17 daqiqada öqiladi

2 144 marta körilgan

“Kitobni anglab, tuşunib mutolaa qiliş lozim”

Xurşid Döstmuhammad

Taniqli yozuvçi Xurşid Döstmuhammad va yoşlarning onlayn suhbati

 

– Xurşid aka, “Jajman” hikoyangiz öz paytida adabiy jarayonda voqea bölgan edi. Öziga xos ramziy uslubda yozilgan bu asarni har bir kitobxon öziça tuşundi, öziça idrok qildi.

– “Jajman” hikoyasining tuğiliş tarixi bor. Toşkent şahridagi “Çorsu” bozorini köpçilik yaxşi biladi. Bizning uyimiz şunga yaqin bölganligi uçun “Çorsu”ga köp qatnaganman. U yerda bir “Tim” degan joy bölardi. U “Tim”lar hozir buzilib ketdi. Baland, tepasi oynavand. Ikki tomonida katta-katta darvozasi bölardi. Bu “Tim”ning içida turşak, mayiz, jiyda, yonğoq – şunga öxşaş quritilgan mevalar sotilgan. Har safar bozorga kelganimda birinçi bölib kitob dökoniga, undan keyin, albatta öşa “Tim”ga kirardim. “Tim” qandaydir sehrli maskandek tuyulgan menga. Şu yerda tirikçilik qilayotgan, savdo qilayotgan odamlar, nazarimda, boşqaça körinardi-da.

Bir kun közim tuşib qoldi. Bir ayol turşak sotayotgan ekan, bir odam qölidagi qoğoz xaltani töldirib turşak oldi-da, pulini tölamay ketdi. Ayol yiğlab yubordi. “Bolalarining rizqini qirqib olib kelgandim, rözğorimga işlatarmikanman degandim”, deb yiğladi. Menga şu narsa juda oğir botdi. Bozorda bunday manzaralar uçrab turadi. Oradan yillar ötdi, öşa xotira turtkisida “Jajman” obrazi paydo böldi. Hikoya “Şarq yulduzi” jurnalining yillik mukofotiga sazovor böldi. Köpçilikka maʼqul tuşdi va hali-hanuz hikoya haqida köp savollar tuğiladi.

 

– “Çayongul yoxud quyi qişloqda qotillik qissasi” özgaça uslubdagi asar. Asar sud va tergov hujjatlari asosida yozilgan. Har bir holatni taftiş qilgansiz.

– “Çayongul” qissasining nomi bir neça marta özgardi. Birinçi marta yozganimda “Sof özbekça qotillik” edi. Keyin “Jaholat” böldi, uç seriyali telefilm (rejissyor Nuriddin Qosimov), oxiri badiiy film (rejissyor Sobir Nazarmuhamedov) böldi. Va nihoyat, “Çayongul” nomi bilan qissalar qatoridan örin oldi. Dastlab “Sirli olam” jurnalida “Sof özbekça qotillik” bölib çiqdi. Nima uçun “Sof özbekça qotillik”? Unda ozgina kinoya bor, aççiq kesatiq bor.

Kitobxonlar körişgan, “Çistoy angliskoy ubiystvo” degan filmni. Kattaqörğonda odamlar öla boşlaydi. Tiq etgan şovqin çiqmaydi, tös-töpolon bölmaydi. Men yozgan qissada esa… voqea olis viloyatlardan birida yuz bergan. Özim borib körganman, suhbatlaşganman. Qotillik qilgan ayol bilan qamoqxonaga borib suhbatlaşganman. Ayol qanday tarzda qotillikka otlanganini sözlab bergan.

Uyiga juda oğir ruhiy iztirob holatda kelgan. Tandirning yonida turgan eski piçoqqa közi tuşgan. Öşa piçoqni kötargança “öldiraman, öldiraman” deb ikki köça nariga boradi. Nahotki sizning yölingizni biror odam tösmadi?” deb söradim. “Heç kim yölimni tösmadi” dedi u. Mana bu jaholat bilan birovning joniga tajovuz qiliş bölgan uçun şunday atadim. Keyin “Çayongul” nomi topildi. Bunda ham qamoqxonadagi suhbat asqatdi. “Bizning uyimizda erkak kişi yöq, – dedi mahkuma ayol. – Erkak kişi yöq joyda, tajovuz bölgan joyda ayol kişi erkakka aylanadi”. Ana şu gap menga juda oğir botdi, larzaga soldi va ayol çayonga aylanişini ifodalaş maqsadida “Çayongul” deb qöydim. Buni yana boşqa sabablari bor. Tuş bilan boğliq sabablari, uni keyinçalik gaplaşsak böladi.

