Xonanda qizning çuçmal muhabbati haqidagi yostiqday roman qölyozmasining “suvini siqib” ötirgan edim, içki telefon jiringladi.
– Hoziroq oldimga kiring, – dedi naşriyotimiz direktori tantanavor ohangda. – Sizga zör yangiligim bor!
Qanaqa yangilik? Yaxşi işlaganim uçun mukofot bermoqçimi? Şoşma… Meni boş muharrirlikka tayinlasa-ya! Miyamga çaqmoqday urilgan bu fikrdan aʼzoyi badanim böşaşib, quloqlarim tagida yoqimli kuy jaranglaganday böldi.
Qölimga daftar-qalam olib, direktorning huzuriga yugurdim. Izzat Anvaroviç sakson yoşlar atrofidagi jikkakkina, çöqqisoqol otaxon bilan gaplaşib ötirardi.
– Bu kişi faxriy yozuvçimiz Turğunmat Örtaovuliy böladilar! – dedi u çolga imo qilib. – Nuroniy yoşida ham qizğin ijod bilan maşğul ekanlar. Gazeta-jurnallarda köp asarlari çiqqan. Yaqinda ajoyib roman yozibdilar. Birinçi sahifasini öqiboq közimga yoş keldi. Bu asar faqat bizning naşriyotda çiqişi kerak! Tağin bitta-yarimta betayin “bosmakaşlar” ilib ketmasin. Siz hamma işingizni yiğiştirib, şu asarni naşrga tayyorlaysiz.
Boyadan beri quloğim tagida yangrayotgan mayin ohang örnini allaqanday yoqimsiz şovqin egalladi. Direktorimiz qalingina daftarni qölimga tutqazganida esa alamdan issiğim çiqib ketdi. U ahvolimni sezdi, şekilli, çolga sezdirmay “keyin gaplaşamiz” deganday muğombirona köz qisib qöydi.
– Bu romanim bir daftar böldi, – dedi direktorning maqtovidan oğzining tanobi qoçib ötirgan faxriy yozuvçimiz. – Keyingisini ikki daftar qilaman. Nevaramning aytişiça, dökonlarda bundan ham kattaroq daftarlar bölar emiş…
– Siz bemalol yozavering, Örtaovuliy ota, – direktorimiz uning gapini böldi. – Lekin bir şartim bor – ularni ham begona qilmaysiz. Bunday purmaʼno romanlar faqat bizning naşriyotda çiqişi kerak!
Faxriy yozuvçimiz qattiq hayajonlanib dik etib örnidan turib ketdi. Nimadir demoqçi böldi, lekin tili kalimaga kelmay, böğzidan “ğiyq” etgan tovuş çiqdi. Xuddi avliyoni körayotganday boşliğimizga baqrayib qarab qoldi. Izzat Anvaroviç viqor bilan stolni aylanib ötib, uning yelkasiga qoqib qöydi.
– Demak, kelişdik!
Turğunmat Örtaovuliy xonamdagi almisoqdan qolgan kursiga joylaşib ötirib olgaç, uvada xaltasidan bir dasta gazeta olib, oldimga qöydi.
– Men bir umr oziq-ovqat bazasida halol xizmat qilganman, – deb gap boşladi. – Pensaga çiqqandan söng bekor ötirmay deb ijod qila boşladim. Manavi gazetalarda asarlarim çiqqan. Şu kunlarda hayotda körgan-keçirganlarim haqida köp seriyali kitob yozyapman. Keça oqşom birinçi seriyasini tugatdim. Sen buni kitob qilguningça ikkinçi seriyasini ham olib kelaman.
Battar ensam qotdi. Bu çol kino bilan kitobning farqiga bormaydi, şekilli. Istar-istamas gazetalarni varaqladim. Ana xolos. Örtaovuliy ota deganlari juda serqirra ijodkor çiqib qoldi-ku. Gazetalarning birida beş-oltita törtligi çop qilingan bölsa, boşqasida allaqanday giyohlarning salomatlikka foydasi haqida maslahatlari örin olibdi. “Yuqoridaryo sadosi” degan tuman gazetasida uning imzosi bilan mayda-çuyda xabarlar, lavhalar bosilgan. “Tilsiz yov keltirar taşviş” degan maqolada faxriy yozuvçimiz yonğinning zararini birma-bir sanab, undan ehtiyot böliş çoralari haqida ögit beribdi.
