4 daqiqada öqiladi

251 marta körilgan

Adabiyot – sözga jon bağişlamoqdir

Mirzo Kenjabek

Mirzo Kenjabek 1956-yili Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (hozirgi  Uzun) tumanidagi Mehnat qişloğida tuğilgan.

1974–1979-yillarda Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida, 1999–2001-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Islom institutida taʼlim olgan.

Şoir, tarjimon, jurnalist, islomiy kitoblar musannifi Mirzo Kenjabek 2017-yili “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi” unvoni bilan taqdirlangan.

Şeʼriy kitoblari:

“Maktublarim” (1982), “Quyoşga qaragan uy” (1983), “Munojot” (1986), “Şarq tili” (1988), “Bahorim yellari” (1999) “Xuşxabar” (2018).

Tarixiy-maʼrifiy, tasavvufiy va

tazkira kitoblari:

“Termiz tazkirasi” (2001), “Buyuk termiziylar” (2017), “Hazrati Qusam ibn Abbos – Şohi Zinda” (2017), “Bobur Mirzo asarlarida arabiy matnlar” (2018), “Murşidi komil hikmatlari”, tasavvufiy-fiqhiy asar (2004).

Adabiy-irfoniy kitoblari:

“Dunyoning murşidi”: hazrati Xoja Ubaydulloh Ahrorning “Risolayi Volidiyya” asari Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub nazmiy tarjimasining qisqa şarhi (2004), “Risolayi volidiyya nazmiy tarjimasi va şarhi” (2019), “Oşiq Maşrab va tasavvuf olami” (2019), “Yoşlarga dil sözlarim” (2020).

Fiqhiy-maʼrifiy kitoblari:

“Eʼtikof” (2005), “Qabriston ziyorati odobi” (2005), “Mubayyan, va nasriy bayoni” (Zahiruddin Muhammad Bobur xazinalari), “Anvorul-manosik” – Haj fatvolari majmuasi, Yorqinjon qori Fozilov tarjimasida musanniflar jamoasi bilan birga naşrga tayyorlangan (2014),  “Eng gözal salovotlar” (2015, 2017).

 

 

* * *

Adabiyot, ayniqsa, şeʼriyat şunday narsaki, xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham şuhrat qozonişga sabab bölaveradi. Lekin ijodkor şuhratning ketidan quvib, yengil-yelpi mavzularga berilsa, xalqqa, adabiyotga, xususan, öz-öziga katta zarar yetkazadi.

* * *

Ijodkor uçun faqat bolalik xotiralari yoki mahdud tuyğulari yetarli mavzu bera olmaydi. Ijodkor asl vatan farzandi bölişi, xalqini buyuk ğoyalar bilan taʼminlaşi, insonlarga yuksak fazilatlardan saboq berişi uçun öz vatani, öz xalqi tarixini örganişi zarur.

* * *

Qaynab turgan bir qozon taomga bir tomçi qon tomsa, uni harom qilganidek, bir-ikki noloyiq lavha butun boşli kitobni qadrsiz qilib qöyadi.

* * *

Haqiqiy ijodkor koinotning yaralişi va Abul-başar, yaʼni başariyatning otasi bölmiş Odam alayhissalomning yaralişidan boşlab, insoniyat tarixini, madaniyatlar, adabiyotlar, dinlar va tillar tarixini yaxşi örganişi zarur. Bu bilimi qalamkaşni keng tafakkur yuritişga, mavzu qamrovining keng bölişiga imkon paydo qiladi.

* * *

Örni kelganda islomiy ilm hukmlarini eslatib ötişimiz ham manfaatli böladi. Ogoh bölaylikki, ötmişdagi biror gunohimizni Alloh taolo keçirgan bölsa, biz öz tilimiz – öz qalamimiz bilan uni maqtangannamo bölib eslasak, Haq taolo uni qaytadan nomayi aʼmolga yozdirib qöyadi. Bu – til ofati va qöl ofatidir.

