Cyevimli kitob inson ruhiyati, içki olamidan darak berib turuvçi eng işonçli vositadir. Har bir odamning qandayligini u öqiyotgan kitoblardan bemalol bilib oliş mumkin. Şaxs kitoblar orqali dunyoni, eng muhimi, özini anglaydi. Şu maʼnoda öqilgan yaxşi kitob çinakam boylikdir.
Quyida argentinalik maşhur yozuvçi Gabriyel Garsia Markesga yoqqan va yozuvçini ilhomlantirgan 24 kitob röyxati va adibning mazkur asarlardan olgan taassurotlarini keltiramiz.
1. Tomas Mann, “Afsonaviy toğ”.
2. Aleksandr Dyuma, “Temir niqobli odam”.
3. Jeyms Joys, “Uliss”.
4. Uilyam Folkner, “Şovqin va şiddat”.
5. Uilyam Folkner, “Jon berganimda”.
6. Uilyam Folkner, “Yovvoyi palmalar”.
7. Sofokl, “Şoh Edip”.
8. Nataniel Gotorn, “Yetti frontonli uy”.
9. Garriyet Biçer-Stou, “Tom toğaning kulbasi”.
10. German Melvill, “Mobi Dik”.
11. Deyvid Gerbert Lorens, “Öğillar va maʼşuqalar”.
12. “Ming bir keça” ertaklari.
13. Frans Kafka, “Metamorfoza”.
14. Xorxe Luis Borxes, “Alef” (va boşqa asarlari).
15. Ernest Heminguey, hikoyalar töplami.
16. Oldas Haksli, “Kontrapunkt”.
17. Jon Steynbek, “Siçqonlar va odamlar”.
18. Jon Steynbek, “Qahr”.
19. Erskin Kolduell, “Tamakizor yöl”.
20. Ketrin Mensfild, hikoyalar.
21. Jon Dos Passos, “Manhetten”.
22. Robert Natan, “Jennining portreti”.
23. Virjiniya Vulf, “Orlando”.
24. Virjiniya Vulf, “Dellouey xonim”.
Tomas Mann, “Afsonaviy toğ”
Bu kitobni bir nafasda, zör iştiyoq bilan öqib taşlaysan kişi! Naft va örtoği Settembrin örtasidagi çuqur öyga toldiruvçi, falsafiy mubohasalarni sözma-söz anglaş ilinjida kitobga mukkangdan ketasan. Öşa oqşom joyimdan qimirlamasdan asarni öqib çiqdim va… qoyil qoldim!
Uilyam Folkner, “Şovqin va şiddat”
Yigirma yoşimda “Uliss”ni, sal keyinroq “Şovqin va şiddat”ni ğör tasavvurlarim bilan çalakam-çatti öqib çiqqanman. Ulğayib, hayotiy tajribalarim va bilimim ortgaç, bu ikki asarni öqib heç narsani tuşunmaganimni anglab yetdim. Va kitoblarni qayta öqişga, har bir jumlasini qalb prizmasidan ötkazişga ahd qildim. Joys va Folknerda anglaş qiyin deb öylaganlarim endi özining bor gözalligiyu soddaligi bilan namoyon bölgandi.
Jeyms Joys, “Uliss”
Atlantika qirğoqlarida tuğilib voyaga yetgan vatandoşlarimni qahvaxona va kitobning asl işqibozi desam, adaşmayman. Yuridik fakulteti talabasi, döstim Xorxe Alvaro Espinosa ana şunday işqibozlardan edi. Bir kuni Alvaro stolim ustiga bir kitobni qöyib, öqib çiq, dedi. Kitob Jeyms Joysning “Uliss”i edi. Töliq öqişga sabrim çidamadi, asar bilan yuzaki tanişdim. Yillar ötib, ulğayib, kitobni jiddiy öqişga qaror qildim. Işonasizmi, “Uliss” hatto özimga ham notaniş içki olamimni anglaşga yordam berdi, yoziş texnikasini, vaqtni boşqarişni va yoziş sanʼati sirlarini örgatdi.
Nataniel Hotorn, “Yetti frontonli uy”
Döstim Ibarra menga Nataniel Hotornning kitobini öqib çiqişga berdi. Asar juda yoqdi. Gustavo bilan “Uliss”, “Odisseya” va mana şu kitobdagi mulohazalar haqida soatlab suhbatlaşardik. Biz kitoblarning sirli olamida özimizni butkul yöqotib qöygan edik.
