13 daqiqada öqiladi

336 marta körilgan

Jazo

Nodirabegim Ibrohimova

Hikoya

1938-yil Kolumbiyadagi hibsxona panjaralari uni sovuq qarşi oldi. Mahbus sönggi manzili şu yer ekanini iç-içidan his qilardi. Yölak böylab ketarkan, öng va söl tomondagi panjara ortida ötirgan mahbuslarning ğalati nigohlari uni zimdan kuzatib qolardi.

– Ular qaçondir bu yerdan çiqib ketişadi, ammo sen… – dedi uni kuzatib borayotgan qamoqxona xodimi tayoği bilan niqtab. – Qa­damingni tezlat.

Mahbus buyurilgani uçun emas, bu nigohlardan qutuliş uçun ildamladi. Tezroq bölmaga kirib yolğiz qolişni istardi. Uni yölak oxiridagi eng qoronği va zax turmaxonaga solişdi. Köp ötmay uning temir eşigi ham mahkam yopildi. Mitti tuynuk – derazadan körinib turgan oy ojiz nur taratardi.

– Endi yaxşi… – piçirladi u. Boyagi bezovtalik hissi tarqay boşladi. Göyo köp yillik boşpanasidek bamaylixotir toş öringa çözildi va pinakka ketdi. U qonga botgan qöl bilan bunçalik tez uxlab qolişini özi ham kutmagan edi. Lekin tonggaça onasining bağrida yotgan bolakaydek tiniqib uxladi.

Eşik ortidan şaqir-şuqur ovoz eşitildi, allaqaçon tong yorişgandi. Közlarini işqalarkan, eşik oçilib ularni qamaştirib yubordi. Uç kişi kirib keldi. Örtadagi avaxta boşliği bölsa kerak, unga yaqinlaşib vazminlik bilan dedi:

– Bu yerga xuş kelibsan deyolmayman, öğlim. Aybing özingga kundek maʼlum. Oilangga xabar beriş lozim.

– Zarurati yöq. Otam baribir kelmaydi.

– Unday bölsa hukumat senga oqlovçi beradi.

– Şart emas.

– Sud bu – sud. Unda faqat qoralovçi iştirok etsa, adolatdan böladimi?

– Öğlim, tavba qil. Ibodating uçun nima lozim bölsa ayt. Dining nima? – öng tomondagi uzun qora köylak kiygan odam undan sipolik bilan söradi.

Mahbus kuldi:

– Menga diniy taʼlim berişmagan. Ammo Xudo bitta.

– Xudo özi senga iymon bersin.

Ular şoşmay çiqib ketişdi. Eşik keçagidan köra astaroq yopildi. Mahbus ötirib uzoq öyga botdi. Keçagi kunni soniyama-soniya köz oldiga keltirdi. Biroz ehtiyotsizlik qilmaganida u allaqaçon şaharni tark etgan bölardi. Ha, ehtiyotsizlik… U kutilmaganda odam öldirib qöydi. Xonadon kimsasiz bölişi kerak edi: uy egalari sayohatga jönab ketişgan. Boylik yaşiringan joy maʼlum: bu yerda yarim yil otlarni parvariş qiliş asnosida buni bilib olgandi. Bari juda oson keçayotgandi – oson boşlangan jarayon özi noxuşlik bilan tugaydi – u qimmatbaho taqinçoqlar solingan qopçiqni olib endi xonadan çiqayotganda qarşisida kimdir paydo böldi. Ular bir zum kalovlanib qolişdi. Söng kimsa uning qölidagi qopçiqqa yopişdi. Talaşuv uzoq davom etmadi – yigit qönjidagi piçoq bilan uni jarohatladi. Faqat jarohatladim, deb öylagandi. Söng özini qölga olib, bu yerdan juftakni rostladi.

Tongda öz xonasida poyezdga olingan çipta soatini közdan keçirayotgan payt, taşqaridan begona odamlar va otasining ovozi kelayotganini eşitdi.

