2 daqiqada öqiladi

562 marta körilgan

Navoiy va onam

Eʼzoza Umurzoqova

Ilk bor Navoiyni onam tilidan angla­ganman. “Xamsa” baytlarini yurak şe­va­siga aylantirgan volidam bizga bolalikdan dunyoni ravşanroq, tafakkur ila körsatişga urindi. Har birimizga adabiyotni sevgan odamdan yomonlik çiqmasligi, u esa köp sözlaş emas, köp öqib, mulohaza qilmoq ekanligini uqtirdi. Bugun biz farzandlar ilm yölidan ketdik, hazrat Alişer hikmatlariga yukindik.

Yodimda, akam ilk bor oliy taʼlim muassasi imtihonlaridan yiqilib maʼyus tortganlarida, onam dastlabki sözini Navoiy baytidan boşlagan edi:

 

“Uruğ yerga tuşib çeçak böldi,

Qurt jondan keçib ipak böldi.

Lola tuxmiça ğayrating yöqmu?!

Pilla qurtiça himmating yöqmu?!

Bolam, hazratimiz uruğ yerga tuşgaç çeçak bölganligi va bizning ham şunday ğayratli bölişimiz kerakligini taʼkidlayaptilar. Şuning uçun öksinma, himmatli böl, Olloh oyoqlarimdan ayirdi dema, balki qanot ato etayotgandir!”

Biz şu ovozdan dunyoni tingladik. Sabr, ğayrat, saxovat-u himmatni, çarx gözalligi-yu, tafakkur durdonalarini mana şu sas orqali yangrayotgan Navoiydan örgandik. Uning bitiklarida hayot xaritasi bor edi göyo.  Qay manzilimiz botqoq, qay biri esa quyoşli, qay tomon yursak yöllarimiz nurafşon…

Onam aytganlaridek, ul zot orqali yaratganning neʼmatlariga şukur dedik, kuyiş kerak bölsa, yaratgan işqida yonmoqlikni uqdik. Zero, Mir Alişer bobomiz Olloh himmatining çeksizligi ifodasi sifatida bir ğazalida şunday deganlar:

 

Bölmağay erdi muyassar, “Xamsa” yaʼni panji ganj,

Qilmasa erdi madad holimğa beş olti abo.

Yoki yana bir ğazalida boşimizga neki kelsa taqdirdan, biz esa uni xoh ğazab, xoh inoyat bilib qabul qilişimiz mumkinligini va sönggi xulosa özimizdan ekanligini aytadi:

Ne kelsa çarxdin, iç bidakim, tafovuti yöq,

Agar inoyat etarsen anga, yöq ersa ğazab.

Vatan dardi va yurt işqini, ilmsizlik azobi-yu, bilim marvaridlarini Navoiy misralarida his qilamiz.

Bugun dilimga 300 ga yaqin ğazalni tuydim. Ularni volidam şarofati bilan hayotga tatbiq etmoqlikni örgandim.

Hamonki, Navoiy deyilganda uning “Guli Raʼno”si otliq onam köz oldimda gavdalanadi. Ul ism şarofati ila hazrat qalbimda barhayotdir.

 

Eʼzoza Umurzoqova,

Navoiy şahridagi 12-IDUM 11-sinf öquvçisi

2021/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)