5 daqiqada öqiladi

185 marta körilgan

Natellaga baxşida qöşiq (Hikoya)

Sergey Dovlatov

Gruziya zör-da. U yoqda hammasi özgaça. Pul köp, may-u qahramonlik. Imo-işoralar haddan oşdimi, böldi, qöllar piçoq sopiga boradi…

Gruzin ayollari öziga mustahkam, qörqqulik ulardan, ularning ortidan hazillaşa körmang. Köpçilik biladi: qayrilma kipriklar qörğonlangan, yaqin yölolmaysan.

Gruziyada iqlimning özi yöq. Faqat quyoş-u soya bor. Yozda soyalar kalta, qişda uzun, bori şu.

 Gruziya zör-da. U yoqda hammasi boşqaça… Şu zanglagan peroni qölimga qisaman. Barmoqlarim titraydi, qörquvdan muzlab boşlaydi. Çehrangni çizay deyman-u, qölimdagi qöpollik qiladi-da! Çehrangni qanday çizsam-a! Sening çehrangni, Natella Bokuçava!

Eh-hh Natella! Sen bayramlarda sersoqol-u baquvvat yigitlar qölida tutgan nozik qadahsan! Sen muştlaşuvdan keyin qonib yutiladigan buloq suvining qultumisan! Sen qay bir derazadan bu yerga sabo uçirib keltirgan ğamgin qöşiqsan! Sen bizning toğlardagi misoli dölsan! Va döldan pana qilib quçoğiga olgan daraxt! Daraxtni kuydirgan yaşin!.. Sen – vatanning gul yoşligi!..

Har tong Natella Aragvaning sokin oqimini buzgani çiqadi. Qirğoqda toş ostiga bostirilgan şoyi köylagi, soati va yozgi bejirim boşmoği qoladi. Natella şaffof suvni çayqatib şönğiydi. Qirğoqda “izabel” toklari butasi xalal bermay şitirlaydi. Ayni damda kimningdir ehtiroslari ğalayon qiladi. Mol döxtiri Arçil Piradze ançadan beri şu yerga çökka tuşgan.

Arçil Piradze bir soat burun uyidan çiquvdi.

– Arçil, – çaqirdi Keke Piradze kampir, – kutib turaman. Yöğingda xavotirga tuşaman. Mana, qara, hozir ayvonga tupuraman. Quriguniça qaytişing kerak.

– Yaxşi, – dedi Arçil.

Öğli yölga tuşarkan, kampir tupurdi-da, uyga kirib ketdi. Öğil ayvon ostidan zanglagan miltiqni oldi. Keyin öqladi-da, daryo tomon yurdi. Endi bölsa, butalar ortiga yaşirinib, kutib turibdi. Nihoyat, Aragva çayqovi tindi. Natella silliq toşlar tomon çökkandi… Yoruğ olamda bundan gözal manzara bormikan?! Arçil Piradze köziga bu manzara qanday körindi ekan?! Arçilday, bördan yönilgan sanamlar, otlar qarşisidayam huşini yöqotib qöyadigan odam köziga! Arçil Piradze şu payt qöliga zang bosgan miltiğini oladi-yu, baland-balandlarga töğrilab tepkini bosadi. Tutun sekin-asta tarqaydi. “Qa-aarss-vi-ii-zz” ovozi toğlarda aks sado beradi.

– Yana sizmi, Piradze? – Qatʼiy deydi Natella. – Özim ham bilgandim. Qaçon tugaydi-a bu?! Qaçonlar aytganman, sizga tegmayman deb. Nega bunday qilasiz? Nega har kun meni otasiz? Bir marta nomusga tajovuz bilan ön beş kun ötirib çiqqansiz. Kamlik qilyaptimi sizga, Arçil Luarsaboviç?

– Boşqa odam böldim, Natella. Işonmaysanmi? Endi – talabaman.

– Mana şunga işoniş qiyin-da.

– Kitob-daftarlarim bor. “Ximiya” degan kitobimam. Işonmaysanmi, köz taşla.

– Pora berdingizmi birortasiga?

– Tasavvur qilasanmi, yöq. Tekinga sirtqi talabaman.

– Siz uçun mamnunman.

– Qaytsang-çi endi, Natella. Hamma narsang böladi – patefon, muzlatkiç, sigir. Sayohat qilamiz.

– Nimada?

– Ot aravada.

– Ilojim yöq. Hammasi özingizga buyursin, butun jozibasi bilan.

– Özgardim! – hayqirdi Piradze. – Öqiyman. Keyin sel ham meni quvib yetolmaydi, Natella!

– Ilojim yöq. Afsus, Leningradda aspirant Grigoriy Rabinoviç kutyapti meni, unga vaʼda berib qöyganman.

– Menam aspirant bölaman. Köp kitob öqiyman. Allaqaçon bittasini öqib bitirdim.