 

– Meni ançadan beri bir narsa öylantirib keladi. Adabiy did masalasi. Asar faqat xos öquvçilar uçun yoziladigan bölsa, köpçilik asar öqimaslikka töğri keladi. Agar asar omma didiga moslaştirilsa, u holda “xos”lar omma darajasiga tuşib qoladi. Umuman olganda, xos va omma örtasidagi munosabatlar qanday keçadi? Bundan qanday çiqib ketiş mumkin?

– Bu oğir va murakkab savol. Köpdan buyon yeçimini topmayotgan savol. Men yeçim topib beraman deb daʼvo qilmayman, albatta. Lekin xulosam şuki, yoza boşlaganimizdan buyoğiga odamlar ommadan “xos”ga aylanib boradi deb hisoblar edim, lekin na omma özgardi, na “xos”. “Xos”ni omma darajasiga tuşirib bölmaydi, ommani “xos” darajasiga kötarib bölmaydi. Faqat özbek adabiyoti, özbek kitobxonlariga xos emas bu hol. Men juda köp xorij mamlakatlariga borganman. Kutubxonalarga, kitob dökonlariga kirib suhbatlaşaman. Kitoblarni köraman. Öşa yerlarda ham yaqqol ajralib turadi. Xos adabiyotni öqiydigan qavm nihoyatda oz, nihoyatda kam. Lekin savol tuğiladi, bu asarlarni omma tuşunadigan qilib yoziş kerakmi yoki xos kitobxon tuşunadigan qilib yoziş kerakmi? Darajani nima belgilaydi? Buni aniqlaş qiyin, bor yozuvçi men bir murakkab asar yozib qöyay deb yozmaydi axir. Masalan, özim bir neça bor harakat qilganman juda ommabop qilib yozaman deb. Ommabop, odamlar qiziqib öqiydigan qilib. Menda voqea köp bölmaydi, qiziqarli voqealar kam böladi. Taşqi voqealardan köra içki ruhiy voqealarga berilib ketaman. Içki ruhiy tahlilga berilgan jarayonda omma öqişdan zerika boşlaydi. Men yaxşi köradigan Dostoyevskiy “Voqealar tugab, ana şu voqealar haqidagi iztiroblar boşlanadigan joyda badiiy adabiyot boşlanadi”, – degan. Afsus, men mana şu aqidaga moyillik sezaman. Köpgina asarlarimizda badiiy asar boşlanadigan joyda asar tugaydi, voqea tugaydi. “Jinoyat va jazo”ni hammamiz öqiganmiz. Bir talaba yigit boşi aylanib, gangib ikki ayolni öldirib qöydi. Endi yostiqday kitob şu qotillikning mulohazasiga bağişlangan. “Töğri qildimmi? Notöğri qildimmi? Men haqmi? Boşqalar haqmi?”. Ana şu savolga asarning oxirigaça javob izlaydi. Iztirob çekadi, qayğu çekadi. Lekin asarda savolga tugal javob çiqmaydi, asar tugaydi. “Jinoyat va jazo” xos öquvçilarga qaraşlimi? Yoki ommagami? “Jinoyat va jazo”ni qöyib turaylik, “Ötgan kunlar” romani keng ommaning asarimi yoki xos kitobxonlarnikimi? “Ötgan kunlar”ni, “Jinoyat va jazo”ni keng omma ham, xoslar ham qiziqib öqiydi. Ehtimol, ularning buyukligi mana şunda bölsa kerak. Lekin omma men şu kitobni öqidim, falon joyidan taʼsirlandim degan gapni eşitganim yöq şu paytgaça. Xos öquvçilar uni jön, ertaknamo joylariga unçalik eʼtibor qaratmasdan öqişadi. Yana bir marta aytaman, bu savolga tugal javob yöq, lekin hamişa öylatib keladi, hamişa köndalang turadi bu savol.

