1974-yilning aprel oyi. Maktab hovlisi. Uzoqqa sakraşga moslaştirilgan qum töşalgan maydonça…
Ikkinçi sinfda öqiyman. Hali qoş qoraymagan. Qöylarni daladan uyga haydab kelyapman. Qişloqqa kiraverişda, yöl böyida joylaşgan maktabimiz yonidan qöy haydab ötayotganimda men yaxşi tanimaydigan, u yer-bu yerda bir-ikki körganim katta yoşdagi bir neça kişi hay-haylab çaqirib qoldi. Töxtamadim. Maktab stadionining çetiga yumşoq, mayin qum tökilgan va doira şaklida tekislab yoyilgan edi. Şu yerda yoş-yalang-u keksalar doira şaklida davra qurişgan. Şu izdihomdan qoruvli kişi ajralib çiqdi-da, şaxdam kelib bilagimdan siqdi va aylana qörga sudradi. Qölimda qon aylanmay qolgandek tuyuldi.
Bu paytda töplanib, ixçamgina bölib borayotgan kiçik otar keng köçaga bemalol yoyilib ketdi. Endi qöy jonivorlar yöl çetiga, beton ariqçalar böyiga şu bahorda ötqazilgan nihollarni çaynab, yamlab ketişi mumkin.
– Mana, yangi köçib kelganning bolasi, – dedi yöğon ovozda haligi kişi men könikmagan talaffuzda. – Ikkinçi sinfda öqiydi. Böysiralaridan durkunroq bu. Qani, kuraşsin-çi, bir qöl olsin-çi…
Zokir, Qosim, Örol, yana boşqa ikkimi-uç bolani yumşoq qumga bosdim. Ular tengdoşlarim, sinfdoşlarim edi.
…Eski hovlimizda, darvozadan kiraverişda paxta çanğaloği (qavaçoq) tökilgan bölardi. Amakimning katta öğli Bekmurod aka meni şu uyum ustida ukasi Nurali, qöşni bola Ziyod bilan oliştirardi. Nurali – mendan bir yoş katta edi. Men maktabga bormasdim, Nurali birinçi sinfda öqirdi.
Ziyodni ham, ayniqsa, Nuralini tez, oson yiqitardim. U: “Sen bir minutda çil berma, ikki minutda çil ber. Men mana bunday, mana bunday uşlab olay”, deb oyoğimga çil solib, qölini böynimdan ötkazib, “boşladik” derdi, baribir yiqitardim.
Uyimizda poyabzal tagini mixlaşda işlatiladigan bir uçi tagçarmga moslab egilgan, tirsakka öxşaş quyma temir bölardi, u yer-bu yerda tuşib yotardi. Uni otam biz, bolalarning oyoq kiyimlarini taʼmirlaş uçun işlatardi. Men şu temirni, Nurali supurgini boş uzra kötarardik. “Men zörman, qara, sendan balandga kötaryapman”, – deb supurgini silkitib qöyardi…
Qölimdan tortgan kişi boldir, son, biqin, bel, qöl muskullarimni siqib kördi-da:
– Sen asli qayerliksan? – deb söradi.
Pinak buzmay qöllarimni belimga qöyib bemalol turaverdim. Takror, yana takror söradi.
Savolning maʼno-maqsadini anglaşim bilanoq nafasim tiqildi, birdan çarçadim. Bola edim. U paytlarda qattiq qişlar bölardi. Sovuqdan baʼzi-baʼzida ör-qirda, dalada, köça-köyda mol-hol, parranda-darrandalar ham taraşadek qotib qolardi. Uyimizning bir xonasida kiçik çöyan peç yoqilardi. Agar kömir taşlansa, lanğillab qizib-qizarib, xonani qizdirardi. Şunday paytda baʼzan ukam qizib ketganidan kattalarga bildirmay derazaning kiçik bir közini oçib qöyardi. Bir gal qahraton qişning qattiq sovuğida oçiq derazadan xona içiga mitti quş uçib kirdi. Kirdi-yu, xonani bir uçib aylanib, gilam ustiga yiqildi. Yiqildi-yu, qimirlamay qoldi, jon berdi. Bu çiroyli, beozor quş – bulbul edi… Şu lahzada öşa mitti quş – bulbulning gilam ustida qimirlamasdan yotgani negadir köz oldimga keldi. Otamning sözlarini esladim. Fikrim javob izlardi:
Men asli qayerlikman?
