17 daqiqada öqiladi

679 marta körilgan

Ikki xalqning suyumli farzandi

Tohir Malik

Jannatmakon ustozimiz Nosir Fozilov bir-biriga jigar hisoblangan ikki xalq orasida şu sifatlari bilan tanilganlar. Buni, ehtimol, sifat emas, hayotlariga berilgan baho, yanada töğriroği, uluğ mukofot deganimiz maʼquldir. Ikki adabiyot olamiga qilgan xizmatlari uçun Nosir akaga har ikki davlatning köp mukofotlari berilgan. Nosir akaga berilgan unvon-u nişonlar boşqa ijodkorlarga ham berilgandir. “Ikki xalqning suyumli farzandi” degan rasmiy unvon yöq. Taʼsis etilganida ham faqat Nosir akagina bunga birinçi örinda loyiq körilgan bölardi. Aslida ham şunday: ikki xalqning suyumli farzandi martabasiga yetişganini isbotlovçi rasmiy qoğoz-hujjat bölişi şart emas. Xalq yuragidagi muhabbat kifoyadir. Qoğoz-hujjatlar javonda qolib ketadi. Xalqning yuragidagi muhabbat va xalq dilidagi duolar bilan Allohga röpara bölinadi.

Nosir aka haqida xotira yoziş işlari boşlanganiga ança böldi. Nazarimda, men bu xayrli işga oxirgilardan bölib kirişdim, şekilli. Buning sababi: vafot etgan azizlarim haqida söz yozişda yuragimda oğriq turadi. Xotira yozişni boşlagunimga qadar ötgan akalar-döstlar men uçun tirik bölişadi. Xotira yozilgaç, ularning bu dunyoni tark etganlarini tan olişga majbur bölaman. Aslida ularning vafot etganlari uluğ fojia emas, “ölim bizlarni ayirdi”, deyilsa-da, ayriliq emas. Çunki ayriliş faqat jismandir, ruhda ayriliş bölmaydi. Eng muhimi, bu ayriliq vaqtinçalikdir, qiyomatda yana körişmoqlik, birga bölmoqlik saodati bordir. (Allohning marhamati va madadi ila bu bayon oxiriga yetgaç, Nosir akamning tuğişganla­riday ardoqlovçi qadrdon ukalari Tursunboy Adaşboyevni ham xotirlab yoziş umidim bor. Umidimga yetar bölsam, Tursunboy aka haqidagi gapni ham ayni şunday boşlasam kerak. Çunki Tursunboy akam bilan Nosir akamning fazilatlarida ham, qilgan xayrli işlarida ham öxşaşlik köp.)

Bolalar adabiyotining beqiyos ustozlari Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmat bilan bolalik çoğimda bevosita tanişganman, yaʼni ular boşqargan adabiyot tögaragida ilmlaridan, suhbatlaridan bah­ramand bölganman. Hakim Nazir, Nosir Fozilov kabi ustozlarni esa öşa bolalik yillarim özlarini körmay turib, kitoblarini öqib, taniganman. Hakim akaning “Çöl havosi”, Nosir akamning “Robinzonlar”, “Quş qanoti bilan” kabi kitoblari hozir ham köz öngimda turibdi. Keyinroq Nosir akam tarjima qilgan roman va qissalar orqali qöşnimiz qozoqlar hayoti bilan tanişgan edim. Qozoqlarni köça-köyda, bozorda körib yurgan bölsam-da, ularning hayoti bilan Nosir akam tarjima qilgan kitoblar orqali bilib olganman. Bovurlarimiz qozoqlarning Abay, Muxtor Avezov, Ğabit Musrepov, Sobit Muqonov kabi ulkan adiblari öz kitoblari bilan Nosir akamning mehnatlari tufayli xonadonimga kirib kelib, to hanuz aziz mehmonlar safida turişadi. Qozoq­larning dunyoni lol qoldirgan polvonlari Hojimuqon va Çöloq polvonlarni ham özbek öquvçilariga Nosir akam taniştirgan edilar. Turli tarjima asarlarni öqiyverib, ğaşimiz keladigan bölib qolgan. Maʼnoni oçib berolmaydigan ğaliz jumlalar “tişga tegaverib”, bezor qilib yuboradi. Nosir akamning tarjimalari unday emas. Hatto “tarjima asar” deyişga ikkilanib qolasan kişi. Çunki Nosir akam asarni qozoqça emas, xuddi özbekçada yozilganday qiyomiga yetkazib berardilar. Köpçilik: “Qozoq adiblari şunaqa zör asarlari borligidan özlari ham ajablanişsa kerak”, deb hazillaşişardi.