– Ha, bu öğlimning piçoği.

Qörquv va ehtiyotsizlik sabab piçoq­çasini jinoyat joyida qoldirib ketganini şunda tuşundi.

 Qiziq, u kim edi? Uy egasi? Xizmatkor yoki qorovul? Kimligining endi ahamiyati yöqligini ham angladi. Kim bölsa ham odam edi. Yaxşimi, yomonmi, farqsiz. Lekin kuçsiz edi, juda ojiz. Şuning uçun birinçi urinişdayoq yengildi. Asli piçoqqa zarurat yöq ekan, yaxşilab turtib ötib ketaverganidayam… Böldi, endi özgartirişning iloji yöq. Hammasi tugadi. Unga bir umrlik qamoq yoki ölim jazosini berişlari turgan gap.

Marhum kim ekanini biliş uçun uzoq kutişga töğri kelmadi. Ertasiga uni kimdir körgani keldi. Kimdir kelişi mumkinligi uning xayoliga ham kelmagandi: yoş bir qiz. Yuzi rangpar, soçlari siyrak bölsa-da, nigohlari ötkir va çiroyli edi.

– Otamni nega öldirding? – söradi u dabdurustdan.

Yigit undagi sovuqqonlikdan seskanib bir qadam ortga tislandi. Göyo jallod qarşisida turgandek. Yöq, yaxşisi jallodning özi kelgani va jonini olgani maʼqulroq edi.

U indamadi. Devorga, şiftga, tuynukka qaradi, közlari heç qayerda qönim topolmay yana qizga töqnaşdi. Qiz unga sokinlik bilan qarab turardi. Javob kutardi. Savolni yana qaytardi. Bu gal pastroq, sustroq ohangda.

– Nega öldirding?

– Istamagandim, – u gaplari yasama körinişi mumkinligini sezdi-yu, baribir borini aytişni lozim kördi. – Öljani avval men olgandim. U… u ega çiqmoqçi böldi. Tabiat qonuni şunday… ammo öldirmoqçi emasdim. Keksa ekan. Gavdasi mendan katta edi. Kuçim yetmasa kerak deb öylagandim.

Qiz közlarini undan uzib bir nuqtaga tikilgança öy surib qoldi.

– Afsusdaman. Balki, kelişsak bölar edi. Bölişib oliş mumkin edi. Qörqdim. Hammasini olib qöyadi, deb qörqdim va taşlandim unga.

– U bölişmasdi, – dedi qiz. – Unga katta pul kerak edi.

Yigit xörsindi.

– Menga ham yetmasdi yarmi.

Qiz örnidan turib ketişga çoğlandi. U boşqaça javob kutmagandi ham. Şunçaki körgisi kelgandi. Qotilni. Otasining qotilini. Va urmoqçi edi yuziga, yelkalariga. Lekin uning közlaridagi mungni kördi-yu, şaştidan qaytdi.

– Senga pul nega kerak edi? – deb söradi orqasiga qayrilib.

– Ketişim kerak edi. Uzoqlarga. Katta şaharga. Taʼlim dargohiga. U yölimdan çiqib qolmaganda hozir… balki, özim orzu qilgan katta kutubxonada falsafa darsliklarini közdan keçirayotgan bölardim. Uç mahal ovqat, şinam yotoq, baland şiftli öquv xonasi, közoynak taqqan qari professorlar, qoğoz va siyohdon. Bu manzara içida özimni neça bor tasavvur qilganman.

– Faylasuf qotil, – aççiq kuldi qiz. – Qon evazigami?

– Uyda heç kim bölmasligi kerak edi! – baqirdi yigit. – Bu öğrilikdan zodagon oila qaşşoqlaşib qolmasdi. Lekin men! Lekin men otam kabi, bobom kabi, bobomning bobosi kabi otboqar bölişni istamadim. Tezak hidiga boşqa toqat qilolmasdim. Otxonada yaşirinça kitob varaqlaşni ham. Va bolam ham otboqar bölişini istamasdim. Ha, bölmaydi ham. Endi avlodimizdan otboqarlar çiqmaydi. Şunisi biroz taskin beradi. Şu bilan bari tugaydi. Men bolaligimdan beri…

Qiz uni ortiq tinglaşni istamay eşikni şarq etib oçdi-yu, çiqib ketdi. Yigit şalvirab yerga çökdi.