– Qölyozmangizni qoldirib ketasiz, – dedim gazetalarni öziga qaytarib. – Uç-tört kunlik işlarim bor. Şularni biryoqlik qilib, keyin siznikini…
– Boşqa işlaringni qöya tur, bolam, – Örtaovuliy ota gapimni böldi. – Avval mening kitobimni çiqar. Boya boşliğing ham tayinladi.
Çolga gap uqtiriş befoydaligini sezib, indamay qöya qoldim.
Örtaovuliy ota bir varaq qoğozga ism-şarifimni, telefon raqamimni hijjalab yozib oldi-da, tez orada xabar olişini aytib çiqib ketdi.
Birozdan söng Izzat Anvaroviç qönğiroq qildi.
– Qalay, faxriy adibimizni eson-omon kuzatdingizmi?
– Kuzatişga-ku kuzatdim, – dedim oğrinib. – Lekin qölyozmasini nima qilamiz.
– Şuyam muammomi? Ğaladoningizning bir çekkasiga taşlab qöying, tamom-vassalom, ‑ dedi kesatib.
– Axir, Örtaovuliy otaga vaʼdani quyuq qilib yubordik…
– Soddasiz-da, ukajon, – kuldi direktor. – Otaxon bir adaşib kep qopti. Biz uç-tört oğiz şirin gap bilan könglini çoğlab jönatdik. Şu bilan olam guliston böldi.
Qiziqiş ustun kelib Örtaovuliy otaning qölyozmani varaqladim. Katak daftarga nuqta-vergulsiz, ziç yozilgan satrlarga qarab turib közim tinib ketdi. Bor-yey, deb uni tortmaga taşlab qöydim.
Ikki kundan söng Turğunmat Örtaovuliy qönğiroq qildi.
– Kitobim çiqdimi, bolam?
– Kitob çiqariş oson ekanmi, otaxon? – dedim ğaşim kelib. – Avval qölyozmani öqişimiz kerak.
– Nima, haligaça öqimadingmi? – dedi u tahdidli ohangda.
– Dastxatingiz tuşunarsiz ekan. Öqişga qiynalyapman.
– Öqişga qiynalsang, kamputirga sol. Gazitdagilar ham şunday qilişadi.
Esi joyidami bu çolning! Bir kamim unga kotiblik qiliş qoluvdi. Aççiq ustida faxriy adibimizni xafa qilib qöymaslik uçun özimni bosdim.
– Xöp, otaxon, siz aytganday qilaman. Ozgina sabr qiling.
Örtaovuliy otaning daftarini tortmadan oldim. Lekin biror satriga ham tişim ötmadi. Bu qölyozmani xatm qiliş uçun tajribali matnşunos biror yil zahmat çekişiga töğri keladi.
Bu yoğiga nima qilişni bilmay, jimir-jimir qilayotgan satrlarga ança vaqt umidsiz termilib ötirdim.
Şundan söng har gal telefon jiringlaganda yuragim pökillaydigan bölib qoldi. Aksiga olib, faxriy adibimiz kunda-kunora qölyozmasidan xabar olişni kanda qilmaydi. Men esa “Asaringizni öqiyapman, keyinroq bafurja gaplaşarmiz”, deya bir amallab qutulaman.
Duşanba kuni ertalab işga kelsam, naşriyot dahlizida Turğunmat Örtaovuliy hazratlari savlat tökib ötiribdi! Uni körib qay ahvolga tuşganimni aytib ötirmayman. Noiloj salom-alikni quyuq qilib, xonamga boşladim.
– Romaningizni öqidim, otaxon, – dedim ğaladondan taniş daftarni olib. – Juda hafsala bilan yozibsiz. Qahramonlaringiz öziga xos…
– Qaysi birini aytyapsan, bolam? – sörab qoldi gaplarim moyday yoqib, suzilib ötirgan Örtaovuliy ota dabdurustdan.
– Haligi… boş qahramon bor-ku?