Maktabning yuqori sinflarida öqib yurgan kezlarim “Özbekiston madaniyati” gazetasini doimiy ravişda olib öqirdim. Gazetani qölga olişim bilan birinçi galda törtinçi sahifadagi eʼlonlarga qarardim. Unda Yozuvçilar uyuşmasida böladgan tadbirlar haqida xabar berilardi. Tadbirlarga borardim, birov “Bu ösmir bola nima qilib yuribdi”, demasdi. Yuqorida ötirgan Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor kabi uluğlardan köz uzmasdim, gapirişganda diqqat bilan tinglardim. Tanaffus paytida yoki tadbir tugaganidan keyin ularga yaqinlaşib salomlaşayotgan yoşlarga havas bilan boqardim. Tadbirda toğam Mirzakalon Ismoiliyni ham körardim, lekin tortinçoq­ligim tufayli­mikin, borib salomlaşişga iymanardim. Öttiz yoşlar atrofidagi yozuvçilarni, xususan, Nosir Fozilov, Ölmas Umarbekov, Farhod Musajonov, Ötkir Hoşimovlarni ham ilk marta şu tadbirlarda körganman. Ularday bölişni orzu qilganman.

Birinçi fantastik qissamni talabalik yillari yozgan edim. Men dorilfununning keçki bölimida öqir edim. Kunduzi işlardim. 1966-yil avvalida bolalar matbuotida işlay boşlaganimdan keyin uzoq yillar havas qilganim adiblar bilan yaqinroqdan körişiş, salom beriş baxtiga yetişdim. Ayniqsa, zilziladan söng “Şarq yulduzi” jurnali va Yozuvçilar uyuşmasi Navoiy köçasidagi 30-uyga köçib kelgaç, orzularim birin-ketin amalga oşa boşladi. Maşhur kişilarni uzoqdan bölsa-da, körib zavqlangan ösmirning yigit yoşiga yetib, ul azizlar bilan qöl berib salomlaşişi çinakam baxt edi, desam işo­navering. Ehtimol, hozirgi yoşlar bunday holatni qadriga yetişmas, lekin biz uçun uluğlarning salomimizga alik olib, qöl uzatişlari çinakam baxt edi. Uluğlar davrasiga yaqinlaşilgandan keyin ular haqidagi turli gap-sözlarni eşitasiz, ularning odatlari bilan tanişa borasiz. Tahririyatlar, naşriyotlar joylaşgan imorat yonidagi eskigina çoyxona bu borada yaxşi maʼrifiy markaz edi. Adabiyot maydoniga endi kirib kelayotganlar ham, bu maydonda qaddini tiklab, tanilib qolganlar ham davrada suhbat qurişardi. Yangi şeʼrlar öqilardi. Kimningdir asarini naşriyot muharriri yoki tahririyat adabiy xodimi “Bölmaydi”, deb qay­tarib bergani muhokama qilinardi. Yoki yangi asarini oqqa köçirtirgan yoş adibga asarni kimga öqitiş borasida maslahatlar berilardi. Şunday davralarda köpinça “Nosir akaga öqitib oling, Nosir akadan ötgani, hamma joydan ötdi, degan gap”, deyişardi. Kimdir birov oradan kunlar ötib: “Qissa Nosir akaga yoqmabdi, “Bölmaydi”, dedi”, desa davradagilar “No­sir aka şunday degan bölsalar, demak, töğri”, deb xulosa yasab berişardi. Nosir akamga yaqinlaşmay turib u kişining ğoyat talabçan, hatto ayovsiz ekanliklarini bilganman. Keyinçalik mehrlari bilan birga ayovsizliklarini ham tatib körganman.

