Avvalo menga – adabiy markazdan çetda yaşab, baholi qudrat ijod qilayotgan bir adibga eʼtibor berib, adabiyotning jöşqin oqimiga tortişga intilgani uçun tahririyat xodimlariga çuqur minnatdorçilik bildiraman.
Adabiyotga ilk havas menda, nazarimda, maktabga bormasimdan ilgariroq uyğongan bölsa kerak. Maktab bolalari oldimda öqigan şeʼrlarni öşa ondayoq “ilib” olardim va yotganimda ham, turganimda ham, yurganimda ham tinimsiz takrorlab aytaverardim. Buni eşitganlar: “Bu bola baxşi böladiyov”, – deyişardi kulib. Baxşi-ku bölolmadim, lekin beşinçi-oltinçi sinfdaligimdayoq ilk şeʼrlarimni yoza boşlaganim esimda. Keyinroq şeʼrlarim tuman gazetalarida bosila boşladi. Mendan nari borsa örtamiyonaroq şoir çiqişi mumkinligini ToşDUda öqib yurganimda angladim va kuçimni nasrda sinab körişga ötdim. Dastlabki hikoyalarim matbuotda öşa davrlarda eʼlon qilina boşladi.
Til-adabiyot öqituvçilarining nasr bilan şuğullanişi oson emas: dasta-dasta inşolar, bayonlar, diktantlar, işçi daftarlarni tekşiriş, yangi darslarga tayyorlaniş, reja, konspekt deganday… Eh-he-ye! Şu tufayli birinçi qissam ança keç, şundayam pati yulingan tovuqday bölib “Şarq yulduzi”da çiqdi va haqli ravişda tanqidçilarning “kaltagi”ga röpara böldi. Şu tufayli qissaning u yer-bu yeriga qörqa-pusa qalam tekkizib, kitob şaklida eʼlon qildirdim. Ammo bu gal heç kim heç narsa demadi. Şunda yana bir narsani angladim: tanqidçilarning indamaganidan köra savalab turişgani ham maʼqul ekan. Bu asarning qaysidir darajada eʼtiborga molikligini bildirardi menimça.
Ikkinçi qissam (“Yulduz kökda sönadi”) “Şarq yulduzi” jurnalida eʼlon qilinganida örta yoşlarga borib qolgan edim. Kelişib olişganday bu qissani ham bir ovozdan urkaltak qila boşlaşdi. Xayriyatki, öşa yilgi hisobot yiğilişida rahmatli ustozimiz Ozod Şarafiddinov ham qatnaşadi. Yerga urilayotgan qissani özi ham öqigani, asarda tanqidçilar aytayotgan kamçiliklar bilan birga köpgina yoruğ va yorqin jihatlar ham mavjudligi, tanqidçining vazifasi muallifni döpposlaş emas, kamçiliklarini tuzatişga yöllaş ekanligini aytib, ularning hovrini bosib qöydi. Keyinroq Umrzoq Öljaboyevning asar haqida muallifga yozgan oçiq xati “Şarq yulduzi”da eʼlon qilindi-yu, undagi iliq gaplar menga göyo qanot berdi.
Ilk qissalarim eʼlon qilinganidan buyon oradan qariyb qirq yil ötdi. Ularni qayta naşr etdirişga imkonim bölmagani sababli muxlislarim turli internet saytlarida (albatta qayta işlanib, asl holiga keltirilganlarini) eʼlon qilişga ham ulgurişdi. Ular haqida matbuotda, internet saytlarida, turli uçraşuvlarda endi-endi iliq gaplar öqiyapman, eşityapman. Kamtarona ijodimga iliq munosabat bildirib qöllab-quvvatlayotgan munaqqidlarga, muxlislarimga çin dildan minnatdorligimni bildiraman.
