2 daqiqada öqiladi

1 066 marta körilgan

Erkin Aʼzam: Adabiyot – inson sirlari haqidagi fan

*

… çinakam adabiy munaqqid hasad-u baxillik dardiga mubtalo, muayyan asar muallifining belini sindirmoqqa qasd qilgan boltabardor emas, adibning yaqin maslahatgöyi, homiysi, adabiyot gulşanining xolis, hassos bir gulçini bölmoği darkor.

*

Teranlik örniga – şaklbozlik, mahorat daʼvosi, çiroyli yoziş, originallikka intiliş. Bular ham kerak, lekin katta dard, oğriq bölmasa, hammasi bir pul!

*

Jönlik, sxematizm, fikr qaşşoqligi – menimça, adabiyotimizning köngildagidek dovruq qozonolmayotganiga sabab şu illatlar. Bu kasallik kitobxonlarimizgagina, ba’zi tanqidçilarimizning ham miyasiga şu qadar singib ketganki, sal “çetga çiqiş”ni körsa, hayron böladi.

*

Romanga uringan yoş qalamkaşlar masalasiga kelsak, qöying, yozaversin, birortasi tuzuk çiqib qolar, balki. Lekin maqsad roman yoziş emas, birinçi navbatda, yaxşi asar yoziş bölmoği darkor.

*

…yozuvçi odam har kuni yozişi kerakdir-u, ammo har kuni kitobxonning oldiga çiqavermasligi kerak. Negaki, arzigulik fikr har kuni, har oy, har yil ham tuğilavermaydi. Uning tuğilişini, yetilişini, pişişini kutiş, sabr-toqat bilan kutiş lozim. Yoziş sanʼat bölgani kabi, sukut saqlaş, jim turiş ham bir sanʼatdir.

*

Baʼzan hikoyaning sanʼat asari ekanini unutib, gap aytişga, gazetadagi oddiy tanqidiy xabardagi faktlarni problema qilib kötarişga berilib ketamiz. Menimça, har bir hikoya, birinçi galda, avtorning özi uçun yangilik, oldingilariga öxşamagan, qalamga olingan xarakter bilanmi, situatsiya bilanmi, yozilişi, kompozitsiyasi bilanmi – maʼlum darajada kaşfiyot bölişi kerak.

*

Hikoya yozmoq uçun nima kerak deysizmi? Insoniy did va isteʼdod kerak!

*

Gohida yaxşi hamsuhbat uçrab qolsa, jağim oçilib ketadi. Lekin baʼzi izdihom, anjumanlarda miq etmasligim mumkin. Yozişga kelsak, sergaplikka – “söz bötqasi”ga mutlaqo qarşiman. Öquvçining ham vaqtini hisobga oliş kerak. Umrim bino bölib, ezmalik menga yoqadi, degan odamni uçratmadim. Yozuvçi dangal, bölar gapni aytgani maʼqul.

*

…yozuvçi kiçik hikoya yozadimi, kattaroq qissa-romanmi, albatta, yangi gap aytişi kerak. Aslida, yoziş – köngil mayli. Yozuvçi-şoirdan uni yoz, buni yoz deb talab qiliş – ijod erkinligining muqaddas tamoyiliga zid. Ijod ahliga faqat bitta talab qöyilişi mumkin: nimani yozsang yoz, ammo toza va haqqoniy yoz!

*

…adabiyot insonni garçi har taraflama teran tadqiq etişi lozim körilsa-da, iloji boriça uning ijobiy jihatlarini, olijanob xislatlarini qalamga olgan maʼqul ekan. Bunda, albatta, yozuvçi döstim aytganidek, qanday yoziş, yaʼni öxşatib ifodalaş muhim.

*

Adabiyot – inson haqida, davr haqida toza gap aytiş sanʼati.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)