Universitetni bitirgan yilim fantastik qissani oqqa köçirib, ikki nusxasini “Yoş gvardiya” naşriyotiga, bir nusxasini “Şarq yulduzi” jurnaliga eltib berdim. Tanişlarim: “Qissang ikki sabab bilan jurnalda bosilmaydi: birinçidan “Şarq yulduzi” jiddiy adabiy jurnal, fantastikani bermaydi, ikkinçidan, asar Nosir Fozilovning qöliga tuşadi, uning çiğiriğidan ötişi qiyin”, deyişsa ham ahdimdan qaytmadim. Qöl­yozmani berib, özim harbiy xizmatga jönadim. Oradan bir yil ötib, Nosir akaga röpara böldim. “Ha, şoir”, deb samimiy kutib oldilar. Asar maʼqul bölganini, jurnalda berişga tayyorlanganini aytganlarida avvaliga gangib qoldim, keyin quvonçdan yettinçi osmonga uçib çiqqanday böldim.

Nosir akam “Yuring, şoir”, deb Boş muharrir xonasiga boşlab kirib, Mirmuhsin akaga taniştirdilar-da, “Mana bizda ham fantastika paydo böldi”, deb gap boşlab, asarni maqtadilar. Men Mirmuhsin aka­ning iş uslublarini eşitgan edim. Jurnalda bosiladigan asarni boşqa yozuvçilarga ham öqitib, ularning fikrini eşitib, keyin qaror qabul qilar ekanlar. Qissa bu jarayondan ötgan ekan, Nosir akaning fikrlarini maʼqulladilar. Şunda men nodonlik qilib, asar “Yoş gvardiya” naşriyotida qisqartirilgan holda naşr etilayotganini aytib qöydim. Mirmuhsin aka Nosir akaga savol nazari bilan qaradilar. Nosir aka afsus, deganday boş çayqadilar:

– Şoir, kitobni töxtatişning iloji yöqmi? – dedilar.

– Bosmaxonada terib bölingan, – dedim.

Jurnalda bosilgan asar keyinroq kitob holida naşr etilişi mumkin edi. Lekin kitob bölib çiqqan asarni jurnal bermasdi. Öşa kuni “Nodonlik qildim, aytma­sam bölar ekan”, dedim, keyin “Töğri qildim, bu işim vijdondan böldi”, degan töxtamga kel­dim. Asarni jurnalda çiqmasligiga özim sababçi bölganim köp ötmay taqdirlandi. Keyingi qissani qölga olib, öqişgaç, galga solmay, uzun navbatga qöymay, naşr etişdi.

“Hikmat afandining ölimi” naşrdan olib qöyilgaç, Nosir aka meni tez-tez yöqlab, qölyozmalarga taqriz yozişni topşira boşladilar. Bu sohada tajri­bam yetişmasa-da, işonç bildirdilar. Hatto hajmi beş yuz sahifadan oşadigan romanni berib, “150 betlik asarga aylantirib bering”, dedilar. Baʼzi adiblar böşroq yozilgan asarlarini nasr kengaşi muhokamasidan ötkazib olib, tahririyat va naşriyotlarni bezor qila boşlaşardi. Yuqori idoralarda ularni himoya qiladiganlar ham bölardi. Qönğiroqlar va iltimoslardan bezgan tahririyat rahbarlari “jurnal varianti” degan izoh bilan asarni qisqartirib berişardi. Menga xuddi şunday romanni berdilar. Asarga husn bölmaydigan sahifalarni qisqartirib çiqdim. Ayrim sahifalarni qaytadan yozib, maşinkada özim köçirib berdim. Bu işim ham Nosir akamga maʼqul keldi. Ayniqsa, fantastika yönalişida yoziladigan asarlarga men baho beradigan bölib qoldim.

Harbiy xizmatga jönashdan oldin “Dilpora” degan qissa yozişni boşlagan edim. “Nomussizlik dilni pora-pora qilib taşlovçi dahşatli kuç”, degan ğoyani asarga singdirişni öylagandim. Xiz­matdan qaytgaç, yozişni davom ettirib, nihoyasiga yetkazdim. Zör  asar yozganimga işonib, özimdan özim mamnun böldim. Tezroq naşr bölişi, tezroq maqtovlar yoğilişi umidida bir nusxasini toğamga, ikkinçisini “Şarq yulduzi” nasr bölimi boşliği Nosir Fozilovga berdim. Nosir aka xolis, töğrisöz bölganlari uçun biz – yoşlar uni yaxşi körardik. Nosir aka men kabi yoş adib bilan ham, Odil Yoqubov yoki Said Ahmad bilan ham bir xilda muomala qilardilar. Yoşlarga “şoir”, deb murojaat qilardilar. Kamina ham bu lutfdan benasib emasdim. Tahririyatga nurli umidlar bilan borib, Nosir akaga röpara böldim. Ammo bu safar maqtov eşitmadim. “Yaxşi narsa yozibsiz-ku, ammo…” degan gap ham bölmadi.