* * *
Alloh meni yaxşi ustozlarga röpara qildi: Mirmuhsin, Asqad Muxtor, Ötkir Hoşimov, Şukur Xolmirzayev, şoir Anvar Isroilovlarning beminnat yordamlarini aslo unutolmayman. Universitetda Ozod Şarafiddinov, Umarali Normatov, Abduğafur Rasulov kabi davrimizning yetuk adabiyotşunoslaridan saboq olganman. Dastlabki nasriy maşqlarimning tahlilçi va tanqidçilari ham şu kişilar bölgan. Domla Laziz Qayumovdan ham köp narsalarni örganganman. Diplom işimni (Rasul Hamzatovning “Doğistonim” asari böyiça) şu kişidan olganman. Işim Laziz akaga juda yoqqan şekilli, aspiranturada olib qolişga harçand urindilar-u, men rozi bölmadim. Laziz aka heç kimga bunday taklif qilmagani, diplom işimning u yer-bu yeriga işlov berib, nari borsa ikki yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaş imkoniyatini boy berganim haqida oçiq taʼna qilganlar ham böldi. Lekin na çora, ayni öşa paytlarda otam ham, onam ham tuman kasalxonasiga tuşib qolişdi. Uka-singillarim yoş edi. Oilaning tönğiç farzandi sifatida qişloqqa qaytişim şart bölib qolgandi.
Keyinroq Qozoqboy Yöldoş bilan tanişuvim badiiy tafakkurimda sezilarli özgariş yasadi. U kişining amaliy maslahatlaridan taşqari, “Yoniq söz” kitobini öqib çiqqanimdan keyin şunday böldi. Kursdoşlarim Toxir Malik bilan Şoir Usmonxöjayevlar adib sifatida şakllanişimda muhim öringa ega. Ayniqsa Tohir Malik talabalik davrimizdayoq boşqalardan faolligi bilan ajralib turardi: özi boş bölib kursimizda yoş ijodkorlar tögaragini taşkil qilgan. Unda ijodiy mahorat masalasida qiziqarli suhbatlar, bahs-munozaralar, muşoiralar ötkazib turardik. Keyinroq tögarak aʼzolari kamayib, öz-özidan işi ham töxtab qoldi. Sababi safimizga badiiy ijodga yot, ançayin şoirlik havasida yurganlarning ham qöşilib qolganligida edi.
Maktabda öqib yurganimada Bakir Akramov, Lutfiya Umarovalar adabiyot nazariyasini puxta örgatişgan. Latif aka degan öqituvçimiz şeʼrlarimni qöltiqlatib Toşkentga, Yozuvçilar uyuşmasiga ham olib borganlar. Yaxşiyamki öşanda bolalar şeʼriyati bilan şuğullanuvçi xodim xizmat safarida ekan. “Bir haftadan keyin kelinglar”, – dedi Pölat Mömin. Men qaytib bormadim. Ehtimol, şeʼrlarimning zörligiga işonmaganim tufayli bormagandirman. Öqituvçilik sohasida 25-maktab direktori Normömin Şariyev, 48-maktab direktori Abdusalom Aliqulovlardan köp narsalarni örgandim. Tuman maorifining rahbari Toşpölat aka Ergaşev iş bilan birga, ijod qilişimga ham imkon qadar şaroit yaratib berişga harakat qilganlar.
* * *
Şu paytgaça çop etilgan qissa va romanlarimning umumiy adadi oltmiş beş mingtaga borib qolar. Gazeta-jurnallarda çop etilgan hikoyalarim va boşqa asarlarim, internet saytlarida eʼlon qilinayotgan qissa va romanlarim bu hisobga kirmaydi. Şuni dangal aytişim kerakki, ilgari yozgan hikoyalarimni qayta öqiganimda, aksariyatidan könglim tölmagan. Şu tufayli ularni töplab, kitob holiga keltirmaganman.
Hikoya – nasrning muhim va tezkor janri. Şunday hikoyalar bor-ki, hajman kiçik bölsa-da, qissa, hatto roman yukini kötaradi: öquvçilarga estetik zavq berişdan taşqari, umuminsoniy qadriyatlar haqida, ötmişimiz, bugunimiz va kelajagimiz haqida öyga toldiradi. Vaqtida inqilob jarçisi sanalgan M. Gorkiyning yirik janrdagi asarlarini öşa paytlarda ham yoqtirmasdim. Ammo hikoyalarini sevib öqirdim. Abdulla Qahhor, Ötkir Hoşimov, Şukur Xolmirzayevlarning hikoyalari menga özgaça zavq beradi. Bugun ham şu janrda qalam surayotgan Erkin Aʼzamov, Abdusaid Köçimov, Sobir Önar va boşqalarning hikoyalarini zavqlanib öqiyman. Özim ham hikoyani şularga yetkazib yozişga intilaman.