 

– Asarlaringiz metaforalarga yaşiringan, sekin öqiladigan asarlardek tuyuldi. Bu balki ehtiyotkorlik yoki bölmasa inson özini-özi senzura qiliş oqibatida yuzaga kelgan uslubmasmikin, degan fikr uyğondi.

– Yaxşi. Bu avvalgi savolning davomi. Qiyin öqiş, oson öqiş, yengil öqiş. Badiiy asar şavq-zavq bilan öqilişi kerak degan maşhur gap bor. Töğri gap, lekin savol tuğiladi: Marsel Prustning asarlarini keng omma şavq-zavq bilan öqiydimi? Men, masalan, bu adib asarlarini zavq bilan öqiyman. Ozgina öqiyman, qiynalib öqiyman, lekin rohat qilaman. Takror-takror öqiyman. Yodimdan çiqib ketadi, yana öqiyman. Gap şundaki, Prustning feʼl-atvori, xarakteri, siyrati şunday bölgan, uslubi ham şundan kelib çiqqan.

Özimizning Temur Pölatov bor. Temur Pölatov havas qilgan yozuvçilardan biri Marsel Prust. Bu ikki adib ohista, şoşmay mutolaaga, fikrçan mutolaaga daʼvat qiladi kitobxonni. Nima uçun? Sababi bor. Şaxsan özim bir kitobxon sifatida şunday asarlarga moyilligim kuçli. Mening konsert, töy, noğora-bazmga unçalik huşim yöq. Men yolğizlikka, sokinlikka, tinçlikka moyil odamman. Qiy-çuv öyin-kulgi, bayram, şodiyona bölayotgan joyda aql işlamaydi, ehtiros işlaydi. Dunyo, taraqqiyot nima demoqda? Dunyo tezlikning, şiddatning qurboniga aylanib bormoqda. Hozirgi koronavirus ham insoniyat tezlikning qurboniga aylanganining bir alomati. Prust, Pölatov va şunga öxşagan yozuvçilar nima qilmoqçi edi? Zamon şiddatining “etagi”dan tutib qolmoqçi edi! Tasavvur qiling, katta bir toğday maşinami, tankmi, teplovozmi tortib ketayapti, ular qöli bilan, qalamning uçi bilan, “Hoy, sekin, qayoqqa şoşayapsan insoniyat?!” demoqda. Temur Pölatov, anglangan daqiqalargina umr, demoqda. Tuşunayapsizmi, anglangan lahzalargina umr. Anglanmagani sening umring emas. Aytmoqçimanki, öqilişi oğir, kimlargadir zerikarli tuyuladigan asarlar mohiyatida mana şunga öxşaş falsafa yotadi. Misol uçun, “Bozor” romanimda yoki “Bugun ertalab” degan hikoyamda ayrim joylari murakkablaşib ketgan, öqiş qiyin deb aytişdi ustozlarimiz, örtoqlarimiz. Men esa yanayam murakkablaştirib yozmaganimga afsuslanaman. Yana qayta yozaman Xudo xohlasa. Öşanda yanayam murakkablaştirib yoziş yölini izlayman.

 

– Bugungi mutolaa borasida fikringiz qanday? Bugungi kitobxonlikdan könglingiz töladimi?

– Avvalo, kitob öqiydigan odam şu xalqning mulki hisoblanadi, maʼnaviy mulki. Kitobxonlik şaxsiy iş, lekin kitobxon köpaysa xalqning sifat darajasi özgaradi. Kitob köp çiqyapti, tarqalyapti, sotilyapti, öqilyapti, lekin könglim töldi deb aytişga til bormaydi. Kitobni sotib oliş bir, öqiş ikki, öqiganini tuşuniş uç, tuşunganini ifoda qilib beriş tört. Lekin butun jahonda ommabop, yengil tuşuniladigan kitoblar juda köp. Million-million tirajda çiqayotgan asarlar bestseller yozib millioner bölib yurgan yozuvçilar hammasi yengil öqiladigan asarlar. Ana şu yengil öqiladigan asarlarning ham oğir yukini his qilib öqiş tarafdoriman va murakkab deb hisoblanadigan asarlar ommalaşuvini juda-juda istayman.

