Sport halol ğalaba qilişni, şuningdek, munosib yutqazişni ham örgatadi? Qisqasi sport hayotni, hamma narsani örgatadi.
E. Xeminguey
Hamqişloqlari uni kaltabaqayligi uçun orqasiga şapatlab: «Obbo, Saypiça, senam kuraşmoqçimisan?» deya erkalatadigan kezlari u sambo böyiça Özbekistondan birinçi jahon çempioni bölişni orzu qiliş darajasida emasdi. Köça-köydagi hamma tengqurlari singari çang-tuproqqa belanib, kiyimining xarobini çiqarib, baʼzan burni qonab, baʼzan beli qayrilib uyiga qaytardi, lekin avvaldan feʼlida şaddodlik bor: heç közyoşi qilmas, özidan peş kelganga yalinmas edi.
Aslida ham u erkatoy emasdi.
Maydonda hatto katta-katta kuraşgir polvonlar bitta butun non uçun, bir dumaloq çoy uçun jonini jabborga berib olişganini u körgan, özi ham dastlab uyiga bir qoğoz çoy kötarib kelganida quvonganidan közida yoş qalqqandi.
«Boşida oddiy odamday kun keçirişni orzu qilganman, boşqa heç narsani öylamaganman».
Ha, olis-olis qişloqlarda 60-yillarning boşigaça kişilarning qorni nonga töymay kelganini eslasak, kuraşçining sözini his qiliş qiyin emas. Qaşqadaryo, uşbu viloyatning, ayniqsa, Kitob rayoni kuraşçilar yurti hisoblanadi. «Kitoblik öğil yurişdan avval kuraşişni örganadi» deydi şu yerlik sözamol oqsoqol. Şu örinda qançadan-qança mahalliy polvonlardan taşqari özbeklardan sambo böyiça birinçi SSSR çempioni, birinçi xalqaro klassdagi sport masteri (ustasi) Xuşvaqt Röziqulov va jahon çempioni Erkin Xoliqovning nomlarini eslab ötiş kifoya. Öşa vaqtda X.Röziqulovning şuhrati hamma qişloq yoşlariga katta taʼsir ötkazgandi. Balki yoş Sayfuddin ham dastlab uning orqasidan ergaşib unvonlar olişni orzu qilgandir-u, bari bir oddiy qişloq kuraşçisi, «jaydari polvonça» edi. Şu oddiy, heç kim mensimaydigan bola bora-bora birinçi tovoqqa talaşadigan böldi.
Maʼlumki, milliy kuraş vazn çegarasini bilmaydi — toifalarga bölinmagan. Bu — 60-70 kilogrammlik polvon yuz kilolik polvonga raqib bölaveradi, deganidir. Yoş Sayfuddinning vazni nihoyatda yengil —46 kg. dan oşmasdi. U mağlubiyatni tan olmas, nima bölsayam, yiqitaman şuni, deb olişardi. Yuz kilolik oğir vaznli polvon, agar yuz ellik kiloliging bölsayam çappa qilaman, deb muşagini köz-köz qilib tursa, 46 kilolik paqirga non tegarmidi? Endi özidan ikki baravar oğir polvonga tovoq talaşayotgan yigitçani köz oldingizga keltirib köring.
Voyaga yetavergaç esa oqsoqollardan tanbeh eşitardi:
— Bu sovrin senga emas Sayfuddin, bir quti konfet hazil gapmas-da. Balki yoşing ham kiçkinalik qilar… Ötir, qara, boşqalar qanday kuraşyapti…
Şunda Sayfuddin alamdan lov-lov yonib ketardi: «Nahotki, men bir umr birinçi tovoqni ololmay ötsam?!»
Ha, bu sözlarni eşitiş Qaşqadaryoning maşhur polvonlaridan bölgan Hodi bobo Iso öğliga ham yengil emasdi. Boboning obröyiga yaraşa olişiş kerak nevara ham.
Alam, agar u haqqoniy bölsa va u irodali qalbda niş ursa qudratli harakatlantiruvçi kuçga aylanadi. Sayfuddin irodali edi va köpinça öz sözini takrorlardi: «Gapirişsa gapirişar, menga nima… Köramiz hali!..» U öjar edi, to ön yetti yoşga yetgunça özidagi katta isteʼdodni sezmadi. Sobiq komandadoşi, söngra esa sambo böyiça Özbekiston terma komandasi treneri Mels An kişidagi eng zarur fazilatlarni tez ilğay oladigan aqlli odam.
— Hodiyev ön yetti yoşida Toşkent Davlat Jismoniy tarbiya institutining studenti böldi hamda Özbekistonda xizmat körsatgan trener Yefim Borisoviç Koltunov rahbarligida erkin kuraş bilan şuğullana boşladi. Milliy kuraş unga köp foyda bergan: unda kuraşiş va raqibini his qiliş tuyğusi baland, lekin meni hayratga solgani bu emas, — M. An bir oz sukut qilib jilmayarkan, qöşib qöydi: — U öta şafqatsiz edi! Hamma narsaga! Bizga — öz döstlariga, trenerlariga…
Biz, tengqurlari u köp uqtiradigan maşaqqatli mehnat va masʼuliyatga könika olmas, şu tufayli çiqişolmasdik, trenerlarimiz ham bunçalik katta masʼuliyatni ravo körişmasdi. Xudo körsatmasin, u bölsa sira murosa qilmasdi, tortişib turib olar, oğir maşqni bajarişga, öz-özi bilan olşpişga doim tayyor turardi!