– Bolaligimdan beri orzu qilaman… – dedi şivirlab. – Xaşaklar ustida emas, stolda yozişni. Kutubxonaga bir marta bölsayam kirişni…

Keyin örniga çözildi va devorga tikilib yotdi.

* * *

Tez orada unga sud bölişini maʼlum qilişdi. Tez orada – kun, hafta yoki oy bölişi mumkinligidan ham ogohlantirişdi. Unga qolsa, ertaga sud bölişi va darhol jazoga buyurişlarini istaydi. Omon qoliş imkonsiz.

Söroq payti unga özi kutgan savol berildi – boylikni qayerga yaşirgan? Fermani tit-pitini çiqarib uni topa olişmagan, otasi esa nobakor öğlidan voz keçganini aytgan.

– Öşa tun soyga oqizib yubordim, – dedi yigit. – Qörqib ketgandim. Bu endi menga buyurmasligini bilardim.

Söroq uzoq davom etdi. Yigit javobini özgartirmadi. Qidiriş işlari ham töxtatilmadi. Jabrlanuvçi oila qopçiq içida avloddan avlodga ötib kelayotgan qadimiy uzuk borligini aytib, soyga ğavvoslarni tuşirdi. Suv tagidan uzukdan boşqa hamma narsa çiqdi: hatto ön yil ilgari sodir bölgan qotillikka sababçi töpponça ham.

U marhumning qizini sudda körsam kerak deb öylagandi. Ammo köp ötmay qiz yana keldi.

– Taʼziyaga tinmay odam kelyapti. Uyda faqat men. Qoçib ketgim keldi uydan. Bunga çidaş qiyin, – dedi u.

– U… u kim edi? Yaʼni…

– Muallim.

Bu savolni berganidan afsuslandi. U hamişa muallimlarga hayrat bilan qarar, unga savod bergan öqituvçilaridan minnatdor yaşar, maktabni tugatolmagan bölsa ham, eng namunali öquvçi bölganidan faxrlanardi.

– Qişloq muallimlari hamişa qaşşoq edi, – dedi nimadir deyişi kerakligini öylab.

– Otam doim boriga şukur qilardi. Onamsiz, bir özi halol yedirib-içirdi meni. Kam qilmadi. Lekin… onam çalingan dard menda ham boşlangaç qattiq iztirob çekdi. Onamni davolaş mumkin edi, ammo yetarli puli bölmagan. Meniyam jimgina ölişimga qarab turolmadi. Men… men öğrilik qilişini kutmagandim. Bunday davolaniş menga kerak emasdi. Ölganim yaxşiydi.

Yigit muzlab qoldi. Nafasi tiqilib, heç nima deyolmadi. Özidan ğijindi. Kutubxonada böliş, falsafa kitoblarini titiş uçun öğrilik qilişga majbur böldim, degan mazmundagi gapini eslab uyalib ketdi. Tağin devorga, şiftga, tuynukka alangladi. Oxir-oqibat yana qizning nigohlariga boqişga majbur böldi. Xayriyatki, qiz közlarini yumgança uyquga ketgan odamdek ötirardi.

– Otamning yuragi çatoq edi. Köp oğrirdi.

– Afsusdaman. Yarmini emas… bilganimda töliq hammasini unga tutqazar va uydan çiqib ketardim. Agar bilganimda! – dedi jahl bilan.

Qiz çöçib ketib unga tikilib qoldi.