 

– “Umid guli” hikoyasining yaratilişiga nima sabab bölgan? Tarixiy şaxs Abdurauf Fitrat timsolini tasvirlaşda nima nazarda tutilgan? Bevosita hikoyaning söngida “Inqilob” jaridasiga “Mening keçam” şeʼri va Botuning “Mening kunduzim” şeʼrini çop etiş bilan boğliq xat yoziş bilan tugallangan. Bu holat kelgusi yoruğ kunlarimizga işorami? Şeʼr nomlari mening nazarimda mana şunday xulosaga kelişga sabab böladi?

– Taniqli adabiyotşunos Hamidulla Boltaboyev Abdurauf Fitratning beş jildligini bosmaga tayyorlagan. Bir dunyo iş qilgan. Şu beş jildli asarlarini öqidim. Savol tuğiladi: nima sababdan şu beş jild nega ommalaşmadi? Fitrat, Çölpon, Behbudiy, Qodiriy, Hamza, Usmon Nosir deymiz, lekin ular ommalaşmaydi. Nima sababdan odamlar Abdurauf Fitrat mana şunday odam ekan, bunday bölgan ekan deb aytmaydi. Men kuyib ketaman. Bir olim umrini sarflab beş jildlik kitob çiqaribdi, oltinga topilmaydigan gaplar bor u yerda. Fitratning asarlarini öqisangiz butun tasavvurlaringizni özgartirib yuboradi. Nafaqat XX asr boşlanişi, XXI asr boşlanişidagi voqealarga ham munosabatingizni özgartirib yuboradi. Şuni öqib turib va taʼsirlanib yurib, Moskvada bölgan epizod (lavha desa ham böladi) meni hikoya qilgin degandek bölib qoldi. Öşa epizodning özi meni hikoya yozişga majbur qildi. Maqsad Abdurauf Fitrat singari insonlarning badiiy obrazini yaratiş. Misol uçun, Behbudiy haqida “Yoşlik” jurnalida bir qissa çiqdi. Xursand böldim. Çunki badiiy obraz orqali öşa uluğ insonni, uluğ zotni keng ommaga yaxşiroq, çuqurroq va taʼsirliroq taniştiramiz. Rahmatli Tohir Malik Abdulla Avloniy haqida qissa yozgan. Yana va yana muammo kitobxonlarimizning saviyasiga, qiziqiş doirasiga kelib taqaladi. Bir söz bilan aytganda, Hamidulla Boltaboyev tayyorlagan kitoblardan, yana qöşimça maʼlumotlarni arxiv materiallaridan örganib “Umid guli”ni yozdim. Fitratning bağrikengligini, uluğligini qarangki, jurnalga xat yozib özi va Botuning şeʼrini yonma-yon bosinglar deb iltimos qiladi. Undan xulosa çiqarib oliş sizga, menga boşqa öquvçilarga havola. Mening yozganlarimda, eʼtibor bergan bölsangiz, tugal xulosa bölmaydi. Tugal xulosa öquvçi ixtiyoriga qoldiriladi.

 

– “Bozor” romanida ham, “Jajman” hikoyangizda ham bozordan çiqqan maxluqqa töxtalgansiz. Nega aynan ikkita asaringizda uşbu obrazni olib çiqqansiz. Aynan qayta-qayta murojaat qilişingizning boisi nimada?

– “Jajman” inson feʼlidagi barça salbiy illatlarning, salbiy tuyğularning, salbiy keçinmalarning, umumlaşma obrazi. U sulloh, bosqinçi, yovuz, birovning haqidan qörqmaydigan, iymonsiz, uning şakl-şamoyili yöq. Jajman qanday jondor ekanligini men özim ham bilmayman. Kimgadir olaböji bölib körinadi, kimgadir ajina bölib körinadi. Noinsof odamlarning qiyofasini özida mujassam qilgan. Istalgan salbiy feʼlni unga tadbiq qilişingiz mumkin. Şunda uning mohiyati oçiladi. Metaforadan kutilgan maʼno-maqsad oçiladi.

 

– Sizningça, sanʼat qaçon maʼnaviy dunyoni öldirişga, xarob qilişga xizmat qiladi? Qaçon sodir böladi va qanday holatlarda?