U juda qisqa muddatda barçamizni quvib yetdi, ötib ham ketdi. Bir yarim yildan söng (vazni 47 kg. edi, öta yengil vazn esa öşanda 52 kg. hisoblanardi) u sport ustasi topşiriqlarini bajardi. Yana şuni ham qöşimça qilişim mumkin: juda mağrur u, mustahkam xotirasi bor. Yurtdoşlariga özining kuraşçi ekanligini körsatib qöymoqçi edi — körsatdi!
Sayfuddinga sport ustasi böliş juda kerak edi, bundan ham zarurroği — qadrdon Kitobida odamlar eşitib xabar tarqalişi edi. Toki körişganlar hurmat bilan olqişlasin, hatto oğzi oçilib uning kumuş znaçogiga tikilişsin.
Toki uni ham kelgusi töyda kuraş tuşişga lutfan taklif etsinlar va u şunda viqor bilan javob qaytarsin:
— Imkoniyatim yöq-da. Hozir Özbekiston çempionatiga tayyorlanayapman…
Alamli tuyğu va katta niyat qasoskor-ğolibni haddidan oşirib yubormadi. U Kitobni, kitobliklarni sevardi va şuning uçun ham yurtdoşlarini avf etardi.
Keyin u armiyaga ketdi.
Şu örinda, hurmatli öquvçi, Sizning daşnomli savolingizni eşitganday böldim: «Xöş, Hodiyev ön beş yil avval çempion bölgan ekan, nega öşa paytda yozilişi kerak bölgan gaplarni bugun bizga qayta sözlayotibsiz?» Men bu savolni maqola yozişga kirişgan paytdayoq kutgan edim va javob berişgayam tayyor edim: öşa kezlari (70-yillarning örtalarida) yurtimizdan köplab özbek jahon çempionlari bodrab çiqqan edilar. Rufat Risqiyev deysizmi, Sobir Röziyevmi, Sobir Qurbonovmi yo Sayfuddin… Bu şunçaki gap emasdi. Yana şuni ham aytayki, Özbekiston gazeta va jurnallari öşa çoğlari çempionlar haqida analitik xabarlar berişdan nariga ötmagan. Maqolalar esa deyarli hammasi markaziy matbuotga ergaşib, xuddi tarjima qilinganday yozilgan. Faqat Safar Ostonovning sportçilar haqidagi bir neça oçerkini bundan istisno qiliş mumkin.
Sport ham madaniyat. Yurt şaʼnini jahonga taratişga jon dildan tirişgan kişilar bir kun maqsadlariga erişibdilarmi, ularni biz qaçon bölsa-da, eʼzozlaşni, kerak bölsa madh qilişni böynimizga olişimiz kerak.
Yan Dimov dunyoning eng muşhur kuraşçilari haqida «Pahlavonlar döstlik tufayli ham kuçlidirlar» («И дружбой сильный богатыри») номли китоб ёзган. U mamlakatimizda qayta-qayta naşr etilgan. Hatto özimizning «Meditsina» naşriyoti ham kitobni tört yilça burun 150 000 nusxada çop etdi. Yozuvçining uzundan-uzoq madhu taʼrifiga sazovor bölgan, yer yuzining kuraş yulduzlari safida Sayfuddin Hodiyev va Sobir Qurbonovlar ham kökrak kerib turişibdi.
Oldingdan oqqan suvning qadri yöq, deganlari rostmikin? Adiblarimizda ziyraklikdan taşqari jonkuyarlik ham yetişmaydi, deb öylayman köpinça. Agar biz kuraşçimizni maqtasak, oddiy va quloqqa kuniga ön bora çalinib zeriktiradigan sözlar bilan tahsinga kömib taşlar edik. Qarang, Osiyomi, Yevropami, Ğarbmi-Şarqning qaysi burçagi demay, erinmay borib, eng közga köringan önlab polvonlar orqasidan yurib, kuzatib, qalam tebratayotgan yozuvçi minglab kilometr masofadan — naq Ukrainaday joydan kelib, Qaşqadaryoning jazirama çölidan kezib ötib Sayfuddin Hodiyevni qidirib topadi, tanişib, döst kirişadi. Xuddi şu yerlikday töyu maʼrakada qatnaşib yuradi. Söngra öz vataniga boradi, yozuv stoliga ötiradi-da, quyidagilarni yoza boşlaydi:
«Sportda kimga qiyin, vazn bilan tuşuvçilarga! Va ayniqsa, vazn taşlovçilarga! Vazn — eng aşaddiy raqib. Baʼzan bunaqasi ham böladi: kuniga kam deganda bir soat hammom buğxonasida ötirib, tağin kunduz kunlari bir stakandan ziyod suv içmaslikka ahd qilgan vazn taşlovçi sportçi keçasi uyqusidan turib suv jömragi yoniga keladi va içadi. Ertalab taroziga oyoğini bosadi-da, oh urib yuboradi — qayerdan paydo böldi bunça oğirlik?! U dabdurustdan qaçon suv içganini eslayolmaydi. Bilmaydiki, tuşi aralaş içib qöygandi suvni.
Şunday hodisa röy bermasligi uçun Mels An dösti Sayfuddin Hodiyev bilan keçqurun kelib mehmonxona nomeridagi kran jömragini qattiq berkitib qöydi. Ertalab ular ikkovlaşib ham kranni oça olişmadi. Komandadagi eng kuçli va oğir vaznli Vitaliy Kuznekovni çaqirişdi. U ham uddalay olmadi. Oxiri slesarni çaqirib, maxsus oçqiçda böşatişga töğri keldi, u ham taajjubda edi: «Qanday qilib bunaqa muhkamlanib qolibdi-ya? Yap-yangi edi, hafta burun özim qöygan edim!..» Bu ikki marta jahon çempioni Sayfuddin Hodiyev hayotidan oddiy bir lavha, xolos. Bunaqasi juda köp bölardi. Hammasi alamdan, aççiq alamdan boşlangandi…»
Yozuvçining nigohi ötkirligi haqida boşqa töxtalmaymiz. Hadeb özimizni ayblasak, noşukrlik böladi… Kim bilsin, uning özi ham bir paytlar katta sportçi bölgandir.
