– Sizda adabiyotga havas qaçon uyğongani, matbuotdagi ilk çiqişingiz, söngra birinçi kitobingiz öquvçilar qöliga yetib borgan damlarni bir eslab ötsangiz.
– Menimça, har qanday qalamkaşda ham ijodga havas bolalikdan boşlansa kerak. Havas esa hayratdan boşlanadi. Boşqaça taʼriflaganda, taʼsirçanlik, ziyraklik, hayrat va havas isteʼdodni namoyon etadi. Albatta, bola buni bilmaydi. Hammasi tabiiy bir tarzda keçadi. Atrofida keçayotgan voqealarga befarq qaramaydi, nelardandir quvonadi, nelardandir iztirob çekadi. Natijada, uning ongida, könglida turli savollar, jumboqlar paydo böladi. Xuddi şu özini qiynagan sir-u sinoatlarga javob topiş uçun kitoblarga talpinadi. Kitoblar, eng avvalo, ertak-u dostonlar bola köz oldida yangidan yangi dunyolarni oça boşlaydi. Jajji öquvçi könglida kezingan öşa savol-u söroqlarning ayrimlariga qandaydir javob topganday böladi va yana mutolaada davom etadi. Kitobdan kitobga, ertaklardan hikoyalarga, hikoyalardan qissalarga ötadi. Nihoyat, asta-sekin u jumboqlarga javob izlovçi emas, dunyo, jamiyat oldiga savol, söroq qöyuvçiga aylana boşlaydi. Tevaragida keçayotgan jarayonlarga munosabat bildirişni istaydi. Voqelikka öz nuqtayi nazarini aytişga intiladi. Oqibatda, qöliga qalam tutadi. Ilk ğör, jön satrlar qoğozga tökila boşlaydi. Mening ham adabiyot bösağasida paydo bölişimning ilk pallasi xuddi şunday keçgan, desam böladi. Eng muhimi, meni badiiy ijod sari yetaklagan öşa hayrat, öşa quvonç-u iztiroblar hanuz qölimdan tutib turibdi deb öylayman.
Şeʼrga öxşaş ilk ijodiy maşqlarim avval maktab devoriy gazetasida, söngra tuman gazetasi sahifalarida paydo böldi. Keyinçalik, örta maktabni bitirgaç, oliy öquv yurtlari tuproğini yalaş uçun poytaxtni közlab jönadik. Imtihonlardan yiqildik. Harbiy xizmatga ketdik. Qaytgaç, yana talabalikka urinib kördik. Nihoyat, bu gal amal-taqal ilaşdik. Xullas, 1986-yili Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti talabasi böldim. Hayajonimizning, quvonçimizning çeki yöq. Öşa kezlari ijodiy muhit kuçli edi, adabiy jarayon qizğin keçardi. Hamsaboğimiz Töxtamurod Rustamov bizdan ança yoş bölişiga qaramay adabiyot olamida tuzukkina tanilib qolgan yozuvçi edi. Ilk hikoyalarimni unga körsata boşladim. Töxtamurod bitiklarimni erinmay körib çiqar, kerakli maslahatlar berar, ezib işlatar edi. Bilmadim, hamsaboğim yaxşi ustozmidi, yoki özim uquvliroq şogird çiqib qoldimmi, xullas, adabiy qaraşlarim, ijodga munosabatim ança özgarganday böldi. Oz-moz pişib qolganimdan köngli tölgaç, galdagi maşqlarimdan bir neçasini tanlab olib, Töxtamurod Rustamov ajoyib kunlarning birida meni “Yoşlik” jurnali tahririyatiga boşlab bordi. U yerdagi jamoa bilan taniştirib qöydi. 1987-yili “Begimqul katta” deb nomlangan ilk hikoyam “Yoşlik” jurnalida çop etilib adabiy jamoatçilikda iliq taassurot uyğotdi.
– Qaysi ustozlarning taʼlimini olgansiz? Ular turmuş tarzingizga, ijodiy faoliyatingizga taʼsir etganmi?