– Sanʼat hayot, kayfiyat, ruh baxş etadi va ayni vaqtda öldiradi. Yaratuvçi, jonlantiruvçi, jon baxş etuvçi sanʼat bor. Öquvçining badiiy did masalasi kelib çiqmoqda. Sanʼatning taʼsir kuçi nihoyatda katta, çeki yöq. Sanʼat deydigan bölsak, qançasi sizga jon bağişlaydi, qançasi joningizga azob beradi, zulum qiladi. Uning barçasi özingizga havola. Misol uçun, kimdir jonini berib qayta-qayta ön martalab eşitadigan qöşiğini men bir marta ham oxirigaça tinglamayman.

Keng omma orasida musiqani berilib tinglaydiganlari köp emas. Nega? Yengil-yelpi aşulani eşitadi. Şuni aşula deb aytayotganiga, unga musiqa bastalaganiga, şuni qöşiq qilib aytganiga, radioda televizorda berayotganiga aql bovar qilmaydi. Va şuni jon-jon deb eşitadigan odamlar borligi meni ajablantiradi. Aqlimga siğdirolmayman. Nima bu özi? Na musiqa bor, na söz bor, na ijro bor. Nima böldi? Odamlarimizning didi şunçalik pasayib ketdimi?

Hatto ançagina maşhur bastakorlari­miz­ning musiqasini tinglang, tepa soçingiz tikka böladi. Öldirgani şu-da! Mening didimni haqorat qilyapti. Ularni katta-katta pul evaziga töyga aytamiz, konsertiga boramiz. Beş ming odam konsertiga kirib ötiradi. Uç soat konsert tomoşa qiladi. U yerda aytilgan yigirma-öttizta qöşiqdan neçtasi çinakam estetik zavq beradigan qöşiq? Qizlar, yigitlar tinmasdan raqsga tuşadi. Keçirasiz-u, bu qanday tomoşa?!

Zulayho Boyxonovaning ayrim qöşiqlarini tinglayman. Erkin Vohidovning “Bir qadam” nomli şeʼriga Abduhoşim Ismoilov musiqa bastalagan. Öşani berilib aytadi. Savol tuğiladi: bizda heç zamonda “Men tomonga bir qadam qöy!” deb qiz bola yigitga aytadimi? Yigit qizga aytişi mumkin. Erkin aka juda bir nozik lutf qilgan. Zulayho Boyxonova esa jonini jabborga berib, “Bir qadam, bir qadam”lab olamni boşiga kötaradi. Qani bu yerda did, qani estetika, qani gözallik?! Bu tomonlarini tinglovçilar öylaşi kerak-da! “Hoy, oyim, nimalarni deb ayuhannos solayapsan?” deya savolga tutmoği kerak-da!

 

– Şu mulohazalarni badiiy adabiyotga vobasta qilib aytganda-çi?

– Xuddi şunday sayozlik aşula, musiqa, teatr, kinoga ham tarqagan. Milliy teatrga tuşib, kelin-kuyov, qaynona-kelin mojarolarini körib ötirgan tomoşabinlarni tomoşa qilaman. Tuşunyapsizmi, sahnaga qarolmay atrofimdagilarni tomoşa qilaman.

Ommaviy adabiyot, ommabop adabiyot qöpolroq qilib aytganda olomon adabiyot, olomon teatri, olomonbop filmlar, olomon musiqalar didni öldiradi. Men teatr köryapman, film tomoşa qilyapman, qöşiqdan zavq olyapman, men kitob öqiyapman degan fikrga olib keladi, oqibati esa didni ötmaslaştiriş, öldirişdan boşqa gap yöq. Savol zamiridagi tagmaʼnodan kelib çiqilsa, didni öldirdimi, odamni öldirgan böladi.

 

– Yozuvçi bölib şakllanişingiz davomida dastlab yozganlaringiz ham matbuotda eʼlon qilinganmi va ularga öquvçilarning munosabati qanday bölgan?

– Tabiiy, havaskordan yozuvçiga yoki şoirga aylaniş oson köçmaydi. Bu qiyinçilik çiğiriğidan ötiş maşaqqatini boşdan keçirganman. Gazeta yo jurnalda birorta hikoyam çop etilarmikan, degan orzu tuşlarimga kirib çiqardi.

