11 daqiqada öqiladi

504 marta körilgan

Onaizor. Hikoya

Baxtiyor Nuriddin

Ona uçun bugun quvonç­­li kun böldi.

Öğlidan xuşxabar keldi-da. Neça yillar intiq bölib kutgandi bu damlarni. Keça qöşnisi Tursinoy qoraning bolasi uning jigarbandini uçratganini, şu juma onasini körişga borişini aytganini suyunçilab kirdi. Avvalo uç kun oldin xudo diliga solib, tuşida ayon qilgandi ham: tiniq bulutlar suzib yurgan musaffo osmon qaʼridan oppoq kabutar uçib çiqib yelkasiga qönuvdi. Bildiki, yaxşi xabar eşitadi. Mana öşa xursandçilik. Yon qöşnisi olib keldi.

– Umridan baraka topsin ugina bola. Iloyim, ğam körmasin, – derdi qayta-qayta. Qumri kampir içiga siğmay tinimsiz duo qilardi. Tuni bilan uyqusi qoçdi. Xuddi bugun jumadek tong sahardanoq turib kuymalandi. Öğlining bolalik paytlaridagi şirin qiliqlarini esladi. Ilk tetapoya bölganida otasi quvonçdan özini qöyarga joy topolmay bayram qilişuvdi. Qöşni bolalarga şirinlik­lar ulaşgandi. Hammasi keçagidek köz öngida turibdi. Baxtiyor kunlar edi. Ertaga qöziçoği – jigargöşasi keladi. Qanaqa bölib ketgan ekan. Hoynahoy, tanimasa kerak. Özgarib ketgani aniq. Yanayam ulğayib, katta kişi bölib qolgandir. Tuğilganda bir parça göşt edi. Nabiralari-çi? Ularni olib kelarmikin yo özi söppayib kirib keladimi?.. Nabiralarining heç birini körmagan. Eşitgandan beri har turli savollar tinçini buzdi. Mayli, özining diydoriga töysa böldi.

* * *

Nihoyat bugun çang bosib yotgan sandiqning qulfigayam kalit solindi. Kampirning bor bisoti ana şu yerda edi. Ozodining çaqaloq ki­­yimçalari ham öşa vaqtda kelinlik sandiğiga jo bölgandi. Latta-puttalar tagidan ularni topib, iskalandi. Xuddi özi. Öğilçasining isi kelyapti. Muşki anbar-a?.. Ançagaça kiyimçalarni hidlab, qayta-qayta termuldi. Qiqir-qiqir kulgulari quloqlari ostida jaranglaganday böldi. Oxiri zerikdi, şekilli, bir kiyimlik çit olib, sandiqni yopdi.

Quyoş boş kötarmay tikuvçi Mastura çöloqning eşiklari taqilladi. U hayron böldi. Kuni bilan keldi-ketdi köp bölardi-ku, ammo bunday kallayi sahardan ostona hatlovçilar yöq edi. Apil-tapil turib, darboza tomon şoşdi.

– Kim u? – deb ovoz berdi keta turib.

– Men… men Qumri xolangman, – dedi kampir vazmin ohangda.

– Hozir yuz-qölimni çayvolay, – dedi yana u.

Qumri xolaning sabri çidamay hovliqdi.

– Hoy Masturaxon, eşikni oç!..

– Hozir, hozir. Mana ketyapman.

Yölakda Mastura çöloqning oqsoqlangan oyoq olişi eşitildi.

– Keling, xola, – dedi şoşinqirab körişib. – Xuş kelibsiz.

– Senga iş olib keldim. Mana şuni tikib bermasang bölmaydi.

U qölidagi çitni tikuvçiga tutqazdi. Mastura lom-mim demay içkariga boşladi.      Ayvonga kirib, Qumri xolaning egnini ölçab çiqdi.

– Şu bugunning özida tikib berasan! – dedi qatʼiy.

– Bunça tez bölmasa. Hali bitmagan işlarim turuvdi.

– Sen bilmaysan-da. Ertaga öğilginam kelyapti. Tuşundingmi?