– Men faqat boş qahramonlarni yozaman!
– Töğri, yozganlaringizning hammasi boş qahramon… – Biror arzirli gap topiş ilinjida daftarni varaqladim. Aji-buji yozuvlar orasida “Arslon” degan sözga közim tuşib qoldi. – Ha! Ayniqsa, Arslon obrazi özining ezgu fazilatlari, samimiyligi bilan boşqalardan ajralib turibdi.
– Arslon – qöşnimizning kuçugi, – dedi Örtaovuliy ota. – Özi zotdor it. Men asarimda uning Sadir piyonistani kallasidan tişlab olganini yozganman.
– Şunaqami?.. Xullas, roman ança hafsala bilan yozilgan. Lekin uni yanayam qiziqarli qiliş uçun ozgina işlaş mumkin. Birinçidan, asarga sarlavha topiş kerak. Şu paytgaça birorta kitob sarlavhasiz çiqmagan…
– Unda kitobga “Arslonning ezgu fazilatlari” deb nom qöyamiz.
– Romaningiz kuçuklar haqida bölganida şunday sarlavha qöysak yaraşardi, – dedim piçingdan özimni tiyolmay. – Baxtga qarşi, unda odamlar ham bor-da!
Tursunmat Örtaovuliy kinoyani payqamadi.
– Unday bölsa, özing birorta nom topa qol, bolam.
– Keyin fabulani ham jiddiy işlaş kerak. Voqealar ança tarqoq, tuşunarsiz. Xarakter, til masalasida ham kamçiliklar yetarli…
Boyadan beri yayrab ötirgan Tursunmat Örtaovuliyning qiyofasi özgarib, qisiq közlari kattalaşib ketdi.
– Hozirgina özing romanimni maqtayotgan eding. Endi bölsa, xatolari köp deyapsan!
– Meni töğri tuşuning, otaxon, – dedim muloyimlik bilan. – Har qanday asarning yutuqlari bilan birga nuqsonlari ham böladi. Uni kitob qilib çiqarişdan oldin yaxşilab pişitib oliş kerak.
– Bobong tengi odamni tanqid qilişga uyalmaysanmi?
– Men romaningizni tanqid emas, tahlil qilyapman.
– Kitobimni çiqarmaysan, şekilli? – dedi u menga öqday tikilib.
– Uzr, otaxon, bu ahvolda naşr qilolmaymiz.
– Sen juda bemaza bola ekansan. Menday faxriy yozuvçining romanini yomonlaşga nima haqing bor? Hoziroq boşliğingga kiraman!
Turğunmat Örtaovuliy daftarini qölimdan yulib olib, şitob bilan çiqib ketdi. Şu zahoti Izzat Anvaroviçga qönğiroq qilib, vaziyatni tuşuntirdim.
– Ğalati çol ekan-ku, – dedi u kişi ham öylanib. – Odamlarga hayronsan, köngli uçun bir-ikki oğiz iliq gap aytsang, naq boşingga çiqib oladi… Böpti, kotibaga aytib qöyaman, meni yöq deb yuboradi.
Ança vaqt qölim işga bormay şumşayib ötirdim. Kunda-kunora şu ahvol. Asaringiz böşroq desang, baraka topgur mualliflar naq yotib yoqalaşadi. Qaysi kuni bittasi kaminani “adabiyotning duşmani” deb atadi. Naşriyot degan dahmaza joyda işlayotganimdan xafa bölib ketdim.
Tuşlik ham tatimadi. Bosmaxonaning xörandalar bilan gavjum oşxonasida ança vaqt xayol surib ötirdim. Şu payt Zamon Ali degan şoir döstim yemak töla patnis kötarib kelib qoldi.
– Nega otasidan dakki eşitgan boladay şumşayib ötiribsan? – dedi u salom-alikdan söng kosasidagi lağmonga sirka aralaştira turib. – Tinçlikmi?
– Tinçlik, – dedim istar-istamas. Tuyqus Zamon Ali işlaydigan gazetada ham Turğunmat Örtaovuliyning şeʼrlari çop etilgani esimga tuşib qoldi.
