5 daqiqada öqiladi

453 marta körilgan

Yomğir esa yoğaverardi…

Sitora Tojiddinova

(Hikoya)

Qabriston va qişloq orasi ança yöl. Keta-ketgunça köchaning ikki çekkasida turnaqator ekilgan keksa qarağay daraxtlari nimqoronği yölakka allaqanday vahimali tus beradi. Söfi azon aytmay turib, yölga çiqqan opa-uka öz xayollari oğuşida qöl uşlaşib ketişyapti.

Opa bu yil ön oltiga töladi. Maktabda tengdoşlariga nisbatan uquvi balandroq bölgani uçunmi, direktorning taşabbusi bilan bir sinf yuqoriga “sakragan”. Şuning uçun hali avvalgi sinfdoşlari öquvçi bölişsa-da, u talaba. Özi qoraçadan kelgan, lekin soyaki daraxtga öxşab rangpar va nimjon.

Uka esa beşinçi sinfdagilarning jöraboşisi. Aslida rasman sinf sardori bölişga munosib edi-yu, lekin biroz bezoriligi uçun norasmiysi böla qolgan. Yaʼni öqituvçilar uçun tarbiyasi oğir bola, sinfdoşlar uçun esa “birinçi”. Hatto beşpolvonlar ham uning sözini ikki qilolmaydi. Böyçan, quyoş tiğida pişgan yigitça.

Ikkovlon jimgina bir-bir qadam bosib ketişarkan, birdan buğdoyzor oralab ötgan ariqning içidan beöxşov ovoz eşitildi. Opa garçi özidan tört yoş kiçik bölsa-da, ukaning bilagiga mahkam yopişdi:

– Bu nima?!

– Qörqma, apa, qurbaqa-ku! Körmaganmisa-a-an!

Opa özining qörqoqligini bildirmaslik uçun “Mirali domullaning kuçugimi debman”, deya piçirlab qöydi.

Şu bilan xayollar bölindi. Uka boşini yerdan kötarmay gap boşladi:

– Apa, esingdami öşandan bir hafta oldin dadam bir rivoyat aytib bergandi.

– Dadam köp rivoyat aytgan. Qaysisini aytyapsan?

– Anu yaxşi odam haqidagisini aytyapman. Umuman gunoh işlarni qilmagan bir kişi­ning xotini ölib qoladi. Öşanda boyagi yaxşi odam Xudoga iltijo qilib, “Yo Olloh, xotinim hali yoş edi. Orzulari köp edi. Iltimos, mening umrimdan ön yil olib unga ber” deydi. Şunda xotini yana tiriladi. Qolgani esimda yöq. Şu joyi juda yaxşi-da.

– Ha, esladim…

– Şu… men köp duo qildim. Lekin foydasi bölmadi. Xudo mening duolarimni hisobga olmasa kerak, apa. Bilasanmi, men gunoh iş qilganman-da. Ötgan yili Xadiça malim meni “Qora tappi” degani uçun sim tösiğidan oşib, boğiga kirdim. Qarasam, tomorqasida qovoqlari katta-katta bölib, sarğayib turgan ekan. Hammasini bitta-bitta uzib, yorib taşlaganman. Keyin Xadiça malim rosa qarğagan.

– Öşa malimingning malimligiyam yöq özi. Bir gapi ikkinçisiga töğri kelmaydigan çalasavod. Otasini puliga diplomli bölgan-da. Şularni öylab xafa bölib ötirasanmi?

– Yöq, şu paytgaça xafa bölganim yöq edi, apa. Har kuni Xudoga “Mening umrimdan ön yil olib dadamga ber” deb duo qilsam, ijobat bölmayapti-da. Gunoh qilganman-da. Apa, sen ayt, iltimos. Sen heç kim bilan uruşmagansan, hamma seni yaxşi qiz deb maqtaydi. Ön yil umringdan dadamga be-er…

Opaning böğzidan tupugi ötmay qoldi. Kimdir böynidagi ikki bodomça bezlarini qisib turganday. Tambalangan ariq birdan qöyvo­rilganday köziga yoş bostirib keldi-yu, özini, öziga qöşib ukani ham aldaşni boşladi:

– Qara, yomğir yoğyapti!

Opa bir osmonga bir yerlarga qarayotgan ukasini şamğalat qilib, köz yoşlarini kaftlari bilan sidirib oldi.

– Yomğirni yomon köraman. Heç kimga aytmagin-u, qörqaman, – deb qoldi uka. Boyagi mavzu ukasining esidan çiqqanidan xursand bölib ketgan opa savollarga kömib taşladi .

– Nega? Qiziqmisan, yomğir nima qiladi senga?