* * *
Adabiyotning jamiyatda tutgan örni haqidagi tasavvurimni soddagina bayon qilib köraman. Nazarimda sanʼat, jumladan uning uzviy qismi bölgan söz sanʼati – adabiyot ham jamiyat aʼzolarining fikriy va ruhiy ösişida öziga xos vaeifani bajaradi. Tuzi meʼyoriga keltirilgan ovqat yeyişli va isteʼmolçining tanasiga yengil singişi barobarida unga kuç-quvvat berganidek, “tuzi” meʼyoriga keltirib aytilgan söz – nazmiy yoki nasriy asar ham isteʼmolçi – öquvçi ongiga tez va yengil örnaşib, uni uluğ va ezgu işlarga undaşi bor gap.
Bizga uzoq yillar adabiyotning asosiy va eng töğri metodi sotsialistik realizmdir deb örgatişdi va şunga oğişmay amal qilişni talab etişdi. Biz ham ularga işondik va qattiq adaşdik. Bugun, mustaqilligimiz şarofati bilan ongimizni peşlab qarasakki, bu metod ijod ahlini hukmron mafkuraga böysindiriş, uning (yumşoq qilib aytganda) quliga aylantiriş vositasi ekan. Ijodkor qaysi metodda ijod qilmasin, uning tasvir obyekti konkret inson, uning keçinmalari, tuyğularini, inson sifatida komillikka intilişini haqqoniy tasvirlab berişdir. Qisqa qilib aytganda, ijodkorning jamiyatda tutgan örni uning insonni haqqoniy tasvirlaşi, yaxşi va yomon tomonlarini kaşf etişi va şu orqali bani başarning kamolotga erişuviga imkon qadar kömaklaşişi bilan belgilanadi, deb öylayman.
* * *
Adabiyotimizda ustoz-şogirdlik anʼanasi qadimdan davom etib keladi va ularning katta-kiçigi bölmaydi. Yuqorida nomlarini hurmat bilan tilga olganim Asqad Muxtor va Mirmuhsin akalar yoşlari jihatidan ham, lavozimlariga köra ham mendan ança yuqorida edilar. Şunga qaramay, qöllariga bergan narsalarimni erinmay, nuqta-vergullarigaça qoldirmay sinçiklab öqib çiqişar, zarur maslahatlarini sira ayaşmasdi. Ötkir Hoşimov bilan Şukur Xolmirzayevlar qariyb tengdoşlarim, Tohir Malik va Qozoqboy Yöldoşevlar yoşiga köra kiçikroq bölsa-da ustoz maqomidalar. Ulardan köp narsalarni örgandim va örganyapman.
Ötgan asrning 50-60 yillarida oilalarda ajoyib bir anʼana bölardi: butun oila, qöni-qöşnilar bir uyga yiğilib, biror baxşi tabiatga xalq dostonlarini öqitib tinglardik. Bizning oilamizda Muxtor akamning ovozi qönğiroqday vazmin, mayin va jarangdor edi. “Göröğli” turkumidagi dostonlar, “Şirin bilan Şakar”, “Kuntuğmiş” va boşqa dostonlarni öqiganida sel bölib tinglardik.
Huroyimning dor ostidagi nolalaridan taʼsirlanib, közlarimizdan milt-milt yoş oqardi, Görkiboy bilan Mohiboyning böza içib olib, bolalarça qilgan qiliqlaridan zavqlanib, qah-qah urib kulardik. Endi unday dostonxonliklar yöq. Köplar televizorga termulib, soatlab zavqli-zavqsiz aşulalarni tinglaydi yoki maza-bemaza çet el filmlarini tomoşa qiladi. Doston öqigisi kelganlar uyga qamalib, yakka özi öqiydi. Şunisigayam şukur!