– Şoir, rasvo qilibsiz-ku! – dedilar.

Bu bahoning hazilmi yo çinmi ekanini anglamay taajjubda qoldim. Odatda “asarni öqidim, yaxşi yozibsiz, lekin bunday-bunday kamçiliklari bor, qayta işlaş kerak”, deyilardi. Nosir aka esa…

– Nega? – dedim.

– Özbek ayollarini fohişaga çiqarib qöyibsiz-ku?!

Asardagi ayollardan biri adaşib, boşqasi esa atayin xiyonat köçasiga kirgan edi. Maqsadim ayollarni kamsitiş emas, balki yoşlarni şu yöldan qayta­rişga uriniş edi. Demak, asarda maqsad amalga oşmabdi.

– Nima qilamiz, şoir? Gapim notöğri bölsa, işontiring.

– Men öylab köray.

Aslida öylab köriş uçun emas, toğamning fikrlarini biliş uçun fursat oldim. Toğamnikiga bordim. Toğamdan eşitgan gaplar avaylab kötarib kelganim umid çinnisini tamoman çil-çil sindirdi:

– Ön beş bet öqidim. U yoğini sira öqiy olma­yapman. Nima deysan, sabr bilan öqib çiqaverayinmi yo şunça öqiganim yetarlimi?

Maqtovlar şohsupasida huzurlanişni orzu qilgan yigitni göyo qoziq qilib yerga qoqib yuborişganday bölişdi. Hatto “Demak, mendan yozuvçi çiqmas ekan”, degan fikr ham uyğondi.

Nosir aka turkistonlik bölganliklari uçun toğam u kişini “qozoq” deb, özlari öşlik bölganliklari sababli Nosir aka “qirğiz” deb hazillaşişardi.

– Qozoq akangga öqitdingmi? – deb söradilar.

– Öqitdim… Yoqmabdi.

Nosir akaning gaplarini aytişga uyaldim.

– Unga yoqmagan bölsa, mening öqişdan töxtab qolganim bejiz emas ekan. Sen şoşilma, uç-tört oy taşlab qöy, keyin yangiça nazar bilan qölga olasan.

Uç-tört oy emas, köp yillar taşlab qöydim. Yaqinda “Darakçi” gazetasi tahririyatidan qönğiroq qilib, “Yoşligingizda yozgan asarlaringizdan bölsa ham beravering”, deyişdi. “Dilpora”ni eslab, eski qoğozlar orasidan topib, varaqlay boşladim. Toğam aytganlariday, ön beş betni qiynalib öqidim. Keyin uyala boşladim. Sahifalarni taxlab, tepasiga “Qaysidir ada­biyotşunos olim, qaçondir men haqimda nimadir yozmoqçi bölsa, “Tohir Malik juda bemaza narsalar ham yozgan” degan gapiga misol tariqasida bu yozuvlardan foydalanişi mumkin. Boşqalar varaqlab, boşlarini oğritişmasin”, deb yozib, qoğozlar töplamining eng ostiga joylab qöydim.

“Falak”ni yozgaç, uni ham Nosir akam bilan toğamga berdim. Nosir akam uzoq kuttirmadilar. Işlari köp bölsa ham tez kunlarda öqib, huzurlari­ga ça­qirtirdilar. Xavotir bilan borgan edim, qölimni siqib, “Ha, şoir, bu boşqa gap”, deb könglimni kötargaç:

– Men ikki ruhdagi asarni öqiganday böldim. Tarixga doir sahifalarni öqişda “Munojot”ni tinglaganday huzurlandim. Fantastikaga doir sahifalarda Olmaxon Hayitovaning taraqa-turuq aşulasi yangrab ketganday tuyuldi, – dedilar.