Sofokl, “Şoh Edip”
Yaqin döstim Gustavo (Ibarra Merlana) qattiqqöl, irodali, ammo juda mehribon edi. U tabiatimdagi beğamlik va öy-fikrlarimdagi tarqoqlikni tizimli ravişda, sinçkovlik bilan özgartirib bordi, içki olamimni boyitişimda yordam berdi. Gustavo har jihatdan tökis inson edi. Intellektual salohiyati kuçli bölişiga qaramay, suziş böyiça olimpiya öyinlarida ham qatnaşgan. Gustavo olim va çempion böliş uçun yaratilgandek edi göyo.
Ibarra bir kuni meni mehmonga taklif qildi. Uyi Marbelye dengizi qirğoğida joylaşgan bölib, içki hovlisi va ançayin katta kutubxonasi bor edi. Balandligi 20 metrli devor şiftigaça kitoblar zör iştiyoq va mohirlik ila terilgan. Bu kitoblarning hammasi juda noyob. Agar öqib çiqmasang, köp narsani yöqotişing va bir umr vijdon azobida qiynalib ötişing tayin.
Öşa kuni biz ertalabgaça gaplaşib çiqdik. Döstimning juda köp öqigani va dunyoqaraşi kengligi suhbatidan yaqqol sezilib turardi. Gustavo lotin va yunon klassikasini asliyatda öqigan, poeziya haqida hamma narsadan xabardor, men hatto eşitmagan va bilmagan boşqa köp narsalarni bilardi.
Uning kamina doim keraksiz va zerikarli deb hisoblaydigan lotin va yunon klassik adabiyotini çuqur bilişi meni lol qoldirdi. Şu bois bölsa kerak, xayrlaşişdan oldin çarm bilan qoplangan kitobni menga sovğa qildi. “Sendan yaxşi yozuvçi çiqadi. Ammo yunon va lotin klassik adabiyotini bilmasang, heç qaçon zör yozuvçi böla olmaysan”, dedi. Kitob Sofokl asarlarining töliq töplami edi. Öşa kundan boşlab Gustavo va kitob mening eng yaqin döstlarimga aylandi. Ayniqsa “Şoh Edip”dan juda taʼsirlandim.
“Ming bir keça”
…Bugun bosib ötgan hayot yölimdan xayolan qayta ötar ekanman, bir narsaga yana bir karra amin böldim – men tarixni anglaşning dastlabki könikmalarini ertaklardan oldim. “Ming bir keça” ilk sahifalaridanoq meni sehrli olamiga şaydo qilib qöygan. Şahrizoda aytib bergan har bir möjiza öşa paytlarda rostdan ham bölgan bölsa, ne ajab? Ammo hozirgi ulğayayotgan avlod möjizalar borligiga işonmay qöygan.
Virjiniya Vulf, “Dellouey xonim”
Virjiniya Vulf haqida birinçi marta döstim Gustavo Iberradan eşitganman. U adibani Vulf kampir derdi. Bir kuni döstim öziga yoqqan kitoblarni qölimga tutqazib, “Ahmoqlarga öxşab vaqtingizni bekorga sarflamasdan, şularni jiddiy öqib çiqing, keyin özim kelib, olib ketaman”, dedi. Bu men uçun katta boylik edi. Ammo xazinani asraydigan joyim yöq edi. Yöqotib qöyişdan juda qörqardim. Ha, aytgança, öşa kuni Gustavo “Dellouey xonim”ning ispan tilidagi nusxasini sovğa qildi. Xursandligimdan terimga siğmasdim. Asarning har bir sözi yodimda qoldi…
“Ming bir keça”
…Bugun bosib ötgan hayot yölimdan xayolan qayta ötar ekanman, bir narsaga yana bir karra amin böldim – men tarixni anglaşning dastlabki könikmalarini ertaklardan oldim. “Ming bir keça” ilk sahifalaridanoq meni sehrli olamiga şaydo qilib qöygan. Şahrizoda aytib bergan har bir möjiza öşa paytlarda rostdan ham bölgan bölsa, ne ajab? Ammo hozirgi ulğayayotgan avlod möjizalar borligiga işonmay qöygan.