Qumri xolaning uzoq yillardan buyon tanho yaşaşini butun qişloq bilardi: yolğizgina öğli harbiy xizmatga ketgan-u, qaytmagan. Uylanib olibdi, deb eşitişardi. Xasta otasi kuta-kuta ön beş yil deganda aza oçdi. Elga oş berib, xudoyi qildi. Şundan keyingina joni orom olib, bu foniy dunyoni tark etdi. Öşa-öşa Qumri xola yolğiz yaşaydi. Lekin noumid şayton. Öğlining tirikligiga işonadi: hali-hanuz kutadi.

Mastura indamadi. Hayam, yöğam demadi. Kampirning xursandçiligini buzgisi kelmadi. Qumri xola uning “Ötiring, çoy-poy içing” deyi­şigayam könmadi. Har qança qistoviga qaramay şoşib çiqib ketdi.

* * *

Qumri xolaning qiladigan işlari köp edi. Uyiga qaytiboq buzoqçani böşatdi. Biroz iydirib olib, sigirni soğdi. Tomorqaga ekkan kökpiyoz, turli xil kökatlardan yulib, boğlam-boğlam qilib tugunga joyladi. Sutni kötarib, bozorga oşiqdi. Qumri xola mana şunday kun keçirardi. Ularni sotib, puliga u-bu olib kelar, şu bilan rözğorini tebratardi.

Payşanba bozori gavjum edi. Oşköklar bir zumda egasini topdi-yu, ammo sutning xaridori çiqmadi. Hozir hammaning uyida sigir. Odamlar sut-qatiqqa muhtoj emas. Baribir biror kimsa çiqar, deb öyladi. Bozorda odam siyrak­laşib borardi. Bir çekkada ğujanak bölib olgan kampir:

– Sut. Yangi soğilgan sut. Hoy öğlim, mang, oling. Bugun saharda soqqanman-a, – deb xaridor çorlardi.

Ulgurji bozor tugadi. Çakanaçilar kelib joylarini egallay boşladi. Endi sut oladigan kam böladi. Oyoqlari ham toliqdi. Şunday bölsa ham biroz turdi. Heç kim sut söramadi. Endi ketmoqçi bölganda ortidan birovning:

– Onajon, sutmi? – degan tovuşi eşitildi. Qumri xola suyunib ketdi.

– Ha-ha. Yangigina.

– Rastaga olib kiring endi, – dedi xotirjam pattaçi.

Tarvuzi qöltiğidan tuşgan kampir uyga qayt­­di. Kela solib sutni qaynatdi. Biroz sovitdi-da, oqlik solib, qatiq ivitib qöydi. Inqillab yurib uylarni tozaladi. Çang­larni artdi. Supur-sidir qildi. Hammayoqni saranjom-sariştaladi. Keçga yaqin tikuvçi Mastura çöloq bitgan köylagini qizidan berib yuboribdi. Kiyib kördi. Qolipga solgandek yaraşib tuşdi. Qöli dard körmasin, deb qizga haq bergandi, olmadi. Çevar qizi tuşmagurni qattiq tayinlab jönatgan ekan. “Ayam xafa böladi”, deb turib oldi. Şunday bölsa-da, hovlining etagidagi zarğaldoq şaftolidan bir satil terib ötdi. Olişga könmagandi, men ham xafa bölaman, deb oyoq tiradi. Qiz ketgaç, köylagini takror-takror közdan keçirdi. Biçimlarini tekşirib kördi. Köngli joyiga tuşib, yana duo qildi. “Özi çöloq bölsa ham qöli gul uning, – deya xayolidan ötkazdi. – Odamning ölçami bilan birga dilini ham topadi. Bolalariga boş bölib yursin, iloyim”.

* * *

Şu bugun amallab kunni keçkirtirdi. Özining qilgan işlaridan havaslandi. Tuni bilan mijja qoqmay çiqdi. Ertangi diydorni öyladi. Öğlimning oldida közyoşi qilmayman, deb öziga özi söz berdi. Yana kim biladi. Eplay olarmikin buni. Yarim tunda qattiq şamol turdi. Daraxtlarning şoxlari sinib ketgudek tebrandi. Öçoq boşida idiş-tovoqlarning jaranglagani eşitildi. Taşqarida kimdir yurganga öxşadi. Çiqib qaraşga qörqdi. Taraqa-turuq tinmadi. Yolğizning yori xudo, deb dadil borib, eşikni tirqişidan qaradi. Heç kim körinmadi. Avvaldan tayyorlab qöygan beşlikni qöliga olib, taşqariga çiqdi.