Darvoqe, Sayfuddin armiyaga ketgan edi. Qaytib kelib Qaşqadaryoda oblast kuraş seksiyasida trenerlik qila boşlaydi. Ya. Dimovning yozişiça, şu vaqtda sambo böyiça Özbekiston terma konmandasining katta treneri G. Kaletkin yoş talantlarni axtarardi. Erkin kuraşçilar musobaqasida u Hodiyevning milliy kuraşdagi kabi oyoqlari orasida qanday burovga olişini kördi. «Abjirlik bilan, raqibining uşlaşiga yöl qöymasdan taşlanadi, — öyladi Kaletkin. — Xalatidan tutolmaysan, erkin kuraşda xalat bölmasa… Şoşma-çi, agar Hodiyevning raqibida kurtka bölganida-çi?.. Sinab köriş kerak…» Bir oydan söng Kaletkin iqror böldiki, Hodiyev sambo bilan köpdan şuğullanadi. «Sambo gilamiga u özining butun milliy kuraşini olib çiqdi. Boşqa bir şogirdi Mels An tajribali va isteʼdodli samboçi edi, biroq u kötarib taşlaş usullarini Hodiyevday his etolmaydi. Sayfuddin Melsga kötarib taşlaşni, u esa yotib olişiş va oğrituvçi usullarni örgatdi».
— Aslida Kaletkin meni qidirib topmagan, — deb izoh berdi menga Sayfuddin aka. — Biz ilgari Gennadiy Ivanoviç bilan yakkama-yakka gilamga ham çiqqanmiz, yaʼni biz eski raqiblar edik.
— Dimov xato yozibdi-da? — dedim ajablanib.
— Ha, endi yozuvçilik işi şunaqa böladi şekilli-da, hamma jurnalist, muxbirlarning men haqda yozganlarida ham yo unday, yo bunday darajada töqilgan joyi böladi.
Töqiş ularning odatiy işi deb öylaganim uçun heç vaqtda norozi bölmaganman.
Klassik, erkin kuraş hamda samboga yangi vazn çegarasi berildi — öta yengil vazn 48 kg. ga keltirildi. Hodiyevga şu vaznda çiqişni taklif etişdi. Öşa birinçi urinişni u umrbod eslaydi.
Bu haqda markaziy matbuotning deyarli hammasida yozilgan. G. Kaletkin şunday hikoya qiladi: «Jahon çempionatiga biz Saxkadzorda tayyorlandik. Hodiyevning vaznini joyiga keltiriş kerak edi. U 58 kg. çiqdi, maqsad esa — 48. Kam suv içdi, ikki kamzulda yugurdi va oxiri 52 kg. gaça tuşdi. Undan pastga tuşirib bölmadi. Buğxonada soatlab ötirişga töğri keldi, bari bir foydasi bölmadi.
Trenerlarning ham boşi qotib qoldi. Hodiyevdan umid uziş darajasiga yetdilar. Kördimki, men u bilan bir tösiq oldida turibman…
Hodiyev kamgap, maʼyus bölib qoldi. Sezdim: yigitning öziga işonçi susayayapti, işonç bölmasa vazn tuşiriş mumkin emas. Kuçim yetgança unga «gaz berib» turdim. Basketbol öyini paytida bolalardan iltimos qildim, hujum çoğida har doim unga töp uzatinglar, dedim… Bari bir bölmadi. Gilamda har xil maşqlar bajardik. Yana foyda yöq. Qanday yordam beriş kerakligini bilmay boşim qotdi.
Ammo bir narsaga farosatim yetardi, uni ruhlantirib, mahkam bölişga çoğlab turdim. Öşa laʼnati vazn haqida öylamaslikka daʼvat etdim. Issiqroq kiyinişga va toqqa çiqişga majbur qildim. Toğ biqiniga yetganimizda u dedi: «Bu yoğiga yurolmayman, çarçadim… Bekorga ovora bölamiz, Gennadiy Ivanoviç, özingizniyam, meniyam qiynamang…» Dong qotib qoldim: u juda matonatli edi, boyagi gapi esa…
Qöliga sambo belboğini berib şatakka olib toqqa sudradim. Pişillab çarçab qoldim-u, özim qöşiq aytaman. U esa ziyrak yigit, niyatimni payqadi, meni xafa qilişni istamadi. Tepalikka çiqa boşladik. Kel, deyman unga, oşpaz qizimizga gul teramiz. Axir, biz öyinqaroqlik qilib yuribmiz, beçora qiz bola bölsa, biz uçun issiq peçka yonidan ketmaydi. U menga qarab kuldi: «Siz mendan köproq yeysiz, özingiz teravering». Hazillaşadi… Guldasta terdik-da, pastga tuşa boşladik, tuşayotib men oyoğimni toydirib yubordim — göyo «jarohatladim». Hodiyev işonuvçan odam, men aksinça — quvligim bor, trenerining ayyorligi uning xayoliga ham kelmasdi. Sayfuddin meni pastga kötarib tuşdi. Oh, işonasizmi, şunda men ilojining boriça özimning oğirligimni unga taşlab, zil-zambil bölib oldim. Albatta, öşanda ayyorlik qilganim uçun ham u özi va özining vazni töğrisida öylamadi — trenerni «qutqardi», xolos.