– Olmaxon Hayitovaning aşulasiga odamlar miriqib öynaşadi-ku? – deb hazillaşdim.

– Qirğiz öqib bölganlari yöqmi? Mayli, biz naşrga tayyorlayveramiz, qirğizga yo­qişiga işonaman.

Nosir akam Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda işlayotganlarida ham tez-tez yöqlab turardilar. “Bir köça, bir keça” kitobini naşrga tayyorlaşda ham özlari boş-qoş böldilar. Bir döstimiz kitobga taqriz yozgan ekan, öqib, kapalagim uçib ketdi. Kitobdan örin olgan barça asarlarni balçiqqa belab taşlagan edi. Kitobga Maşrab Boboyev muharrir edilar. Ajablanib, Nosir akamga körsatdilar. Nosir akam erinmay kitob bilan tanişib çiqib, afsus bilan boş çayqadilar-da: “Nodon bola, öç olmoqçi bölibdi-da”, dedilar. Gap şundaki, sal oldinroq men u döstimizning asariga taqriz yozib bir qança kamçiliklarini körsatgan edim. Taqrizdagi fikrlarim Nosir akamga maʼqul bölgan, döstimiz esa jiddiy ranjigan ekan. Nosir aka uning taqrizini çetga surib qöyib, Maşrab akaga: “Naşrga tuşiravering”, deb xulosa qildilar. Keyin eşitsam, döstimizni çaqirib jiddiy tanbeh beribdilar. Döstimiz menga uçraşib, “Könglimda qora niyat yöq edi”, deb uzrxohlik qildi.

Şundan söng Nosir akam bilan bizning “quvlaşmaçoq” öyinimiz boşlandi. Hatto umrlarining oxirida ham “Orqamdan quvib yurasiz”, deb hazillaşgan edilar. Bir kuni telefon qildilar, göşakni olib, odatim böyiça “Labbay”, dedim. Nosir akam ham odatlari öyiça “Labbayingga şakar”, dedilar. Keyin maq­sadga ötdilar:

– Menga qarang, şoir, radioda osmonga puflab yurganingiz yetar. Men “Şarq yulduzi”ga ötyapman, naşriyotdagi örnimga siz kelasiz. Xöjayinlar bilan kelişib qöydim. Uyingizda ötirib işlaysiz. Lekin bir şarti bor: ikki-uç yil işlab qoçib qolmaysiz. Sizning nomingizdan şunaqa vaʼda berdim.

Bu men uçun quvonçli xabar edi. “Men ham vaʼda beraman, öşa yerdan pensiyaga çiqaman”, dedim. Lekin vaʼdaning ustidan çiqolmadim. “Şarq yulduzi”da Mamadali Mahmudovning “Ölmas qoyalar” asari bosilgaç, ğalva-töpalonlar boşlanib ketdi. “Antisovet asar”ni bosgani uçun kimdir jazolanişi kerak edi, “Holvani hokim yeydi, kaltakni yetim yeydi”, deganlaridek, asosiy masʼullar çetda qolib, Nosir akamni pensiyaga çiqaradigan bölişibdi. Bu qaror qabul qilingan kuni men uyda edim, bir döstimiz kelib, Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sarvar Azimov yöqlayotganini aytdi. Şoşqiç ravişda borişim kerak ekan. Bordim. Naşriyotdan “Şarq yulduz”iga ötganim maʼlum qilindi. Binoning uçinçi qavatidan ikkinçi qavatiga tuşdim. Nosir akam kutib ötirgan ekanlar. Yuraklaridagi ğaşlikni sezdirmadilar, aksinça, “Ha, şoir, ortimdan quvib yetib keldingizmi?”, deb hazil bilan kutib oldilar.

– Men bunaqa jiddiy joyda işlamaganman, boşim qotib qoldi, – dedim.

– Boşingiz qotmasin, masʼul kotibning işi oson: farroşga supurgi topib berişdan tortib, bosmaxonaga yugu­rişgaça, tilning tagiga validol taşlab olib maza-bemaza qölyozmalarni öqib, söng mualliflar bilan tortişişgaça – hamma-hammasiga men balogardon edim, endi siz yugurasiz. Böyingiz uzun, yugurib çarçamaysiz, – deb “işni” topşirdilar. Nosir aka çidamliroq ekanlar, men köpga çidamadim, ayniqsa, yangi boş muharrir bilan murosa qila olmay ketdim.