– Axir şunçaki piçoqni biqiniga tiqdim. Piçoqçam juda kiçkina edi. Menda kattaroq nima qilsin. Piçoqçada yoğoçlarni öyib bir narsalar yasardim. U oğriqqa çalğiganda qoçib ketaman deb öyladim. Va ortimdan quvlaşiga işongandim. Uni maxfiy qorovul deb öyladim. Ammo u… ölib qoldi. Va kamiga murabbiy ekan. Va kamiga qizi uçun öğrilik qilgan. Va kamiga… u qiz qarşimda ötiribdi. Dahşat, axir bu dahşatning özi. Iltimos… ket! Boşqa kelma!

Yigit unga teskari ögirildi.

Eşikning yana şarq etib oçilişini kutdi, lekin örniga yelkasiga bosilgan qölni payqadi.

– Orzularingni tuşunaman. Men doktor bölişni istardim doim. Heç kim kasal bölmasa derdim. Onalar ölmasa. Otalar qiynalmasa.

Bir lahzadan söng eşik oçildi va u ketdi.

“Tezroq sud bölsaydi”.

Nihoyat, oqlovçi ham turmada paydo böldi. U gapni çözmay rostini aytib qöya qoldi: oqlaş uçun biror dalil yöq. Kamida bir umrlik qamoq jazosi yo ölimga hukm qilinişini quruqqina aytib ötdi. Söng hali boşqa mahkumlar bilan şuğullanişi kerakligini aytib çiqib ketdi.

* * *

Ertasiga qiz yana uni körgani keldi. Indiniga ham. Avvaliga aybdorlik hissidan qiynalib yursa-da, söng uning taşriflarini intiqib kutadigan böldi. Sud işi qançalik çözilsa, şunça yaxşi edi. Qiz köpinça uyidagi möjaz kutubxonasi haqida gapirardi.

– Sen bularni hammasini öqib bölganmisan?

– Hammasini emas. Otam ajratib berganlarini. Ammo yaşirinça öqiganlarim ham bor edi.

– Menga ham şulardan olib kel.

– Sen avval boşlanğiç tasavvurga ega bölişing kerak.

– Men bariga ulgurişni istayman.

– Ulguramiz. Agar… bir umrlik qamoqqa hukm qilişsa, yaxşi bölardi. Men har kelganda senga kitob olib kelardim.

– Kitoblaring tugab qolsa-çi?

– Kitoblarim tugamay umrim tugaydi. Lekin sen öqişni töxtatma, ilojini top.

Yigit indamadi. U qanday qilib qizga yaxşilik qilişni öylardi. Yomonligiga nisbatan yaxşilik bilan javob berayotgan qizni baxtli qiliş uçun nima qiliş mumkin. Agar ozodlikda bölganida…

– Uyingda sirayam kitob yöqmi? – qiz sukutni buzdi.

– Bozordagi eski kitob dökonidan sotib olganlarim bor edi. Otam ularni körib, yoqib yubordi.

– Otangga açinaman.

– Menga-çi?

– Yöq. Sirayam.

Qiz örnidan turdi.

– Ertaga kelasanmi?

– Menimça, bir neça kun kelolmayman. Sudga ham oz qoldi.

– Kelsang bölardi.

– Görkovning yoniga borişim kerak.

– Nega?

– Ölimga hukm qilişlari mumkin-ku, – qiz unga qaradi.

Yigit özini qabrda tasavvur qilarkan, peşonasini ter bosdi.

– Öliş oğriqlimikin?

– Qanday ölişga boğliq.

– Elektr stulga ötiramanmi?

– Balki.

– Sen ölimdan qörqmaysanmi?

– Qörqaman. Onam kabi oğriqsiz, uyquda jon berişni istayman.

– Soğayib ketasan. Faqat… iltimos, suddan bir kun avval kel. Senga muhim gapim bor.

– Mayli.