Meni kötarib boryapti, usti jiqqa ter, axir u ikki kamzul va uning ustidan kurtka kiyib olgandi-da. Kurtkasini yeçmoqçi edi, men qöymadim. «Nima qilmoqçisan, — dedim, — kasal orttirmoqçimisan, şamollaysan-ku?!» Qanaqasiga şamollasin, kun nihoyatda issiq, naq öttiz daraja, undan kam emas. U meni döxtirning kabinetigaça kötarib keldi. Vraç poçamni sirib uyoq-buyoğimni körayotganida şogirdimni çalğitiş uçun birdaniga baqirdim: «Tur. Sayfuddin, şallayma». U xohlamaygina yeçina boşlaydi, taroziga çiqadi va… beixtiyor qiçqirib yuboradi: «Ketdi, Gennadiy Ivanoviç, ketdi, endi yengamiz!» Mening sakson kilolik «toşim» uning oğirligini 50 kilogrammgaça «haydab tuşirgandi». Qodiyev menga, mening oyoqlarimga qarab xaxolab kula boşladi».
Balki trenerining işbilarmonligiga qoyil qolar, balki ustozsiz haqiqatan ham katta natijaga erişib bölmas, har neçuk Sayfuddin akaning özi: «Sportçi tiyiqsiz kuçni özi töplaydi, lekin çempion böliş uçun albatta zör trener kerak», deydi qatʼiy.
Bizda ilgarigiday dongdor sportçilar yöq hozir. Nega? Buni Sayfuddin akaning özi ham bir söz bilan şarhlab berolmasdi. «Bizda sportçining ham, trenerning ham maoşi kam, manaman degani 180 söm oylik oladi, şu oila boqişga yetadimi hozirgi şaroitda? Şuning uçun köp trenerlarning özlari savdo kooperativlariga işga ötib ketdi. Pulning qadrsizlanişi hamma narsaning qadrsizlanişiga olib keldi. Sportning ham obröyi ilgarigiday emas. Ilgari iştiyoq baland edi odamlarda, hozir befarq bölib qolişdi. Milliy sportimizga hakamlik qilayotganlarga eʼtibor berib köring, buning sababini yaxşiroq tuşunib olasiz. Özbek sportining ravnaqi uçun özbek trenerlar jon koyitmaydi deb öylaysizmi? Koyitadi albatta. Bundan uç yil muqaddam, xabaringiz bor, jumhuriyat sportqömitasida sambo böyiça SSSR terma komandasining Özbekiston böyiça Davlat treneri edim. (Sayfuddin aka ayni paytda jumhuriyat ahamiyatiga molik şaxsiy pensioner). Tuz yegan tuzliqqa tupuriş deb öylamang-u, dangalini aytiş kerak: u yerda asosiy qism kişilar milliy sportning rivojlanişiga qattiq tösqinlik qiladi. Dunyoni suv bossa töpiğiga çiqmaydi, ğirromlik qilişadi, buni yuziga aytsang, «uruğingni quritadi». Ularni masʼuliyatsiz bölsa kerak, deb ham öylarsiz, masʼuliyatsizlik oddiy gagg-ku, eh-he… Biz öşa idorada bor-yöği 12 foiz milliy qadrlar işlardik, xolos…»
Bir qaşqadaryolik örtoğim, erkin kuraş böyiça masterlikka nomzod, özi juda dilkaş, sodda yigit edi. U bilan gaştakda ötirgandik bir kuni, qölida piçoq, baliq konservalarni oçmoqçi bölib turgandi, tösatdan çiroq öçib qoldi. Beş-ön minut ötmay çiroq yana yondi, örtoğim bölsa qoronğida törtta konservani oçib qöyibdi… Biz unga çiroqsiz ham bunçalik «unumli» işlagani uçun tahsin aytib tursak, u qölidagi piçoqqa qarab, hayron bölyapti: «Iye, aytdim-ov, nega bunça boltadan battar deb». Bilsak, örtoğimiz törtta konservani piçoqning teskari — damsiz tomoni bilan oçib qöyibdi… Kulişdik rosa.
Men uni yaqinda, roppa-rosa tört yildan keyin Toşkentda kördim. Aniqroği uni bu yerga olib keldilar. Uç oyça burun sariq bölgan ekan, kasali qaytalabdi. Özining aytişiça, hozir naq hovlisigaça paxtazor emiş, paxtaga taşlangan zahriqotil tufayli qişloqdoşlari deyarli yoppasiga sarğaymaga çalinibdi, ular qatorida bu ham…
Uni, öşa vaqtlari devkelbat, savlati çempionnikidan ziyod, qoronguda bilmay piçoqning orqasi bilan konservalarni qatorlaştirib oçib taşlagan döstimga hozirgisi — badanidan tortib közigaça sarğayib, qomati bukçayib qolgan yigitni soliştirdimu xörligim keldi. Axir, uning gunohi yöq edi-ku. Tağin alamli xayol oqimiga ğarq bölaman: xudo bilsa, olis ukrain ölkasi yoki poytaxt Moskva tegrasida odamlar özlari qöldan yasagan zahriqotillar bilan zinhor yana özlariga ölat uruğini soçmasalar kerag-ov. U yerda dehqonning ham sport bilan şuğullanişga, kitob öqişga, milliy madaniyatni boyitişga xizmat qilişga vaqti bor. Ongi ham yetarli. Ruhiyati boşqa. U yerdagi birodarlarimiz bizdagiga öxşab garçand paxtada işlaş tugul paxsa devorli uyida tek ötirsa ham mudom zahar yutib yotmasa kerak. Aks holda, ukrain va rus yigitlari nimjon bölganlarida Ukrainaning beşta, Moskvaning törtta futbol komandasi mamlakat çempionatining oliy ligasida faol töp surib yurmagan bölardi. Mamlakat dovruğini kötarayotgan köplab çempionlar yetişib çiqmagan bölardi.