Oradan bir neça yil ötgaç, Ötkir Hoşimov Nosir akamni yana şu vazifaga çaqirib oldilar. Odamlar orasidan mehr-oqibat qoçayotgan qiyin paytlarda işladilar. Mualliflar asari böş ekanini tan olmay, janjallarni boşlab yuborardi. Nosir akam bu borada tahririyatdagi himoyalovçi metin qoya edilar.

“Şarq yulduzi” tarjima asarlarni deyarli bosmas edi. Bir şoir akamiz Şekspir asarlarini ingliz tilidan tarjima qilib, tavsiya etibdilar. Tahririyat rad etibdi. Masala tahrir hayʼatida muhokama qilinibdi. Oxiri, şoir akamiz aççiqlanib: “Sizlarni Şekspir bobomning arvohi uradi”, debdilar. Şunda Nosir akam xotirjam ravişda javob qilibdilar:

– Qörqitmang, Şekspir bobongizning arvohini mening bobomning ruhi urib, paçaq qilib taşlaydi.

– Sizning bobongiz kim? – deb ajablanibdilar şoir akamiz.

– Yassaviy-da… – debdilar Nosir akam.

Özlari Turkiston şahridan bölganlari uçun javob juda örniga tuşib, barçada kulgi uyğotgan ekan.

1992-yilning yoz oylarida Nosir akam qönğiroq qilib, “Ötkir akangiz bilan oşni damlab, kutib ötiribmiz, kelsangiz suzamiz”, dedilar. “Şaytanat”ning birinçi kitobini topşirgan edim. Maʼqullaşgan edi, yana biron savol çiqqandir, degan öyda bordim. Odatlariça, hazil-huzul bilan kutib olib, Ötkir akaning xonalariga boşladilar.

– “Şaytanat”ni keyingi songa bermoqçi edik, bir mulohaza çiqib qoldi, – dedilar Ötkir aka. – Qurʼoni karim­ning tarjimasi nihoyasiga yetdi. Endi jurnalning ikki sonini birlaştirib, Qurʼonni kitob holida çiqarsak. Qurʼon kitobi obunaçilarimizga tekinga boradi, qöşimça nusxalarni sotuvga çiqaramiz. Foydasiga qoğoz olamiz.

Bu juda yaxşi tadbir edi, mendan sörab ötirişning hojati ham yöq edi. Gapni bu yangilikdan boşlaniş sababini Nosir akam aytdilar.

– Şoir, naşriyotda işlagansiz, endi bu kitobni çiqa­riş sizning zimmangizga tuşadi, – deb kalit uzatdilar.

– Bu nima?

– Özingiz bilgan seyfning kaliti, içi qup-quruq, profsoyuzning muhridan boşqa heç vaqo yöq. Men çarçadim. Jurnalning taşkiliy işlari qiyinlaşib ketdi, çop-çop, yugur-yugurga toqatim qolmadi. Bunaqa işlarni naynov bollar bajaragani durust deb, – gapni yana payrovga burdilar.

– Yana quvlaşmaçoq öynab, qoçyapsizmi? – dedim.

– Bunisi oxirgisi…

Nosir akam tez-tez telefon qilardilar, baʼzan Turkistonga boşlab ketardilar, köproq esa uyga mehmonga çorlab turardilar. Uylaridan mehmon arimasdi. Qozoğistondan kelgan ijodkorlar ham Nosir akanikida, albatta, mehmon bölişardi. Köproq bolalarga atab asarlar yozganlari uçunmi, bolalarga xos beğuborliklari, mehribonliklari bor edi. Mehmon kutişda şu fazilatlari, ayniqsa, köproq sezilardi. Bu fazilat muhtarama kennoyimizda ham bor edi. Ikkovlari mehmon kutib çarçaşmasdi.