Frans Kafka, “Metamorfoza”
Bir kuni keçki payt örtoğim Vega qölida uçta yangi kitob bilan uyga qaytdi. Balki öqib uxlab qolarsan, deya, muqovasiga ham qaramasdan bittasini stolim ustiga qöydi. Ammo hammasi çappasiga aylandi. Halovatimni yöqotdim. Öşa kundan eʼtiboran ilgarigidek xotirjam uxlaganimni eslolmayman. Bu kitob Frans Kafkaning Buenos Ayresdagi “Losada” naşriyotida çop etilgan “Metamorfoza”si edi. Asar ilk satrlardanoq mening yangi hayot yölimni belgilab berdi. “Metamorfoza” jahon adabiyotining eng buyuk asarlaridan sanaladi: “Bir kuni ertalab alğov-dalğov tuşlar körib uyğongan Gregor Zamza qörqinçli haşoratga aylanib qolgan edi”. Asar ilk satrlaridanoq meni “Ming bir keça” kabi özining sirli olamiga yetaklab ketdi. Kafkani öqir ekanman, asarda keçayotgan voqealarning hayotimizdagi analogini topib ötirişga hojat qolmagandi. Yozilgan narsalarning hammasiga men işonardim. Voqealar Şahrizodaning ertaklaridagi möjizalarga töla olamda emas, hammasi boy berilgan dunyoda sodir böladi.
Kafkaning “Metamorfoza”sini tamomlagaç, öşa olamda yaşaş istagi bir daqiqa bölsin meni tinç qöymadi. Ertasi kuni Domingo Manyuel Vega meni yozuv maşinkasi qarşisidan topdi. Ança paytgaça universitetga bormay qöydim. Şunga öxşaş nimadir yoziş istagi meni tark etmayotgandi. Agar yozmasam, öşa sehrli olam yöq bölib ketadiganday edi. Bundan taşqari, taniqli adib Eduardo Salomeya Bordo “Espektador” gazetasining “Şahar va dunyo” ustunida çop etilgan maqolasida kolumbiyalik yoş ijodkorlar orasida “piçoqqa ilinadigani yöq”ligini kuyunçaklik bilan yozgandi. Yozuvçi xuddi qöllari bilan nuqib meni körsatayotganday tuyuldi. Badanimni sovuq ter bosdi. Bu fikrni çippakka çiqarişga azm etdim. Va qaçonlardir yozib, taşlab qöyilgan hikoyam ustida işlaşga kirişdim… Hikoya “Metamorfoza” taʼsirida qayta qörildi. Hikoyaning har bir jumlasini, sözini ikki-uç martalab qayta yozib çiqdim. Ön ikki kun deganda tamomlab, gazetaga jönatdim. Haftaning oxirida, 13 sentyabr kuni “Automatiko” kafesining yonidan ötib ketayotsam, içkarida ötirgan bir ayol “Espektador” gazetasida çop etilgan “La tercera resignación” (“Uçinçi royişlik”) sarlavhali öşa hikoyamni mutolaa qilib ötiribdi. Yugurib gazeta dökonçasiga bordim. Ammo pulim yöqligi bois beş sentgina turadigan öşa gazetani sotib ololmadim. Tarvuzim qöltiğimdan tuşib, yotoqxonaga qaytdim. Kursdoşlarim gazetani öqişayotgan ekan. Kafkaça uslubda yozilgan hikoyam birpasda qölma-qöl bölib ketdi. Şundan roppa-rosa bir yarim oy ötib (25 oktyabrda) öşa gazetada ikkinçi hikoyam “Eva está dentro de su gato” (“Muşuk içidagi Havo”) keng ommaga taqdim etildi. Şundan söng jurnalist Eduardo Salomeya Bordo özining bir maqolasida Kolumbiyada katta bir yozuvçi dunyoga kelgani haqida baralla eʼlon qildi.
Markesning röyxati uzundan uzoq emas. Ammo yozuvçi sanagan kitoblardan juda köp narsani örganiş mumkin. Uşbu röyxatdan qadimgi yunon va lotin adabiyoti, jahon klassik durdonalari, sehrli ertaklar va XX asrning eng gözal kitoblari joy olgan. Markes asarlarining işqibozlari yaxşi biladi – sinkretizm Gabrielning har bir kitobida körinadi. Markes asarlari va u sevib mutolaa qilgan kitoblar bizni adabiyotning muhtaşam qasriga yöllaydi. Agar siz hali badiiy mutolaaga jiddiy eʼtibor qaratmagan bölsangiz, qölingizga qalam olib, öqigan va öqimoqçi bölgan kitoblaringiz röyxatini tuzib çiqing. Zero, yozuvçi aytganidek, “Hayot faqat yaşaş degani emas, balki sening xotiralaring va har bir xotirang haqida aytib bergan hikoyalaringdir!”
Guljahon Namozova tayyorladi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