— Özbekistonlik sportçiga naqadar qiyin bölişini aytyapsiz. Biz — sportçi va trenerlar köpinça bu tomoniga eʼtibor bermas ekanmiz. «Yoşlik»da va «Özbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetalarida jumhuriyatimizdagi kimyoviy zavodlar köpayib borayotgani, ayniqsa, Navoiyga öxşaş sanoat şaharlarida odamlarning ertangi istiqboli yöqolayotgani, kelajagi mayib qilinayotgani haqidagi maqolalarni öqib, oçiği, yuragim uvişib ketdi. Bu fojeiy vaziyatni körib, Orolböyiyu Navoiy, Olmaliq, Çirçiq kabi şaharlarda sportning ravnaqidan köra yana ön yildan söng, yaʼni biz «kommunizm» kabi tasavvur qiladigan 2000-yilda mötadil hayotning özi saqlanib qoladimi, degan xavotir köproq qiynaydi. Bizning ongimiz bugun har xil fojiaviy muammolar bilan çalğimoqda. Madaniyat, şu qatori sportning rivojlanişiga ham ozroq bölsa-da, ruhiy xotirjam vaziyat kerak. Kelajakka işonç bölişi lozim. Sport rivojlanişi uçun xalqning, dehqonning böş vaqti bölişi kerak, xalqning heç bölmaganda bir qismi sport bilan şuğullana olişi kerak. Şundagina u sportning qadrini biladi, ayniqsa, qişloqda sportni badanni çiniqtirişdan bölak narsa emas deb tuşunişadi, toş (gira) kötarmoqçi bölgan bola sotib oliş uçun otasidan pul sörasa u: «Undan köra daladan bir quçoq öt yulib kel, şuyam fizkultura», deydi. Oilaviy muhit bilan köpinça çegaralanib qolamiz. Misoli bilan aytay: Xuşvaqt Röziqulov sambo böyiça Özbekistondan birinçi SSSR çempioni, birinçi Xalqaro klassli sport ustasi. Biroq, u tuğilib ösgan Kitob rayonining özida hanuzgaça uning nomi bilan boğlab biron marta sport uçraşuvlari ötkazilmagan. Rayonimizda sakkizta restoran bor, sakkizta! Lekin aqalli sakkizta odamni siğdiradigan bitta sport zali yöq. Şumi endi bizda sport madaniyati?! Kitobda jahonga tanilgan sportçilar köp, ammo ular rayonning özida tan olinmaydi. Buni nima deb ataş kerak endi?
Xalqaro uçraşuvlarda, olimpiya öyinlarida özimizdan ham çempionlar çiqişini xalqimiz istamaydi deysizmi? Istaydi! Yoşlarning uluğ ideallarga sadoqat bilan kamol topişiga erişişimiz kerak, bunda sportning ahamiyati juda katta, u iroda demakdir, eng qiyin şaroitlarda yöl topa olişga, intilib, umid bilan yaşaşga örgatadi. Ha, şunday, buni men töqib çiqarayotganim yöq. Köp narsa odamning öziga ham boğliq. Agar tarbiyalayman desangiz öğlingizni bemalol çempion qilib yetiştira olasiz.
Öğillarim Husniddin va Sanjarni kuraşçi qilib tarbiyalayapman, yaxşi niyatyarim mol, Sanjar, xudo xohlasa bir marta jahon çempioni bölişi bor!
— Hali kiçkina-ku u, nimasiga qarab başorat qilyapsiz?
— Sport talantni yoqtiradi. Otam, bobom polvon bölgan, ularning qoni, feʼli menga ötgan, öğillarimda ham mardona xarakter köraman, ikkovini oliştirsam közim yaşnab ketadi, böribaççalarday mağrur taşlanadi bir-biriga…
— Ikki yil avval Ispaniyada ToşDU studenti Erkin Xoliqov jahon çempionligini qölga kiritdi. U sizning…
— Ha, u mening şogirdim, juda çayir bola, sal öjarligi bor. Bilasizmi, men uni qança vaqt tayyorladim? Bir yarim yilda! Şunça vaqt içida u oddiy kuraşdan boşlab jahon çempionligigaça kötarildi. Kaletkindan ança-munça tajriba örganganman. Biroq mening şafqatsizligim Erkinga yoqinqiramaydi. Hozir ham şuğullanyapti.
Endi bu yoği öziga boğliq. SSSR çempioni böliş uçun, hozirgi şaroitda har kuni uç marta 2 soatdan maşq qiliş kerak, jahon çempioni böliş uçun esa… u yoğini özingiz tasavvur qilavering. Jumhuriyatimiz sardori bölayotgan samboçilarning köpçiligi har kuni ikki soatdan köp trenirovka qilmaydi. Haliyam özbeklar juda çayir bölişadi, bunday olganda maxsus maşq qilmasayam yarim sportçi bölişadi. Men öylaymanki, yigitlarimizning, ayniqsa, qişloq yoşlarining samboga juda uquvi zör, sal vaqtda eplab ketişadi. Faqat mustahkam iroda kerak, maşqning oğirligini öylab taşlab yubormasliklari kerak.
— Özingiz ham qiynalgansiz-ku?
— Qiynalmaganman desam işonasizmi? Hammasini bir boşdan aytişni ep körmayapman. Şuni bilib qöyingki, katta sportda tasodifiy çempionlar bölmaydi… Haqiqiy isteʼdodim borligini ön sakkiz yoşga dovur sezmaganman, sezganimdan keyin esa özimga juda mustahkam bölganman.
— Qatʼiylik ham irodaga boğliq.
— Yöq, xarakterga boğliq. Bu feʼlim otamdan ötgan menga. Qaysarlik desangiz töğri böladi. Avval muxbirlardan sir tutgan uçta amalim bor edi, endi uni aytaveraman.