– Modomiki, söz ustozlar haqida borarkan, yuqorida aytganimdek, Töxtamurod Rustamni birinçilar qatorida tilga olib ötişim mumkin. Albatta, öquvçilik davrimda Eşbolta aka Xöjayev degan (iloyo, göri nurga tölsin!) boşlanğiç sinf muallimidan köp narsa örganganman. Badiiy ijod borasidagi ilk ustozim sifatida öşa insonni mamnuniyat bilan taʼkidlayman. Keyinçalik kekkayib ketdimmi, yo tortinçoq feʼlim sabab böldimi, işqilib, biror adibning etagidan tutolmadim. Kitoblar men uçun beminnat ustozga aylandi. Qöldan kelganiça, fahmim yetganiça öqib-örgangan böldim. Adabiy uçraşuvlar payti yoxud suhbatlar davomida biror saboq olişga harakat qilardim. Masalan, taniqli yozuvçi Xurşid Döstmuhammad bilan gurunglaşiş men uçun juda maroqli edi. Xurşid akaning fikrga, mulohazalarga boy gap-sözlari, qaraşlari çuqur taassurot qoldirgan. U kişidan juda köp narsalar örganganman.
– Ayting-çi, kitobga munosabat, kitobxonlik madaniyati tarğiboti masalasida fikringiz qanday?
– 1991-yili “Yalangoyoq” degan kiçkina hikoyalar töplamim “Çölpon” naşriyoti tomonidan naşriyotning öşa paytdagi rahbari, atoqli adib Nurali Qobulning alohida eʼtibori ostida çop etildi. Şundan söng kitoblarim, turli hajmdagi töplamlarim yoruğlik köra boşladi. Şu kungaça öndan ortiq kitobim turli naşriyotlar tomonidan çop etildi. Hammasi ham öz davri nuqtayi nazari bilan qaraganda katta adadlarda naşr etildi. Biroq biror dökon yoxud sotuv rastasida turib qolganini körganim yöq. Biz kitobingizni çiqaraylik, aka, deb turadigan noşir döstlarimiz ham köp. Barçalariga, fursatdan foydalanib, taşakkur bildiraman. Umumiy tarzda ifodalaganda, bir qalamkaş sifatida şu paytgaça kitob çiqariş böyiça biror muammoga uçramadim. Ammo muammo boşqa tomonda. Poytaxtda çiqqan kitoblar, menimça, poytaxt hududida qolib ketyapti. Joylarga yetib bormayapti. Bir gal viloyatlarning biriga xizmat safari bilan bordik. Maqsad kitobning ahamiyatini, kitobxonlik madaniyatini tarğib qiliş, yoşlarni mutolaaga çorlaş. Minbarni heç kimga bergimiz kelmaydi. Donolarça nasihatgöylik qilamiz. Şunda someʼlardan biri örnidan turib savol berdi: “Hamma gaplaringizga qöşilamiz. Lekin sizlar aytayotgan öşa kitoblar qani? Qayerdan topib öqisak böladi? Masalan, bizning tumanda birorta ham kitob dökoni yöq. Daftar-paftar sotadiganlar uç-tört dona risolani yoyib qöyibdi. Uni ham öşa qalam-palamga qöşib bergan, esam, opkemasdi”. Albatta, bu haqli savolga jöyali javob berolmadik. Porloq kelajak haqida vaʼdalar berib qaytdik. Aslida, bu borada holat şunday, açinarli. Joylarda kitob dökonlari kam, borlari ham ğaribgina, içi deyarli böm-böş, göyo bu magazinlar siyosiy-ijtimoiy talablarga binoan, kimningdir zuğumi bilan, nomigagina oçilganday. Bu masalani jiddiy öylab köriş kerak. Kitob savdosi tizimini yaratiş dolzarb masala! Naşr masalalarida imtiyozlar, zaruriy yordamlar qöllanişi lozim. Aks holda, hamma işlarimiz otga qamçi bosib, uning jilovidan tortib turganday gap.