Nosir akam ellik yoşga tölganlarida uyuş­mada katta tantana böldi. Eng nomdor va amaldor yozuvçilarning yubileylari ham bunaqa darajada samimiy va gözal tarzda ötmagan edi. Nomdor va amaldorlarning yubileylariga davlat idoralari orqali odamlar majburan keltirilardi. Nosir akaning tavallud töylarini eşitganlar çorlov bölsa, bölmasa, barça viloyatlardan ham oqib kelişdi. Restorandagi keçki ziyofat ham tökin böldi. Nosir aka bilan Said Ahmad akaning köp hazillarini Ötkir aka kitoblarida yozganlar. Öşa yubiley bazmida Said Ahmad aka Nosir akamning fazilatlarini va adabiyotdagi uluğ xizmatlarini hazil tariqasida, ammo öxşatib aytgan edilar:

– Odamlar Nosirning özbek va qozoq adabi­yotini birlaştirib turuvçi köprik, deyişyapti. Bu bölmagan gap. Köprikning ustidan it ham, eşak ötaveradi. Nosir köprik emas, u siraç, ikki adabiyotni yelimlab turadi.

Said Ahmad aka “siraç” deb nomlagan yelimning rangi sariqligiga işora ölaroq, Nosir akamning sarğiş yuzli ekanliklarini askiya qilgan edilar. Sariq rang payrovi Said Ahmad akaning asosiy qurollaridan biri edi.

Yozuvçilar uyuşmasida iş boşlagan ku­nim bir guruh yozuvçilar bilan Çimkentga qarab yöl oldik. Çimkent viloyatida Özbek ada­biyoti haftaligi belgilangan ekan, Odil Yoqubov meni şu guruhga rahbar etib tayinladilar. Hafta davomida men Nosir akamning qozoqlar orasida benihoya qadrlanişlariga guvoh böldim. “Benihoya” söziga atay urğu berdim. Yozuvçilar guruhida Çimkent viloyatida tuğilib voyaga yetgan taniqli ijodkorlar bor edi. Lekin ularning baʼzilarini qozoqlar hatto tanişmasdi. Kuzatişda adaşmagan bölsam, hatto Odil akadan ham hurmatlari balandroq ekan. “Nosir oğa!”, “Nosir oğa!” qayerga bormaylik, şu xitoblarni eşitardik. Döstlarimizdan biri ham şu holatga eʼtibor bergan ekan, “Nosir akani turkistonlik bölganlari uçun qozoqlar hurmat qiladi, desam, boşqa turkistonliklar ham bor, ularga eʼtibor qaratilmayapti, bu obröning sababi nimada ekan?” – deb qoldi. Meni ham şu savol öylantirgan, özimça javob topgan edim, şuni aytdim:

– Turkistonliklarni, xususan, qozoqlarning hurmatini qozoniş uçun şu yerda tuğilib, voyaga yetiş asosiy omil emas. Asosiysi, Turkistonga, Qozoq va Özbek adabiyotiga birday fidoyilik bilan xizmat qiliş.

Guruhga rasman men rahbar bölsam-da, asosiy safar raisimiz Nosir akam edilar. Bu yerliklarning urf-odatini yaxşi bilganliklari uçun barça masala­da faqat u kişidan maslahat sörardim. Tadbirning birinçi kuniyoq, qozoq bovurlarimiz çegarada kutib olişgaç, ziyofat berdilar. Odatlariga köra, qöylar söyilib, kalla-poçalar pişirilib qöyilgan ekan. Guruh rahbari men bölganim uçun pişirilgan qöy kallasi menga tortiq qilindi. Men hurmat bilan Nosir akamga uzatdim. Nosir akam qozoqça hazil-mutoyibalar bilan göştni maydalab tarqatdilar. Söng: “Şoir, topşiriğingizni bajardim. Endi qozoqlarning har bir ziyofatiga eʼtibor bering, ikki oydan keyin bizga kelişadi, bundan aʼloroq qilib qaytarişingiz kerak”, dedilar.

– Bulardan oşirib ziyofat qilolmasak kerak, – dedim.

– Buni töğri fahmlabsiz, – dedilar.