Men beşinçi-oltinçi sinfda öqigan kezlarimdan kundalik tutganman. Uçraşuvlarda talabalarga köp aytaman, ana şu kundalik tutiş yozuvçilikka örgatadi. Meni heç kim majbur qilmagan. Qaytaga meni odobsizga çiqarib, yomon bolaga çiqarib, muhokamalar qilişgan, izza qilişgan. Dastlabki hikoyalarim “Fan va turmuş” va “Guliston” jurnallarida eʼlon qilingan. Va u paytlarda nafaqat hikoya, bir kiçkina maqolangiz çiqsa ham odamlar öqir edi. Yozilgan ikki enlik axborotni ham öqib telefonda tabriklaşardi. Men şu vaqtgaça oçiğini aytadigan bölsam özimni tilimdan qoniqiş hosil qilmayman. Erkin Aʼzamga öxşagan, Nazar Eşonqulga öxşagan tilim juda öynoqi deb aytmayman. Men toşkentlikman dedim-ku, viloyatda yaşagan örtoqlarimga havasim keladi. Xurşid Davron döstimizga köp aytardim, sen fors tilini bilasan. Fors tilini bilsam yaxşi bölardi deb. Nega deydi? Fors tilida sözlar boyroq tuyuladi, ohangdor. Musiqaviylik kuçli. Bizning Toşkent şevasida yozib bölmaydi. Xorazm, Namangan, boringki, Farğona şevasida yozsangiz juda boşqaça çiqadi. Odamga yoqimli eşitiladi. Şevalarni juda yaxşi köraman. Lekin men özim Buxoro şevasi bilan Xorazm şevasini aralaştirib yuboraman. Mana şu narsalar yozganimda hamon seziladi. Dastlabki “Kiyova quyoşi” hikoyamni Erkin Aʼzam tahrir qilib bergan. Juda jiddiy tahrir qilib “Guliston” jurnalida eʼlon bölgan. Asqad Muxtor davri edi, juda ovoza bölib ketgan. “Fan va turmuş” jurnalida çiqqan hikoyamni Tohir Malik tahrir qilgan. Ana şu tahrirlarni örganib keyin-keyin bir qança yozganlarimni tili yomon, jön, talabga javob bermaydi deb tahririyatdan qaytarişgan. “Şarq yuduzi”ga ikkita hikoyani qöltiqlab yillar davomida qatnaganman. Ustozlarimiz öqib berişmasdi. Böşaşib borib, böşaşib kelaverar edim. Çiqarişmagan, lekin qaytmaganman. Ön martalab qayta yozaman, baribir çiqaraman, deganman. Maʼqul emas, deb yozib berilgan yozuvlarni hozirgaça saqlayman. Odil Yoqubov, Erkin Vohidov, Nosir Fozilovlarning “Bu maşqingiz yaramaydi, olib keting” degan mazmundagi yozuvlarini olib qöyibman. Bir kun şularni çiqaraman. Bularni iddao maʼnosida aytayotganim yöq. Şaxsan menga saboq bölganligini aytmoqçiman. Xullas, şu singari maşaqqatlardan qoçmadim, işlayverdim. Hozir ham yozganlarimni kimdir qölimga qaytarib berişsa, indamayman, öylab köraman, qayta işlayman. Çunki har bitta yozgan asaringiz yangi bir sinov. Men tajribali yozuvçiman, boplab qöyaman degan daʼvoim yöq. Sizga yoqsa, boşqasiga yoqmaydi. Önta odam öqisa, bir ovozdan maʼqul, demaydiku! Beştasi maʼqul deydi, uçtasi örtaça deydi, ikkitasi nomaʼqul deydi. Maqtovdan xursand bölmayman. Içimdan sevinaman, lekin döppimni osmonga otmayman. Tanqiddan yerga kirib ketmayman. Ikkalovining muvozanatini teng uşlab qabul qilişga harakat qilaman.

 

– Yozuvçi uçun yoziş qaçon ehtiyojga aylanadi? Yozuvçi uçun umuman yoza olmaslik bu nima? Siz ham şunday holatga tuşganmisiz?

– Ehtiyojga aylanişini hozir qisman aytib ötdim. Özim körib, bilib yurgan narsalarni ön uç yoşimdan yon daftarimga yozib yura boşladim. Yozişning nima keragi bor? Misol uçun, oyni kördim, tölin oy çaraqlab turibdi. Dunyoda hamma köradi, lekin juda kamdan-kam odam yozadi. Bolaligimizda Faxriddin Umarovning “Onam derman” degan juda maşhur qöşiği bölar edi. Onam rahmatli bilan birga qayta-qayta tinglaganimiz yodimda. Beixtiyor öşa taassurotlarni yoza boşlaganman.