Qiz ketgaç yigit közlarini yumdi. Xayolga berildi. Agar qizni avvalroq taniganida boşqaça bölardi. Yöq, baribir öğrilik qilardi. Uni davolatardi. Mayli, bir umr otboqar bölsa ham. Qora xolli otiga mindirib uni dalada sayr qildirardi. Muallim otasi ularga oq fotiha berardi. Unga uylanardi. Öz fermasi bölardi. Hammasi boşqaça bölardi. “Odamlar hammasini boşqatdan boşlasa böladi, deb yolğon gapirişadi. Heç nimani boşidan boşlab bölmaydi. Heç nimani özgartirib bölmaydi. Peşonamga öliş yozilgan. Ammo u tirik qolişi kerak. Uni asrab qolaman. Şunda biroz vijdonim oldida özimni yengil sezgan bölardim”.

Aytganidek, suddan bir kun oldin qiz keldi. U nimadandir mamnundek körinardi. Tezroq hukm qilinişim va ölişimni kutyaptimi, öyladi yigit. Boşqaça bölişi mumkinmi. Otasining qotiliga uzoq umr tilamasligi turgan gap. Şunday bölsa-da, unga yaxşilik qilişi şart edi.

– Senga bir gap aytaman. Ammo heç kim bilmasligi kerak buni, – piçirladi unga yaqinlaşib.

Qiz unga qiziqsinib boqdi.

– Boyliklarni suvga oqizib yubormaganman. Haliyam izlaşayotgandir. Ammo topişolmaydi. Senga uning qayerdaligini aytaman. Hammasi tinçib ketgaç, uni ol va davolanişingga sarfla. Şunda, balki, otang bekorga ölmagan bölar. Menam bekorga ölib ketmasman. Kimdir omon qolişi kerak, – u qizning quloğiga manzilni aytdi. Qiz boş irğadi. Jilmaydi.

– Öliming oldidan nima tilagan bölarding? – dedi qiz. – Ötgan zamonlarda şunday söraşardi. Hoziram buni amalda qöllaş kerak, deb öylayman.

Yigit öylanib qoldi.

– Bir tuşim amalga oşişini juda istagan bölardim.

– Qanday tuş?

Yigit undan uzoqlaşib boşini qaşladi.

– Tuşimda senga ot sovğa qilibman. Sen esa evaziga meni öpib qöyibsan.

– Amalga oşir unda. Menga ot sovğa qil.

– Buning iloji yöq, deb qörqaman.

– Unda naçora.

– Lekin sen öpib qöyişing mumkin-ku.

– Ot sovğa qilmasang hammi?

– Qilmasam ham.

Qizning yuzlari qizarib jilmaydi. Söng mayda qadam taşlab yigitga yaqinlaşdi. Öng yuzidan yengilgina öpib qöydi.

– Bu yer ğaroyib turma, – dedi yigit. – Hatto tuşlar amalga oşadi.

* * *

Sud. Zalda köp odam yiğilgandi. Ular orasida otasi körinmadi. Yigit yengil tortdi. Közlari bilan qizni izladi. U ham körinmadi. Balki, oxirgi uçraşuvimiz sifatida öşa kunni eslab qolmoqçidir, öyladi u. Oqlovçi negadir köriniş bermadi. Ha, bu jangda yolğiz özi. Unga xayrixoh heç kimsa yöq. Şunçaki hukm qilişadi va işni yopişadi.

Avvaliga qoralovçi sözga çiqdi. U hamma narsa kunday ayon ekanini qölidagi dalillar bilan isbotlab berdi. Nutqi qisqa böldi. Oqlovçi çaqirildi. Yigit oqlovçi özgarganini şunda bildi.

– Biz sudda qotillikni emas, bosqinçilikni körişimiz kerak böladi, – dedi salmoq bilan. – Marhumning qizining istagi bilan jasad yerdan kavlab olindi va yorib tekşirildi. Ekspertiza natijalariga köra, marhum piçoqlaniş oqibatida emas, yuragi xuruj qilib vafot etgani maʼlum böldi. Bunday jarohatlaş ölimga olib bormasligini tibbiyot xodimlari ham tasdiqladi. Bundan taşqari, soydan qopça topildi. Undagi öğirlangan barça qimmatbaho buyumlar töliq öz egalariga topşirildi. Bu yerda gap faqat jabrlanuvçilarning daʼvosida qolgan, – oqlovçi orqaroqda ötirgan ayolga yuzlandi. – Uyingizda talonçilik qilgan ayblanuvçiga daʼvoingiz bormi?