1995-yil edi, şekilli, Nosir aka biln birgalikda Olmaotaga bordik. U yerda Qozoq-Özbek döstlik jamiyatining taʼsis majlisida qatnaşdik. Nosir aka majlislarda gapirişni unça yoqtirmasdilar. “Sözga çiqişga siz tayyorlaning”, dedilar. Lekin biz bilan borgan hukumat rasmiysi özi gapirişini maʼlum qilganda Nosir aka aççiqlandilar. Tadbirdan söng mehmonxonaga şoşildilar. Şom bölib qolgan edi. “Keça bir qozoq adibining yubileyi böldi, borib tabriklab kelamiz”, dedilar. Taksida ketaturib, haqni tölaş maqsadida çöntagimdan pulni oldim-u, beixtiyor kulib yubordim. “Ha, şoir, nima böldi?” – dedilar. “Nosir aka, Qozoğistonning mustaqil davlatligi esimda yöq, puli boşqaligi ham xayolimda yöq, xuddi sovet davridagiday özimizning pulimiz bilan çiqib kelaveribman”, desam, “Ha, soddagina bola”, deb kuldilar. Qozoq yozuvçisining uyini keçagi ziyofatdan keyin hali töla yiğiştirib ulgurişmagan ekan. Adib ğoyat quvondi. Ikki soatlardan söng ikki qozoq adibi kirib keldi. Ular Nosir akamning Olmaotaga kelganlarini eşitib, mehmonxonaga izlab borib, ança kutişibdi. Keyin öylay-öylay, “Hoynahoy, yubilyarni tabriklagani borgandir”, degan taxminda kelişgan ekan.

Olmaotada uç kun turgan bölsak, Nosir aka tinim bilmadilar. “Siz qozoqlarning şayxi, piri murşidiga aylanib qolibsiz”, deb hazillaşdim. Qaytadigan kunimiz barvaqt turib, şahardan taşqaridagi Medeo (Madad toğ) degan joyga boşlab bordilar. “Oybek akaga sovğa qilingan xarsang şu yerda bölgan, sportkompleksi qurişda portlatib taşlaşgan”, dedilar. Nosir akamning bu toş tarixiga doir voqeiy hikoyalari bor, menda tasavvur uyğotiş uçun maxsus boşlab boribdilar (Şu hikoya örin olgan kitob Davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi).

Nosir akamning eng yaxşi köradigan ukala­ridan biri Tursunboy Adaşboyev edilar. Nosir aka Yozuvçilar uyuşmasidagi bolalar adabiyoti kengaşining raisi sifatida şu kengaş kotibi vazifasida işlovçi Tursunboy aka bilan deyarli har kuni aloqada bölib turardilar. Nosir aka bizlarni samimiy akalik mehri bilan yaxşi körardilar, ğamxörlik qilardilar. Bir kuni qönğiroq qildilar:

– Kennayingiz jarrohlik şifoxonasida köribdilar, kasallarning kiyimida ekansiz, yana nima böldi?

– Yana öşa gap, xirurglarning piçoği qonsi­rab qolgan ekan, – deb hazillaşdim.

– Obbo… – deb uf tortganlarini eşitdim. – Bu neçançisi? Yana nimani olib taşlaşdi? Şoir, içingizda biron narsa qoldimi özi?

– Oldingi safar köproq olib taşlaşgan ekan, bu safar qöşib qöyişdi, – deb hazillaşdim.

Şifoxonadan çiqqunimça har kuni qönğiroq qilib turdilar. Unvon bilan taqdirlangan kuni birinçi bölib tabriklagani keldilar. “Naynov bola, endi engaşib turasiz, peşonangizdan bir öpmasam bölmaydi”, deb hazillaşdilar.

Ana şunday mehribon edilar. Mehribon aka mehri bilan qadrlardilar. Biz mehribon uka mehri bilan javob qaytara oldikmi? Meni şu savol köproq öyga toldiradi.

Bayon avvalida banda xalqning duolari bilan Allohga röpara böladi, dedim. Nosir akamni “Ikki xalqning suyukli farzandi”, deb atadim. Bayon söngidagi duo: Allohim, ikki xalqning suyukli farzandi martabasiga yetişgan bu bandangga Özing sevgan bandalaring qatoridan joy ber. Şunday yaxşi odam bilan bu dunyoda taniştirganing uçun Özingga behisob şukrlar bölsin, endi qiyomatda Özingning jannatingda ham birga qil! Omiyn ya Robbal olamin!

Tohir Malik,

Özbekiston xalq yozuvçisi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)