Körayapsizmi, yoziş ehtiyoji, yozişga mubtalolik kamdan-kam odamga nasib etadi. Şuning uçun ham ijodkor kam böladi. Endi yozişga mubtalolik boşqa, yaxşi yoziş boşqa, boplab yoziş boşqa, örniga qöyib yoziş boşqa. Ana şu mayl şakllana-şakllana professional maqomga kötariladi. Yozolmay qoliş alohida holat. Yozolmay qoliş oğir, lekin holat har xil böladi, kayfiyat har xil böladi, salomatlik har xil böladi. Yozolmay qolişdan ham qörqmayman. Dunyo közingizga qoronği köringan har qanday kayfiyatdan ham qörqmayman. Çunki undan keyin yoziş kayfiyati paydo böladi. Yomon kayfiyatdan keyin, albatta, yaxşi, çaroğon kayfiyat paydo böladi. Men şunga işonaman.

 

– Asarni yozişdan oldin dastlab uning musiqasi yaraladi deb eşitgandim. Atoqli adib Ötkir Hoşimovning “Tuşda keçgan umrlar” romanining yozilişida daraxt şoxidan uzilgan bitta barg turtki bölgan ekan. Şu örinda sizning asarlaringiz tuğilişiga nima turtki böladi? Masalan, aynan “Yolğiz” asaringiz haqida aytsangiz.

– Abdulla Qodiriy 1926-yilning fevralida “Yiğindi gaplar” maqolasi uçun qamoqqa olingan. “Yolğiz” qissasida ayni şu voqea bilan holatlar tasvirlangan. Yoziş asnosida arxiv hujjatlari örganildi, badiiy töqima ham bor, albatta. Musiqaga kelsak. Nafaqat katta badiiy asarning, nafaqat şeʼr yo dostonning, oddiy bir maqolaning ham öziga yaraşa musiqasi böladi, ohangi böladi. Masalan, siz bilan suhbatlaşyapmiz, uşbu suhbatga yaraşa söz, jumla, gap quriladi, şundaymi. Mana şu sözlar, iboralar, gap tuzilişlari, jumlalarda ohang böladi. Köp hollarda birinçi jumlani topiş qiyin keçadi. Çunki birinçi jumla bamisoli kalavaning uçi. Kalavani uçini tutib olsangiz u yoği oson köçadi. Keyingi jarayonda, ehtimol, u özgarib ketar yo özgarmas. Misol uçun, hikoyalarimdan birini “Çöli iroq” musiqasiga hamohang bölarmikan deb yozganman. Jahon adabiyotining zabardast vakillari mumtoz musiqani, mumtoz ğarb musiqasini juda yaxşi egallaşgan, bolaligidan örganişgan. Katta armonlarimdan biri biror çolğu asbobini çalişni örganmaganman. Yoşligimda çalganman, lekin davom ettirmaganman. Musiqa – möjiza axir! Musiqani hamma bilişi kerak, his qilişi kerak. Musiqa didni tarbiyalaydi, köngilga osoyiştalik beradi, orom beradi, junbuşga keltiradi.

Maşhur turk bastakori Jon Atilla 1453-yili Istanbulning fath etilişiga bağişlangan sim­foniyasini yaratgan. Önlab marta eşitaman. Ana şu musiqaga nasriy asar yozgim keladi. U musiqani eşitsangiz yuzga kirgingiz keladi. Yuzga kirib ham javlon urgingiz keladi. Mana musiqaning kuçi, taʼsiri, ahamiyati!

 

– Jurnalistlik faoliyati bilan yozuvçilik bir-biriga qançalik yaqin va ayni paytda bir-biridan qançalar uzoq?

– Jurnalistika real hayot bilan işlaydi. Aniq, konkret faktlarga asoslanib, bölgan voqealarni yozadi. Badiiy adabiyot töqima. Jurnalist körgan narsalarni badiiy töqimalar bilan qöşib, badiiylaştiradi. U voqealikni xususiylaştiradi. Xususiylaştiriş degan söz bor. Davlat mulki bor, xususiy mulk bor. Jurnalistika davlat mulki, xalq mulki, yozuvçi öz mehnati bilan xususiy mulk yaratadi. Eplasa, dunyoni öz mulki qilib oladi. Gözallikni, qadriyatni, eʼtiqodni – hamma-hammasini öziniki qilib oladi. Şu maʼnoda yozuvçining, şoirning imkoniyati köp, baland, yuksak.

