Hayot va xayol… Bolalar uçun yozilgan asarda qiziqarli syujet, badiiy vositalar va ravon til şu ikki olam bilan uyğunlaşsagina öquvçida şavq-zavq uyğotadi. Agar bu faoliyat fantastik asar yozişga qaratilgan bölsa, unda yozuvçidan keng bilim – tibbiyot, fizika, astronomiya, biologiya, kimyo kabi sohalarni örganiş talab etiladi.
Fantastik asar reallik çegarasi ortidagi ğayrioddiy voqealar asosiga qurilib, öziga xos yangi badiiy olam yaratsagina mukammal hisoblanadi. H. Şayxov, T.Malik va M.Yöldoşeva kabi fantastik yozuvçilar izdoşi Saʼdullo Quronovning “Galaktikada bir kun” nomli ilmiy-fantastik qissasi öquvçini çeksiz koinot kengliklari böylab sayohatga olib çiqadi. Uning qahramoni barça kaşfiyotçilarga xos bölgan xususiyatga ega –xayolparast.
Muallif kitobxonni Ahmad bilan taniştirar ekan, avvalo, tong manzarasi, söng bolaning tuş köriş jarayonlarini tasvirlaydi. Tuş köpgina fantastik asarlarda reallik va ongda paydo bölgan obrazlar orasida qahramon bilan sodir bölajak voqealar haqida dalolat beruvçi vosita vazifasini bajaradi. Mazkur qissada ham tuş asar syujetining muqaddimasi sifatida taqdim etiladi. Eʼtibor qiling, qahramonning alahlaşidagi quyidagi sözlar asarning keyingi voqealaridan darak beradi.
“Yer, meni eşityapsizmi? Kema Titanga qönişga tayyor.
Qöniş 9, 8, 7, 6, 5….”.
Asar qahramoni Ahmad yoş ixtiroçilar tanloviga özi ixtiro sayyoralararo uçuvçi kemasining çizmalarini taqdim etadi. Uşbu tanlovda tomoşabinlar orasida juda ozğin, pakana bir odam ham bölib, aslida, u Salmir sayyorasidan kelgan Margol edi. Salmir sayyorasining yadrosi söniş arafasida. Şuning uçun sayyora iqlimi keskin özgargan. Tez biror çora körilmasa, tabiiy ofat oqibatida butun salmir xalqi qirilib ketadi. Yadroni qayta jonlantiriş uçun esa N2G kristali, yaʼni afsonaviy falsafa toşi kerak böladi. Bu kristall sayyora yadrosiga taşlansa, boşqa moddalar bilan reaksiyaga kirişib, uni jonlantirib yuboriş xususiyatiga ega. Margol Quyoş tizimiga ayni şu toşni izlab keladi. Ammo koinot qaroqçilarining hujumiga uçrab kemasidan ayriladi. Öz vazifasini ado etişi uçun unga kema juda zarur edi… Margol kutilmaganda Ahmadni uçratib qoladi. Boşqalar Ahmadni xayolparast deb kalaka qilsa-da, özga sayyoralik bolakayning ixtirosiga işonadi. Xullas, Ahmad va Margol “Kökkezar” nomli yulduzlararo uçarkema qurişadi.
Asar tuşdan tuşgaça bölgan voqealarni qamrab oladi. Bu davr içida u butun bir sayyorani jonlantiradi, ezgulikning ğalaba qozonişiga erişadi. Döstlik va birlik qançalik katta kuç ekanligini isbotlaydi.
Ahmad va Margolga droid Moki, qömondon Dordon va boşqalar yordam berişadi. Koinotdagi yovuz kuçlar – qaroqçi gikslar esa doim ularni taʼqib qilib, qarşilik qilib keladi. Ammo “Kökkezar”ning ekipaji öz maqsadiga erişadi. Salmir sayyorasi yana yaşnab ketadi.
Asar öquvçi hukmiga nihoyatda qiziqarli körinişda taqdim qilinadi. Kitobxon asar qahramonlari bilan birga köplab voqealarni boşidan keçiradi, qiyin vaziyatlarda ular bilan yelkama-yelka turadi. Qissada qahramonlarining etik kelib çiqişi rang-barang bölib, bu fantastik asarga xosdir. Qissada insoniylik tuşunçalarining uluğlanişi asar ğoyasini şakllantirib bergan. Ötgan davr mobaynida çiqarilgan xulosalar asarning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya yönalişidagi qiymatini oşirgan.