– Nima degan kitob ekan, qani?

– Umi, povest.

– Böldimi, şunday atalarkanmi?

– Serafimoviç deyiladi!

– Menga şaxsan Tolstoy yoqadi, – dedi Natella.

– Uniyam kitobini öqiyman. Siqilmay tursin.

– Jim! – dedi Natella. – Eşityapsizmi?

Butalar oralab dilga yoqar sözlar eşitila boşladi:

– Sen menga “Yöq!” degaç,

Eh, muz bosdi meni.

Qahri qattiq javob edi bu,

Tun azobda ötdi,

Oh, ötdi azobda…

Yöldan kinoçi Gigo Zan­dukeli qölida öljaga olingan miltiği bilan ötardi. Bu öttiz olti yillik yerda yotgan miltiq edi. Uning yoğoç qöndoğiga yoş qoçoqlar gul solişgan. Öqnayining oğzidan kartoşkagul çiqib turardi.

Natellani Piradze bilan körib, raşki qözigan Gigo töxtadi. Endi miltiqni otişga şay qilib tutdi.

– Siz meni öldirgani keldingizmi, Gigo Rafayeleviç? – söradi Natella.

– Andakkina, – javob qildi Gigo.

– Bularning qiladigan işi – meni öldiriş. Avvaliga sen, Arçil, endi sen, Gigo! Faqat aspirant Grigoriy Rabinoviç tinçgina öz işi bilan maşğul, karakatitsalar[1] haqida dissertatsiyasini yozib yuribdi. U – çinakam erkak. Söz berganman unga…

Piradze gapdan töxtatib, dedi:

– Kim huquq berdi senga, Gigo, Natella Bokuçavani öldirişga?

– Senga-çi, senga kim berdi? – söradi Zandukeli.

Baravariga ikki öq otildi. Gumburlaş, çang, gulduros aks sado tutdi olamni. Ketidan Natellaning yalinçoq ovozi eşitildi:

– Ötinaman, talaş­mang­lar. Yaraşinglar, Gigo, Arçil!

– Rostdanam, – dedi Piradze, – bekorga qon tökib nima qildik? Undan köra bir şişa toza may içganimiz yaxşimasmi?!

– Köndirding, – rozi böldi Zandukeli. Piradze qöynidan “kiçkintoy”ni çiqardi. Tişi bilan qalayi qopqoqni yulib oçdi.

– Qadahlarni töldiramiz! – dedi u. Piradze qopqoqni otarkan, mamnuniyat bilan kötarib yubordi. Şişani Gigoga uzatdi. Unisiyam özini taroziga solib ötirmadi.

– Gazakka biror nima yöqligi yomon böldi-da, esiz, – dedi Arçil.

– Menda söğon bor, – çehrasi oçildi Zandukelining, – uşla. Har ehtimolga qarşi, qamab qöyişsa, kerak böpqolar deb olvogandim.

– Omon böl, Rabinoviç Grigoriy! – deyişdi içib bölib…

Ikki hafta kiprik qoqmay birpasda ötib ketdi. Taʼtil tugadi. Sanoat şaharçamiz ziç va namçil. Ertaga Markaziy konstruktorlik byurosining birida muhandis Bokuçava yoğoç çizğiç ustiga egiladi. Uning qoraygan qöllariga yoşlar bilan birga keksa hamkasblar ham havas qilişadi.

Natella perron böylab ketardi. Ğildiraklar taraq-turuği-yu vokzalning kuyindi hidi tobora uzoqlaşadi. Derazalar tagida yugurib ötayotgan temir yöl kötarmalari unutiladi. Qoronği kulbalar unut böladi. Poyezd orqasidan çopib borayotgan yalangoyoq bolakaylar unutiladi.

Qiz olomon orasiga singib ketadi, men esa, qaysarlik bilan ortidan ergaşaman. Natella Bokuçavaning şarpasi allaqaçonlar yöqolib ketgan bölsa-da, töxtamayman. Çunki hamma qatori men ham erkaklarning “buyuk” toifasidanman. Bilaman, qöpol, söqir, pala-partiş, hisob-kitob qilib ötiradigan, badgumon, besönaqay, surbetman, ammo oxirigaça boraman.

Izlaringdan qaraş mening daxlsiz huquqim ekanidan ğururlanaman. Tabassumingni esa, omadim sanayman!

 

Sergey DOVLATOV

1941-yili Ufa şahrida tuğilgan. Leningrad universitetida öqigan. Yozuvçilik faoliyatini oltmişinçi yillar örtasida boşlagan. Uning ğarbda “Körinmas kitob”, “Zona”, “Qöriqxona”, “Çamadon” va boşqa kitoblari çop etilgan. 1990-yili Nyu Yorkda vafot etgan.

Rus tilidan

Zuhriddin QUDRATOV tarjimasi

 

2021/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)