 

– Bir suhbatingizda aytgansizki, bugungi kun kitobxoni uçun asar yoziş juda qiyin degansiz. Zamon şiddatini nazarda tutgansiz şekilli. Tajribali adib sifatida yoş yozuvçilarga maslahat bersangiz!

– Yozuvçilar uyuşmasi orqali viloyatlarga çiqamiz, yoşlar bilan uçraşuvlar qilamiz. Köp asarlarni öqiyman. Asosan nasriy asarlarni öqiyman. Yoşligida nasriy asar, misol uçun hikoya, qissani juda puxta yozadiganlar juda köp emas, oz, lekin yöq ham emas. Şunga intiladiganlar bor. Men unday yozma, bunday yoz deb aytolmayman. Doimiy aytiladigan gap – köproq öqiş. Tuşunib öqiş kerak. Alohida taʼkidlab aytamanki, u yozuvçi, bu yozuvçi asarini çöqib-çöqib öqimasdan, biror bir adibning butun ijodini bir boşdan töliq öqişda samara katta. Şunday öqilsa, adib ijodining rivojini, şakllanişini, past-balandini örganasiz va özlaştirasiz. Bir yozuvçi ijodini tugal örganing, söng ikkinçisiga öting. Ötkir Hoşimovni öqidingizmi, hamma asarini öqib çiqing. Oldin bu hikoya, bu roman, bu qissani emas, qaysi birini oldin yozgan bölsa, şu tartibda öqiş kerak. Hayotining oxirigaça yozganlarini öqing va Ötkir Hoşimov haqida yaxlit tuşunçaga ega böling. Şukur Xolmirzayev asarlarini öqing. Hikoyalari, esselari, romanlari, qissalari bormi, öqing va yaxlit tasavvurga ega böling. Asqad Muxtorni öqing, yaxlit tasavvurga ega böling. Ana şuning özi maktab vazifasini ötaydi. Öquvçi sifatida öqiysiz va yozuvçi sifatida könglingizga ötiradi. Birovga Ğafur Ğulom yoqadi, kimgadir Oybek yoqadi, kimgadir Tolstoy yoqadi. Öziga yoqqanini olib yana öqiş, yana örganiş kerak. Yana bir çekkadan öqib, obrazlarini, dialoglarini, söz öyinlarini, kinoyalarini, metaforalarini alohida örganib çiqiş kerak. Nima demoqçi? Nega bunday demadi? Nega bunday dedi? Masalan, men hozir Puşkinni öqiyapman. Puşkinni talabalik davrimda öqiganman. Mutlaqo uqmagan ekanman. Bilmagan ekanman. Imtihondan ötiş uçun öqigan ekanman. Endi hozir boşqa köz bilan öqiyman. Misol uçun, “Ötgan kunlar”ni yigirma marta öqiganman. Hozir öqisam, mutlaqo boşqaça. Vaholanki, “Ötgan kunlar” öşa-öşa, heç narsa özgarmagan, lekin men özgarganman. Mening qabul qiliş qobiliyatim özgargan. Mutlaqo boşqaça xulosalar çiqa boşlaydi. Aymoqçimanki, örganib öqiş, maktabga borgandek öqiş kerak. Çexovning holatlar yaratiş mahoratini örgansa, yozuvçiga, albatta, asqotadi.

Döstbek SULAYMONOV oqqa köçirgan

2020/9-10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. NIZOMIDDIN ÖRMONOV

    …….olomon adabiyot, olomon teatri, olomonbop filmlar, olomon musiqalar didni öldiradi. ………………….. didni öldirdimi, odamni öldirgan böladi. !!!!!!!!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…

Orolni asraş – umumiy muammo

Komissiya saytidagi maʼlumotga köra, davlatlararo suv xöjaligini muvofiqlaştiriş komissiyasi 1992-yili taşkil etilgan ekan. U bugunga qadar qanday amaliy işlarni bajardi?