– Qaysi kuni gazetangizda beş-oltita ajoyib törtlik çiqqan ekan, – dedim gapni uzoqdan boşlab. – Turğunmat Örtaovuliy degan şoirniki…
Iştaha bilan lağmon yeyayotgan döstim kutilmaganda qalampir çaynab olgandek aftini buriştirdi.
– Eslatma şu odamni!
– Nega?
– Töğrisi, öşa törtliklarning muallifi özimman!
– Tuşunmadim?
– Turğunmat Örtaovuliy deganlari – yoşini yaşab, oşini oşab bölgan keksa bir odam, – kuyib-pişib tuşuntira ketdi u. – Öziça bir nimalarni qoralab, gazetalarga qatnab yuradi. Yozganlarini öqib bölmaydi. Lekin çoli qurğur qadalgan joyidan qon olmay qöymaydiganlar xilidan. Gazetada bir enlik narsasi çiqmagunça holi-joningga qöymaydi. Buning ustiga, keksa odam… Şunga kimdir şapaloqdek maqolasiga, kimdir birorta xabar-pabariga uning ism-şarifini qöyib yuboradi. Otaxon ham xuddi özi yozganday xursand bölib qoladi. Qalam haqini tiyinma-tiyin sanab oladi. Men ham öşa törtliklarni uning nomidan çiqarib tinçidim.
– Sening öşa arzanda şoiring ruboiyga qanoat qilmay, endi roman yozişga ötibdi! – dedim alam bilan. – Bir haftadan beri “Kitobimni çiqarasan”, deb boşimni qotirib yotibdi.
Şoir döstim içakuzdi latifa eşitganday miriqib kuldi.
– Ha, senga qiyin böpti, – dedi söng hamdardlik bilan. – Bizga öxşab gazetada işlaganingda ham mayli edi. Endi undan osonlikça qutulmaysan.
Tuşlikdan battar dilim xufton bölib qaytdim. Xonaga kirişimni kutib turganday telefon asabiy jiringladi.
– Yoğliqqina oşlarni yeb, maişat qilib kelyapsizmi? – dedi Izzat Anvaroviç kinoya bilan.
– Yöq… Karam şörva içdim, – dedim heç narsaga tuşunolmay.
– Sizning dastingizdan men beçora oç-nahor xonada qamalib ötiribman!
– Tuşunmadim…
– Ğalçamisiz, nimaga tuşunmaysiz? Anavi çol qabulxonada çayla qurib yotib olgan. Men bilan uçraşmasdan ketmasmiş!
– Iya! Turğunmat Örtaovuliy haliyam şu yerdami? – dedim hovliqib.
– Yarim soatdan söng vazirlikda majlis boşlanadi, – dedi boşliq vazmin, ammo qahrli ohangda. – Hoziroq çolni tinçitmasangiz, boşqa közimga körinmang!
Oyoğimni qölimga olib qabulxonaga yugurdim. Kotibaning yonidagi kursida ğödayib ötirgan faxriy yozuvçimiz meni körib battar qovoğini uydi.
– Sen bolani işdan haydatmagunça qöymayman. Kerak bölsa, boşliğingdan kattalarga ham boraman!
– Keçiring, otaxon, – dedim tilim zörğa kalimaga kelib. – Kitobingizni albatta çiqaramiz. Yuring, xonada gaplaşaylik.
Baxtimga, Turğunmat Örtaovuliy köngilçan odam ekan. Şu zahoti jahldan tuşib, ortimdan ergaşdi. Yelkamdan toğ ağdarilganday yengil tortdim…
Har yomonning bir yaxşisi bor, deb bekorga aytişmagan ekan. Şu voqea sabab ançadan beri navbat kutib yotgan möjaz kitobçam bosilib çiqdi. Faqat muqovasida “Turğunmat Örtaovuliy” ismi-şarifi savlat tökib turardi.
Ğafur ŞERMUHAMMAD
1973-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Quduq tubidagi faryod”, “Pariqişloq afsonasi”, “Közlarida xoli bor” pyesalari sahnalaştirilgan. Adabiy asarlari asosida “Çavandoz”, “Arosat”, “Taʼziyadagi töy”, “Aldangan ayol”, “Quduq”, “Barakasini bersin” kabi filmlar suratga olingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