– Kim u!? – dedi qaltiroq ovozda. – Öğrimisan? Senga nima kerak? Bor bisotim ölimligim xolos mening. Şundan boşqa heç vaqom yöq. Qorning oç bölsa…

Kampirning yodiga nimadir tuşib, şoşib qoldi. Qörquvdan asar ham qolmagandi. Esi qursin, bugun bozordan olgan bir parça etini qozon boşiga qöygan edi-ku! Jon jahdi bilan oldinga taşlangandi, öçoq ortidan bir qora it yugurgilab,  devor oşa qöşnining hovlisiga ötib ketdi.

– Tuf-tuf. Yuragimni çiqarayozdi-ya, – dedi piçirlab. – Xayriyat, teginmapti.

It pastdagi kul toğorani iskab, yiqitvorgan ekan, töğrilab qöydi. Göştni olib, ilmoqqa ildi. Ertaga öğlining kelişiga quling örgilsin qovurma oş qiladi. Rahmatli eri şunaqasini yaxşi körardi.

* * *

Erta tongdan qöşni xotinlar xabar olgani kirişdi. Ançagaça u yoq-bu yoqdan gaplaşib ötirişdi. Öğlini maqtaşdi. Siyrati rahmatli otasiga tortganini aytib yaltoqlanişdi. Biri qöyib, biri toza oğzini köpirtirdi. Kampir bu gaplarning barisi taskin uçun aytilayotgini juda yaxşi bilardi. Ularning maqtovlari yuragiga ignadek sançilayotganini qöşnilari tuşunişmasdi… Yoki atay qilişayotganga öxşardi. Şartta turib quvib solgisi keldi. Ayniqsa, Sayyoraning gapi yoqinqiramadi. Nima emiş, öğlini özi kuyov qilmoqçi bölganmiş. Ordona qolsin-a. Uning gaplaridan qoşlari çimirildi. Endi bezovtalana boşlagandi, qöşnilar turişdi. Tursinoy qora öğliga nimça tikib çiqibdi.

– Ozodbek bizning ham öğlimiz, – dedi u. – Bu yerning sovuği bildirmay beldan uradi. Kelganda kiyib olsin.

– Men ham döppi tikkandim. Ozodingizga nasib qilibdi. Har qalay, yalang boş yursa bölmas. Qişloq joy. Unisi-bunisi gapirişmasin tağin, – dedi röpara qöşnisi Sayyora ham.

Odamning yuzi isssiq-da.

– Baraka topinglar, baraka topinglar! – dedi ilojsiz kuzata turib, til uçida.

Ular çiqib ketişdi. Yana yolğiz qoldi. Kuni bilan ğimirlab dunyoning işini qildi. Peşin böldiyamki, öğli kelmadi. Oşning masalliqlarini törğaştirib, tayyorlab qöydi. Kutdi. Ötirib, uzoq vaqt guruçning toşini terib, ovundi. Ust-boşlarini almaştirib, yangi tikdirgan köylagini kiyib oldi. Piça pardoz-andoz qilgan böldi. Oynaga qarab ökindi. Ajinlar örgimçak töridek tomir yoyibdi. Hammasi vaqt qurğurning nayrangi. Kutmaganing – közingga körinadi. “Endi buyoğiga yoşararmidim”, deya öziga dalda berdi. Öğlidan bölsa hamon darak yöq edi. Tiq etsa darvozaxonaga köz yugurtirdi. Köngliga qil siğmasdi. Keçga yaqin öçoqqa ötin qalab, olov yoqdi. Yoğni doğlab, oşning zirvagini qildi. Könglidan har ne öylar keçdi. Yöli bexatar bölsin, deb qayta-qayta Yaratgandan söradi. Biroq… ostona bosib biror kimsa kirib kelmadi uyiga. Yana qoronği tuşa boşladi. Hovliga odatdagidek yolğiz sukunat bostirib kirdi. Har kundagi kabi uning hukmronligi boşlandi. Xuddi tuşungandek qurbaqalar ham sayramadi. Çigirtkalar çirillamadiyam. Haqiqiy sukunat edi. Uni buzişga biror jonzotning haddi siğmasdi. Bu oğzini lang oçib, odamni yutvorişga şay turgan ajdarhoga öxşardi. Faqat kutardi, payt poylardi, xolos.

