307 marta körilgan

Közlarimga siğmagan soğinç, Kiprigimga osilayotir…

Közlarimga siğmagan soğinç, Kiprigimga osilayotir...

Mening umrim

 

Şovullagan teraklar

Şardozdayin terilgan.

Oltin rangli kalava

Örmak qilib yugrilgan.

Oppoq gilam töqilar.

 

Qölga olgan qiliçin

Dunyo çevar ayolmi,

Orqov qilib umrimni,

Töqigani xayolmi.

Mening umrim töqilar.

 

Tiziladi yulduzlar,

Köz bölgani lovullab.

Parisini yittirgan

Osmon turar huvillab.

Qora gilam töqilar.

 

Oppoq gilam töqilar,

Qaro gilam töqilar.

Ikkisi aro Egam,

Yoziğlarim öqilar.

 

 

XOLA-Ya

 

Xola, xola, xola-ya…

Közlarimda jola-ya…

Dilimdagi dardimni

Sizga aytib sola-ya…

 

Xola, xola, xola-ya…

Yonoğimda lola-ya…

Ilk muhabbat ötida

Kuygan jonim tola-ya…

 

Xola, xola, xola-ya…

Özim bilan qola-ya…

Çertib dilda torimni –

Böldim afğon-nola-ya…

 

Xola, xola, xola-ya…

Ğamim gala-gala-ya…

Könglimda tong yorişmas –

Giyoh bitmas dala-ya…

 

Xola, xola, xola-ya…

Sözlarimda nola-ya…

Yor bevafo bölsayam

Yuragida qola-ya…

 

 

 

Tong

 

Gullar yonoğidan öpganda şabnam,

Pokiza nafasdan tirilar olam.

Yulduz(lar) bekinmaçoq öynaşni boşlar,

Quyoş izlab turar qani deb bolam.

 

Tunni haydab çiqar qörasin oçib,

Suruvin oyoqqa turğizgan çöpon.

Elni kiyintirar – oromdan keçib,

Yelkada – qotgan non, yamoq bir çopon.

 

Ayol kubi pişar tunni çöçitib,

Ayrondek oqara boşlaydi dunyo.

Bolasiga ilinar jonin açitib,

Onaning poyiga yiqilgin dunyo.

 

Quyoşni mot etib turadi qişloq,

Olovi tandirin oqartib sahar.

Mehnatkaş, bedor el – qöllari qadoq,

Is bosgan köylakda eng uluğ ohar.

 

 

* * *

Közlarimga siğmagan soğinç,

Kiprigimga osilayotir.

Ruhimda uyğongan xoniş,

Yolğizlikda kösilayotir.

Begim, sizni izlab,

Kunning qaro izlariga yölim tuşdi.

Tunning kumuş peşonasin silab turib,

Tiriklikning çöğlariga dilim tuşdi.

Qalb tuğyonining topolmay ismin,

Sevgi sözin aşʼoriga tilim tuşdi.

Ey Xudoyim, bilib-bilmay,

Bir olovdil Sultonga könglim tuşdi.

 

 

Soğinganda…

 

Peşvoz çiqar oğamday

Azim toğlar qarşimga.

Yuragimda öt yonar,

Yuz yuvadi yoşimga.

 

Avaylardi hilolday

Boşlarida şul toğlar.

Maftun etti ne bilan

Qadri baland bul boğlar.

 

Toşlar yiğlar qotovda,

Izlarimga gul ekib.

Qolgan edi ötovda

Bolaligim entikib.

 

Soğinganda sel böldim,

Singolmadim bağringga.

Yura-yura yöl böldim,

Qaytolmadim bovringga.

 

Ökinmagin, ona yurt,

Tong nasimi – nafasim.

Şudringlarda meni kut,

Oltin beşik – havasim.

 

Qöl uzatsa yetgulik

Osmoningni soğindim.

Yulduz misol uçgandim,

Armonimni soğindim.

 

Izladim men özimni,

Özligimni qaylardan.

Nasib etsin parça yer,

Şul muqaddas joylardan.

 

Dilafröz Çoriyeva

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.