***
Adabiyotga vijdon işi deb qaragandagina adib barkamol asarlar yaratişi, hayotning yangi-yangi qatlamlarini oçişi, tirik obrazlar kaşf etişi mumkin.
***
Kitobdan birinçi maqsad – odamni şaxs sifatida şakllantiriş.
***
Kitob millatning közini oçişi kerak. Közi oçiq odam hayotning baland-pastliklarini töğri baholay oladi.
***
Haqiqiy yozuvçi özini özi baholay oladi.
***
Bizda tarixni xalq yaratadi deb odamning köziga qum sepib kelindi. Tarixni xalq emas, şaxslar yaratadi.
***
Mening tuşunişimça, odam bir kasbni egallaşga kirişar ekan, uni ipidan ignasigaça bilib, şu işning ustasi bölişi kerak, professional bölişi kerak. Agarda inson öz sohasida professional bölsa, hayotda qoqilmaydi, qayerda bölsa ham, mehnati orqasidan röşnolik köradi.
***
Agar yozuvçining özi şaxs bölmasa, u yaratgan asarlar ham biror qiymatga ega bölmaydi.
***
Umr mazmuni — özlikni anglab yaşaş. Maʼrifatli insongina özini anglab yaşaşga qodir.
***
Bolalarni erkin qöying, sizga öxşab fikrlamasa ham.
***
Aybim şuki, öylaganimni aytiş payida bölaman.
***
Qayerdaki axloqsizlik bölsa, axloq buzilsa, öşa yerda maʼnaviyat tanazzulga yuz tutadi.
***
Kun köriş kerak emas, yaşaş kerak.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