Birinçisi, pokizalik, ikkinçisi — temir intizom, uçinçisi — kuçli taom bilan ovqatlaniş. Har gal gilamga çiqişdan avval tahorat olib tilovat qilib olar edim, şunda özimni qayta tuğilganday, heç yengilmaydiganday his etardim. Doim kiyimimni toza tutardim… Albatta töyib uxlardim. Yirik musobaqalarga jönash oldidan tomoqning taşvişini qilardim. Bilasizmi, nima qilardim: mayiz, yonğoq va asalni göşt töğragiçda yaxşilab töğrab, şişa idişga solardim, ustidan limonni ezib taşlardim-da, oğzini yopardim. Bu — mening oziğim edi. Ertalab 8-10 km. ga yugurişdan avval undan uç qoşiq olib yalardim. 7-8 km. yugurgandan söng badanimdan jiqqa-jiqqa ter çiqib, şunday qizib ketar edimki, naq olov bölib yonardim, şu barobar tomirlarimga qon tölib asta-asta muskullarim öynay boşlardi. Ana undan keyin har qanday oğir maşqni qiynalmay, tap tortmay bajaraverardim. Yigitlar bilan oşxonaga kirsak, ular birinçi, ikkinçi, uçinçi deb, mayda-çuyda ovqatlarni olaverişardi, men esa albatta kamida ön-ön beşta xom tuxum çaqib yutardim. Keyin öz yonimdan xarajat qilib kurka göşti sotib olardim-da, uni naq uç soat qaynatardim, tagida köpi bilan bir kosa piyovasi qolardi, şuni içsam, misoli otdek bölardim-qolardim. Yana agar ilojini topolsam… Böri qöyning qayerini birinçi tişlaydi? Böğzini emas, dumini tişlaydi. Qöyning dum uçini nima deydi, bilasizmi? Ha, barakalla — pöstdumba! Şu pöstdumbani eng aşaddiy raqiblarim bilan tuşişdan oldin 50-100 gramm tuşirib olardim. Ana keyin naq böri bölib quturar edim öziyam!
«Hamma işlar joyida edi. Hodiyev heç kimda heç qanaqa şubha uyğotmasdi. 1974-yilgi jahon çempionatida…» (Yan Dimov). Moskvaga jönash oldidan uning oğirligi 48 kg. 500 gr. edi. Ulan-Batorga yetgunça şu 500 gr. ham «uçdi»… Jahon çempionatida dastlabki uçraşuvlar ğalaba bilan tugadi. Lekin final matçidan oldin, ayni çempionlik medali nafaqat Sayfuddinga, balki SSSR terma komandasi mavqeiga ham qattiq taʼsir etadigan paytda u birdan özida 300 gr. «ortiqça»lik borligini körib tepa soçi tikka bölib ketdi. Axir, endi xohlasang-xohlamasang, seni gilamga taklif etib ötirmay, möğul samboçisiga ğalaba yoziladi. Sayfuddin Hodiyevni faqat bir narsa — SSSR terma komandasining yuzini yerga qaratib qöyaman-ku, degan xavotir qiynay boşladi.
Gilamga çiqişga uç soat vaqt qoldi. Komandadoş örtoqlari ham taşvişda. Komanda boş treneri Stanislav Ildaroviç Ionov tayinladi: tezda buğxonaga öt!
Soat önga yaqinlaşmoqda edi. Hademay örtaga çaqiriladi. Taroziga yana bir tortib kördi özini. Oğirligi 47 kg. 800 gr!..
— Mana şunday qilib biz planni oşirib bajardik, — deydi jilmayib menga Sayfuddin.
— Gilamga çiqiş qörqinçli bölmadimi? — sörayman undan. Savolim örinsiz çiqqani uçun qöşib qöydim: — Şunça hayajondan keyin…
— Qörqdim, — deya tan oldi Sayfuddin va tuşuntirdi: — Keyin Gennadiy Ivanoviçning yuziga qanday qarayman! Agar yengilsam…» (Vyaçeslav Kostirya. «Ogonyok», 1976 y. № 2).
S. Hodiyev: «Möğul samboçisi Şogdor Mononxu mening eng aşaddiy raqibim edi. Albatta, hayajonlanganim çin. Çunki Şogdor sovet kuraşçilari bilan neça marta gilamga çiqqan bölsa, uzoği bilan 2 minutda mağlubiyatga uçratgan. Endi u mening raqibim… Örtaga çiqişdan oldin odatiy amallarimni bajardim: tahorat va tilovat qilib oldim. Işonsangiz, naq burgutday taşlanarkan odamga möğul degani. To öyin tugaşiga 1 minutu 15 yeekund vaqt qolgunga qadar törtu nol hisobida yutqazayotgan edim.
Lekin qandaydir bir işonç meni osoyişta tutardi, yengilyapman-u, hozir möğulni kötarib uraman yerga degan işonç könglimda turibdi. Bir minutu ön beş sekund! Şu vaqt özimda qandaydir ğoyibona kuç sezdim-da, raqibimning ustiga minib oldim-ku. Çangakday qisa boşladim. Tört oçko! Hisob tenglaşdi! Bu galgi uşlaşuvda yana bir qulay fursat topib kötarib taşladim. Yana tört oçko! «Endi yetib böpsan!» dedim. «Zum ötmay Hodiyev milliy kuraş usuli — «yonboş»ni qölladi, bu samboçilarda «orqadan çaliş» deyiladi. Yana tört oçko-ya! Yotgan raqibini kökragi bilan bosarkan, «qiynov»ga oldi. Bir lahza, ikki, uç… ön! Ğalaba!» (Vyaç. Kostirya).
