodni avlod deb atab bölmasligini yozğirgan. Maʼlum bir adabiy tamoyil, aʼmollarni birgalaşib yoqlamasliklarini tanqid qilgan. Sustkaşlik bor narsa, ammo butun bir ön yilliklarni yaşab, yozib, kerak bölsa, şu orqali özlarining jamiyatga, hayotga, mavjud tuzumga munosabatlarini bildirib, maʼlum maʼnoda boşqa qaraşlarga, şakllarga intilayotgan önlab adiblarga bir xilda baho beriş, balki töğri emasdir, menga şunday tuyuldi.
Hozirgi yetmiş yoşli yozuvçilar bilan suhbatlaşganingizda ham tengqurlari asarlarini oğzaki suhbatda bemalol tanqid qilaveradi, lekin şu fikrining rasmiy tus olişini xohlamaydi, xolos. Biz mansub 50-60 yoş tegrasidagi ijodkorlarda ham xuddi şu “kasallik” mavjud. Bu yaxşimi, yomonmi – bir narsa deyiş qiyin. Biroq bir narsani aniq ayta olamanki, bular avvalo bir-birlarini hurmat qiladi, asarlarini öqigan va öz pozitsiyalariga ega. Adib adibning asarini öqimay turib uni pisand qilmasligi – yomon qusur. Afsuski, hayotda bunday hodisalarga duç kelganmiz…
Jovli aka, uşbu suhbat doirasidan çiqib yana köp fikrlar bayon etiş mumkin ekan. Ammo bu alohida suhbat bölgani tuzuk. Vaqt topib, hafsala qilib şu gaplarni aytişga undaganingiz uçun Sizga taşakkur!
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