Asar davomida ixtiroçi bolakayning boşidan keçirgan sarguzaştlari inson har qanday holatda ham öz oldiga qöygan ezgu maqsadidan qaytmasligi lozimligini örgatadi. Tasavvur qiling, agar Ahmad tanlov hayʼatining natijasidan arazlab, çizmalarini yirtib yoki yoqib yuborganda nima bölar edi? Yoki bölmasa, turli tösiqlar, tutqunlik, asirlik, ilojsizlik vaqtida tuşkunlikka tuşsa-çi? Ammo Ahmad va uning döstlariga öz kuçiga bölgan işonç, ezgulik yölida kuraşiş zavqi, turli fanlardan egallagan bilimlari yordam beradi.
Asarda bolalarga taniş bölgan maişiy hayot manzaralari möjizaviy holatlar bilan qorişiq holda tasvirlanadi. Ahmad Margolni oyisi pişirgan pirog bilan siylaydi, özi bilan fazoga yonğoq va turşaklar olib ketib döstlari yordamida bu tabiiy neʼmatlarini özga sayyoraliklarga sotadi. Kemada vaqt tuynugidan ötgan Margol Isaak Nyutonning qarilik va yoşlik davrini körsa, Ahmad Luvrdan öğirlangan “Mona Liza” portretini öz egalariga topşirmoqçi böladi.
Ahmadning bilimdonligi qiyin vaziyatlarda fazogirlarga yordam beradi va bu Margol hamda Mokining hayratiga sabab böladi. Jumladan, Ahmadning fazodagi gravitatsion tölqinlarda “suzib” yuruvçi “Kökkezar” kemasini ixtiro qilişi, Neytron yulduzi, Yondoş olam, Qumsoati tumanligi bilan boğliq muammolarga yeçim topa olişi nafaqat qahramonning topqirligidan, balki muallifning astronomiya, fizika, kimyo, tarix fanlarini çuqur örganganidan ham dalolatdir. Asosiysi, muallif bunday qiziqarli ilmiy maʼlumotlarni syujetga uyğunlaştira olgan.
Asar qahramonlari tabiiy, jonli tasvirlangan. Ularning nutqida ham öziga xoslikni, har bir qahramon xarakterida individuallikni seziş mumkin. Masalan, qaroqçilar özaro “qöling qayrilmasin” deb salomlaşişadi. Qahramon öziga xos nutqi va mimikalari asarning qiziqarli çiqişida muhim rol öynagan. Ahmadning bolalarga xos xursand bölişi, dösti Droidni topolmay qolganda köz yoş tökişi, Margolning biroz soddaligi, qaroqçi Obmaning juda muğambirligi bunga misol böladi.
Qissadagi öxşatişlar ham oddiy, bolalarça. Ahmad koinot muzeyini asalari uyasiga öxşatadi. Çindan, unga qönib uçayotgan kemalar asalarilar kabi ğuj-ğuj edi. Margol ilk bor maxsus kiyimini yeça boşlaganida dösti uning oyoqlarini dengizdagi sakkizoyoqning oyoqlariga öxşatib yuboradi. Yoki Margolning generatori kubik-rubik öyinçoğini eslatadi, laboratoriya esa çodirga öxşatiladi, Maanen yulduzi yoruğ emas, xuddi yerdagi şom pallasidagiday, kemani harakatga keltiruvçi kuç tarvuzday keladigan matohda, “Kökkezar” neyron yulduzi atrofida yoruğlik tezligida aylanganda vaqt va makon egri-bugri bölib qiyşayib sariyoğday erib ketadi, koinot qamoqxonasi juda baland, Toşkent teleminorasidek keladi, Miks harbiylari qahramonlarni juda katta majlislar zaliga olib borişadi, ulkan qubbali bu zal tepasi yopiq futbol maydoniga öxşaydi…