Lekin u ertakdagidek heç qaçon kelmasdi.

* * *

…Bu sukunatni onaning nolasigina buzişga qodir edi. Şunday ham böldi. Qumri xola tun yarmigaça öğlini kutib ötirdi. Umidini uzmadi. Oxiri ona qöllarining zarbini soğingan, devor ilgagida çang bosib yotgan çildirma jonlandi. U oşni pişirib, çovgumning suvini biqirlatib qaynatayotgan, öçoğ oğzidagi öçib borayotgan çöğda obdon qizidi. Terilari taranglaşgan çoğ, Qumri xolaning yuragi oldiga bordi va çapandoz­­ça* tovuş berdi: bak-bum, bum-bak-bum…

Çildirma sadolari onaning ezilgan yuragiga malham bölardi. Ançagaça şu taxlit tovuş takrorlanib turdi. Söng dildagi qiynoq tilga qaynab çiqa boşladi. Ular hazin nolalar orqali sözga aylandi. Qumri xola dard bilan kuyladi. Qöşnilar tiq etsa yöqlovga kirişmoqçi edi. Oxiri kuta-kuta uyquga ketişgandi. Çildirma sadolarini eşitib hammalari uyğonişdi. Qumri xolaning gap-gaştaklarda yalla qilib turişini bilişardi. Boşqa payt qöliga çildirma uşlamasdi ham.

Bu tun heç kim mijja qoqmadi. Onaning ovozi tongga qadar tinmadi. Qöşnilarning esa birortasini turib çiqişga yuragi betlamadi. Qumri xolaning nolalariga quloq tutib yotaverişdi. Lekin qöşiq sözlarini anglab oliş mahol edi. Ora-oradagina “Bolam-a…”, “Kelmading-ku!”, “Kutaa…aman” degan dardli sözlar aniq eşitilardi, xolos.

Tursinoy qora qoronğida paypaslanib, un qoradigan surpaning orasidan uzun öqlovni topdi. Pişillab uxlab yotgan öğlini ustiga bostirib kirib:

– Sen yer yutkurga qaçon aql kiradi! Odamlarning tinçini buzgan hayvonning qorni yorilsa bölmasmidi, – deya savalab ketdi. Tursinoy qoraning vajohati yomon edi. Öğli uyqusirab kaltak zarbini ham sezmadi. Vaziyatga tuşunmay:

– Nima qildim, – deb iltijo qildi.

– Birovning bolasini uçratmay har balo bölgur! Mana şu körgan közlaring oqib tuşsin sen itning, – deb yana sökdi.

Doira sadolari avjiga mindi. Gap nimadaligiga aqli bovar qilmay talmovsirab turgan öğil kaltaklar sababini endigina anglagandi. Çildirma ovozi aniqroq eşitila boşladi.

Bak-bum…mm, bum-bak-bum…mm.

Va nihoyat Tursinoy qoraning öğli özi sabab bölgan fojiani tuşungandek böldi. Tunov kungi xabari Qumri xolaning uyiga xursandçilik emas, motam olib kelgandi.

* * *

Bu kunisi hamma özi bilan ovora böldi. Hatto bir-birlaridan “Nima gap?” deb söraşga botinişolmadi. Qumri xolanikiga çiqişga bölsa, heç kimning yuragi dov bermasdi. Peşinga yaqin Tursinoy qora bir kosa mastava quyib, xabar olgani öğlini kiritdi. “Yon qöşni – jon qöşni-da baribir. Bir gap bölsa yugurgilab çiqib keladi. Yana issiqlik ham kötarib kirişadi”, deb xayolidan ötkazdi Qumri xola.

– Biroz mazam qoçdi, – dedi közlari möltillab kosaga qöl uzatarkan.

– Yaxşi böp ketasiz. Şuni issiğida içib olarkansiz, – dedi qöşni bola ham yerda pardasi yorilib yotgan çildirmaga köz tikib.

