313 marta körilgan

Heç taşvişni bilmay yaşasang…

Heç taşvişni bilmay yaşasang...

* * *

Sokin oqşom. Qoronği dala,

Hamma yoqda sukunat, qara.

Heç kim ötmas köçalarda ham

Qurbaqalar kuylayveradi.

 

Har tomonga termilib zor-zor,

Yöllarini poylar intizor.

Farzandlari baxtli bölsa ham

Volidalar öylayveradi.

 

Majnuntollar egiladi jim,

Endi uni eslaşadi kim?!

Dunyo qirğin-barot bölsa ham

Şöx şamollar öynayveradi.

 

Nega bunça xafasan, erkam,

Munçoqqina közlaringda nam.

Kuyma, dunyo böston bölsa ham,

Ğiybatçilar söylayveradi.

 

Qurbaqalar kuylayveradi,

Ğiybatçilar söylayveradi,

Bu dunyoning uqubatlari

Şoirlarni qiynayveradi.

 

 

* * *

Qanday yaxşi, gulzor boğlarda

Kapalakday uçib, yayrasang.

Çöntagingda bir çaqa qolmay,

Heç taşvişni bilmay yaşasang.

 

Qanday yaxşi, yastanib gulgun,

Oppoq köylak yaltiroq şimda,

Suygan qizing yonida tursang,

Ijaraga olgan kiyimda.

 

Qanday yaxşi, vafodor dösting

Sodiq hamdam bölsa-yu senga,

Işi tuşsa, borging kelmasdan,

Işontirsang yolğon gapingga.

 

Qanday yaxşi, yursang şaharda,

Kostyumingga yuqtirmay changni.

Sizni har kun öylayman deya,

Xursand qilib qöysang onangni.

 

Qanday yaxşi, ming bor yalinib,

Muharrirga termilib tursang.

Şeʼring çiqib, öz qişloğingda –

Men şoir deb kerilib yursang!

 

Qanday yaxşi…

 

Oqil Abdubarnoyev

1999-yili tuğilgan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.