– Sizning qalamingizga mansub “Jaziramadagi odamlar” romani adabiy jamoatçilik tomonidan iliq kutib olingandi, öz öquvçilarini topgani ham bor gap. Şu asarning yoziliş tarixidan öquvçilarni xabardor qilsangiz. Sabablari, turtkilari, deganday…
– Ğiyosiddin, buning hammasiga yangangiz sababçi! Yangangizning aybi şuki, holi jonimga qöymay bozordan sopol idişlar, unga ekiş uçun gul uruği, har xil öğitlar sotib olişidan boşlandi. Uyga keldik. U öşa gultuvaklarni qatorlaştirib ixlos-u ilhom bilan öğitlardan aralaştirib toza tuproq soldi, nihollarni qadadi. Xiyla çiqimdor qilgan bu jarayonni men iztirob bilan kuzatib turdim. Şu kuzatiş asnosida sunʼiy gullar, sunʼiy gözallik haqida öylab qoldim. Oçiqroği, yasama hayot, yasama anʼanalar töğrisida… Xayol olis-olislarga uçdi. Özlaştirma çöl hududlarida yaşovçi el-u xalq köz oldimda jonlandi. Mamlakatimizda bunday joylar köp. Masalan, Qaşqadaryo viloyatidagi qator tumanlar özlaştirilgan qöriqlar hisobidan taşkil etilgan. Aholisi tirikçilik taşvişida toğ-u toşlardan, turli şahar-u qişloqlardan köçib kelgan. Ular menga ildizidan qöporilib ketgan dov-daraxtlarni eslatadi. Toş-betondan qurilgan uylar, lotok ariqlar, tağin allaqanday imoratlar, oçiği, menda noxuş hislar uyğotadi. Qandaydir hamma-hammasi sunʼiy, yasama. Odamlar bu yerlarda xuddi vaqtinça yaşab yurganday, erta-indin yana allaqayerlarga köçib ketadiganday tuyuladi. Xullas, tuzum, davr zörma-zöraki singdirgan anʼanalarga, udumlarga qorişib, tabiiy intilişlariga xilof bir tarzda hayot keçirayotgan çöllik yurtdoşlarning turmuş tarzini tasvirlaş, ular orqali özlikdan judo böliş fojialarini körsatiş iştiyoqi paydo böldi. Oqibatda, öşa siz aytgan “Jaziramdagi odamlar” degan romanim dunyoga keldi.
– Adabiyotning jamiyatda tutgan örnini qanday tasavvur etasiz?
– Suvning, havoning inson tirikligida neçoğlik zarurati bölsa, adabiyotning ham jamiyat hayotida şunçalik ahamiyati bor. Şu keça-kunduz qay bir davlatda qandaydir virus paydo bölibdi. Eşitganlar, vahimaga tuşganlar oğiz-burniga bir parça niqob taqib oldi. Badaniga qandaydir em, dori-darmon yuborayotganlarning ham soni ming. Göyoki şu yöllar bilan özlarini öşa balodan himoya qilmoqçi. Jon şirin-da: hamma bilganiça, aqli yetganiça qattol kasallik oldini oliş ilinjida chopadi. Xöş, odamzodning maʼnaviyatiga, qalbiga öşanday ofatlar xuruj qilsa-çi?! Uni qanday niqob bilan qöriqlay olamiz? Odamning ong-şuuriga, tafakkuriga darigan ölatning biror emi, muolaja usuli bormi? Ha, bor. Buni oqil-u donalarimiz ming yillardan beri takrorlab keladi. Ilm, nazm, fasohat, latofat dunyoni, odamni qutqaradi, deyişadi. Bu xaloskor omillarning barçasi badiiy adabiyotda mujassam! Ha, adabiyot şunday buyuk najot, ammo köp hollarda uning özi yordamga, madadga, eʼzoz-ehtiromga muhtoj. Avvalo, adabiyotning özini qutqarişimiz zarur! Şovqin-surondan, johillikdan, yolğondan, taʼmadan, yalanğoçlikdan asraşimiz lozim. Uni bozorga solmasligimiz kerak! Savdo-sotiqning dağal va sovuq muomala-munosabatlari unga töğri kelmaydi. Axir, adabiyot tirikçilik emas, tiriklik manbai! U hayotning ham, jamiyatning ham mavjudligini taʼminlaydi. Şuning uçun bozor ham, gulzor ham adabiyot xizmatida bölişi maqsadga muvofiqdir.
– Umumtaʼlim maktablarida Adabiyot fanini öqitiş masalalari yuzasidan fikringiz qanday? Bu borada qanday maslahatlar, tavsiyalar berişingiz mumkin?