S.Hodiyev: «Mamlakatimiz bayroği kötarilib, ittifoqimiz gimni çalinayotganda, birdan oyoqlarim, söngra butun vujudim böşaşib, erib ketayotganday böldim. Televizor yoniga töplanişib olgan hamqişloqlarim, otam, onam, akam, ukalarimni köz oldimga keltirdim. Battar öpkam töldi…»
Televizordagi körsatuv tugar-tugamas hamyurti, muxbir yigit qoğoz-qalam olasolib viloyat röznomasiga maqola yozişga kirişdi. Uning ilhomi çeksiz edi, dostonday baʼzan töqib-çatib ham ketaverdi. «Uç oqşomdan buyon Oğamayli qişloğining yoş-qarisi televizor qoşidan nari ketmaydi. Hammaning tilida Sayfuddinning nomi, hammaning dilida unga xayrxohlik, — deya yozardi u. — Axir, öz bağrilarida ösib, kamol topgan yoş polvonning jahon arenasida kuraş tuşişi kimni qiziqtirmaydi deysiz. Hammaning nigohi ekranda — Mongoliyaning poytaxti Ular-Batordan olib körsatilayotgan sambo böyiça jahon çempionati bellaşuvlarida. Çempionatda Lenin nomli kolxoz aʼzosi Hodi polvonning öğli Sayfuddin SSSR terma komandasi tarkibida qatnaşyapti. Uning har bir çiqişini hamqişloqlari hayajon bilan kutişadi. Gilamda oyoği toyib ketsa oh çekib, raqibini yonboşlatsa olqiş laşadi. Raqibining hamlalarini qaytarganda ekran qarşisida ötirganlar «yaşa-a, şovvoz!» deb qöyişadi.
— Qoplon-da, qoplonning özi, — deydi zavq bilan bir vaqtlar Sayfuddinga ustozlik qilgan Töxta polvon. — Öz vaznida tengi yöqligini bilardim-a!
— Ota öğil-da, ota öğil, — deydi Xurram ota, bir çekkada yonboşlab çoy höplayotgan Hodi polvonga qarab qöyib. — Vaqtida otasiyam kapaday-kapaday ömrovlarni yiqitib yurgan.
Bunga javoban Hodi polvon miyiğida kulib qöyadi. Xotirasiga yoşligi, Sayfuddinning öspirinlik yillari tuşadi…
… Kitobliklar sportni sevuvçi, asl şinavandalardan emasmi, yangilik bir zumda oğizdan-oğizga köçdi. Şu oqşom tuğilgan çaqaloqlarga polvon bölsin deb çempionning nomi berildi. Quvonmay, faxrlanmay, havas qilmay böladimi axir… Bugun uning yutuği… vohamiz, mamlakatimiz kişilarini quvontirmoqda».
Bu maqola viloyat gazetasida «Kitoblik jahon çempioni» degan sarlavha ostida çempionning portreti bilan bosildi. (A.Aminov. «Qaşqadaryo haqiqati», 1974 y. 17-avgust).
Hazilakam gap emas. Sayfuddin Hodiyev sambo böyiça Özbekistondan birinçi jahon çempioni böldi! Şu munosabat bilan Kitobda kattakon töy uyuştirildi. Sayfuddin törga çiqib, oqsoqollar içida ötirdi. Kuraş sayli ötayotir. Boş hakam esa polvonlarni yuqori mahorat körsatişga çaqirdi, çunki sizlarni Sayfuddin Hodiyevning özi baholaydi-ya, dedi.
Kitobliklar yirik jahon çempionini, yana öz yurtdoşlarini körib maqtanardilar. Agar eliga may oylarida kelsa, paxta çopiği boşlangan bölar va u yelkasiga ketmonini taşlagança kolxoz dalasi tomon jönardi. Dalada nafaqat işlar, balki vazn ham taşlardi. Uzunligi yuz metr bölgan jöyakni örtaça bir yarim soat içida çopsalar, bu Sayfuddin uçun yarim soatlik iş edi. Tağin deng, ertadan qora keçgaça, quyoş tiğida, qöşa çoponda.
Mabodo avgust oyi bölgandayam çempion özini paxta işidan olib qoçmasdi. Mels Anning aytişiga qaraganda, u qişloğidan ozib-tözib va qorayib qaytardi va derdi: «Laʼnati vaznni haydadim. Ketdik, olişamiz!» M. An: «Bizning Kaletkin esa göyo sevinçdan ozib-tözib ketdi: Hodiyev jahon çempionatida ğolib çiqdi, Qurbonov va men Yevropa çempionatida».
Endi kelasi yili Minskda böladigan jahon çempionatida qatnaşiş uçun tayyorgarlik köriş kerak edi.
Çempionat boşlanişdan avval Bokuda ötkazilgan saralaş uçraşuvida u eng aşaddiy raqiblaridan biri, möğul Ponsorni mağlub etdi. Sovet samboçilariga öta noqulay bölgan bu kuraşçining yutqazib qöyişi Sayfuddinga bir kam çempionlik mavqeini berdi.
Çempionat çoragida u tağin Şogdor Mononxu bilan duç keldi. Şogdor bu gal albatta yutişi, söngra sportni tark etişi kerak edi. Ammo bunday bölmadi. U eng aşaddiy raqibi qoşida egilib, endi abadiy mağlubligini tan oldi…
Öşa vaqtdagi «Sovetskiy sport» gazetasining bir xabaridan köçirma keltiramiz: «Sayfuddin Hodiyev eng aşaddiy raqibi — bolgariyalik Georgiy Stoyçev ustidan atigi 39 sekundda 8 ball töplab, muddatidan ilgari ğalaba qilganida zum ötmay özini toğasi va Kitob rayoni kolxozlararo quriliş boşqarmasi boş buxgalteri bölib işlaydigan akasi quçoğida kördi. Söng uçalasi özbekça kuyga muqom qilib öyinga tuşdilar. Quvonmay böladimi, ikkinçi marta jahon çempioni böldi!»