Ayol örnidan turib buvisidan qolgan qadrli uzuk topilgani haqqi daʼvo qilmasligini, şuningdek, ularning xonadonida mehnatkaşligi bilan taassurot qoldirgan yigitni afv etişlarini söradi.

Yigit heç nimani tuşunmay, qotib turardi. Oyoqlarini his qilmas, örnida göyo oğir muz bölaklari turgandek sezardi. Bu sud işi unikimi yoki adaşib ketişdimi. Oqlovçini kim yolladi, qanaqasiga soydan topilişi mumkin buyumlar?

Sudda keskin bahs boşlanib ketdi. Yigit quloqlari zinğillab heç nimani eşitmasdi. U yana odamlar orasidan maʼsum qiyofani izlardi. U nega kelmadi? U bilan darhol gaplaşişi kerak. Sud öz javobini ertaga maʼlum qilişi bildirilgaç, mahbus turmaga qaytarildi. U keç kirgunça qizni kutdi.

Hukmni öqib eşittirişganida u heç nimani his qilmadi. Eplab yaxşilik qila olmaganidan ezilardi. Kimdir omon qolişi kerak edi. Men? Yöq, bu men bölişim kerak emasdi, özini yanirdi u.

Oxir-oqibat unga qisqa muddatli qamoq jazosi tayinlandi.

* * *

Menga kitoblar olib kelmoqçi eding-ku, u xayolan murojaat qilardi qizga. Falsafiy kitoblarni eng oxirida. Yaşirib öqigan kitoblaring-çi, ularni qaçon öqiyman? Sevimli kitobing qaysi edi özi? Şuni ham söramadim.

Oradan ança vaqt ötib uni yöqlab kelişdi. Yigit şaxt bilan uçraşuv xonasiga otildi, ammo u yerda otasini körib şalvirab qoldi.

– Çiqişingga ham oz qoldi. Otlarni köpaytirdim. Kelsang birini tanlab olasan.

– Özimning otim-çi?

– Uni sotib yubordim.

Yigit indamadi.

– Xöjayin endi fermaga sen qaraşingni istayapti. Men keksayib qoldim. Işimni qölimdan olişing kerak.

– Turmadan çiqib fermaga qaytmayman, – dedi yigit. Söng otasining yuz ifodasini körgisi kelmay çiqib ketdi.

Jazo muddati tugagaç, qizning uyini izlab topdi. Uy atrofida odamlar ğimirlab yurardi. U içkariga kirişdan avval hovli etagida turgan otga közi tuşdi. Qora xollari bor oq ot. Uning oti. Beixtiyor u tomon yurib yollarini siladi. Ot ham sobiq egasini tanib depsindi. Söng yigit uy tomon yurdi. Eşikdan közoynak taqqan doktor çiqib keldi va ayollardan biriga qarab dedi:

– Yarim tunda vafot etgan. Uyqusida. Bergan oğriq qoldiruvçi dorilarim tortma ustida şundayligiça turibdi.

Ayollar afsus bilan boş çayqaşdi.

Yigit buni eşitişni istamay hovlidan yugurib çiqib ketdi.

…Köp ötmay vasiyatnomaga köra, unga muallimning turar-joyi, bitta ot va köplab kitoblar qolganini bildirişdi.

 

Nodirabegim Ibrohimova

 

1989-yili tuğilgan. VIII yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi. “Yoningdagi baxt”, “Jodugar yoxud ming yillik hayot”, “Zulm va muhabbat”, “Men, dadam va Alsgeymer” nomli nasriy kitoblari naşr etilgan. Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

2022/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…