Dostonlar va baxşilarning termalari ijodkor uçun ham tuganmas maʼnaviy xazinadir. Ulardan xalq tilining kamalakday tovlanişini, obraz yaratişning eng sodda, eng qulay yöllarini, qahramonning ruhiy holatini, his-tuyğularini, orzu-öylarini aks ettiriş usullarini örganiş mumkin.
Muxtor akamning aytişiça, bobokalonlarimizdan biri – Farmon devona yaxşigina baxşi şoir bölgan. Maşrabona devonaligi va haqgöyligi uçun odamlar unga ham “Devona” laqabini tirkaşgan. Akam syujetli “Kök sigir”, “Kovuşim” (“Kovuşim” sirasidagi termalar boşqa baxşilarda ham uçraydi, ammo mazmun va ifoda usullariga köra ular bir-biridan keskin farqlanadi) va boşqa termalarni zavqlanib aytib yurardi. Bu termalarning heç biri xotiramda qolmagan. Biroq “Kök sigir”ning ikki misrasi yuragimga (ongimga yoki xotiramga emas, aynan yuragimga ) muhrlanib qolgan. Nimasi bilan? Menimça aytimining originalligi, qisqaligi, soddaligi, oz sözlarda ajoyib holat yaratganligi bilan muhrlangan bölsa kerak.
Terma mazmuni şunday: qahatçilik yillarida bir qaşşoq bolalariga yedirişga heç narsa topolmay, kiçkina kadisini kötarganiça kimsasiz qir-adirlarga çiqib ketadi. Maqsadi ovloqda yurgan biror molni topib, sutidan ozroq soğib oliş bölgan. Yolğiz ötlab yurgan va yelini tirsillab turgan kök sigirga duç keladi. Uni tutib, qaşlab, öziga eliktirib soğmoqçi bölayotganida bir tepib kadisini sindiradi-yu, qoçib boraturib:
Jomonlağur kök siyir
Quyruğini kötardi…
Kök sigirning egasi, egasining bolalari va özining ham bolasi bor. Ularni töydiriş uçun mehnat tortib sut yiğyapti. Uni begonaga bergisi yöq. Qoçayotib kadisini sindirgani kamlik qilganday, öğrini mazaxlab ketadi. Baxşining mahorati şunda-ki, yengil yumorga yöğrilgan bu quyma satrlarda u bironta ortiqça yoki uyatli söz işlatmaydi. “Quyruğini kötardi” – tamom-vassalom. Qolganini ziyrak tinglovçining özi tuşunib olaveradi.
Anʼana – keng maʼnoli tuşunça. Qaniydi Navoiy bobomizdek falsafiylik va lirizmni öxşatib bugungi nasrimizga olib kirolsak. Bu ham köhna anʼanalarimizni davom ettirişning bir yösini bölardi.
Bir zamonlarda Yozuvçilar uyuşmasining katta zalida tez-tez turli anjumanlar – adabiyotning dolzarb masalalari yuzasidan muhokamalar, munozaralar, muşoiralar ötkazib turilardi. Unda katta avlod vakillari – maşhur şoir va yozuvçilar bilan birgalikda biz havaskorlar ham muntazam qatnaşardik. Öşa anʼanalar haliyam davom etayotgan bölsa, ajabmas. Bu bugungi adabiyotimizni yanada rivojlantiriş uçun ayni muddaodir.