S.Hodiyevning Minskdagi jahon çempionatida ikkinçi marta erişgan tarixiy ğalabasidan söng SSSR terma komandasining boş treneri Stanislav Ionov bunday dedi:
«Hodiyev masʼuliyatni juda çuqur tuşunadigan, irodasi mustahkam kuraşçi. U heç qaçon terma komandaning yuzini yerga qaratmagan. Şunisi qiziqki, Sayfuddin bir marta ham SSSR çempioni bölmagan, — goh u, goh bu narsa xalaqit beravergan. Lekin men jahon çempionatiga heç ikkilanmay faqat uning nomzodini körsatardim va biror marta ham bizni uyaltirmadi. Çunki u juda işonçli edi». «Halolroq, pokizaroqmisan, demak, sen raqibingdan kuçliroqsan» (Sayfuddin Hodiyev). Kuraşda beş martalab jahon, köp martadan olimpiya çempioni bölganlar bor: Ali Aliyev Muhamed Muhamedov, Soslan Andiyev, Valeriy Rezansev, Levan Tediaşvili… Mehnat va matonat tufayli erişilgan ketma-ket ğalabalar. Töğri, iroda köp narsani hal qiladi: ehtimol, kişilar bir neça karra sayyora sardori bölgan sportçilarning hammasini ham bilavermaslar. Lekin bir qölli bölaturib, SSSR xalqlari Spartakiadasida sovrin ololgan, SSSR sport ustasi normativlarini bajargan Dmitriy Daşkoni köpçilik biladi deb öylayman. Şuni ham aytişim kerakki, ön martalab dunyo sportida darğalik qilib, aytgulik iz qoldirmay ham ötib ketiş mumkindir. Biroq, yugosloviyalik kuraşçi Stevan Xorvad atigi bir marta kurra çempioni bölsa-da, ahyon-ahyondagina, yaʼni tasodifiy hollardagina dunyoning eng halol sportçisiga nasib etadigan «Feyr-Pley» («Halol öyin») kubogini qölga kiritgan yakkayu yagona kuraşçidir. Raqibiga vraç gilamga çiqiş uçun ruxsat bermaganida va radiokarnaydan kuraşsiz çempion bölgani eʼlon qilinganda u norozi bölib, hammaning köz öngida raqibini gilamga taklif etib, hayʼatdan kuraşişga ruxsat söragan, kuraşib, haqiqatan ham undan ustun ekanligini namoyiş qilgaçgina oltin medalni böyniga osgan edi… Bunday hodisalar dunyo sportida ham kam uçraşini hisobga olganda çempionlikdan köra halollikning qadri balandroq, çempionlikdan köra matonatlilikning ham qadri balandroq ekani ayon bölmaydimi? Parij ringida ğirromlik qilgan professional boksçini zalda tomoşabin bölib kuzatib turgan yozuvçi E.Xeminguey tutoqib ketib, ringga çiqasolib rosa döpposlaganining qanday maʼnosi bor ekan?.. «Halolroq, pokizaroqmisan, demak, sen raqibingdan kuçliroqsan». — Bularning hammasi menga juda uyqaş hodisalar bölib körinadi…
Sayfuddin Hodiyev sportda bir kişi erişiş mumkin bölgan natijalarning hammasiga erişgan, bugun ham bemalol faxrlansak arziydigan jahonning eng kuçli sportçilaridan biri. U özini dzyudo, milliy va erkin kuraşda ham qattiq sinab körgan, uşbu turlarning barçasida SSSR sport masteri bölgan.
Ha, S.Hodiyev 70-yillar özbek sporti maşʼalasini baland kötargan, «yengilmas Sayfi» deb nom olgan, çempionlik şohsupasiga kötarilgan yillari tört yilça biror marta mağlubiyatga uçramagan, faqat özigagina xos tabiatli sportçi bölgandi. Ön yildan köproq Davlat treneri bölib işlagan vaqtdayam öşa şiddat yöqolmadi. Göyo şogirdlari bilan ayovsiz kuraşlarda özi jon kuydirib olişar edi. Haddan taşqari hayajon va özini ayamasligi salomatligiga taʼsir qilmay qolmadi, nafas yöli böğilib böqoq kasaliga yöliqdi. Oğir operatsiya böldi.
Katta sportni tark etiş qiyin böladi. Tark etgandan keyingi hayot undan ham qiyin. Qiyinligi şundaki, odam şiddatli hayotga könikib, moslaşib qoladiki, keyingi osoyiştalik birdan unga yomon ruhiy taʼsir ötkazişi mumkin. Sayfuddin aka bu narsaga huşyor qaradi. Hozir ham bir örtaça sportçi bajargan amallarni kuniga bajaradi. «Bugun ham Özbekiston çempionatiga qatnaşsam, biroviga böy bermasam kerag-ov” deydi. Şaxsiy pensionerligini tan olgisi kelmaydi, huquqşunoslik fakultetini sirtdan tugallagan, ammo yuristlik tabiatiga töğri kelmas ekan, şu tufayli sportqömitada yarim ştat bilan trenerlik qilyapti. Endigi maqsad — yoşlarga yordam beriş.
Inson jismi har vaqt oromga mayl sezadi. Şu orom tağin jismni öldiradi. Jism mayli bilan öçakişib, uni yengiş — polvonlik. Polvonlikni boşqalarniki bilan çoğiştirib, ustunligini tan oldiriş — çempionlik, yaʼni ğoliblikdir. Jism nafsini yengiş — jön gap emas.
Bu juda katta mavzu, şuning uçun suhbatimiz hali tugamaydi.
Sobir ÖNAR
“Yoşlik” 1990/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