– Öşa kuni ham yomğir yoqqandi-ku. Sen bilmaysan, şaharda eding, apa. Soat keçqurun ikkilar edi. Qozoqvoy döxtirning uyigaça oyoqyalang boribman. Töğrisi, oyoq kiyim kiymaganimni özimam bilmovdim. Darvozani rosa taqillatdim, heç kim çiqmadi. Keyin ayvoniga kirib borib, çaqirdim. Döxtir çiqib, menga baqirib berdi. “Hamma yoqni loy qilib taşlabsan” dedi. “Uyga yuring, dadam kasal bölib qoldilar”, desam, “Şaharga olib boringlar, borganim bilan mening apparatlarim yöq”, dedi, apa. Kelmadi. Onam bilan men dadamni köta­rib köçaga çiqarmoqçi, balnisaga obormoq­çi edik. Men qöllaridan kötarib turgandim. Dadam birdan qotib, qimirlamay qoldilar, apa! Döxtir kelmadi…

Opa aslida qayerda qanday gapirişni yaxşi bilardi. Universitetda debat degan guruhning yetakçisi. Ammo ukasiga heç narsa deyolmadi. Toş haykalga öxşab qolgandi göyo.

…Qabriston adir ustida. Atrofi panjara bilan örab olingan. Mol-hollar kirolmaydigan darajada himoyalangan. Köklam fasli bölgani uçunmi, atrof yam-yaşil. Ora-sirada qizğaldoqlar sizga termulib turgan juft-juft közlarga öxşab, beozorgina tebranib turişibdi. Adir ustidagi adirçalar esa öt-ölanlardan tozalangan. Bu joylarning egasi borligi bilinib turardi.

Opa-uka biroz zanglagan temir darvozadan öng oyoqlarini bosib, onalari örgatganday “Assalomu aleykum, mömin-musulmonlar” deya içkarilaşdi…

Hali tuproği qurimagan qabr boşida çökkalaşdi. Opa römolining uçini qattiq tişlab olgan. Uka bilganiça Qurʼon tilovat qildi. Söng ikki jigar köllarini duoga oçdilar. Barça möminlarga, jumladan, öz otalariga ham jannatdan joy söradilar. Gunohlarini mağfirat qilişini yolvordilar.

Keyin esa qabr atrofini aylanib, “tekşirib” çiqdilar: biror ortiqça toş yoki tikanlar yöqmikin?! Bir-ikkita toşçalarni olib taşlab, yana çökkalab ötirdilar. Opaning höng­rab-höngrab yiğlagisi, qabr tuproğiga boş qöyib, alam, dard, soğinç qöşilib ketgan hasratlarini tökmoqçi bölgani sezilib turardi. Ammo “Marhumlarning ortidan yiğlaş, ayniqsa, qabristonda ovoz çiqarib, köz yoş qiliş yomon bölişi”ni aytişgani, qolaversa, ukasining oldida unga örnak bölişi kerakligi uçun ham, rumolining uçini yanada qattiqroq tişladi. Şu payt uka yana unga savol berdi:

– Apa, men ovoz çiqarib gapirsam, dadam eşitadilarmi?

– Ha, eşitadilar. Nima demoqçi eding?

– Tarğil sigirimiz tuqqanini aytmoqçiman. Aytaveraymi?

– Ha, aytaver. Aytaver…

Yerdan bir maysani bexosdan uzib, barmoq­lari orasida öynayotgan uka sekin örnidan turib, dadasi bilan hayotlik çoğida suhbatlaşganday gapira ketdi:

– Dada, Oymomo tuğdi. “Ikki yarim oylardan keyin bolalaydi”, degandingiz öşanda. Mana, ikki oy-u ön ikki kunda tuğdi. Buqaça! Otini nima qöyamiz, dada?

Uka bir pas nafas rostlab, döppayib turgan yangi qabrga, keyin közlari möltirabgina opaga qaradi. Opa “gapiraver” deganday imo qilib közini yana yerga qadadi.

– Agar yöq demasangiz, Mallavoy qöyaman. Çunki onasiga umuman öxşamaydi. Tuproq­rang. Keyin, dada, anu yiğib qöygan pulimni işlatmayapman. Bank derdiz-ku. Oltin apaning sabzisalatli nonidan ham yemay qöydim. Apamning öqişiga qaraşaman özim. Xavotir olmang, dada.

Opaning yelkalari titray boşladi. Lablari kökarib ketdi. Sekin örnidan turib, ukasining oldiga keldi.:

– Ketdik, uka. Bu yerda köp qoliş mumkin emas. Hali yana kelaveramiz.

Ular asta-asta odimlab darvoza tomon ketişdi. Uka opasiga bildirmay ortiga qa­rab-qarab qöyardi. Çunki onasining aytişiça, (Darvoqe, hali uyga qaytişsa, onadan dakki eşitişadi. Opa-uka heç kimga bildirmay, bu yoqqa kelişgandi) “qabristondan çiqayotgan odam orqasiga qaramasligi kerak” ekan. Opa ham darvozaga yetgaç, baribir ortiga qaradi. Lablari piçirlab allanima deyotgani bilinar, aftidan dadasi bilan xayrlaşayotgan edi…

Sitora TOJIDDINOVA

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…