Asarda öta murakkab hodisalar ham bolalarga sodda tilda tuşuntiriladi. Jumladan, “yadroni tuşuniş uçun eng oddiy misol tuxum sariğidir. Agar qaynatilgan tuxumni örtasidan kessa, markazida tuxum sariği turganini köramiz. Yerni ham örtasidan kesiş mumkin bölganda, odamlar markazdagi yadroni köra olgan bölardilar”, “fazo kemasining osmonga kötarilişi uçun juda köp energiya sarf qilinadi. Axir, oğirligi 200 tonna keladigan pölat quşni osmonga kötariş oson iş emas. Özingiz taqqoslab köring, masalan, avtomobilning quvvati örtaça 100 ot kuçiga ega bölsa, zamonaviy raketa dvigateli 200 000 000 ot kuçiga ega. Bunday raketaning fazoga kötarilişi uçun sarflangan energiya bilan butun Özbekistonni bir kun davomida elektr energiyasi bilan taʼminlaş mumkin”, “Suv töldirilgan hovuzda hosil bölgan girdobni körganmisiz? Bu girdob suvga qöşib undagi hamma narsani yutib ketişi mumkin. Bilasizmi, koinotda ham ana şunday “girdob”lar mavjud. Olimlar bu ularni Qora tuynuk deb ataşadi. Qora tuynuk olamdagi eng sirli, eng ğaroyib jism hisoblanadi. U tim qora körinişda bölib, ulkan yulduzning portlaşidan söng hosil bölgan. Qora tuynuk koinotdagi yulduzlarni, sayyoralarni, hatto yoruğlikni ham sörib oladi” kabi maʼlumotlarni bolalar oson tuşunadi va özlaştiradi.
Şuningdek, yozuvçi bugungi kun yoşlari, umuman, insoniyat uçun dolzarb va tez orada yeçilişi, hal qilinişi kerak bölgan masalalarni, ekologik muammolarni Mars misolida, sayyoraning qadimgi va hozirgi holatini taqqoslaş orqali kitobxonga havola qiladi.
Mars juda sölim sayyora bölgan. Undagi ummonlar, dengizlar va örmonlarda turli hayvonot va nabototlar yaşagan. Sayyora aholisi esa juda baxtli kun keçirgan.
Ammo yillar ötib, marsliklarning taraqqiyoti sayyora ekologiyasiga jiddiy taʼsir qila boşladi. Marsliklar ekologiyaga bepisandlik qilib, uni tinimsiz turli çiqindilar bilan zaharlay boşlaydilar. Zavod va fabrikalardan çiqqan zaharli tutun atmosferani yemirdi. Aholini kasallantirdi. Sayyora isib, dengiz va okeanlardagi suv buğlanib ketadi. Oxir-oqibat, sayyora yadrosi ham sönadi – Mars iqlimi soviy boşlaydi. Mars aholisi esa ulkan yerosti şaharlarini qurib, ularda yaşay boşlaşadi. Ammo bu ham uzoqqa çözilmaydi. Yer ostida yaşaş turli kasalliklarni, noqulayliklarni keltirib çiqara boşlaydi. Marsliklar bu şaharlarga siğmay qoldi. Natijada, özaro nizolar kuçayadi. Uruşlar boşlanadi. Xullas, falokatdan bir neça yuz yil ötib, tirik qolgan marsliklar sayyorani taşlab, yangi makon izlab uçib ketişadi…
Albatta, bu holat ezgu qalbli qahramonlarni öylantirmay qolmaydi. Şu maʼnoda asarning markazida turuvçi N2G kristali ham ramziy maʼnoga ega. Bu toş ertaklarda hikmatning ramzi sifatida keltiriladi. Demak, har bir narsani oltinga aylantiruvçi, yaʼni uni bebaho qiluvçi narsa hikmat, bilim, birlik, ezgu maqsad va ezgu amaldir.
Asar garçi fantastika janriga asoslansa-da, unda davr ruhi nihoyatda yorqin aks etgan. Şu bois asar öz vatani, ota-onasi hamda döstlarini sevadigan, yurtini taraqqiy ettirişga va ertangi kunni yana-da gözal qilişga intiladigan ilmli, özida eng yaxşi insoniy fazilatlarni jamlagan, ammo hali bolalik gaştini, zavqini yöqotmagan yoş avlod haqida deyiş mumkin. Bu esa, öz navbatida, zamonamiz qahramonlarini tarbiyalaşda muhim omil hisoblanadi.
Kavsar Turdiyeva,
ToşPTI öqituvçisi, filologiya fanlari nomzodi, bolalar şoiri
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