* * *
Adabiyotimizda qanday illatlar barham topişini istardim? Bilmadim… Bu masalada aniq bir gap aytişim qiyin. Keyingi yillarda adabiyotimizda röy berayotgan tub özgarişlardan yetarliça xabardor emasman. Bilganim şuki, adabiyotimiz har holda, bir joyda depsinib qolayotgani yöq, qadam olişi çakkimasday. “Unda nega jahon adabiy arenalariga dadil çiqolmayapmiz?” – degan savol tuğilişi tabiiy. Menimça buning sababini tarjimaçiligimizning oqsayotganidan qidiriş kerak. Aksinça sönggi yillarda yozilgan önlab yaxşi asarlar allaqaçon çet el kitobxonlarining qöliga yetib borişi kerak edi. Bu asarlarning men öqigan öşa çet el adabiyoti vakillari asarlaridan aslo kam joyi yöq. Ayrim jihatlari bilan ulardan ustun ham turadi…
* * *
Turmuş örtoğim Santalat bilan 46 yildan buyon ahil-inoq yaşab kelyapmiz. Şu davr mobaynida u mening barça injiqliklarim, oiladagi bor-yöq, yetar-yetmasliklarga mardona çidadi. Uç qiz va uç öğilga ota-ona böldik. Hozir ön yetti nevara va bitta çevaramiz bor.
Kenja qizim Adiba adabiyotga juda ham qiziqardi. Pedagogika institutining ximiya-biologiya fakultetini tamomladi. Nevaram Gulruxsor şeʼriyatga juda qiziqadi. Ayrim maşqlari tumanimiz gazetasida eʼlon qilinayotir. Ammo şoiralik qismatini tortib ketoladimi-yöqmi – buni kelajak körsatadi. Hozirça yozayotganlari mening ilk şeʼrlarim darajasida. Bundan yuqoriga kötarila olsa.
* * *
“Bugun kitobxonlar kamayib boryapti” yoki “Odamlar kitob öqimay qöyişdi” degan gaplar tez-tez quloqqa çalinib qolyapti. Menimça bu unçalik ham töğri emas. Özim guvohi bölgan bir voqeani aytib beray. Gulistonning çayqov bozorida aylanib yursam, bir kampir roman qidiryapti. Turli darsliklar, ilmiy adabiyotlar sotilayotgan peştaxta yoniga borib, sotuvçidan roman söradi. Göllikka olibmi yo biror narsasini ötkazib qoliş ilinjidami, sotuvçi talmovsiradi:
– Bolangiz neççinçida öqiydi, momo?
– Töqqizinçini bitiryapti… Nimaydi?
– Unda manovi kitobni oboraqoling, – u allaqanday semizgina ilmiy asarni peşkaş qildi. – Ammo-lekin bolangiz mazza qiladi.
Men voqeaning nima bilan tugaşiga qiziqib yaqinlarida turardim. Sotuvçining kemtik fahm-farosati va “gul” çiqargan saviyasidan hayratlandim. Sekin yonlariga borib, kampir uşlab turgan kitobni qölidan oldim va sotuvçiga uzatdim:
– Şu kitobga töqqizinçi sinf bolasining “tişi” ötadimi, qaysi vijdon bilan uni roman deb pullamoqçi bölyapsiz?! – dedim jahlim çiqib va uning öqrayişiga eʼtibor bermay, kampirni badiiy adabiyotlar sotilayotgan peştaxta tomon boşladim…
Yaxşi bir romanni tanlab bergaç, qisqa suhbatimizdan maʼlum böldi-ki, kampirning nevarasi darsdan böş paytlarida mol-hollarini boqarkan. Şaharga ota-onasi yoki buvisi tuşadigan bölsa yakkaş bir narsani – roman olib kelişlarini talab qilarkan. Eʼtibor bering: u pörim kiyim-boş, anvoyi yeguliklar yoki ösmirni qiziqtiradigan boşqa kamyob narsalarni emas, badiiy kitob sörayapti.
Bu bolaning boşqalarga ham taʼsiri böladi albatta. Demak kitobga qiziqiş sönmagan. Faqat kitob savdosini kengaytiriş, töğri yölga qöyiş, kitob dökonlarini köpaytiriş kerak. Biz farzandlarimiz kamolini öylasak, ularni estetik jihatdan ham tarbiyalaşni unutmasligimiz kerak.
Soyim ISʼHOQ – 1941-yilda Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanidagi Ögat qişloğida tuğilgan. ToşDUning (ÖzMU) filologiya fakultetida tahsil olgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. “Sirtdan tinç daryo”, “Yulduz kökda sönadi”, “Osmon ustuni” qissalari, “Köklam adoğida kuz”, “Qabrdan çiqqan qöl” romanlari eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