Navbatdagi tengdoşim bilan qöl oldik. Katta polvonlardek boşni boşga tirab, engaşib qum ustida aylanamiz.
Yiqitolmadim. U ham.
Şundan keyin dala-daştda qöy boqib yurib, tengqurlar özaro kuraş tuşarkanmiz, quloğimga öşa ovoz öşa ohangi, öşa talaffuzi, öşa takrori bilan eşitilaverardi: “Sen asli qayerliksan?”
Men bu ovozni yengolmadim. Ösmir yoşimdan sekin-asta kuraş tuşmay qöydim.
8-sinfda bir qizga köngil berdim. Sinfdoşimiz edi. U qizni yana ikki sinfdoşim sevarkan. Ular döstlarim edi. 9-, 10-sinflar ham şunday ötdi. Bilasiz, şoirsiyoq odamning muhabbati rad etiladi.
10-sinfni tugatib, Toşkentga öqişga otlangan kezlarimiz. Kun va payt poylayman. Bir neça qiz, öğil sinfdoşlarimning qişloq çetidagi ariq böyiga çiqişlarini uyuştirişga erişdim. U qizni ham ayttirdik. Erta-indin qaldirğoçning uçirma polaponlaridek har yoqqa qanot qoqadigan sinfdoşlar bir-birining diydoriga töymaydi. Qiz menga nuqul orqa ögiradi. Men esa xuddi nimagadir andarmon bölgandek, bildirmay old tomoniga ötaman. U yana orqa ögiradi.
– Men ertaga Toşkentga ketaman, – dedim.
U boşini keskin ögirib, yuzimga tikka qaradi: “Undan nari ketmaysanmi?.. Sen özi qayerdan kelgansan, qayerliksan?..” Bu ovozni uning közlaridan “eşitdim”.
Bolaligimda qahraton qişda uyimizga uçib kirib jon bergan mitti quş – bulbulning öligi yalt etib köz oldimga keldi. Otamning sözlarini esladim.
Fikrim javob izlardi: asli qayerlikman?..
Şundan keyin ön yil qişloğimga, Surxondaryoga bormadim. Suyukli qizning savoliga javob izladim. Har joydan izladim. “Men Surxondaryodan çiqib ketdim, ammo Sening qalbingga ham kira olmadim…” deb yozdim “Atirgul” dostonida.
Surxondaryoga ön yil bormadim. Şu savoldan qoçib ketmoqçi böldim, şu savol eşitilmaydigan uzoqlarga ketib qolmoqçi böldim.
Meni öziga singdirib, qöşib oladigan hayot izladim. Bu orada – 1982–89-yillarda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldim. 1983–85-yillarda harbiy xizmatda böldim.
Öşa yillarda fakultet katta adabiyotga olib kiradigan kiçik yöl edi. Bu yölakda ketayotgan, kelayotgan haqiqiy Şoirni kördim, haqiqiy Şeʼrni tanidim. Şaxs, Maslak, Maqsad, Eʼtiqod degan tuşunçalarni anglay boşladim. Jamiyatga, hayotga qaraşlarim, hayotga munosabatim Şaxs va ijodkor sifatida şakllanişimda Nazar Eşonqul, Rahmon Hojimurod, Abduvali Qutbiddin, Eşqobil Şukur, Abdul Jalil, yana köp hayot va ijodda faol fikr egalarining, muhitning taʼsiri katta böldi.
(Davomini jurnalimizning 2021-yil 5-sonidan öqiysiz)
Salim Aşur
1964-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Ijodkorning “Atirgul”, “Siz ertaga kelasiz”, “Atalgan kunlar”, “Sensiz”, “Darz”, “Ona tilim”, “Kelajakka qadam” (publitsistik maqolalar), “Maşinalar karvoni” (bolalar uçun şeʼrlar), “Titroq” kabi şeʼriy kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