– Qölimdan tuşib ketdi.

Qumri xola şoşqator quyilib kelayotgan köz yoşlarini yengining uçiga artdi.

– Qovurğasi butun, tuzatsa böladi. Usta Umar birpasda zör qilib yurak parda qoplab beradi, – dedi qöşni bola ham aybdorlarça közlarini yaşirib.

– Menga köpam açinma, – dedi Qumri xola xasta tuvuşda.

Bu gap bolaning quloqlariga “Hamma yolğonlaringni bilaman”, degandek eşitilib ketdi. U har şahardan qaytganda Qumri xola öğlini sörardi. Körgan-körmaganini suriştirardi. Öqişga qaytar mahali qöyarda-qöymay u-bu yeguliklar berib yuborardi. “Uçratib qolsang birga yersizlar”, derdi. Qaniydi şunday bölsa-yu, u ham kampirning mungli qaraşlaridan qutulsa. Oxiri şu yolğonni töqişga majbur böldi. Zora, yolğoni rostga aylansa, deb öylagandi. Qayoqda. Hammasi çappasiga ketdi. Endi umuman aldamaydi. Böyniga qiliç kelsa ham bu işni qilmaydi.

– Sendan bir ötinçim bor, – dedi Qumri xola suyuq oşni içarkan. Aytmoqçi bölgan gapini yöqotib qöydimi, biroz kalovlandi. Söng: – Diydor qiyomatga qolsa, Ozodjonimga otasi bilan meni qayerda yotganimni körsat. Undan rozi bölganimizni ham ayt. Odamlarning gaplariga işonmasin, – dedi.

Endi Qumri xola umidini butunlay uzgan edi. Töğri-da. Kuta-kuta közlari tört böldi-ku. Aslida-yu, er-xotin ikkovi öğlimiz ozod yursin deb özlari şunday ism qöyişgandi. Öşanda erkinlik pardasidan kafan biçişganini qayoqdan bilişibdi. Bu yoğiga xudo poşşo. Peşonasiga bitilgani şu ekan. Azalda ne yozilgan bölsa, hayotda öşani kördi. Taqdirga tan bermay iloji yöq.

Tursinoy qoraning öğli atrofga alang-jalang boqdi. Turib çiqib ketişga vaj qidirardi.

– Hoy Ahmad. Ha juvonmarg-a! Bunça qolib ketding möltoniga öxşab, – deb çaqirdi onasi.

U bahona topilganidan quvonib ketdi. Tura solib özini köçaga urdi. Yölda: “Odamlar! Men onamni yaxşi köraman”, dedi piçirlab.

Boşqa gap yurakka siğmasdi. Uç kun şu taxlit ötdi. Qöni-qöşnilar biri qöyib, biri xabar olib turişdi. Bolasini kutib damlangan oş qozonda açidi. Uning huzurini qöşnisining köppagi kördi.

Qumri xola kutişni unutib endi oyoqqa turganda kutilmagan hol yuz berdi: beş yaşar bolani yetaklab öğli kirib keldi. Tuşimmi-öngimmi, deya, onaizor dovdirab qoldi. Xursandçilik bilan birga könglining tub-tubida qandaydir öksinişga öxşagan hissiyot boş kötardi. Ammo nevarasini körib mehri jöşib ketdi. Ha-ha. Endigina sönib borayotgan umid uçqunlari qaytatdan alanga oldi. Yana onalik mehri uyğondi. Axir jigarining jigariyam jigari-ku!.. Ona nabirasini quçib erkaladi. Şu payt darvozaxonada yoşgina bir ayol körindi. Nevarasining unga qarab talpinganidan kelini şu ekanini bildi. Jigargöşasini bağridan yulib olgan bu juvonni iç-­içidan yomon körib yurardi. Lekin özi öylagandek emas ekan. Közlari kulib odamni eritvorardi. Beixtiyor öğliga qaradi. Yuzidan samimiyat barq urib turardi. Xayoliga kelgan, halovatidan ayirgan yomon öylarni eslab özini koyidi. Nima qilsin!?.. Axir Yaratgandan şu diydorni söramaganmidi?..

Baxtiyor Nuriddin

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…