* * *

Har bir jabhada sizga örgatilmaydigan, har bir tafakkurli qalamkaş öz farosati, öz zakovati bilan bilib olişi zarur bölgan haqiqatlar bor. Qalamning qoğoz ustida töğri yurişi, ijodkor öz vijdoniga muvofiq yaşaşi uçun jahon siyosatini asl haqiqatlari bilan biliş zarur.

Ibratli kitoblardan birida şoirlar haqida qiziq rivoyatlar kelgan. Bir şoirning yoşlikdagi sevgilisi ot yoki tuya minib uning köçasidan ötadigan bölibdi. Şoir oh çekib: “Seni körgandan köra közim kör bölgani yaxşi!”  deya şeʼr bitib, oxiri uyquga ketibdi. Öşa keça heç tong otmas emiş. Şoir uyquga töyib, qaçon közini oçsa, hamon qop-qoronği ekan! Keçaning bunça uzoq çözilganidan ajablangan şoir oxiri ğala-ğovurdan uyğonib, uy ahliga: “Tong otmadimi?” deb nido qilibdi. Uydagilari hayron bölib: “Axir, tong otganiga neça soatlar bölib ketdi-yu, siz hamon joyingizdan turmaysiz!” deyişibdi. Şoir: “Axir, hammayoq qop-qoronği-ku!” debdi. Uydagilari: “Vo ajab! Axir, quyoş yoyilib ketgan, hammayoq yoppa-yoruğ-ku!” desa, şoir közi kör bölib qolganini şunda anglagan ekan.

* * *

Baʼzi sanʼatkor şoirlarga taqlid qilib bölmaydi.

Abdulla Oripovga taqlid qilgan kişi uyatga qoladi, uning har tarafidan uluğ şoirning kiyimlari körinib turadi.

Rauf Parfiga taqlid qilgan kişi tez foş böladi, yasama şoirga öxşab qoladi. Özini özi xijolatga qöyadi.

Abduvali Qutbiddinga taqlid qiladigan kişining özini rasvo qilişdan boşqa çorasi yöq. Abduvali şeʼriyati ruh jilvalaridir. Uluğ Naqşbandiylar maʼrifatining nurlaridir. Abduvalining şeʼrlari “Bir şeʼriy sanʼat qilayin” deb yoki “Birovni qoyil qoldirayin” deb yoki “şuhrat topayin” deb bitilgan misralar emas.

* * *

Turkiy-özbek adabiyotida çinakam tarjima maktabini barpo qilgan uç uluğ zot bor: Muhammad Rizo Ogahiy, Usmon Nosir, Erkin Vohidov. Ayniqsa, hazrati Ogahiy asl sanʼatkor tarjimonlarning sardori, uluğ maʼrifat karvonining sarbonidirlar!

* * *

Asl isteʼdod egasi öz asarlarida har bir qalamkaş işlatişi mumkin bölgan sözlarni aylantirib yuravermasligi kerak. Bunday sözlarni “navbatçi” sözlar deymiz. Yaʼni, bular navbati bilan har bir qalamkaşning ijodida kezib yuradigan sözlardir. Ijodkor söz boyligiga juda diqqat qilişi lozim. Şoir har bir şeʼrida, nosir har bir hikoya, qissa yoki romanida boşqalar işlatmagan köplab sözlarni işlatişni bilişi darkor. Buning uçun qalamkaş tarixni bilişi, xalq oğzaki ijodi namunalaridan unumli foydalanişi, maʼrifiy adabiyot va mumtoz şeʼriyat söz xazinalaridan zarur miqdorda istifoda etişi zarur. Mumtoz şeʼriyatni, jahon adabiyotini, tasavvuf manbalarini öqimaydigan yoki kam öqiydigan ijodkorning söz ğaznasi ğarib böladi. Adabiyot sözga jon bağişlamoqdir.

2021/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)