– Maktab, darsliklar, adabiyot saboqlari… bular oğir va oğriqli muammolar. U haqda köpdan beri gapirib kelinyapti, lekin natijasi kamroqqa öxşaydi. Avvalo, taʼkidlaş örinliki, barça darsliklar kabi adabiyotga oid darsliklar, qöllanmalar ham öta islohtalab. Bolalar örganişi kerak bölgan bilimlar ularda aks etmagan. Mazmunan sayoz, çalkaşliklar köp. Xöp, bunisiga köndik. Adabiyot muallimlarining saviyasi qanday? Bu ham jiddiy muammo. Aksariyat öqituvçilar bu sohani tasodifan yoxud majburan tanlagandek taassurot uyğotadi. Ularning katta qismi bugungi adabiy jarayondan mutloq xabarsiz. Oxirgi paytda qanday badiiy kitob öqidingiz deb söralsa, Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar” romanini öqidim, deya javob beradi. Aslida, şuni ham öqimagan, kinosini körgan. Menimça, zamonaviy adabiyot öqituvçisi zamonaviy adabiy jarayondan xabardor bölişi şart. Buni qanday amalga oşiriş mumkin? Adabiy jarayon nafasi anqib turgan “Şarq yulduzi”, “Yoşlik”, “Jahon adabiyoti” kabi jurnallar, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Kitob dunyosi” singari gazetalar har bir maktabga, heç qursa, bir donadan yetib borişini taʼminlaş zarur. Majburiy obuna mumkin emas, degan gapni bayroq qilib, köpgina joylar avvallari bir dona-ikki dona olib turadigan naşrlariga ham yozilmay qöyişdi. Menimça, majburiy taʼlim bor ekan, majburiy obuna ham bölişi kerak. Aks holda, majburiy taʼlimdan közda tutilgan murod-maqsadga tölaqonli yetişa olmaymiz. Şuningdek, barça oliy öquv yurtlarida, test sinovlaridan avval talabgorlar inşo yoziş imtihonidan ötişsa, ayni muddao bölardi. Çunki inşo yoşlarning nafaqat bilim saviyasini, balki öz fikrini yozma tarzda ifodalay olişini ham körsatadi. Menimça, bölajak oliy maʼlumotli mutaxassisga bu jihat öta muhim.
– Yoş ijodkorlarga tilaklaringiz.
– Yoşlarga, eng avvalo, jörovozlik emas, hur ovozlik tilayman. Ulkan-ulkan dardlar, oğriqlar tilayman. Aytmay turib, ayta oliş, körmay turib, körsata oliş sanʼatini tilayman. Yoş ijodkorlarimiz doimo ilhomdan entikib, iztirobdan lazzatlanib yursinlar. Oq qoğozga hamişa oppoq qalb bilan yuzlansinlar. Soğlik, omonlik ularni aslo tark etmasin!
Suhbatdoş: Ğiyosiddin Önarov
Luqmon Börixon 1965-yilning 15-iyulida Qaşqadaryo viloyati, Ğuzor tumanining Yangiobod qişloğida tuğildi. 1986–1991-yillarda Özbekiston Milliy universiteti (ilgarigi ToşDU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Şundan söng “Turkiston”, “Maʼrifat” gazetalarida adabiy xodim, bölim mudiri, “Yoşlik” jurnali boş muharriri örinbosari vazifalarida xizmat qildi.
“Begimqul katta” hikoyasi “Yoşlik” jurnalida çop etilib, ustozlar nazariga tuşdi. Birinçi hikoyalar töplami “Yalangoyoq” 1991-yili “Çölpon” naşriyotida çop etilgan. “Jaziramadagi odamlar” romani ikki marotaba 2005 va 2012-yillarda naşr etilgan. 2006-yili “Sirli muallim” nomli qissasi öqituvçilar hayotidan olib yozilgan asar sifatida Xalq taʼlimi vazirligi tanlovida ğolib deb topilgan. Navbatdagi 2007-yili “Xizr körgan yigit”, 2009-yili “Temiryöl” romanlari ham muxlislar tomonidan katta qiziqiş bilan qarşi olindi. Sermahsul ijodkorning 2002-yili “Tun qaʼridagi şuʼla” nomli qissa va hikoyalar töplami, 2012-yili “Buyuk ipak yöli” badiiy-publitsistik maqolalar töplami, “Quyoş hali botmagan” qissalar töplami şunungdek, 2018-yili “Olov tutgan odam” romani naşr etilgan
2009-yili badiiy-publitsistik maqolalari uçun xalqaro “Oltin qalam” tanlovi ğolibi bölgan. Luqmon Börixonning adabiyot sohasidagi xizmatlari munosib baholangan: Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. 2007-yilda “Şuhrat” medali va 2012-yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


